Mavzu:O’simliklar to’qimalari va ularning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. - Reja
- To'qima haqidagi tushuncha va uning turlari
- 2.To’qimalarning joylashgan o’rni va vazifalari
- 3. To’qimalarning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati
- Sitologiya fanining rivoj topishi to‘qimalar haqidagi fan gistologiyani rivojlanishiga ham asos bo‘ldi.
- To'qimalar haqidagi dastlabki tushunchalar 1671 -yilda Marchello Malpigi (1628-1694)va Neemiy Gryu (1641-1712) bir-biridan mustaqil holda yaratgan« o‘simliklar anatomiyasi» nomli asarlarida yoritilgan.
- 1807-yili G.Link to‘qimalami parenximatik va prozenximatik to‘qimaga ajratgan bo‘lsa, gistolog P. Van Tigem esa to ‘qimalami tirik va o‘lik guruhga ajratgan. 1868-yilda fiziolog I. Saks o‘simlik to‘qimalarini bajaradigan vazifasi hamda ularning joylanishiga qarab uch guruhga:
- qoplovchi,
- o‘tkazuvchi
- va asosiy to‘qimalarga ajratishi hozirgi zamonaviy to‘qimalar klassifikatsiyasiga asos solgan.
- To‘qimalar klassifikatsiyasi: to‘qima tizimlari, kenja to‘qimalar, to‘qima turlari xozirgi zamonaviy to'qimalar klassifikatsiyasi I.Saks yaratgan klassifikatsiyaga asoslanadi.
- Unga ko‘ra, o‘simlik tanasi va organlari uchta to‘qima: qoplovchi, asosiy va o‘tkazuvchi to‘qimalar tizimlaridan tashkil topgan. Har bir to‘qima tizimi tarkibiga bir nechta kenja to‘qima turlari kiradi.
- 0‘simlikdagi
- asosiy to'qima tizimining tarkibiga - uchta kenja to'qimalardan: parenxima, kollenxima va sklerenxima;
- 2. o‘tkazuvchi to'qimalar tizimi tarkibiga —ksilema va floema;
- 3. qoplovchi to‘qimalar tizimi tarkibiga esa epiderma va periderma kiradi.
- O‘simliklar tanasidagi asosiy to'qima tizimi —fotosintez qilish, zaxira oziq moddalarini saqlash kabi turli xil funksiyalami bajaradi.
- 0‘simliklardagi o‘tkazuvchi to‘qima tizimining asosiy funksiyasi tuproqdan ildiz tukchalari orqali shimib olingan suv va unda erigan mineral moddalami ildiz va poyalar orqali fotosintez amalga oshuvchi barglarga yetkazib berish, shuningdek, barglarda fotosintez jarayoni davomida hosil bo’lgan organik moddalarni ozuqa moddalar talab qilingan qismlarga yoki zaxira holida to‘planuvchi organlarga yetkazib berishdan iborat.
- Shuningdek, o ‘tkazuvchi to‘qima o ‘simlik organizmida mexanik
- funksiyani ham bajaradi.
- Qoplovchi to‘qima tizimining funksiyasi esa - o’ simlikning barcha
- organlari ustki qismini qoplab turishdan iborat.
- Shunday qilib,o'simlikning ildizi, poya, barg, gul va mevalari ushbu
- ko‘rsatib o‘tilgan 3 turdagi to‘qimalar tizimidan tashkil topgan bo‘lib, bir
- butun tizim sifatida funksiya bajaradi.
- Masalan, o ‘tkazuvchi to‘qima orqali ildizdan barglarga
- va barglardan esa - butun o ‘simlik organizmiga moddalar
- tashilishi amalga oshsa, asosiy to‘qimada fotosintez jarayoni
- amalga oshadi.
- Qoplovchi to‘qima funksiyasi orqali o‘simlikning bir butun
- tizim sifatida ishlashi ta’minlanadi.
- Boshqa tirik organizmlar kabi, o ‘simliklar organizmining ham elementar tuzilish va funksional birligini hujayra tashkil qilar ekan,evolutsiya davomida o ‘simliklar organizmida o‘ziga xos maxsus funksiyalami bajarishga ixtisoslashgan hujayralar guruhlari shakllangan. To'qima - bu tuzilishi va funksiyasi o‘xshash bo‘lgan hujayralar guruhidan tashkil topadi.
- O‘simlik organizmida ayrim to‘qimalarning tarkibi faqat bir xil tuzilishga ega hujayralardan tashkil topsa, ayrim to‘qimalar bir nechta tipdagi hujayralardan tashkil topadi.
- To'qimalar kelib chiqishi, rivojlanishi, shakli va bajaradigan funksiyasiga ko‘ra ham klassifikatsiya qilingan.
- To‘qimalar rivojlanishiga ko‘ra:
- embrional va 2. doimiy to‘qimalardan iborat.
- Embrional to‘qimaga meristematik yoki hosil qiluvchi to‘qima deb ham yuritiladi. Embrional to‘qimadan doimiy to‘qimalar kelib chiqib, ular quyidagilardan iborat: qoplovchi, asosiy, mexanik va o ‘tkazuvchi to‘qimalar.
- To‘qimalar shakliga ko‘ra ham ikki xil bo‘ladi:
- parenximatik va prozenximatik.
- Oddiy to‘qima-shakli va funksiyasi bir xil bo'lgan hujayralar to'plamidan iborat bo‘lsa (parenxima, sklerenxima), murakkab to‘qima tarkibiga-shakli va funksiyasi har xil bo’lgan hujayralar kiradi (qoplovchi, o ‘tkazuvchi to'qimalar).
- To'qimalar anatomo-fiziologik xususiyatiga ko‘ra quyidagi xillarga bo’linadi: hosil qiluvchi (embrional, meristema), qoplovchi, o ‘tkazuvchi, mexanik, asosiy, ajratuvchi, aerenxima, xlorenxima, jamg‘aruvchi, so‘ruvchi va boshqa to‘qimalardan iborat.
- Meristema (hosil qiluvchi) to‘qimasi xayvon to‘qimalaridan farq qilib, o ‘simlik organizmida doimiy o‘sish jarayonini ta’minlovchi - meristema to‘qimasi mavjud bo‘lib, bu hujayralar faol tarzda doimiy bo‘linadi. Yangi hosil bo‘lgan meristema to‘qimasining hujayralari yupqa po‘stli, yirik yadroli, quyuq protoplazmali bo‘ladi. Bunday hujayralar bir-biri bilan zich joylashgan bo‘lib, hujayra oraliqlari bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |