6. Massasi 1170,8 bo’lgan suvda 5,2 g H



Download 28,79 Kb.
Sana24.01.2022
Hajmi28,79 Kb.
#406741
Bog'liq
masala


Masalalar

1. Ikki valentli metall karbonatining 60 g massasi qizdirilganda metalning atom massasidan 6,4 g ga kam oksidi hosil bo’lsa, noma’lum tuz tarkibidagi uglerod massa ulushini aniqlang.

2. Konsentratsiyasi 0,01 M bo’lgan natriy atsetat eritmasining pH qiymatini aniqlang.

4. pH qiymati 2 bo’lgan 300 ml va pH qiymati 1 bo’lgan 500 ml sulfat kislota eritmalari aralashtirilganda hosil bo’lgan eritmaning molyar konsentratsiyasini (M) aniqlang.

5. 265,2 g 25%li kumush nitrat eritmasiga mis plastinka tushirildi. Ma'lum vaqt o'tgach ushbu tuz konsentratsiyasi 12,92% ni tashkil qildi. Eritmaga tushirilgan misning hammasi kumush bilan almashganligi ma'lum bo'lsa, mis plastinka massasi (g) qancha bo'lgan ?


6.Massasi 1170,8 bo’lgan suvda 5,2 g H2SO4·xSO3 tarkibli oleumni eritib hosil bo’lgan eritmaning (ρ=1,05 g/ml) pH qiymati 1 ga teng bo’ldi. Oleum tarkibini aniqlang.

7. Noma'lum tuzning 40°C da to'yingan 325 gramm eritmasi 20˚C gacha sovutilganda, 37,5 gramm tuz cho'kmaga tushdi. Agar tuzning 20° dagi eruvchanlik koeffissenti 15 ligi ma'lum bo'lsa, shu tuzning 40° С dagi eruvchanlik koeffissentini toping.

8. Zichligi 1,4 g/ml bo’lgan 20 % li eritmaga zichligi 1,2 g/ml bo’lgan 720 g eritma qo’shildi. Bunda 12,8 % li 800 ml eritma hosil bo’ldi. Hosil bo’lgan eritma zichligini va qo’shilgan eritma foiz konsentratsiyasini aniqlang.

9.2:3 massa nisbatda NaCl va Na2CO3tutuvchi eritmadagi moddalarning massasi 30 g. Ushbu eritmaga qancha hajm (ml) 20 % (ρ=1,1 g/ml) HCl o’tkazilganda bu nisbat 3:1 bo’lib qoladi ?

10.19,2 g MgSO4·4H2O ga qanday hajmdagi (ml) 4 M li (ρ=1,2 g/ml) MgSO4 eritmasi qo’shilganda eritmadagi kislorod atomlari soni 216,72·1022dona bo’ladi ?

11.Muvozanatda turgan A+B↔C+D sistemaga B moddadan 4 M qo’shildi, C moddadan esa 8 M chiqarib yuborildi. Yangi muvozanat holatidagi moddalar konsentratsiyasi 1, 3, 3, 3 M dan bo’ldi. Yangi muvozanat qaror topishi uchun B moddaning necha foizi sarf bo’lganligini aniqlang.

12. A+B ↔C+D sistemada A moddaning 50% i kirishgandan keyin muvozanat qaror topdi. Muvozanat paytida D modda konsentratsiyasi 2,5 M bo’lsa, B modda boshlang’ich konsentratsiyasini toping. (K=1)

13.A→B+C reaksiyada 15˚C da A modda miqdorining 5 marta kamayishi uchun 16 sekund vaqt ketdi. 21˚C da 8 marta kamayishi uchun esa 7 sekund vaqt ketdi. 27˚C da 10 marta kamayishi uchun qancha vaqt ketadi ?

14.Tempratura koeffissentlari 2 va 4 bo’lgan ikkita reaksiyaning boshlang’ich tempraturalari tegishli ravishda 10°C va 20°C ga teng. Qanday tempraturada (°C) ikkinchi reaksiyaning tezligi birinchisinikidan to’rt marta katta bo’ladi

15. . Entalpiya qiymatini aniqlang.

A2B+B2↔A2B3 ∆H=-200 kJ/mol

A2 +B2↔A2B ∆H=140 kJ/mol

A2 +B2↔A2B3 ∆H= ?

16. Kaliy dixromat parchalanish reaksiyasi natijasida 48 g kislorod hosil bo’ldi. Agar K2Cr2O7 K2CrO4 va Cr2O3 hosil bo’lish issiqliklari 2063, 1398 va 1141 kJ/molga teng bo’lsa, hosil bo’lgan issiqlik miqdorini aniqlang.

17.Hajmi 4 litr bo’lgan idishda 4 mol A modda miqdori qancha vaqt (min)dan keyin 2 mol bo’lib qolishini aniqlang. Reaksiya tezligi 0,05 m/l∙s

18. → +x α+ 4-β Ushbu yadro reaksiyasida E va Tl neytronlari nisbati 5,44:4,88 bo’lsa, 3,01·1020 dona α-zarracha hosil qiluvchi E dagi neytronlar sonini aniqlang.

19. 5,6 l kislorod bilan to’lgan idishga 0,72 g noma’lum metall tushirildi, harorat 20˚C ga qizdirildi. Reaksiyadan so’ng idishdagi bosim 100,05 kPa bo’lib qoldi. Metalni aniqlang.

20.. Hajmi 4 l bo’lgan metanni yoqish uchun 6 l ozon-kislorod aralashmasi sarflandi. Ozon-kislorod aralashmasidagi ozonning hajmiy ulushini aniqlang.

21.pH=12 bo'lgan 0,4 M bariy gidroksid eritmasining dissotsilanish darajasini toping. (%)

22. Uchta teng hajmli idish olingan bo’lib, azot bilan to’lgan birinchi idishning massasi 22 g, kislorod bilan to’lgan ikkinchi idishning massasi 23 g, 2:3 hajmiy nisbatda noma’lum gaz va is gazi bilan to’lgan uchinchi idishning massasi esa 23,2 g. Noma’lum gazni aniqlang.

23.CH4, C2H6 va COdan iborat 8,96 litr aralashma yetarli miqdorda kislorod bilan yondirilganda 13,44 litr CO2 va 14,4 gramm suv hosil bo’ldi. Boshlang’ich aralashmadagi gazlarning hajmiy ulushlarini toping.

24. Hajmiy ulushlari teng bo’lgan gazlar aralashmasining o’rtacha molyar massasi 25 ga teng. Massa ulushlari teng bo’lganda esa 24 ga teng. Ushbu gazlar aralashmasidagi yengil gazning 0,3 molida nechta elektron borligini aniqlang.

xCuSO4 · yMgSO4 · 20H2O kristallogidrati tarkibidagi vodorodning massa ulushi 4 %, kislorodning massa ulushi esa 64 % bo’lsa, misning massa ulushini (%) aniqlang.

25. Metall sulfati kristallogodrati tarkibidagi kislorodning massa ulushi 72,072 %, vodorodning massa ulushi 5,405 % ekanligi ma’lum bo’lsa, shu kristallogodratning 0,2 molidagi atomlar sonini toping.

26. Noma’lum elementlar X va Y lar X4Y2O7 ( kislorodning massa ulushi 42,1 %) va X3YO4 ( kislorodning massa ulushi 39,02 %) tarkibli moddalar hosil qiladi. Ushbu moddalarning mol nisbati 3:4 bo’lgan 0,35 mol aralashmasi tarkibidagi elektronlar mol miqdorini aniqlang.

27.Mol nisbati 4:1 bo’lgan X2O3 va X2O5 aralashmasining 0,125 moli 14,55 gramm kelsa, noma’lum elementni ko’rsating.

28.Magniy atomi shar shaklida bo’lib, shar shakli atom umumiy hajmining 74 % ini tashkil etadi. Magniy atomining radiusini (nm) aniqlang. (ρ=1,74 g/sm3)

29.[Ag(NH3)2]NO3 birikmasidagi akseptorning koordinatsion soni, valentligi va oksidlanish darajasini aniqlang.

30.Noma’lum elementning ikki izotopi bo’lib, ularning massasi bir-biridan 2 m.a.b ga farq qiladi. Ularning birinchisida 33,33 %, ikkinchisida esa 36,842% neytron bo’lsa, noma’lum elementni aniqlang.

31.Tabiiy argonning o’rtacha nisbiy atom massasi 39,974 bo’lib, u massasi 36, 38, 40 bo’lgan izotoplar aralashmasidan iboratdir. Bunda 40Ar 99% tarqalganligini bilgan holda qolgan izotoplar tarqalish foizini toping.



32.X+2 ionidagi proton va elektronlar yig’indisi neytronlar sonidan 30 taga ko’p. Neytronlar soni esa elektronlar sonidan 18 taga ko’p. Element atomidagi umumiy zarrachalarning necha foizi neytron ekanligini aniqlang.

33. Element atomi yadrosining 48,387 % ini musbat nuklon tashkil qiladigan atomning neytronlari soni elektronlari sonidan bittaga ko’p bo’lsa, elementni aniqlang.
Download 28,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish