Mavzu: O`spirinlik davrida do`stlik va o`rtoqlik munosabati reja: kirish I bob. O`Smirlik davridadi do`stlik va o`rtoqlik munosabatlari



Download 51,11 Kb.
bet3/6
Sana20.09.2021
Hajmi51,11 Kb.
#179487
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
o`spirinlik davrida do`stlik va o`rtoqlik munosabati kurs ishi

Kurs ishi maqsadi:  Maktabgacha yoshidagi bolalarning aqliy va axloqiy sifatlari xaqida umumiy tushuncha.
Kurs ishi obyekti: Umumiy o’rta ta’limning boshlang’ich sinflaridagi o’quv-tarbiyaviy jarayoni.
Kurs ishi predmeti:  Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta’lim berishning o‘ziga xosligi va uni turli xil predmetlarni qo`llash.

Kurs ishi tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I BOB. O`SMIRLIK DAVRIDADI DO`STLIK VA O`RTOQLIK



MUNOSABATLARI

    1. Psixologiyada agressivlik muammosining ilmiy- amaliy tadqiq

etilganligi

O`smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo`lgan davrni tashkil etadi. Aksariyat o`quvchilarda o`smirlik yoshiga o`tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. «Endi o`smir bola emas, biroq katta ham emas» - ayni shu ta`rif o`smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. Bu yoshda o`smir rivojida keskin o`zgarishlar ruy bera boshlaydi. Bu o`zgarishlar fiziologik hamda psixologik o`zgarishlardir. Fiziologik o`zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog`liq ravishda tanadagi barcha a`zolarning mukammal rivojlanishi va o’sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi o`zgarishlar bevosita o`smir endokrin sistemasining o`zgarishlari bilan bog`liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofez bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to`qimalarining o`sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalkonsimon bez, buyrak o`sishi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Natijada bo`y usishi tezlashadi, jinsiy balog`atga etish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bo`lishi) amalga oshadi.

O`smirlar o`zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o`zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma`lum darajada o`rtoqlari va o`qituvchilariga ko`rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy ko`zatish yo`li bilan ham osongina ko`rish mumkin. O`smirlik yoshiga xos bo`lgan psixologik xususiyatlarni o`rgana turib, o`smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolotga erishish yo`llarini va unga ta`sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta`sirini tushunish mumkin. Bu davrda o`smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin kattalar hayotida hali o`z o`rnini topa olmagan holatda bo`ladi, o`smirlik davri «o`tish davri», «krizis davr», «qiyin davr» kabi nomlarni olgan psixologik ko`rinishlari bilan xarakterlanadi.

O`z davrida L.S.Vigotskiy bunday holatni «psixik rivojlanishdagi krizis» deb nomlagan. O`smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo`lgan alohida xususiyatlarni jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab bo`lmaydi. Jinsiy yetilish o`smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta`sir ko`rsatib, bu ta`sir bevosita emas, balki ko`proq bilvositadir. O`smirlik davriga ko`pincha so`zga kirmaslik, o`jarlik, tajanglik, o`z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi xususiyatlar xos. Kattalarga nisbatan yovo`z munosabatning paydo bo`lishi, noxush xulq-atvor alomatlari jinsiy yetilish tufayli paydo bo`ladigan belgilar bo`lmay, balki ular bilvosita ta`sir ko`rsatadigan, o`smir yashaydigan ijtimoiy shart-sharoitlar vositasi orqali: uning tengdoshlari, turli jamoalardagi mavqei tufayli, kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi munosabatlari sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. Mana shu ijtimoiy sharoitlarni o`zgartirish yo`li bilan o`smirlarning xulq-atvoriga to`g`ridan-to`g`ri ta`sir ko`rsatish mumkin. O`smirlar nihoyatda taqlidchan bo`lib, ularda hali aniq bir fikr, dunyoqarash shakllanmagan bo`ladi. Ular tashqi ta`sirlarga va hissiyotlarga juda beriluvchan bo`ladilar. Shuningdek, ularga mardlik, jasurlik, tantilik ham xosdir. Tashqi ta`sirlarga beriluvchanlik o`smirda shaxsiy fikrni yuzaga kelishiga sabab bo`ladi, lekin bu shaxsiy fikr aksariyat hollarda asoslanmagan bo`ladi. Shuning uchun ham ular ota-onalarning, atrofdagi kattalarning, shuningdek, ustozlarning to`g`ri yo`lni ko`rsatishlariga qaramay, o`z fikrlarini o`tkazishga harakat qiladilar. Juda ko`p o`smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qizikib qoladilar. Katta odam, shuningdek chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o`zini qo`lay xis qiladi. Bunday holatlarga tushgan o`smir juda tashvishga tushadi va unda krizis holati yo`zaga keladi. Bu krizis o`smirning ma`naviy o`sishi, shuningdek, psixikasidagi o`zgarishlar bilan ham bog`liqdir. Bu davrda bolaning ijtimoiy mavqei o`zgaradi, o`zining yaqinlari, do`stlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta o`zgarish uning. ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko`pgina o`smirlarda o`zidan qoniqmaslik holati ko`zatiladi.

Shuningdek, o`zi haqidaga mavjud fikrlarning bugun unda sodir bo`layotgan o`zgarishlarga to`g`ri kelmayotganligi o`smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o`smirda o`zi haqida salbiy fikr va qo`rquvni yo`zaga keltirishi mumkin. Ba`zi o`smirlarni nima uchun atrofdagilar, kattalar, shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiylashishlariga sabab bo`ladi va o`smirlik davri krizisi deyiladi. O`smirlik davrida yetakchi faoliyat - bu o`qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir, o`smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi - bu do`stlik, o`rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir. O`smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u to`la o`rtoqlik kodeksiga bo`ysunadi. O`smirlarning ota-onasi, kattalar bilan qiladigan muloqoti ularning katta bo`lganlik hissi asosida tuzilgan bo’ladi. Ular kattalar tomonidan qilinadigan haqhuquqlarini cheklashlariga, qarshilik va e`tirozlariga qattiq qayg`uradilar. Lekin shunga qaramasdan, u muloqotda kattalarning qo`llab-quvvatlashlariga ehtiyoj sezadilar. Birgalikdagi faoliyat o`smirga kattalarni yaxshiroq tushunishlari uchun yordam beradi. O`smir o`zida bo`layotgan o`zgarishlar, uni tashvishga solayotgan muammolar haqida kattalar bilan bo`lishishga katta ehtiyoj sezadi, lekin buni hech qachon birinchi bo`lib o`zi boshlamaydi. O`smir o`ziga nisbatan yosh bolalardek qilinadigan muomala munosabatiga qattiq norozilik bildiradi. O`smirlar muloqoti nihoyatda o`zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi, o`smirlik davriga kimningdir hatti-harakatini qilish xosdir. Ko`pincha ular o`zlariga tanish va yoqadigan kattalarning hatti-harakatlariga taqlidchanlik qiladilar. Qayd etib o`tilgan yo`nalganlik, albatta, kattalarning ham muloqot va munosabatida mavjud, lekin ular kattalarnikidan o`z emotsionalligi bilan farqlanadi. Tengdoshlari, shuningdek, sinfdoshlari guruhida o`smir o`zining kelishuvchanlik xususiyati bilan namoyon bo`ladi. O`smir o`z guruhiga bog`liq va qaram bo`lgani holda shu guruhning umumiy fikriga qo`shilishiga va uning qarorini doimo bajarishga tayyor bo`ladi. Guruh ko`pincha o`smirda «Biz» hissining shakllanishiga yordam beradi va uning ichki holatini mustahkamlaydi.

O`smir yoshidagi bola uchun do`st tanlash juda katta ahamiyata ega. O`smirlik davrida do`st juda qadrli hisoblanadi. Do`stlar doimiy ravishda ruhan, qalban yaqin bo`lishga ehtiyoj sezadilar. Bu ehtiyoj o`smir do`stlarning hol-ahvol so`rashishi va ko`rishishlarida (qo`l berib, quchoq ochib ko`rishish) birga o`tirish va birga yurishga harakat qilishlarida ko`rinadi. Ko`pgina ana shunday juda yaqin munosabatlar, o`smirlarning shaxs bo`lib shakllanishida, hamkorlikdagi harakatlarining izi inson qalbida va xotirasida bir umrga saqlanib qoladi. O`smirlar kattalarning ularga bildiradigan ishonchlariga katta ehtiyoj sezadilar. Kattalarning o`smir yoshdagilarga ta`sir ko`rsatishi, tarbiya berishi uchun eng qo`lay sharoit - bu umumiy mehnat bilan shug`ullanishidir. Agar kichik yoshdagi bolalar yordamchi bo`lish rollaridan qoniqsalar, o`smirlar, ayniqsa, katta o`smirlar kattalar bilan teng ravishda faoliyat ko`rsatayotganlaridan, lozim bo`lganda ularning o`rnilariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar. Kattalar o`smirlar bilan do`stona, uni to`la tushunadigan va aql bilan rahbarlik qilsalar, bunga o`smirlar ijobiy qaraydilar, lekin bu rahbarlik kattaning xohish-istagi ustunligida kechsa, unday holda ular to`la qarshilik ko`rsatadilar. Bu qarshilik ko`pincha salbiy natijalarga, ba`zan depressiya holatni ham yuzaga keltirishi mumkin, Bu holat ko`pincha ota-onasi avtoritar munosabatda bo`luvchi oilalarda uchraydi. Bunday oilalarda tarbiyalanayotgan o`smirlar hayotida mustaqil holda harakat qilishlari, o`z rejalarini amalga oshirishlari, qiyin mas`uliyatning o`z zimmalariga olishlari birmuncha qiyinroq. Ular ko`pincha intellektual xarakterdagi muammolarni ham qiyinchilik bilan yengadilar. O`smirlik davrida bolalarning atrofdagi odamlar bilan shaxsiy va ish yuzasidan bo`ladigan munosabatlaridagi mavqei o`zgaradi. Endi o`smirlar o`yin hamda damga kamroq vaqtlarini ajratgan, holda ko`prok jiddiy ishlar bilan shug`ullana boshlaydilar va ularda bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi. O`qish o`smirlar hayotida katta o`rinni egallaydi. O`smirlar o`qishidagi asosiy motiv: bu ularning ulg`ayayotganlikligini his ettiradigan, anglatadigan o`qish turlariga tayyorlanishlaridir.

Ular uchun mashg`ulotlarning mustaqil shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan o`smirlarning fanlarni muvaffaqiyatli 8 o`zlashtirishlari, qiziqishlarini orttirishlari o`qituvchining o`quv materialini tushuntira olish mahoratiga bog`liq. Bilim o`rganish ehtiyojlari asosida astasekinlik bilan o`quv fanlariga nisbatan qat`iy ijobiy munosabat shakllanadi. Bu davrda o`qishning yangi motivlari yo`zaga keladi. Bu motivlar o`smirning hayotiy rejalari, kelajak kasbi va ideali bilan bog`liq bo`ladi. Aynan o`smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga harakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sazovor bo`ladi. Bilim o`smirlarga alohida bir quvonch bag`ishlaydi va uning tafakkur qilish layokatini rivojlantiradi. O`smirlarning o`quv materiallarini faqat mexanik xotiraga asoslanishlari halaqit berishlari mumkin. Bu davrda o`quvchilarga beriladigan o`quv materialining hajmi katta bo`lgani uchun ham uni eslab qolishi yoki bir necha marta takrorlash yo`li bilan o`zlashtirishi qiyin. Buning uchun o`quvchi o`quv materialining mazmunini tahlil qilishi, undagi mantiqiy tuzilishni bilishi muhim. Bu davrda bolalarning idroki, diqqati va tasavvurlari o`zgaradi. Lekin bu o`zgarish bolaning o`ziga va atrofdagilarga sezilmagan holda kechadi. Shu bilan birga bu davrda bolaning xotirasi, nutqi, tafakkur jarayonlari ham jadal rivojlanadi. Bu o`zgarishlar atrofdagilarga sezilarli darajada bo`ladi. O`smirlik davrida bolani anglashi va o`z-o`zini anglash darajasi kengayadi va unda boshqa odamlar, olam haqidagi bilimlari chuqurlashadi, o`yin faoliyati astasekin. kamayib, yangi faoliyatlar yo`zaga kela boshlaydi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi. O`smirlik davrida o`z faoliyatini nazorat etish rivojlana boshlaydi va o`zini-o`zi boshqarishga intilishi kuchayadi. Bir so`z bilan aytganda, o`smirlik davri psixik rivojlanishda keskin burilish davri hisoblanadi. G`azab, qo`rquv va shu kabi boshqa emotsiyalar insonni o`rab turgan muhitga moslashish funksiyalarini bajaradi. G`azab odamlarda ham, hayvonlarda kabi to`siqlarni yo’qotishga, maqsadga erishishdagi, dam olishdagi yoqimli taassurotlarni olishdagi va boshqa to`siqlarni yengishga yo’naltirilgan. Shuning uchun har qanday agressiyani ko`rsatish qonunbuzarlik hisoblanmaydi.

G`azab - ma’lum bir holatdagi reaksiya va u odam uchun xatarli holatda kerak bo`ladi. Agar g`azab “kuchayib“ borsa, unda u sharoitdan ustunroq bo`ladi, 9 doimiy xavotirlanish bilan olib borilib, u normal hisoblana olmaydi. Normadagi stressorning uzoq muddatda ta’siri unga moslashishga olib keladi, bunda agressivlik, yuqori hayajon, qo`rquv va nevrotik simptomlarni kelib chiqishi o`zini boshqarish tizimining “buzilishi” hisoblanadi. B.Spok fikricha, bir yoshli bolaning onasiga go`dakka nisbatan yoqimsiz harakat qilgani uchun tipirchilashi yoki tushirib qoldirishi, ikki yoshli bolaning boshqa bolani urishi, uning qum o`ynayotgandan o`yinchog`ini tortib olgani uchun kurakchasi bilan boshiga tushirib qolishi oddiy hol hisoblanadi. Barcha g`azabning reaksiyalari holatli (ya’ni sharoitga qarab) va adekvatli, lekin ular buzilishiga “o`tib ketishi mumkin”. Har qanday buzilish o`zining boshlanishini aniq bir ko`rinish (situatsiya) dan oladi.

Buzilishda g`azab ta’sirining «o`sib boorish» sharoitlari quyidagilardan iborat: - Ota-onalarning doimiy agressiv hatti-harakatlari, bolaga salbiy ta’sir qiladi, bularni qaytarib ularning agressivdiklarga „kasallanib“ qoladi (o`rganib qoladi). Bu degani bolaning o`zini emotsional boshqarish sistemasi uning otaonalari emotsional boshqarish tipida ko`riladi; - Bolani yaxshi ko`rmaslik ko`rinishi uyda himoyachining yo’qligi, xatar va atrofdagi olamni dushmanligi kabi sezgilar shakllanadi. - uzoq muddatli va tez-tez bo`lib turadigan frusratsiyalar, bunda ularning asosi bo`lib ota-onalar va qandaydir muhitlar sabab bo`ladi; ota-onalar tomonidan bolani kamsitish, haqorat qilish. Bu frustratsiyaning alohida bir ko`rinishi, bu bola shaxsini shakllantirishda juda muhim hisoblanadi, hatto diagnostika va korreksiya jarayonida alohida ko`rib chiqish zarur.



    1. Download 51,11 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish