Mavzu: O`simlik dunyosida uchraydigan mono-oligo va polisaxaridlar Reja



Download 241 Kb.
bet1/3
Sana29.04.2022
Hajmi241 Kb.
#593527
  1   2   3
Bog'liq
O`simlik dunyosida uchraydigan mono-oligo va polisaxaridlar



MAVZU:O`simlik dunyosida uchraydigan mono-oligo va polisaxaridlar


Reja

  1. O`simliklarda Oligosaxarid tushunchasi.

  2. O`simliklarda Polisaxaridlar ta’rifi va nomenklaturasi.

  3. O`simliklarda Polisaxaridlarni tuzilishini o’rganish uslublari.



Oligosaxaridlar deganda 10 tagacha monosaxarid tutgan molekulaga aytiladi. Ayrim adabiyotlarda glikoprotein tarkibidagi uglevod qismini ham oligosaxarid deyilmoqda. Ularda 15-20 ta monosaxarid uchraydi. Demak, asosan 10 tagacha, lekin istisno tariqasida 20 tagacha monosaxarid tutgan molekulalar oligosaxarid deb ataladi.
Saxaroza - o’simliklarda ko’p uchraydi. Masalan, u asosan shakar qamishidan olinib, qamish shakari deb ham yuritiladi. Saxaroza lavlagida ham ko’p miqdorda bo’ladi. Shuning uchun uni sanoatda asosan shakar qamishi va lavlagidan olinadi. Saxaroza shirin tahmga ega, u suvda yaxshi eriydi, burish burchagi  . Saxaroza gidrolizga uchratilsa glyukoza va fruktoza monosaxaridlarini beradi, hosil bo’lgan glyukoza o’ngga, fruktoza esa chapga buradi, chapga burish burchagi kuchli bo’lgani uchun ular eritmasining aralashmasi chapga buradi. Bunday gidrolizni inversiya jarayoni deb ham ataladi.

Bu jarayonni amalga oshiruvchi enzimni invertaza, hosil bo’lgan glyukoza va fruktozalar aralashmasini - invert qandi deb ataladi. Saxaroza feling suyuqligini qaytarmaydi va fenilgidrazin bilan tahsirlashmaydi. U juda yaxshi kristallanadi, Tsuyuq.   ()-Saxarozani suyultirilgan suvli kislota yoki invertaza (Xamirturishdan olingan) fermenti bilan gidrolizga uchratilsa teng miqdordagi D-()-glyukoza va D-(-)-fruktozalar hosil bo’ladi. Demak, saxaroza bir molekula D-()-glyukoza va bir molekula D-(-)-fruktozadan tuzilgan deb hisoblash mumkin. Hosil bo’lgan glyukoza va fruktoza aralashmasini xromatografiya yo’li bilan aniqlash va ajratib olish mumkin.
Maltoza - solod qandi, kraxmalga diastatik fermentni ta’sir ettirib olinadi. Bu ferment arpa va solod urug’larining yangi ko’kargan novdalarida ko’p bo’ladi. Maltoza ikki molekula glyukozadan tuzilgan bo’lib, uning bittasi boshqa molekulasi bilan 4-holati bo’yicha -glikozid tipida bog’langan. Maltoza Feling suyuqligini qaytaradi, gidrazon va ozazon hosil qiladi. Maltoza maltaza enzimi (achitqilarda, mog’or zambrug’larida uchraydi) ta’sirda glyukozagacha parchalanadi. Maltoza - va -shakl ko’rinishlarda mavjud  va  . Shuning uchun eritmada mutarotatsiyaga uchraydi va   bo’ladi. Bu dalillar shuni ko’rsatadiki, ()-maltoza karbonil guruhini reaksiyaga qobiliyatli poluasetal holatda tutadi. Bunday karbonil guruhi uning molekulasida bitta bo’ladi. Maltoza suvli kislota eritmasi bilan gidrolizga uchratilsa yoki unga achitqidan olingan maltaza fermenti ta’sir ettirilsa to’liq  ga aylanadi. Demak,   hosil bo’lgan   molekulasi xromatografik metod bilan aniqlanadi va ikkita D-()-glyukozadan tuzilgan deb qarash mumkin bo’ladi.





Laktoza - sut qandi. Bu disaxarid sutda bo’ladi, uni sutning shirin zardobidan kristallab olinadi. Laktozaga kislota va fermentlar ta’sir ettirilsa glyukozaga va galaktozaga parchalanadi. Laktoza - va - shaklda bo’ladi, burish burchagi  Laktoza Feling suyuqligini qaytaradi. U shirin ta’mga ega va yosh organizmlar uchun to’yimli ozuqa vazifasini bajaradi. Laktozani kislotali yoki enzimatik gidroliz qilishdan hosil bo’lgan glyukoza va galaktozalarni aniqlash uchun xromatografik metoddan foydalaniladi. Sellobioza. Bu disaxarid oktaasetat ko’rinishida sellyulozadan uni sirka angidridi va konsentrlangan sulfat kislotasi ta’sirida gidrolizga uchratib olingan (Skraup va Kyoning, Franshimon). Erkin holatdagi sellobioza yaxshi kristallanadi, suvda yaxshi eriydi, spirtda yomon eriydi,   U qaytaruvchi hisoblanadi, ozazon beradi. Uni kislota yoki enzim (sellobioz) ta’sirida qaynatilsa glyukozagacha parchalanadi. Sellobioza hayvonot va o’simliklar dunyosida ko’p tarqalgan. Uning solod, arpa va javdar urug’larining o’simtalarida, o’rik danagi mag’zida va shilliqqurtlarning qorin shiralarida ham borligi aniqlangan.
Tregaloza - yosh zambrug’larda uchraydi, qaytaruvchanlik xususiyati yo’q, kislotali yoki fermentativ (maltaza bilan) gidrolizga uchratilsa faqat D-glyukozani hosil qiladi. Tregalozaning uchta izomeri mavjud: ,-Tregaloza, asosan zambrug’lardan olingan, ; Izotregaloza (,), , sintetik yo’l bilan olingan; Neotregaloza (,), sintetik ravishda olingan.

Download 241 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish