Mavzu: O'rta Osiyoning tabiati zonalari. Mundarija Kirish



Download 44,78 Kb.
Sana28.02.2017
Hajmi44,78 Kb.
#3519
Mavzu: O'rta Osiyoning tabiati zonalari.

Mundarija

Kirish……………………………………………………………………………….

I. Bob.O’rta Osiyo tabiatini o’rganish tarixi……………………………………..

1.1.Qadimgi davr. O’rta asr feodal jamiyati davri………………………………….

1.2. O’rta Osiyo tabiatini mustaqillik davrida o’rganilishi…………………………

II.Bob.O’rta Osiyo tabiat zonalari……………………………………..………..

2.1.Tekislik tabiat zonalari…………………………………………………………..

2.2.Balandlik mintaqa tabiat zonalari…………………………………………….

Xulosa……………………………………………………………………………….

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………...

Kirish

O’rta Osiyo Yevrosiyoning tarkibiy qismidir. Juda uzoq tarixiy geologik rivojlanish davomida takrorlanmas tabiiy – hududiy hosila tarzida shakllangan O’rta Osiyo tabiiy geografik o’lkasi Yevrosiyo materigining o’rtasida ga’rbda Kaspiy dengizidan, sharqda to Savr tog’larigacha, shimolda Bandi Turkiston, Turkman-Xuroson, Nishopur, Elburs tog’ tizmalari suvayirg’ichlari orasidagi berk havzada joylashgan. O’lka O’rta dengiz bo’yidagi iliq mo’tadil va subtropik tabiatli mamlakatlar kengliklarida yotadi. O’rta osiyoning g’arbiy chegarasi Elbrus tog’ining 54o151 sharqiy uzunlik qismidan boshlanib, Kaspiy dengizining sharqiy qirg’oqlari orqali Mang’ishloq qo’ltig’iga qadar davom etadi. So’ngra chegara shimol tomon yo’nalib, Ustyurtning shimoli- g’arbiy chinki bilan Do’ng’iztov, Chog’ray platosi, Cho’chqa va mug’ojar tog’lari orqali Ural daryosiga tutashib Magnitogorsk shahriga (geotizim tamoyiliga ko’ra Ural-To’rg’ay daryolari suva yirg’ichidagi Ozyorniy qishlog’iga) qadar boradi. G’arbiy chegaraning umumiy uzunligi 2600 km (geotizim tamoyiliga ko’ra 2350 km), shundan 900 km Kaspiy dengizi qirg’oqlariga to’g’ri keladi. Lekin chegaraning shimoli-g’arbiy qismini ayrim adabiyotlarda goh Ural, goh Emba daryolari orqali o’tkazilganini ham ta’kidlash lozim.

O’rta Osiyoning shimoliy chegarasi haqida 3 xil mulohaza mavjud. Birinchi mulohazaga ko’ra, O’rta Osiyoning shimoliy chegarasi Qozog’iston past tog’larining janubiy etaklari orqali o’tadi. Ikkinchi mulohazaga ko’ra, Qozog’iston past tog’laridagi Orol havzasi bilan Ob daryosi suvayirg’ichiga mos keladi. Uchinchi fikrga binoan, chegara Qozog’iston past tog’larining shimoliy etaklari orqali o’tadi.

Agar geotizim tamoyili asosida yondashilsa, O’rta Osiyoning shimoliy chegarasi Shimoliy muz okeani havzasi bilan Orol, Balxash havzasi orasidagi suvayirg’ich chizig’idan o’tkazilishi kerak. Bu chegara Markaziy Qozog’iston yassi tog’ligidagi suvayirg’ichga to’g’ri keladi. Ikkinchi tomondan paleogeografik tahlil qilinsa, uni yaxlit holda O’rta Osiyo o’lkasi tarkibiga kiritish lozim bo’ladi. U holda O‘rta Osiyoning shimoliy chegarasi G’arbiy Sibir tabiiy-geografik o’lkasining janubiy chegarasiga to’g’ri keladi va 200 m li gorizontal bo’ylab o’tadi. Lekin tabiiy geografik jihatdan, ayniqsa tuproq va o’simlik zonalarining chegaralari, yillik yog’in miqdori (250 mm) va uning yilning issiq faslida ko’p yog’ishi (200mm), iqlim ayirg’ich-“Voyeykov o’qi” kabi omillarni hisobga olsak, Qozog’iston past tog’ligining Shimoliy yonbag’ri (yarmi) ko’proq O’rta Osiyo tabiatiga emas, balki G’arbiy Sibirga xosdir.

O’rta Osiyo tabiiy geografik o’lkasining shimoliy chegarasini Orol-Irtish suvayirgichidan o’tkazilsa to’g’ri keladi. Bu geotizim tamoyili nuqtai nazaridan to’g’ri yondashuv bo’lib, munozaraga barham beradi. Bu chegara g’arbda Ozyorniy qishlog’idan (510 shim. kenglik, 610 sharqiy uzunlik) sharqda Torbo’g’atoy tizmasining sharqiy qismidagi Joir tog’iga (470 shim. Kenglik, 850 sharqiy uzunlik) borib taqaladi. Chegaraning uzunligi 1900 km.

O’rta Osiyo tabiiy geografik o’lkasining sharqiy chegarasi Pomir, Tyanshan, Jung’oriya Olatovi va Torbo’g’atoy tizmalari suvayirg’ichlari orqali o’tadi. Bu chegara Kaspiy-Orol- Balxash berk havzasi chegarasiga to’g’ri keladi. Lekin hozirgi vaqtda O’rta Osiyoning sharqiy va g’arbiy chegaralari O’rta Osiyo respublikalari ma’muriy chegaralari doirasidagina ko’rilmoqda.

O’rta Osiyo tabiiy geografik o’lkasining sharqiy chegarasi Savr, Sharqiy Jung’oriya, Jung’oriya, Boroxoro, Iren-Xabirga, Qarat, Xoliqtog’ tizmalari suvayirg’ichlari, Xontangri tog’ tuguni, Ko’kshag’al, Otboshi tizmalari suvayirg’ichi orqali o’tib, Farg’ona tizmasiga tutashadi, so’ngra Oloyning sharqiy qismi va Sariko’l tizmasi suvayirg’ichi bo’ylab o’tib, Hindikush tog’lariga tutashadi. O’lkaning janubiy chegarasi geotizim yondoshuviga ko’ra Muztog’dan (Shingshal dovonidan-4832 m) boshlanib, sharqdan g’arbga Hindikush, Safedkuh, Nishopur tizmalari suvayirg’ichlari bo’ylab o’tib, Elburs tog’i orqali Kaspiy dengizining janubiy- sharqiy chekka sohiliga kelib tutashadi.

I. Bob.O’rta Osiyo tabiatini o’rganish tarixi

1.1.Qadimgi davr. O’rta asr feodal jamiyati davri.

O’rta Osiyo xilma-xil va boy tabiati, vodiylaridagi, kotlovinalardagi va tog’ etaklaridagi hosildor yerlar, tog’lardan sharillab oqib kelayotgan sersuv daryolar, quyoshning o’tkir nurlari, tog’ va tekisliklardagi, cho’l va dashtlardagi yaylovlar juda qadim zamonlardanoq kishilarni o’ziga jalb etgan. Turkistonning geografik o’rni boshqa xalqlarning bu yerga ko’chib kelishiga qulaylik tug’dirgan,bu o’lka qadimda madaniyat o’choqlari bo’lgan Xitoy, Hindiston, Iroq, Misr hamda O’rta dengiz bo’yidagi mamlakatlar orasida joylashganligidan bu mamlakat o’rtasidagi savdo-sotiq va siyosiy munosobatlar O’rta Osiyo orqali olib borilgan. O’ta Osiyo o’sha davrda madaniyati taraqqiy etgan mamlakatlar o’rtasida joylashganligi va k’op mamlakatlarga boriladigan yo’llar ustida turganligi sababli ko’p sayyohlar shu yerdan o’tgan.

O’rta Osiyo haqidagi dastlabki ma’lumotlar Gerodot, Strabon, Arrian, Ptolemey va boshqa tarixchilarning asarlarida uchraydi.

Xitoy sayyohlari orasida Chjan Syan diqqatga sazovordir. Bu oqil, tirishqoq, sabrli va mard sayoh eramizdan oldingi 138 yildan 126 yilgacha, ya’ni 13 yil mobaynida Issiqko’l atrofini, Farg’ona va Xorazmni kezib chiqqan. U bu yerlardagi aholining tili, urf-odati, mashg’uloti, dehqonchiligi, hunarmandchiligi, savdo-sotiq ishlari haqida ma’lumotlar yozib qoldirgan.

O’rta Osiyodan o’tgan “Ipak yo’li” savdo va madaniy aloqalarni kengaytirishga katta ahamiyatga ega bo’lgan. Bu karvon yo’li Xitoydan O’rta Osiyo yerlari orqali Old Osiyoga o’tgan. Markaziy Xitoydan boshlangan bu karvon yo’li bo’lib O’rta Osiyoda ikki yo’l biri shimoldan-Qashqar Samarqand orqali va ikkinchisi-janubdan-Yorkent-Marv orqali O’rta dengiz sohilidagi portlarga borar edi.

“Ipak yo’li” eramizdan oldingi II asrdan boshlab to eramizning XVI asrigacha muhim karvon yo’li bo’lb kelgan. Shu munosobat bilan Xitoy hamda O’rta Osiyo o’rtasidagi savdo aloqalari hamda juda avj olgan, bunday aloqalar juda ko’p geografik ma’lumotlar to’plashga imkon bergan. Arab tarixchisi va sayyohi Abul Hasan Ali Mas’udiy X asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo va Kavkazning geografiyasi, U yerdagi xalqlarning etnografiyasi, madaniyati va tarixiga doir ko’p materiallar to’plab, kitoblar yozgan.

Arab sayyohi va geografi Abu Isxoq Istaxriy X asr o’rtasida Arabiston, Iroq, Eron, Hindiston va O’rta Osiyoga sayohat qilib, “Iqlimlar kitobi”(“kitobul aqolim”) nomli asar yozgan.U bu asarda o’zi borib ko’rgan mamlakatlarning geografiyasini yaxshi tasvirlab bergan. Bu kitob o’sha davrda sharqda katta shuxrat topdi va keyinchalik ko’pgina geograflar uchun asosiy manba bo’ldi.

Istaxriy Orol dengizini (“Xorazm yo’li” deb atagan) birinchi bo’lb kartaga tushirgan va Amudaryo va Sirdaryoning shu dengizga quyilishini ko’rsatib o’tgan.

2.O’rta Osiyoning dastlabki geografik tasviri Xorazm, Balx, Samarqand va Buxoro olimlari tomonidan yozilgan edi. Bu olimlar orasida IX asrda yashagan atoqli o’zbek matematigi, astronom va geograf Muhammad Ibn Muso Al Xorazmiy katta o’rin tutadi. Bu olim O’rta Osiyoni va ko’pgina Sharq mamlakatlarini kezib chiqib “Yer tasviri” (“Suratul arz”) nomli muhim asar yaratadi.

Xorazmning atoqli va talantli olimlaridan yana biri Abu Rayhon Beruniydir. Beruniy o’z davrining ensiklopedisti edi. Beruniyning astronomiya, fizika, umumiy geologiya mineralogiya, etnografiya, botanika va tarix fanlariga hissa qo’shgan 150dan ortiq asari bor. U geodeziya va O’rta Osiyo geografiyasiga oid “Kitobi-at-taqvim” va “Kitobi tahdid” nomli katta asarlar yozgan. Beruniy uzoq o’tmishda Amudaryo oqimiga ro’y bergan geologik o’zgarishlarni tekshirib chiqqan edi. Beruniy o’zining “Iqlimning bo’linishi” nomli kitobida birinchi bo’lib, iqlim klassifikatsiyasini tuzgan.

XI asrda yashagan mashhur olim Mahmud Qoshg’ariy O’rta Osiyo geografiyasiga o’z hissasini qo’shgan olimdir.U ko’p yil davomida sayohat qilib,”Devonu lug’otit turk” nomli katta asar yaratdi. XV-XVI asrlardagi atoqli sayyohi va olimlardan yana biri Zahiriddin Muhammad Boburdir. U mashhur davlat arbobi bo’lishi bilan birga zo’r geograf olim ham edi.U Farg’ona vodiysini hamda Buhoro, Samarqand, Toshkent vohalarini bir necha marta kezib u yerlarning tabiatini chuqur o’rgangan. Bobur o’z sayohati va yurishlarini, mamlakatlarning iqtisodiy va madaniy ahvolini zo’r mahorat bilan tasvirlab, badiiy va tarixiy jihatdan qimmatli “Boburnoma” nomli asar yozgan.

“Boburnoma”da O’zbekiston va Tojikiston yerlarining tabiati, ro’y bergan daxshatli zilzilalar to’g’risida mukammal ma’lumotlar yozib qoldirgan. ”Boburnoma”da juda ko’p geografik nomlar va o’zbekcha geografik terminlar uchraydi va u O’rta Osiyo geografiyasiga oid muhim yodgorlikdir.

3.XVI asrgacha O’rta Osiyoda bo’lgan sayohlar bu o’lka haqida yuzaki va ma’lumotgina berganlar.XVIII asrda O’rta Osiyoda Buxoro amirlgi, Xiva va Qo’qon xonliklari bor edi.

Pyotr I O’rta Osiyo honliklariga vakil yuborib, ular bilan aloqa bog’ladi va uning tashabbusi bilan Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy rahbarligida rus ensiklopediyasdi tashkil etildi. Bekovich ekspeditsiyasi 1715 yilda Kaspiy dengizining sharqiy sohillarida ishlab, Amudaryoning Bolqon qo’lti’g’i tomonga ketgan eski o’zanini topdi va Amudaryo shu yerdan oqqan degan hulosaga keldi. U Kaspiy dengizining birinchi kartasini tuzdi.

Rus sayyohi Filipp Yefremovning XVIII asrning ikkinchi yarmida qilgan erksiz sayohatlari g’oyat qiziqarlidir.U 1774 yilda Orenburg dashtlarida yashovchi xalqlar tomonidan asir olinib,so’ngra asirlikdan qochgan va savdogar niqobi ostida Xorazm,Qoraqum va Qizilqum cho’llarini hamda Eronni aylanib chiqdi. XIX asrda Turkistonda juda ko’p sayohat uyushtirildi. Bu vaqtda tekshirishlarXVIII asrdagidan ancha muntazam va chuqurroq olib borildi, chunki bu davrda sayohatlarga geograf, geolog, botanik, zoolog, geodezist va boshqa mutaxassis olimlar qatnashgan edi.

Atoqli tabiatshunos, sayyoh va tadqiqotchi Grigoriy Silich Karelin 1832, 1834 va 1836 yillarda Kaspiy dengizining sharqiy va g’arbiy sohillarini o’rgandi; Ustyurtning g’arbiy qismiga va sharqiy Qozoqistonga bordi, so’ngra Oltoy va Sayan tog’larini tekshirdi. 1840-1842 yillarda Karelin sobiq Yettisuv, Jun’oriya Olatovi va Torbo’g’otoy tizimlari rayonini tekshirib bu yerlardan juda ko’p kolleksiyalar to’pladi.

1841 yilda muhandis Butenov rahbarligida ekspeditsiya Buxoro xonligi va Qizilqum cho’li haqida ma’lumot to’pladi va Zarafshon vodiysini to’liq tasvirlab yozdi. 1848-1500 yillarda Orol dengizi to’liq o’rganish maqsadida katta rus ekspeditsiyasi tashkil etildi. Bu ekspeditsiya Orol dengizining chuqurligini o’lchadi, geografik kengliklarini aniqladi, dengiz sohillarida yer osti qazilmalaridan kolleksiyalar, o’simliklarliklardan gerbariylar to’pladi.

1982 yilda geograf Nefantyev Balxash ko’li ekspeditsiyasiga qatnashdi u bu ko’l haqida geografik, topografik va boshqa xil ma’lumotlar to’pladi.

Yuqorida aytb o’tilgan ekspeditsiyalarning hammasi O’rta Osiyoning pasttekislik yerlarida o’tkazilgan O’rta Osiyoning tog’li qismida shu davr ichida hech qanday tekshirishlar o’tkazilmagan edi.

O’sha paytlarda Rossiya Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qon xonliklaridan iborat feodal davlatga chegaradosh edi.Chor Rossiya XIX asrning ikkinchi yarmida O’rta Osiyoda bosqinchilik va mustamlakachilik siyosatini olib bordi. Rossiya geografiya jamiyati tashkil etilgan 1845 yildan boshlab O’rta Osiyoda ekspeditsiyalar tez-tez kela boshladi. Endi bu davrda O’rta Osiyoni, ayniqsa uning tog’li qismini o’rganish va tekshirish rus geograflari va sayohatchilari oldida turgan buyuk va muhim vazifa bo’lib qoldi.

Rus olimlaridan I.V.Mushketov, N.A.Seversov, P.P.Semyonov-Tyan-Shanskiy, A.P.Fedchenko, N.M.Prjevskiy, V.A.Obruchev, S.Berg, N.L.Korjenevskiy va boshqalar bu o’lkada yashirinib yotgan qazilma boyliklarini birinchi bo’lib tekshirdilar.

O’rta Osiyo geografiyasini o’rganish sohasida atoqli va qobiliyatli rus olimi, geograf, geolog, botanik, zoolog va buyuk tadqiqotchi Pyor Petrovich Semyonov Tyan-Shanskiy alohida o’rin tutgan.

P.P.Semyonovning 1856-1857 yillarda Tyan-Shanga qilgan sayohatlari natijasida Markaziy Tyan-Shanning geologik tuzilishining dastlabki kartasi vujudga keldi. Tyan -Shan tizmalari va ularning balandligi hamda qor chizig’ining balandligi aniqlandi. U O’rta Osiyo tog’laridagi o’simliklarliklarning vertikal mintaqalar hosil qilishdagi qonuniyatlarni birinchi bo’lib ochib berdi.

Atoqli rus zoologi va geografi sayyoh Nikolay Alekseeyevich Seversov 1857 yildan boshlab Yettisuv, Tyan-Shan, Oloy, Pomir tog’larida va cho’llarida tekshirish ishlari olib borib, bu o’lkalar haqida ko’p ma’lumot to’pladi. Uning “O’rta Osiyo hayvonotlarining vertikal va gorizontal zonalari bo’yicha taqsimlanishi” va O’rta Osiyo bo’ylab sayohat va Tyan-Shan tog’li o’lkasini tekshirish”nomli asarlari mashhurdir.

Talantli tabiatshunos olim, sayyoh Aleksey Pavlovich Fedchenko 1868 va 1871 yillarda O’rta Osiyo tabiatini o’rgandi. Fedchenko dastlab Zarafshon havzasiga, yso’ngra Farg’ona vodiysiga keldi va Farg’ona vodiysini janubdan o’rab turgan Oloy tizmasini o’rgandi. Bu sayoh olim O’rta Osiyo o’lkasi sharqiy qismining tabiiy geografiyasiga, geologiyasiga, o’simlik va hayvonot dunyosiga, antrologiya va etnografiyasiga oid materiallar to’pladi.

Atoqli rus geologi va geografi Ivan Vasilyevich Mushketov O’rta Osiyo geologiyasi, foydali qazilmalar va rel’yefini mafassal tekshirgan sayoh-olimdir. U 1874 yilda g’arbiy Tyanshanni, Sirdaryo vodiysini va Bodom tog’larini tekshirdi; 1875 yilda shimoliy Tyan Shanda bir qancha konlarini topdi. Mushketov o’z ekspeditsiyalari yakunini “Turkiston” nomli o’z ikki tomlik katta asarida bayon qildi.U 1881 yilda O’rta Osiyoning birinchi geologik kartasini tuzdi, bu karta hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotgan emas.

Mashhur rus geografi, zoolog, qlimshunos, ixtiolog, tadqiqotchi akademik Lev Semyonovich Berg O’rta Osiyoning tabiatini puxta va mufassal tekshirdi.Berg 1899-1902 va 1907 yillarda Orol dengizini, Balxash ko’lini hamda Issiqko’lni har tomonlama chuqur tekshirdi va natijada ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan mashhur “Orol dengiz” nomli geografik asar yaratdi.

Shunday qilib, sobiq sovet hukumati tashkil topgan davrgacha tadqiqot ishlari shu qadar ko’p olib borilgan bo’lsada, O’rta Osiyo hududi hali to’la tartibli ravishda o’rganlmagan edi. Faqat ayrim rayonlar to’g’risida ma’lumot to’plangan: kartalarda dasht va cho’llar o’rtasida baland tog’ o’lkalarida “oq dog’lar” qolavergan va qizig’i shundaki, tabiatni shunchalik ko’p o’rganishga qaramay, bu o’lkada foydali qazilmalar juda kam degan nazariyalar hali ham bor edi.



1.2. O’rta Osiyo tabiatini mustaqillik davrida o’rganilishi.

Sobiq sovet hokimiyati yillarida O’rta Osiyo o’lkasining tabiati va boyliklarini o’rganishning butunlay yangi davri boshlandi.O’rta Osiyoni kompleks tekshirish uchun uyushtirilgan kompleks ekspeditsiyalarda turli ixtisosdagi ishchilar ishtirok qildilar. Bunda har bir tekshirishiriladigan hududdagi bir-biriga bog’liq bo’lgan barcha geografik elementlar-rel’yef, iqlim, gidrografiya, tuproq, o’simlik hamda hayvonot dunyosi, aholi va uning faoliyati kompleks holda o’rganildi.

1924 yilda tashkil qilingan Qozog’iston kompleks ekspeditsiyasi O’rta Osiyo cho’llar tabiatiga oid juda ko’p ma’lumotlar to’pladi. Tojik-Pomir ekspeditsiyasi Orqaoloy tizmalarini, Oloy vodiysini, Qorako’lni, Vanch tizmasi rayonini o’rgandi.

Geolog va geomorfologlarimiz O’rta Osiyo hududida olib borgan ishlari tufayli tog’li o’lkalarning eng yangi tektonik harakatlari, rel’yefning tashkil topishi, taraqqiy etishi, landshaftlarning rivojlanishi tarixiga va ularning klasifikatsiya qilish va joylarda xo’jalikni rivojlantirish xususiyatlarini aniqlashga oid masalalarga katta e’tibor berildi.

Bu sohada olimlarimizdan X.M.Abdullayev, O.Akramxo’jayev, V.A.Nikolayev, E.D.Mamedov, V.L.Shuls, N.A.Kogaylarning nomlarini hurmat bilan tilga olish mumkin.

Bu davrda O’rta Osiyo iqlimi mufassal o’rganildi; cho’l, dasht, voha, tog’ iqlimiga doir ma’lumotlar to’plandi; yil fasllarning xususiyatlari hamda iqlim hosil qiluvchiomillar tahlil qilindi. Bu sohada L.N.Babushkin, L.S.Berg, V.A.Bugayev, L.A.Molchanovlarning xizmati katta.

G.I.Arxangelskiy, O.K.Lange, G.O.Mavlonov, M.A.Shmit kabi gidrogeologlar markaziy Farg’onada, Qizilqum va Qorako’l cho’llarida, Zarafshon Chuv havzalarining chekka qismlarida gidrogeologik tekshirishlar olib bordilar.

Olimlar o’lkamiz florasi va faunasi paydo bo’lishi va rivojlanishi bilan shug’ullandilar. Tekshirishlar natijasida cho’l, chalacho’l, to’qay, adir va tog’ o’simliklari tiplari va landshaft elementlarining tog’lardagi vertikal mintaqalanish xususiyatlarini aniqladilar.

Bu davrda O’rta Osiyo tabiiy geografiya sohasida erishilgan muvaffaqiyatlari bu o’lka haqida to’liq tabiiy geografik yakun va umumiy xulosalar chiqarish hamda tabiati xilma-xil bo’lgan katta hududni geografik rayonlashtirish imkonini berdi.

II.Bob.O’rta Osiyo tabiat zonalari

2.1.Tekislik tabiat zonalari

Tekislik tabiat zonalari. O’rtaOsiyoning turli qismlarida quyoshdan keladigan yalpi radiatsiya miqdori turlicha, shimolida kamroq (100 kkal/ sm2), janubida ko‘proq (160 kkal/sm2). Bu esa haroratning, namlikning notekis taqsimlanishiga va iqlim mintaqalarining hamda har bir iqlim mintaqasi ichida o‘ziga xos tabiat zonalarining hosil bo‘lishiga olib keladi. O’rtaOsiyo hududida juda baland tog‘lar joylashganligi sababli harorat va namlikning balandlik bo‘yicha o‘zgarishi tufayli balandlik mintaqalari vujudga kelgan. Binobarin, O’rtaOsiyo hududida tabiat zonalari kenglik (shimoldan janubga) va balandlik bo‘yicha almashinib keladi.

O’rta Osiyo hududi mo‘tadil mintaqaning janubida va subtropik min- taqaning shimoliy, quruq qismida joylashgan. Mo‘tadil iqlim mintaqasida dasht, cha- laCho’lva Cho’lzonalari, subtropik mintaqada subtropik cho‘llar zonasi joylashgan.

Dasht zonasiga To‘rg‘ay platosining shimoliy qismi, Qozog'iston past tog‘larining shimoliy va markaziy qismlari kiradi. 0‘lka okeanlardan uzoqda joylashganligi sababli iqlimi quruq, yog‘inlar kam, bahor va kuz qisqa. Yillik yog‘in miqdori 300 mm, yanvar- ning o‘rtacha harorati —17 dan —18°C gacha, iyulniki +20 dan +24°C gacha bo‘ladi.

Dasht zonasining shimoliy qismida qora tuproqlar, janubida to‘q kashtan tuproqlari tarqalgan. Dasht o‘simliklari, asosan, pakana qiyoq, chalov, betaga, zig‘ir, yo‘ng‘ichqa, ayiqtovon, yaltirbosh va boshqalardan iborat.

Hayvonlardan kemiruvchilar ko‘proq tarqalgan. Dasht zonasi hozirgi paytda deyarli to‘liq haydab yuborilgan va ekinzorlarga aylantirilgan. ChalaCho’lzonasiga To‘rg‘ay supasimon o‘lkasining janubiy qismi, Qozog'iston past tog‘larining juda katta janubiy qismi kiradi.

Quyosh nurlarini ko‘proq oladi, harorat yuqori, . namlik yetishmaydi, qishi qattiq; yanvarning o'rtacha.harorati —16°C, ba’zan sovuqg-48°C ga yetishi mumkin, yozi issiq, iyulning o'rtacha harorati 23«26°C, yillik yog‘in miqdori 200—225 mm. Asosan, kashtan tuproqlar tarqalgan, qatlami yupqa, chirindi miqdori qora tuproqqa nisbatan kamroq. Dehqonchilikka nam yetishmasligi xalaqit beradi. Ayrim joylarda tuproq sho'rlangan. Asosiy o‘simliklari burgan, qora shuvoq, ko‘kpek.

Cho’l zonasiga Turon tekisligi va Balxashbo‘yi tekisliklari kiradi. O’rta Osiyoda, asosan qumli toshli, gilli cho‘lar tarqalgan. Cho‘llaming hosil bo‘lishiga asosiy sabab haroratning yuqoriligi, yog'in miqdorining kamligi, oqar suvlarning yo'qligi. O'simlik qoplami siyrak, massasi kam, tezda qovjirab qoladi va chirindi hosil bo‘lmaydi. Tuproqlari, asosan, qumli, sur- qo‘ng‘ir, gilli, toshloq va bo‘z tuproqlar. Bo‘z tuproqlar sug‘orilganda yaxshi hosil beradi. Past joylarda sho'rxoklar va sho‘rtoblar ham uchrab turadi.

0‘simliklari, asosan, saksovul, yantoq, quyonsuyak, sho ‘ra va shuvoqlard&n iborat. Hayvonlardan chayon, falanga, gekkon kaltakesagi, bo‘g‘ma ilort, ko‘zoynakli ilon, efa iloni, echkemaAar yashaydi. Cho’lzonasining o'simlik va hayvonot dunyosi qurg-qchil sharoitga moslashgan. 0‘simliklar- ning ildizi uzun, bargi kichik, ignasimon yoki butunlay yo‘q. Hayvonlar in- larida yashaydi yoki qum orasiga kirib ketadi, ba’zilari kunduzi uxlab; kechasi ovga chiqadi, ba’zilari yozda butunlay uyquga ketadi, ba’zilari umuman suv ichmaydi, ba’zilari yegan ovqati tarkibidagi suvga qanoat- qiladi.

Turon provinqiyasining gidrotermik rejimi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra unga Eron, Kichik Osiyo o‘lkalari yaqinligini ko‘rsatib o‘tish joiz. Bu jihatdan janubiy Cho’lmintaqasiga quruq kontinental subtropik iqlim hosligi barcha iqlimshunoslar tomonidan tan olingan. I. P. Gerasimov Turon provinqiyasini keng Eron-Arabiston oblastining bir qismi sifatida qaraydi. Lekin Markaziy Qozog‘iston provinqiyasinnng gidrotermik rejimiga ko‘ra mo‘‘tadil mintaqadagi o‘lkalarga yaqinligi asoslangan.

Cho’lmiltaqasida o‘simliklarning o‘zgarishiga qarab janubdan shimolga tomon quyidagi bir necha o‘simlik kichik mintaqalarini ajratish mumkin: I) cho‘l-qum va taqirli tuproqlardagi efemerli daraxtzorlar, 2) bo‘z-qo‘ng‘ir va cho‘l-qum tuproqlardagi efemerli cho‘l, 3) bo‘z-qo‘ng‘ir tuproqlardagi sho‘ra-shuvoqli cho‘l, 4) qo‘ng‘ir tuproqlarda boshoqli o‘simliklar bilan sho‘rali shuvoqzorlar. Mazkur mintaqalanish eng ko‘p tarqalgan o‘simlik va tup-roqlarni qamrab olgan variant bo‘yicha ajratilgan.

O‘simliklarning tog‘yonbag‘irlari bo‘yicha mintaqalanishi tuproqlar kabi tabiiy qonuniyatlarga bog‘liq. Bu borada gidrotermik rejimning balandlik oshgan sari o‘zgarishini xisobga olish birinchi darajali ahamiyatga ega, keyingi navbatda relef va tuproqlarning hamda geologik tuzilish ta’siri ustun. O‘simlik olamining balandliklar bo‘yicha mintaqalanishida hozirgacha anchagina ilmiy tajriba to‘plangan. O‘rta Osiyo tog‘ tizmalarida o‘simliklarning mintaqalanishi E. P. Korovin (1958, 1968), K. 3. Zokirov (1971), L. N. Sobolev (1969) va boshqalarnnng ishlarida chuqur asoslanilgan. Ko‘pgina geobotaniklar, geograflar balandlik bo‘yicha mintaqalanishda asosan tuproq va relef, iqlimni asos qilib oladilar. Bu usul o‘z-o‘zidan ravshai, chunki o‘simliklarning balandlik oshgan sari o‘zgarishi ayni mazkur omillar xarakteriping o‘zgarishiga bog‘liq.

K. 3. Zokirov o‘simliklarni mintaqalanishida boshqacha usulni qo‘llagan. U xalq orasida keng qo‘llaniladngai tushunchalar, ya’ni «cho‘l», «adir», «tog‘», «yaylov» ushbu mintaqalanishda ishlatilishi ko‘p jihatdai ma’qulligini asoslab bergan. Bir jixatdan mazkur taklif o‘rinli, chunki qisqa va keng ma’noli ushbu tushunchalar foydalanish bo‘yicha ham ko‘pgina qiyinchilik-lardan xoli qiladi.

Subtropik iqlim mintaqasi tabiat mintaqalari. Bu mintaqagaf asosan, Turkman—Xuroson tog‘lari va Atrek vodiysi kiradi. Bu yerlar quruq subtropik iqlim vujudga kelgan. Tuproqlari bo‘z, tog’ yonbag'ir changalzorlar, archazorlar va pistazorlar tarqalgan. Vodiylarda dehqonchilik qifinadi.



2.2.Balandlik mintaqa tabiat zonalari

Balandlik mintaqalari. Tabiat zonalarining kenglik bo‘yicha joylashish qonuni tog'li o'lkalarda buziladi. Tog‘larda harorat va nanilik miqdorining pastdan yuqoriga qarab o‘zgarib borishi sababli tabiat zonalari ham pastdan yuqoriga qarab almashinadi. O'rta Osiyo tog'larining ctagi cho'llarga bo rib taqalganligi uchun balandlik mintaqafci cho‘ldan boshlanadi va asta-ckin subalp, alp o'tloqlarigacha almashinadi.

Cho’l mintaqasi ko‘proq Markaziy Qizilqumdagi tog’ elaklari va yon- bag'irlarida, Kopetdog’ Sulton Uvays tog‘i etaklarida tarqalgan.

ChalaCho’lmintaqasi. Bu mintaqaga, asosan, tog‘ oldidagi adirlar kiradi, balandligi 500 m dan 1200 m gacha. Relyefi notekis, asosan, bo‘z tuproqlar tarqalgan, o‘simlik qoplamini rang va qo‘ng‘irbosh o'simliklari tashkil qiladi. O‘rtacha yillik harorat 12—13°C, yozda 35—40°C, qishda harorat —15—20°C gacha pasayadi, yog‘inlar bahor va qishda yog‘adi.

Dasht mintaqasiga balandligi 1200 m dan 2000 m gacha bo‘lgan tog'lar kiradi. Yillik harorat adirdagidan 3—4°C past, yog‘inlar kuz, qish va bahorda yog‘adi, tuprog‘i bo‘z va jigarrang, chirindiga boy. Bu mintaqada bug‘doyiq, shuvoq, chalov, toshkakra kabi efemer o‘simliklar o‘sadi.

O‘rmon-dasht va o‘rmon mintaqasiga dengiz sathidan 2000 m dan 2700 m gacha balandlikda bo‘lgan joylar kiradi, tog‘-qo‘ng‘ir o‘rmon tuproqlari tarqalgan. O‘simlik qoplami buta va daraxtlardan iborat, ba’zi joylarda chirindi miqdori 12 foizga yetadi. Yog‘in miqdori 800 mm dan 1000—1200 mm gacha boradi, yozda ham yomg‘ir yog‘adi, asosiy yog'inlar qish, bahor va kuzda yog‘adi. Asosiy o’simliklari turli mevalar — yong‘oq, olma, o‘rik, pista hamda bir necha tur archa, zarang, na ’matak va boshqalar.

Tog‘ yonbag‘irlarida iqlimiy o‘zgarishlarning keskin farqlanishi, relef va o‘simlik dunyosini balandlik o‘zgargan sari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib borishi tufayli ular majmuasida tuproqlar ham tog‘ etagidan uning eng yuqori cho‘qqisiga qadar turli o‘zgarishlarga uchraydi.

Tyanshan va Pomir tog‘liklarida quyndagp tuproq-o‘simlik mintaqalarnni ajratish mumkin: cho‘l-dasht yoki adir, quruk, dasht, tog‘-o‘rmon — o‘tloq-dasht, tog‘-o‘tloq va o‘tloq-dasht subalp, tog‘-o‘tloq va o‘tloq-dasht alp, baland tog‘-dasht, baland tog‘-cho‘l, abadiy qorliklar va muzliklar.

O‘rta Osiyonshg janubiy va sharqiy chekkalarndagi tog‘larnnng uncha ham uzoqqa (kengliklar bo‘yicha) cho‘zilmagaplpgp hamdaushbu mintaqalarning ba’zan turli balandliklarda (bu borada tog‘ yonbag‘irlarining Quyoshga qaragan yoki teskarilsh-pga ham bogliq) uchrashi yoki kambarroq holda kuzatilishi, okn bir mintaqaniadg boshqa mintaqaga kirib borishi tez-tez uchraydn. SHpmoldagi ba’zi mintaqalar janubdagi ayni shu mintaqalarga iisbatai balandlik bo‘yicha pastroq uchrashi aniq, ya’ni janubim tog‘larda ular qis-batan balaadda qayd etiladi.

Qozog‘istonning sharqiy qismidagi tog‘ yonbag‘rlarida (Saur — Tarbog‘atoy va Jung‘oriya Olatovi tizma tog’lari) tuqroqlarning balandlik bo‘yicha mintaqalanishi janubdagi tizmalarda tuproqlarning mintaqalanishiga qaraganda amcha farq qiladi. Bu hududlarda tog‘ etaklari va past tog‘larda faqat bp|) mintaqa, ya’ni tog‘-kashtan va tog‘ qoratuproklari ajratiladi. Tog‘-kashtan tuproqlari quruq dasht tekisliklaridagi tnpik kyaiggai tuproqlarning davomidir. Undan yuqorida tog‘-o‘tloq qora tuproklarga o‘xshash va bo‘z-o‘rmon tuproqlari, o‘rtacha balandliklarda va undan yuqorida esa subalp va alp tuproqlari tog‘-o‘tloq mintaqasi mavjud.

Tuproq hosil bo‘lishida nurash hodisasining ahamiyati katta. Tog‘ jinslari ustida tuproq to‘g‘ridan-to‘g‘ri vujudga kelmaidi, tuproq tarkib topishi uchun tog‘ jinslari ustida ma’lum qalinlikda nurash qobig‘i vujudga kelishi shart. Nurash kobig‘ida turli mikroorganizmlar, o‘simlik qoplami hamda suv, kislorod, is gazi va boshqalarning ta’siri natijasida tuproq shakllanadi. Cho’lmintaqasida yog‘in-sochinning nihoyatda kamligi (yiliga 80—100 mm) va bug‘lanish miqdorining kattaligi tufayli fizik-kimyoviy nurash sodir bo‘lishi uchun tegishli imkoniyatlar kamligidan darak beradi. Lekin kun bilan tun o‘rtasida havo harorati farqining kattaligi, ayniqsa, yoz bilan qishdagi havo xarorati amplitudasining kattaligi o‘lkada nurashning ustun bo‘lishiga olib keladi. Mazkur nurash natijasida o‘lkaning Cho’lmintaqasida asosan chang-shag‘al—eng mayda shag‘al tarkibidagi elyuviy vujudga keladi. A. G. CHernyaxovskiy (1965) bo‘yicha granitda harorat o‘zgarishi bilan bo‘ladigan nurash jarayonida mayda shag‘al tarkib topadi. Slaneq, ohaktosh, gil va gilli alevritlarning shu turdagi nurashga berilishi natijasida changli shag‘al allyuviysi vujudga keladi.

Nurash hodisasi baland tog‘larda Cho’lmintaqasiga nisbatan kuchliroq sodir bo‘ladi. SHarqiy Pomirda mazkur xodisa keskin kontinental va quruq iqlim hamda abadin muzloq sharoitda yuz beradi. SHarqiy Pomirda yog‘in-sochpq yiliga o‘rtacha 60 mm, haroratning sutkalik va yillik tebranish keskin tarzda bo‘lishi hududda oddiy hodisadir. Lekin yozda kunduz kuni tog‘ jinslari ustida xaroratning +50° gacha qizishi va tunda esa muzlashi tufayli nurash kuchli tarzda sodir bo‘ladi. Sovuqdan nurashning yuz berishi tufayli Sharqiy Pomirda yirik go‘la tosh va yirik, shag‘al toshlarning bisyorligiga olib kelgan. Lekin mayda yoriqlarda suvning to‘planishi va kechalari ularning muzlashi yirik g‘o‘la toshlar va shag‘allarning ham o‘z navbatida maydalanishiga sabab bo‘ladi. Bu jarayonda chang-shag‘al — g‘o‘la tosh elyuviysi vujudga keladi.

Baland tog‘likning sovuq Cho’lsharoitida slyudaga o‘xshash alyu-mosilikatlarning kuchsiz gidrataqiyaga berilishi va karbonatlarning chiqib ketishi sodir bo‘ladi. Buning natijasida shag‘alli jinslar tarkibidagi gidrataqiyaga beriluvchi ba’zi minerallar (biotit, xlorit va h.k.) namgarchilik ko‘proq bo‘lganda maydalanadi, karbonatln jinslarning (Nurashi natijasida ohakli yoki dolomitli uchuvchi mahsulotlar tarkib topadi. Tekislikdagi cho‘llarga butunlay teskari ravishda, nuragan jinslar og‘irlik kuchi va yog‘inlarning ta’siri tufayli yonbag‘ir qiyaligi bo‘yicha pastga tomon harakatda bo‘ladi, buning oqibatida nurashga uchragan jinslarning yuza qismi doimo ochilib turadi va bu jarayon to‘xtovsiz davom etadi. Mayda jinslar va changlarning suv bilan yuvilib ketishi tog‘ etaklari va tekislikda tuproq hosil bo‘lishiga faol ta’sir etadi.

Nurash jarayonida na faqat tuproq, qum, qumloq, qumoq va boshqa cho‘kindi jinslar, shuningdek gips, karbonatlar va suvda eruvchi tuzlar ham vujudga keladi. Tekisliklarda ro‘y beradigan nurash elyuviy xarakterida bo‘lganligi tufayli, mazkur moddalar o‘sha qobiqda qoladi, ba’zan esa shamol yoki mahalliy oqim ta’sirida boshqa joylarga tashilishi ham mumkin. Buning natijasida ular ba’zan butun xududga tarqaladi.

Cho’l va tor etaklaridagi tuproqlar asosan birlamchi shurlangan. Bu hol asosan tuproqlarning ona jinslari tarkibida tuzlarning mavjudligi, tuproq ostidagi yotqiziqlarda tuz, gips, karbonatlarning mavjudligi va ularnnng grunt suvlari xarakati natijasida tuproq qatlamlarida to‘planishi yuz bergan. Turon pasttekisligi oligoqen va neogen davrlarda bir necha dengiz transgressiyasini boshdan kechirgan, buning natijasida dengiz yotqiziqlari, ayniqsa, gil, oxaktosh, mergel, qumtosh tarkibida gips, karbonat va tuzlar arid sharoitda vujudga kolgan. Plato, qir, balandliklar va xatto Qozog‘iston past torlarida tog‘ jinslarn turli darajada sho‘rlangan. Buning oqibatpda, ular ustida tarkib topgan tuproqlar xam u yoki bu darajada sho‘rligi, ba’zan gipsli qatlamining mavjudligi bilan ajralib turadi.

Inson mexnat faoliyatining ahamiyati. O‘rta Osiyo qadimdan sug‘oriladigan dexqonchilik pa chorvachilik o‘lkasi. Murg‘ob va Zarafshon daryolari etaklarnda sug‘oriladigan Dehqonchilik miloddan avval 4000 yil burun rivojlanib kelayotganligi tarixdan ma’lum. Uzoq yillar mobaynida dexqonchilikning taraqqiyoti vohalarni tarkib topishiga olib keldi. Vohalarda sug‘oriladigan dehqonchilikniig rivojlanishi tabiiy komponentlar, ayniqsa, landshaftlarning tubdan o‘zgarishiga olib kelgan. SHular qatori tuproq ham chuqur o‘zgarishlarga uchragan.

Subalp va alp о ‘tloqlari mintaqasiga balandligi 2700 m dan yuqori bo‘lgan yaylovlar kiradi. Bu mintaqadan faqat yozda go‘shtdor Hisor qo‘ylari uchun yaylov sifatida foydalaniladi. Tuprog‘i och va to‘q qo‘ng‘ir rangli. Yillik o'rtacha harorat 6—8°C, yog‘in miqdori 600—1000 mm, issiq kunlar kam, havo iyul-avgust oylarida isiydi. Subalp o'tloqlariga balandligi 2700—2800 m dan n 3000—3200 m gacha bo‘lgan joylar kiradi. Tuprog‘i och jigarrang va och qo‘ng‘ir. Boshoqlilar va chim hosil qiluvchi o‘simliklar ko‘p tarqalgan.

Daraxtsimon o‘simliklardan o‘rik archa, chetan, o‘tlardan shashir, kuziniya, yaylov esporiyeti, betaga, geran, gulizardak va boshqalar o‘sadi. Alp o‘tloqlari 3200 m dan baland bo‘lgan joylarda tarqalgan. Tuprog‘i to‘q jigarrang,qo‘ng‘ir. Kserofit o‘simliklar ko‘p. Yog‘ingarchilik yil davomida bo‘lib turadi, havoning nisbiy namligi ko‘pincha 80—90 foiz atrofida bo‘ladi. Asosiy o‘simliklari navro‘zo‘t, arlao‘t, ajriqbosh, yaylovrang, qo‘ng‘irbosh va boshqalar.



Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Karimov I. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida.

Т. :«O’zbekiston» 1995.

2. Akramov Z.M., Musayev P.G., O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiiy geografiyasi. 8-sinf.Т.: “O’qituvchi”. 2000.

3. Asanov G.R., Nabixonov M., Safarova I., O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo’g’rofiyasi. Т.: “O’qituvchi” 2001.

4. Amanov M., Abduraxmonov A. O’zbekiston Respublikasi viloyatlari, Qoraqalpog’iston. Т., 2002.

5. Axmetov.Ye.A. va boshqalar. Qozog’istonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. 9 - sinf. “Maktab” 2005.

6. Ahmedov.A., Saydaminov.Z. O’zbekiston Respublikasi.(qisqacha ma’lumot-noma) “O’zbekiston” 2006.

7. Boltayev M.J. Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. Т.2006.

8.Jumaboyev Т.J. Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiiy geografiyasi. Ma’ruzalar matni. Samarqand, 2006.

9. Pardayev G’.R. O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. Ma’ruza matni. Angeren, 2006.

10. Pardayev G’.R. Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy geografiyasi (amaliy mashg’ulotlar) Angren, 2006.



11. Хasanov I.A., G’ulomov P.N. Markaziy Osiyo tabiiy geografiyasi . Т.: 2006.

12. Internet ma’lumotlari.
Download 44,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish