Immuniteti. Immunitet virusning tip va shtammlariga xos bo‘lib, gripp virusining A tipiga nisbatan 1–2 yil, V tipiga 3–5 yil, S tipiga umrning oxirigacha etadi. Kasallikdan so‘ng yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatlarida sekretor antitelolar (sIgA) hosil bo‘ladi. CHaqaloqlarda onalaridan o‘tgan IgG lar ham bo‘ladi. Bu immunitet ularni 6–8 oy davomida gripp viruslaridan himoya qiladi.
Laboratoriya tashhisi.
Tekshirish uchun burun-halqumdan suyuqlik va surtmalar, letal hollarda murdaning shikastlangan o‘pka to‘qimasi, traxeya va bronxlarning shilliq qavatlaridan qirmalar olinadi.
Tashhis qo‘yish uchun qo‘llaniladigan tezkor usullar burun-halqum shilliq qavatlarining epitelial hujayralaridagi virus antigenini aniqlashga asoslangan. Buning uchun burundan material olinib, surtma tayyorlanadi va IF usuli yordamida aniqlanadi.
Virusni ajratib olish uchun burun-halqum chayindisiga bakteriya mikroflorasini o‘ldirish maqsadida antibiotiklar qo‘shib, 9–11 kunlik tovuq embrioniga yoki hujayra kulturalariga yuqtiriladi. 3–4 kundan so‘ng tovuq embrionining allantois va amniotik suyuqligidan gripp virusi GAR, hujayra kulturalarida G ads. reaksiyasi yordamida topiladi. Virusning qaysi tipga kirishi KBR yordamida aniqlanadi. Gemagglyutinin tipchasi GATR, neyroaminidaza tipchasi esa neyoraminidaza faoliyatini to‘xtatuvchi reaksiya yordamida topiladi. Ajratib olingan viruslar GATR, NR va IF reaksiyalari yordamida maxsus immun zardoblardan foydalanib identifikatsiya qilinadi. 7
Serologik tashhis qo‘yish uchun kasallikning birinchi kunlarida va bemor sog‘ayayotgan vaqtda qon olinib, juft zardoblar tekshiriladi. Grippdan sog‘aygan kishilarda antitelolar titri 4 va undan ham ko‘proq marta ortadi. Bunda KBR hamda GATR va boshqa usullardan foydalaniladi. Antigen sifatida standart diagnostikumlar qo‘llaniladi.8
Davosi va profilaktikasi. Bemorni davolashda organizmdagi virus reproduksiyasini to‘xtatish va intoksikatsiyani kamaytirish choralari ko‘riladi. Kasallikning boshlanishida bemorga grippga qarshi immunomodulin, interferon beriladi. Kimyoviy moddalardan remantadin yaxshi natija beradi, ammo u faqat A turdagi gripp virusining reproduksiyasini to‘xtatadi. Kasallik og‘ir kechganda ikkilamchi infeksiyalarning oldini olish uchun antibiotiklar yoki sulfanilamid preparatlar qo‘llaniladi.
Profilaktika maqsadida bemor alohida xonaga yotqiziladi, xonani vaqti-vaqti bilan shamollatib, dezinfeksiya qiluvchi moddalar bilan artib turiladi. CHaqaloq va homilador ayollar (ayniqsa xomiladorlikning birinchi yarmida) bemorlar bilan muloqotda bo‘lmasligi lozim.
Grippning maxsus profilaktikasida tirik va o‘ldirilgan vaksinalar qo‘llaniladi.
SHaxsiy profilaktikada interferon, antigrippin, oksalin malhami kabi preparatlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |