Savol va topshiriqlar:
1.Segment birliklar deganda nimani tushunasiz?
2.Ustsegment birliklar nima?
3.Ohang nimalarni o’z ichiga oladi?
4.Bo’g’in deb nimaga aytiladi?
5.Ochiq bo’g’in deb nimaga aytiladi?
6.Yopiq bo’g’in nima?
7.Bo’g’inlarning tashkil topishida unli va undosh tovushlar qanday rol o’ynaydi?
8.Bo’g’inning amaliy ahamiyati nimada?
-24-
12-Dars.Urg’u va uning turlari
Reja:
1.Ohang va uning nutqdagi ahamiyati
2.Urg’u va uning turlari
Og'zaki nutq oqimi bo'linuvchanlik xususiyatiga ega bo'lgan tovushlar ketma-ketligidan iborat. Bunday bo'linuvchanlik xususiyatiga ega bo'lgan tovushlar qatori segment birliklar qatori hisoblanadi. Lekin og'zaki nutqimiz faqat segment birliklardangina tashkil topmaydi. Bulardan tashqari ketma-ket joylashgan va bo'linuvchanlik xususiyatiga ega bo'Jgan tovushlar qatori ustiga qo'yilgan ustseg-ment birliklarga ham ega bo'ladi va bu birliklar nutqimiz ta'sirchanligini ta'minlaydi.
Ustsegment birliklar urg'u, to'xtam (pauza), nutqning emotsional bo'yog'i (darak, so'roq, buyruq, his-hayajon va boshqalar) kabilarni o'z ichiga oladi. Yuqorida ko'rsatilgan ustsegment birliklarning jami nutq ohangini tashkil etadi.
Og'zaki nutqimiz esa segment birliklar bilan ustsegment birliklarning o'zaro munosabatidan iborat bo'ladi. Ko'pincha bunga imo-ishoralar, mimikalar qo'shilib, nutqimizni yana ham ta'sirli, bo'yoqdor qilishga xizmat qiladi.
So'zlarning bo'g'inlardan tashkil topishini aytib o'tgan edik. Talaffuzda bo'g'inlar bir xil talaffuz qilinmaydi.
Ikki va undan ortiq bo'g'inlardan tashkil topgan so'zlarning talaffuzida bo'g'inlardan biri malum sababga ko'ra boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz etiladi. Aynan shu hodisaga urg'u deyiladi.
Urg'u yordamida nutq ko'rkamlashadi, eshituvchiga yoqimli bo'ladi, uni zeriktirmaydi. Turkiy, jumladan, o'zbek tiJida urg'u o'rniga ko'ra ko'chib yuruvchi urg'u sanaladi. Masaian: o 'rik, o 'rikzor — o 'rikzorla (r — o 'rikzorlarga.
Ko'rinadiki, o'zbek tilida urg'u, asosan, so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi va
-25-
so'zni gap tarkibida boshqa so'zdan ajratish hamda so'z fonetik tarkibini
uyushtirish vazifasini bajaradi.Shunga ko’ra ular ikki xil bo’ladi:
1.Bog’liq urg’u 2.Erkin urg’u
So’zga qo’shimcha qo’shilishi natijasida bo’g’indan bo’g’inga ko’chuvchi urg’u bog’liq urg’u sanaladi. Urg’u o’rni o’zgarishi bilan so’z ma’nosi o’zgaradigan urg’u erkin urg’u deyiladi Masalan:
Bo’g'lar — bog’la’r
ho’zir — hozi’r
ya’ngi — yangi'
e’tik — eti’k
a’kademik — akade’mik
te’xnik-texni’k
ba’nda-banda’
a’tlas-atla’s
so’ya-soya’
O'zbek tiliga arab, fors-tojik, rus va boshqa yevropa tillaridan o'zlashgan so'zlarda urg'u barqaror o'ringa ega. Bu urg'uning o'sha tillardagi ahamiyati bilan bog'liqdir. Masaian: tadbir, monitoring, reklama, tijorat, ma'lum, bahor va h.k.
Urg'u ikkiga bo'linadi: 1. So'z (leksik)urg'usi. 2. Ma'no (frazaviy, mantiqiy) urg'usi. So'z urg'usi so'zdagi bo'g'inlardan biriga tushadi. A’kademik litsey, akade’mik shoir.
Ma'no urg'usi gapdagi ma'lum bir so'zning boshqalariga nisbatan ta'kidlab, ajratib aytilishini ta'minlaydi. Masaian:Samarqandda (boshqa biron bir shaharda emas) afsonaviy obidalar ko’p.
Quyidagi qo’shimchalar urg’u qabul qilmaydi:
1.-ta be’shta
2.-tacha o’’ntacha
3.-dek, -day shamolday, onamdek
4.-ov, -yev, -yeva Samandarov
-26-
5.-man,-san,-miz,-siz,-dir;
6.-ma tegma
7.-mi.-chi,-ku,-da,-u,-yu,-gina…..
Do'stlaringiz bilan baham: |