Mavzu: O`simliklar sistematikasi. Ayiqtovondoshlar, ko‘knordoshlar, yong‘oqdoshlar, toldoshlar, tutdoshlar oilalari



Download 0,82 Mb.
Sana14.12.2022
Hajmi0,82 Mb.
#885952
Bog'liq
Mavzu O`simliklar sistematikasi. Ayiqtovondoshlar, ko‘knordoshl


11 – laboratpriya mashg`uloti.
Mavzu: O`simliklar sistematikasi. Ayiqtovondoshlar, ko‘knordoshlar, yong‘oqdoshlar, toldoshlar, tutdoshlar oilalari.

Ishdan maqsad: Ayiqtovondoshlar, ko’knordoshlar, yong’oqdoshlar, toldoshlar va tutdoshlar oilasi vakillarining tuzilishini, sistematik tahlilini, gul tuzilishi va diagrammasini o’rganish.


Kerakli jihоzlar: mikrоskоp, lupa, pinset, nina, buyum va qоplag‘ich оyna, gerbariy namunalari, rasm va bоshqalar.
Ishning tartibi. 1. Ayiqtovondoshlar oilasi vakillarining tuzilishini o’rganish. Ayiqtovondoshlar oilasi vakillari, asosan, ko‘p yillik va bir yillik o‘t o‘simliklari bo‘lib, 66 turkum va 2000 dan ortiq turga ega. Barglari oddiy, turli darajada qirqilgan, yonbargchasiz. Turkumlar gul tuzilishi bilan bir-biridan yaxshi farq qiladi. Masalan, ba’zi bir turlarining gulqo‘rg‘oni oddiy, gul a’zolarining soni turlicha bo‘lib, spiral holda joylashgan (Hepatica, Anemone kabi turkum vakillarida). Ba’zi bir turkum vakillarining gul tuzilishi hasharotlar vositasida changlanishga moslashgan bo'lsa, Aconitum turkumi turlarining gulqo‘rg‘oni esa zigomorf yoki Thalictrum turkumi vakillari shamol vositasida changlanishga moslashganligi sababli gulqo‘rg‘onlari reduksiyalangan Bu oilaning ko‘pchilik vakillari kuchli alkaloidlarga ega bo‘lganligi uchun ham meditsinada keng qo‘llaniladi. Ba’zi bir turkum vakillari (Delphinium) bo‘yoqbop o‘simliklar hisoblansa, sedana (Nigella) turkum vakillari oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llaniladi. Namuna sifatida pichanzorlar, o‘rmon va dalalarda keng tarqalgan zaharli ayiq- tovon (Ranunculus acris) bilan tanishamiz. Bu ko‘p yillik o'simlikning balandligi 30-100 sm gacha bo‘ladi, yon ildizlari popuk ildizsimon. Poyasi tik o‘suvchi, shoxlangan, yumaloq, ichi bo‘sh. Barglari oddiy poyaga ketma-ket joylashgan. Ostki barglari uzun barg bandli, panjasimon. Yuqoridagi barglari esa qisqa barg bandli yoki bandsiz. Gullari yakka yoki 2-3 gulli simpodial to‘pgulga joylashgan, aktinomorf, gemitsiklik. Gul - kosabarglari 5 ta yashil yoki sariq-yashil, erkin. Gultojibarglari ham erkin, 5 ta, sariq, ostki qismida nektardonlar mavjud. Androtsey alohida-alohida joylashgan ko'p sondagi changchilarga ega. Ginetsey ko‘p sondagi apokarp urug‘chilardan iborat. Tugunchasi ustki, bir uyali.Gul formulasi Ca5 C05 A∞ G∞. Mevasi yong‘oqcha. Ish oxirida aniqlagichlar vositasida oila, turkum va turlar aniqlaniladi.
Bo’lim – Magnoliyatoifa – Magnoliophyta
Ajdod – Magnoliyasimonlar – Magnoliopsida
Ajdodcha – Ayiqtovonkabilar – Ranunculadae
Qabila – Ayiqtovonnamolar – Ranunculales
Oila – Ayiqtovondoshlar – Ranunculaceae Juss.
Turkum – Ayiqtovon – Ranunculus L.
Turkum – Parpin – Aconitum L.
Turkum – Isfarak – Delphinium L.
Turkum – Sedana – Nigella L.
28-rasm.
Zaharli ayiqtovon
(Ranunculus acris):
A - umumiy ko'rinishi;
В - mevachaning umumiy ko‘rinishi va bo‘yiga kesigi;
D - gulning bo‘yiga kesigi;
E - gultojibarg; F - changchi; G - ko‘p sondagi apokarp
G-netsey; H - urug‘chi;
I - gul diagrammasi;
1- nektar chuqurchasi.

Xulosa. Rasm daftarga ayiqtovon gulining rasmi chiziladi, formulasini yozib, diagrammasi chiziladi.


2. Ko’knordoshlar oilasi vakillarining tuzilishini o’rganish. Gultoj asta-sekin ochilsa, to‘rtta tojbarg ikki doira (har doirada ikkitadan) yasab joylashganligi ko‘rinadi. Tojbarg to‘garak shaklida, qip-qizil rangda bo‘lib, pastki tomonida qora yoyi bor. Ko‘knor gulida juda ko‘p miqdorda changchilar bo‘ladi. Mana bu belgi ko‘knor gullilarni ko‘p mevalilar bilan yaqinlashtiradi. Changchi iplari ingichka, qora rangda, ularning ichida to‘q binafsha tus changdonlar bo‘ladi.


Gulning markaziy qismida bochkasimon shaklda urug‘chi joylashadi. Urug‘chi tumshuqchasi yulduzsimon ko‘rinishda. Urug‘chi tugunchasi belidan yuqoriroq joyidan ko‘ndalangiga kesilsa, uya ichidagi to‘siqlarning to‘la emasligi ko‘rinadi, demak tuguncha bir uyali. Ammo ko‘knor gulidagi urug‘chi tugunchasi ko‘p miqdor meva bargchalaridan tashkil topganligi uchun u xuddi ko‘p uyalidek bo‘lib ko‘rinadi. Mevasi ko‘sakchadan iborat. Yetilgan ko‘sakchasi olib tekshirilganda uning yuqori uchida teshiklar borligi ko‘rinadi.
Bo’lim – Magnoliyatoifa – Magnoliophyta
Ajdod – Magnoliyasimonlar – Magnoliopsida
Ajdodcha – Ayiqtovonkabilar – Ranunculadae
Qabila – Ko’knornamolar – Papaverales
Oila – Ko’knordoshlar – Papaveraceae Juss.
Turkum – Ko’knor – Papaver L.
Turkum – Qizg’aldoq – Roemeria Medik.
Turkum – O’rmonqora – Glaucium Mill.
29-rasm.
Ko’knor – мак самосейка
(Papaver rhoeas):
A - umumiy ko'rinishi;
В – urug’ining umumiy
ko‘rinishi va bo‘yiga kesigi;
D - gul g’unchasi;
E - changchi va urug’chi;
F - gulning bo‘yiga kesigi;
G – urug’chining bo‘yiga kesigi
G- gul diagrammasi;
H - mevasi.

Xulosa. Rasm daftarga ko‘knor guli, diagrammasi chizib, formulasi yoziladi.


3. Yong’oqdoshlar oilasi vakillarining tuzilishini o’rganish. Nina uchi bilan bir nechta changchi va urug‘chi gullar olinib, lupada tekshiriladi. Changchi gulda 6-8 ta erkin bargchadan iborat oddiy yashil kosachasimon gultevarakligi hamda 8-40 ta changchisi bo‘ladi. Changchisi gulda 6-8 ta erkin bargchadan iborat oddiy yashil, kosachasimon gultevarakligi hamda ko‘p miqdorda (8-10 ta) changchisi bo‘ladi. urug‘chi guli 2-5 ta bargchadan tashkil topgan yashil kosachasimon, sertuk gultevarakligidan iborat bo‘ladi; gultevarakligi bargchalari tuguncha bilan qo‘shilib ketgan bo‘ladi. Urug‘chisi ikkita mevabargchadan iborat, uning ustunchasi qisqa bo‘yli bo‘lib ikkita nishtarsimon tumshuqchasi bor.


Urug‘chi tikkasiga ikki pallaga ajralsa, tugunchasining bir uyali ekanligi ko‘rinib turadi. Yong‘oqning onalik guli uni o‘rab turadigan barg va ikkita gulyonligi bilan qo‘shilib o‘sib mevaning qalin po‘stini hosil qiladi.
Mevasi soxta danakdan (yong‘oqdan) iborat bo‘lib, ustini yashil mevatevarakligi o‘ragan bo‘ladi, keyinchalik bu mevatevarakligi yorilib, qurib tushib ketadi, yong‘og‘i yalang‘och bo‘lib qoladi. Yong‘oq daraxti O‘rta Osiyo tog‘li rayonlarida yovvoyi holda o‘sib yong‘oqzor o‘rmonlari hosil qiladi. Yong‘oq gullarining diagrammasini chizib, formulasi yozib olinadi.

Bo’lim – Magnoliyatoifa – Magnoliophyta


Ajdod – Magnoliyasimonlar – Magnoliopsida
Ajdodcha – Temirdaraxtkabilar – Hamamelididae
Qabila – Yong’oqnamolar – Juglandales
Oila – Yong’oqdoshlar – Juglandaceae.
Turkum – Yong’oq – Juglan.


29-rasm. Yong’oq – (Juglans regia):
A – changchi gulli novdasi;
В – urug’chi gulli novdasi;
1 – changchili to’pguligul ;
2 – changchili guli;
3a-b - changdon;
4 – urug’chili gul;
5- mevasi;
6 – yong’og’i.

Xulosa. Rasm daftarga yong’oq gulining rasmi chiziladi, formulasini yozib, diagrammasi chiziladi (29-rasm).


4. Toldoshlar oilasi vakillarining tuzilishini o’rganish. Tolnamolar qabilasining toldoshlar oilasi (3/400) vakillari asosan daraxt, buta o ‘simliklari bo‘lib, ko‘pincha ikki uyli. Gullari hamma vaqt bir jinsli, gulqo'rg'onsiz yoki reduksiyalangan. Tollaming changlanishi asosan hasharotlar yordamida o‘tadi. Guli xushbo‘y, nektarlarga ega. Tollarda changchilar soni 2 ta, teraklarda 6-40 tagacha, urug‘chisi 2 ta, mevabargning qo'shilib o‘sishidan hosil bo'lgan. Teraklar (Populus) turkumi vakillari esa shamol vositasida changlanadi, gullarida nektar bo'lmaydi, changlar shamolda tarqalishga moslashgan. Gullari kuchalasimon to'pgullarga to'plangan. Mevasi ikki pallali ko'sakcha, urug'ida endosperm bo'lmaydi, oq tuklardan iborat uchmasi bor.
Bu oilaning tollar va teraklar turkumi keng tarqalgan Suv tol (Salix vilhelmsiana) yoki ko‘k tol (S. coerulea) va oq terak (Populus alba) kabi oila vakillari gerbariy yoki fiksatsiya qilingan materillar yordamida o ‘rganiladi To‘pgulni gerbariydan o'rganishda gullash davri shu o'simlikning barg chiqarishidan oldin yoki keyin ekanligi, to'pgul tipi qandayligi, o'simlik bir uyli yoki ikki uyli ekanligi aniqlanadi. Gulni bo'laklarga bo'lib, lupada ko'riladi va gulidagulqo‘rg‘on bor-yo‘qligiga, guldagi changchilar soniga, qanday joylashganiga e’tibor beriladi. Urg'ochi gulida nechta urug‘chi borligi, u nechta meva bargidan iboratligiga, nektardoni bor-yo‘qligiga, meva xillariga, O‘simlik qanday changlanishiga ahamiyat beriladi.Urg‘ochi gulining rasmi chiziladi. Oilaning boshqa turlari gerbariydan ko‘rib, ta’rif beriladi va xo‘jalik ahamiyatlari, ekologiyasi (tarqalish hududlari) ko‘rsatiladi. Aniqlangan turlaming sistematik belgilarini ifodalangan holda chizib oling.

Bo’lim – Magnoliyatoifa – Magnoliophyta


Ajdod – Magnoliyasimonlar – Magnoliopsida
Ajdodcha – Dalachoykabilar – Dilleniidaedae
Qabila – Tolnamolar – Salicales
Oila – Toldoshlar – Salicaceae Mirb.
Turkum – Tol – Salix L.
Turkum – Terak – Populus L.


30-rasm.
Oq tol
(Salix alba):
A – changchili gulpoyaning umumiy ko'rinishi;
В C – chanchining umumiy
ko‘rinishi;
D – urug’chili gulpoyaning umumiy ko'rinishi;
E F – urug’ining umumiy
ko‘rinishi;
G H – bargaining old va orqa tomondan ko’rinishi;
I – mevali shoxi.

Xulosa. Rasm daftarga tol gulining rasmi chiziladi, formulasini yozib, diagrammasi chiziladi (30-rasm).


5. Tutdoshlar oilasi vakillarining tuzilishini o’rganish. Tut guli lupada tekshiriladi. Tutning gullari yakka jinsli bo‘lib, kuchalasimon to‘pgulga to‘planagan otalik kuchalasi ko‘zdan kechiriladi. Bu kuchala silindr shaklida bo‘lib pastga osilib turadi, gullari qiltiriq (gulbandi yo‘q). Kuchaladan bitta gul uzib olib tekshirilganda, uning gultevarakligi to‘rtta erkin joylashgan tuxumsimon bargcha va to‘rtta changchidan iboratligi ko‘rinadi.
Onalik guli kuchalasi tik xolda bo‘lib, unda gullar zich joylashgan. Bu gullardan bittasi olib tekshirilganda unda tugunchani o‘rab olgan to‘rt bo‘lakli gul tevarakligi borligi ko‘rinadi. Tugunchasi ikki uyali, ammo mevasi pishishida har bir tugunda faqat bitta uya rivojlanadi. Urug‘chi tumshug‘i ikki bo‘lakli bo‘lib, sirti bo‘rtmlar bilan qoplangan. To‘p meva cho‘ziqroq shaklda.
Bo’lim – Magnoliyatoifa – Magnoliophyta
Ajdod – Magnoliyasimonlar – Magnoliopsida
Ajdodcha – Dalachoykabilar – Dilleniidaedae
Qabila – Gazandamolar – Urticales
Oila – Tutdoshlar – Salicaceae Mirb.
Turkum – Tut – Morus L.

31-rasm. Yong’oq – (Juglans regia):


A – tut novdasining umumiy ko’rinishi;
1 – changchili gullari;
2-3 – urug’chili guli;
4 – urug’chining ko’ndalang kesimi;
5- mevasi (yetilishidan oldin);
6 – yetilgan meva.

Xulosa. Daftarga tut gullarining tuzilishi va diagrammasini chizib, formulasi yoziladi (31-rasm).


Nazоrat savоllari:

  1. Ayiqtovonlar turkumi vakillari bilan parpi turkumi vakillarining tarqalish muhitlarini ta’riflang.

  2. Meditsinada qo‘llaniladigan turkum turlarining lotincha va mahalliy nomlarini, tabiatda tarqalgan maydonlarini aniqlang.

  3. Oila gulli o'simliklar evolutsiyasida qanday o‘rin egallaydi?

  4. Toldoshlar oilasining asosiy sistematik belgilari nimalar?

  5. Oilaning keng tarqalgan turkum va turlari. Ular qanday ekologik muhitda keng tarqalgan?

  6. Tollar va teraklaming qanday turlari xalq ho‘jaligida katta ahamiyatga ega?

  7. Tol va terak turlarida gul, to‘pgul va mevalar tuzilishidagi farqlar nimada?

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish