- O’ta cho’kuvchan gruntlarda poydevor barpo etish
- Agar yuqoridagi hisoblar natijasida aniklangan o’ta cho’kuvchanlik qiymati loyhadagi inshoot turg’unligiga zararli ta’sir kursatsa, maxsus tadbirlar qullash tavsiya etiladi. Bu tadbirlar o’ta cho’kishning turiga bog’liq bo’lib, suv ta’siridan himoyalash, o’ta cho’quvchanlikni yo’qotish, maxsus kurilmalar qo’llash va hakozolarga bo’linadi.
- I turga xos o’ta cho’kuvchan gruntlarning qalinligi 5-6 metrdan oshmasa, quyidagi chora-tadbirlar qo’llash tavsiya etiladi:
- a) mahalliy gruntlarni zichlash orqali poydevor osti yostiq kutini o’rnatish;
- b) gurzilar yordamida zichlash. Bu usul amalda keng qo’llaniladi. Agar 5-6 metrli o’ta cho’quvchan katlamdan 1-2 metr poydevor uchun quvur qazilgan bulsa, qolgan 3-4 metri gurzi yordamida muljallangan qiymatgacha zichlashtiriladi.
- v) o’ta cho’kuvchan katlamni kesib utuvchi ustun qoziqlar qo’llash;
- g) portlashtish yordamida gruntni o’ta cho’kuvchanlik xususiyatini yo’qotish. Bunda suv osti portlatish usullari, kupincha kul keladi.
- II turdagi o’ta cho’kuvchan gruntlarda kuyidai tadbirlarni qo’llash tavsiya etiladi:
- a) agar o’ta cho’kuvchan katlam qalinligi chuqur bo’lmasa, uni butunlay kesib o’tuvchi qoziq qo’llash;
- b) aralash usullar yordamida grunt katlamini zichlash;
- v) suyultirilgan shisha (silikat) yordamida qotiriladi;
- g) issiqlik ta’sirida qotiriladi.
O’ta cho’kuvchanlikni kamaytirish yoki uni butunlay bartaraf etish tadbirini tanlashda ularning bir necha turlarini texnik-iqtisodiy nuqtai nazardan takqoslab yakuniy tuxtamga kelinadi, shuningdek mazkur masalani xal etishda inshoot zaminini suvdan himoyalash va maxsus kurilmalardan katta ahamiyat kasb etadi. - O’ta cho’kuvchanlikni kamaytirish yoki uni butunlay bartaraf etish tadbirini tanlashda ularning bir necha turlarini texnik-iqtisodiy nuqtai nazardan takqoslab yakuniy tuxtamga kelinadi, shuningdek mazkur masalani xal etishda inshoot zaminini suvdan himoyalash va maxsus kurilmalardan katta ahamiyat kasb etadi.
- Inshoot atrofida suvdan himoya qiluvchi yo’laklar o’rnatiladi. Ular poydevor chuqurligi chegarasidan 0,5metr engilroq bo’lib, imoratdan 0,03 qiyalik ostida joylashtriladi. Bunday yo’lkalarning eni 1,2 metrdan kam bo’lmasligi kerak.
- Inshoot zaminlarining ba’zan kutilmagan xolatlarida namlanish natijasida yuz beruvchi o’ta cho’kishdan himoyalash maqsadida kurilmalarda ham tadbirlar belgilanadi. Masalan, murakkab shakldagi binolarni chukma yoriqlap yordamida oddiy shakldagi aloqida mustahkam bulaklarga bo’lish yuk ko’taruvchi devorlar orasida temir o’zaklar o’rnatish; poydevorlar tag yuzasini kengaytirish va h.
- Mustahkam va bikr qurilmali inshootlar (suv ko’taruvchi minoralar, temir-beton qurilmalar, temir erituvchi yoqilgi xonalar va boshqalar) odatda notekis cho’kishlarni kam seziladi. Shuning uchun ulardan foydalanishda ma’lum darajada cho’kishga yo’l ko’yish mumkin.
- Gruntlarni qotirish - bu qurilish maqsadida ishlatiladigan gruntning qurilish xossalarini tabiiy yotqizilgan holda har xil fizikaviy-kimyoviy usullar bilan yaxshilash demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |