Mavzu:Ot so`z turkumi
Maqsad:
A) Ta`limiy maqsadi:.O`quvchilarga milliy dastur asosida ta`lim –tarbiya berish, og`zaki va yozma nutqlarni rivojlantirish , mavzuni tushuntirish.
B) Tarbiyaviy: o`quvchilarni erkin fikrlashga o`rgatish vatanparvarlik insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, o`quvchilarga aqliy iqtisodiy,ekologik va nafosat tarbiyasini berish
C) Rivojlantiruvchi: Darslik ,dars ishlanmasi,darsga oid ko`rgazmalar yordamida otlarda birlik va ko`plikni o`quvchilarga o`rgatish,ot so`z turkumi haqida tushuntirish.
Dars turi: yangi tushuncha beruvchi.
Darsning metodi: o`yin,FSMU,xameleon,Assisment,BBB,Yolg’iz otning changi chiqmas.
Darsning jihozi: 4-sinf ona tili darsligi, mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar.
Tashkiliy qism: salomlashish, davomat olish, umumiy tayyorgarliklar.
Darsning texnologik xaritasi:
1.Tashkiliy qism-5 daqiqa
2.O`tilgan mavzuni takrorlash-10 daqiqa
3.Yangi mavzu bayoni -15 daqiqa
4.Yangi mavzuni mustahkamlash-10 daqiqa
5.O’quvchilarni baholash-2 daqiqa
6.Uyga vazifa berish-1 daqiqa
7.Darsni xulosalash -2 daqiqa
O`tilgan mavzuni takrorlash:buning uchun o’quvchilar 3 guruhga bo’linadilar guruhlar o’ziga nom tanlaydi
1. Shaxs-son shakllari qanday qo`shimcha hisoblanadi?
2. Istalgan fe’lga shaxs-son qo`shimchalarini qo`shing.
3. I va II shaxsni bildiruvchi shaxs-son qo'shimchalari qaysilar?
4. III shaxsda shaxs-son ma'nosi qanday ifodalanadi?
Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi darsni «Muzyorar» o`yinini o`tkazish bilan boshlaydi. O`quvchilar doira shaklida o`tiradilar. Ular o`z ismi harfi bilan boshlanadigan ot so`z turkumiga oid so`zlar aytadilar. Koptok olgan o`quvchi ismiga mos otni aytib, sherigiga otadi. Masalan:
Shaxs va narsning nomini bildirib kim?,nima? so`rog`iga javob bo`lgan so`zlar ot deb aytiladi.
148-mashq
Sulton Ulugbek navbatdagi safardan Samarqandga qaytayotgan ekan.Ko`chaning o`rtasida yotgan bir burda nonni ko`rib qoldi.Shoshib otdan tushibdi.Nonni qoliga olibdi.Uni o`pib,peshonasiga suribdi.
Nonnig nomi ulug`,nomidan o`zi ulug`.
149-mashq
Toshkent,Samarqand,Buxoro,Xiva shaharlari juda qadim zamonlardan dunyoga mashhur bo`lgan.Olis asrlarda bu shaharlar Xitoydan Ispaniyagacha,Yevropadan Xind okeanigacha aloqa bog`lagan.
-Matn nima haqida ekan?
-Matn kimning nutqidan olingan?
-O`zbekistonning qaysi shaharlari qadimdan mashhur bo`lgan?
Lug`at ishi ;
Mutafakkir –chuqur fikrlash iste`dodiga ega bo`lgan kishi.
Mashshoq-sozanda
Yangi mavzuni mustahkamlash;
-Matnda nechta gap bor?
-Gaplar maqsadiga ko`ra qanday mazmun ifodalagan?
-Matnni necha qismga bo`lish mumkin?
-So`zlar qanday so`roqqa javob bo`ladi?Ularning qaysi so`z turkumiga kirishini ayting.
-Nima uchun bu otlar bosh harf bilan yoziladi?
Toshkent,Samarqand,Buxoro atoqli otlari nomining bildiradi?(Joylarning nomini bildiradi .)
So`ng o`qituvchi FSMU usuli orqali o`quvchilar bildirgan fikr-mulohazalarni umumlashtirib, ot mavzusi bo`yicha nazariy ma’lumot beradi.
F—Kim?,nima?,qayer?so’rog’iga javob bo’ladi.
S—narsa-buyumning nomini bildiradi.
M—o’quvchi,daftar,Toshkent
U—Shaxs, narsa ma'nolarini, shuningdek, joy nomlarini bildirib, kim? nima? qayer? so'roqlariga javob bo'ladigan so'zlar ot deyiladi.
Kim? so'rog'i shaxsni bildiruvchi so'zlarga, nima? so'rog'i narsa-buyumni bildiruvchi so'zlarga, qayer? so'rog'i joy nomini bildiruvchi so'zlarga beriladi. Shunga ko'ra otlar shaxs otlari, narsa-buyum otlari,
o'rin-joy otlariga bo'linadi.
Nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida mashqlar bajariladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:Yangi mavzu “Assistmen”, ”BBB”,”Yolg’iz otning changi chiqmas”,usuli orqali mustahkamlanadi .
1-guruhga assisment usuli tushurilgan tarqatma qog’ozlar taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |