Ota-onalar o’rtasida muhokama qilish uchun quyidagi masalalarni taklif etish mumkin:
- oilada ota-onalarning o’zaro munosabatlari va ularning bolalar tarbiyasiga ko’rsatadigan ta’siri;
- oilada mehnatga bo’lgan munosabatni tarbiyalash;
- oiladagi turmush tarzi va tarbiya;
- oiladagi saranjom-sarishtalik va orastalik madaniyati;
- oilada oqilona dam olishni tashkil etish;
- oilada dam olish kunlari va bayramlarni mazmunli o’tkazish;
- oila a’zolari o’rtasida mehnat vazifalarining taqsimlanishi;
- bolalar tarbiyasida ota-ona obro’si;
- oila davrasida kitob mutoalasi, unga mehr uyg’otish;
- biz oila a’zolarining tug’ilgan kunini qanday nishonlaymiz;
- ota-onalarning qo’shnilar bilan o’zaro aloqalari;
- ota-onalarning o’z farzandlarining o’rtoqlariga munosabati.
- kattaga hurmat – kichikka izzat ko’rsatish odobi.
4.Ota-onalar maktabining umumiy sinflar bo’yicha pedagogik mashg’ulotlarida, bolalarga o’zbekona qadriyatlar ruhida tarbiya berish masalasiga jiddiy e`tibor qaratish.
5.Anjuman mavzusi yuzasidan o’quvchilar va ularning oilalari hayotidan material to’plash.
6. Adabiyotlarning taxminiy ro’yxatini tavsiya qilish.
7. Ota-onalar uchun pedagogik tushuntirishlar o’tkazish.
8. Anjuman mavzusi bo'yicha kitoblar ko’rgazmasini tashkil etish.
9. Maktab devoriy gazetasning maxsus sonini chiqarish.
10. Maktabda o’quvchilarning ijodiy ishlari, to’garak a’zolari tayorlagan buyumlar, yoshlar yetakchisi olib borgan ishlar, vatanimiz tarixi va o’lkashunoslikka oid lavhalar namoyishini tashkil etish.
11. O’quvchilarning badiiy va sport chiqishlarini tayyorlash.
12. Anjuman mavzusi yuzasidan ota-onalarga murojaatnoma loyihasi yoki taxminiy tavsiyalar ishlab chiqish.
Maktab ota-onalar anjumanini tayyorlash va o’tkazishning yuqorida ko’rsatib o’tilgan tartibidan, unga muayyan tuzatishlar kiritish bilan tuman (shahar) anjumanlarini o’tkazishda qo’llanma sifatida foydalanish mumkin.
Anjumanlarda ota-onalar oilada bolalar tarbiyasiga oid o’z hayotiy tajribalarini tahlil qilish va umumimlashtirishni o’rganadilar. Anjumanlar ota-onalarning pedagogik bilimlarini oshirishni ko’zda tutadi, maktabning ota-onalar bilan olib boradigan ishlar samaradorlini oshirishga ko’maklashadi, maktab bilan oilaning o’zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash imkonini beradi.
Kishilik jamyatinining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti tarixidan ma’lumki, bola shaxsining kamoloti oilada shakllanadi. Oila - jamiyat hayotining kichik bir debochasi bo’lib, har tomonlama sog’lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun ma’sul bo’lgan g’oyat muhim tarbiya o’chog’dir.
O’zbek oilasi a`zolarning barchasini savodxon, ma’lumotli deb atasak, xato qilmagan bo’lamiz, ana shu imkoniyatlar ta’sirida o’g’il va qizlar bilimli, fikr-mulohazali, topqir, ishbilarmon, aql-zakovati bo’lib voyaga etmoqdalar.
Oiladagi bola tarbiyasi ikkiyoqlama ahamiyat kasb etadi, ota-onalar farzandlariga ahloq-odob, ruhiyat va ma’naviyatga oid bilimlardan saboq berish bilan qanoatlanib qolmasliklari, balki o’zlari ham tarbiyaning o’ziga xos sir-sinoatlari, hususiyatlari, uning mazmun-mohiyati va ma’nosiga doir eng yangi ma’lumotlardan xabardor bo’lib turishlari kerak bo’ladi.
Bola tarbiyasi ota-onalardan pedagogika va psixologiya faniga oid maxsus bilimlar, alohida ko’nikmalar bo’lishini qat’iy ravishda talab qilmasada, oilaviy hayotda doimiy ravishda yuz berib turadigan, bola tarbiyasiga xos muammolarini to’g’ri hal qilish ustida fikr yuritishi taqozo etadi.
O’z farzandlariga oqilona tarbiya bera olgan ota-onalar, umrlarini rohat va farog’atda o’tkazadilar, bolalaridan hamisha olijanoblik, mehribonlik, yaxshilik ko’radilar, dillari aslo jaroxat azobini sezmaydi; o’kinish hissiga duchor bo’lmaydilar. Shu to’g’rida o’zbek xalqidagi quyidagi maqol darak beradi: “Toy ulg’aysa, ot tinadi (ya`ni ot minishdan qutqariladi)”[2.51].
Oilaning asosiy tayanchi bo’lgan ota, hayotning barcha mashaqqatlaridan totib ko’radi, o’zining bukilmas irodasi, adolatparvarligi, hayot sinovlariga bardoshliligi bilan ajralib turuvchi buyuk shaxs sifatida gavdalanadi.
Ota – oilaning boshlig’i, posbonidir. Zero, oilaning har bir ko’z ilg’amas nuqtalarini ilg’ay olish, oila a’zolariga faqat to’g’ri, haq yo’lni ko’rsatib turishdek insoniy mas`uliyat ota zimmasida turadi.
Ota oilada o’z farzandlariga har tomonlama yurish-turishda, nutq odobida, o’zaro muomala madaniyatida, eng muhimi amaliy ish faoliyatida to’g’rilik va haqqoniylik, samimiylik va xolislik yuzasidan namuna ko’rsatadi.
Murg’ak tasavvurli bola ilk tarbiyani oilada oladi. Bola tarbiyasining ilk saboqlari haqida atoqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy o’zining “Turkiy guliston yoxud Axloq” kitobida quyidagi ibratli o’g’itlarni aytgan edi: “Tarbiyani tug’ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvvtlantirmak, zexnimizni ravshanlashtirmak lozim”[2.20 b-17].
Oilada farzand tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yishning asosiy vositasi uning ma`naviy olamida e`tiqodni shakllantirishdir, bunga bolani faqat ishontirish yo’li bilan erishish mumkin. Shuning uchun ota-onalar, o’g’il-qizlarni tarbiyalashda ularni qo’rqitish yoki faqat buyruq berishga tayanmasdan ish tutishi kerak.
Oilada kattalarning obro’si qo’rqitish asosida emas, balki samimiylik, o’zaro hurmat-ehtirom zamiriga qurilishi maqsadga muvofiqdir. Oila a`zolarining inoqligi, o’zaro hamjihatligi, kiyinish madaniyati, mehnat faoliyati, o’zga kishilar to’g’risidagi suhbatlari va ularning boshqa sifat hamda fazilatlari bolaning murg’ak tasavvuriga yangi timsollarni olib kiradi.
Erkin fuqarolik jamiyatining taraqqiy etib borishi, o’zining rivojlanish qonuniyatlariga asoslangan holda, shaxs yetukligini ta’minlovchi va tarbiya samaradorligini oshiruvchi omillarni vujudga keltirish talabini qo’ymoqda.
Agar inson to’g’ri tarbiya topmasa, uning faoliyati jamiyatga katta zarar keltiradi. Buyuk mutafakkir Mirzo Bedil ta`kidlaganidek: “Agar me`mor dastlabki g’ishtni to’g’ri qo’ymasa, devor yulduzlarga etsa ham qiyshiq bo’lib qolaveradi”. Bu fikrdan ko’rinib turibdiki, jamiyat ijtimoiy hayotidagi barcha muammolar echimi ma`naviy-axloqiy jihatdan etuk kishilarning fidokorona, xalol mehnati, hamkorligi, imon-e`tiqodi asosida ruyobga chiqadi.
Bozor iqtisodiyotida asosiy iqtisodiy omil - sog’lom mehnatkash insondir, ma`naviy sog’lom insongina unumli mehnat qila oladi. Istiqlol va ma`naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-kudratidir, u yo’q joyda hech qachon baxt-saodat bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |