Mavzu: O’rta Osiyoning Qo’qon xonligi davri tarixshunosligi



Download 2,74 Mb.
Sana06.07.2022
Hajmi2,74 Mb.
#752037
Bog'liq
Xurramov A. qoqon xonligi tarixshunosligi

Mavzu:O’rta Osiyoning Qo’qon xonligi davri tarixshunosligi


Bajardi: Xurramov.A.A

Mavzu:O’rta Osiyoning Qo’qon xonligi davri tarixshunosligi

Qo’qon xonligi tarixnavislik maktabiga mansub muarrixlar turli yo’nalishlarda asarlar yaratib, ularning asarlari XVI-XIX asrlardagi Qo’qon xonligi tarixiga doir muhim manbalar bo’lib hisoblanadi.

Ulardan bugungi kunda O’zbekiston FA Sharqshunoslik instbtuti xazinasida saqlanayotgan Abulvos’ye Manzurning “Nazkirai Sultoniy”, Abulg’affor ismli Qo’qon amaldorining “Zafarnomayi Xudoyorxoniy”, Abu Ubaydulloh Toshkandiyning “ Xulosan ul-axvol”, Avaz Muhammad Attor Ho’qandiyning “Tarixi jahonnomaiy” I, II jildlari, Fazliy Farg’oniyning “Umarnoma” asarlari, Mirzo Qalandar Mushrif Isfaragiyning “Shohnomayi nusratpoyom”, Mullo Xolbek ibn Mullo Muso Andijoniyning “G’aribnoma va Aliquli amirlashkar tarixi”, Muhammad Niyoz Ho’qandiyning “Tarixi Shoxruhiy”, Muhammad Aziz ibn Muhammad Rizo Marg’inoniyning “Tarixi Aziziy”, Muhammad Solihxo’ja Toshkandiyning “Tarixi jadidayi Toshkand”, Muhammad Yunus shig’ovul- Toyibning “Aliquli amirlashkar jangnomasi” kabi asarlarning qo’lyozmalari va “Tuhfayi Toyib”, Mirzo Olim Toshkandiyning “Ansob ul-salotin va tavarix al- xavaqiy”, Mulla Olim Maxdum Hojining “Tarixi Turkiston”, Mir Izzatullohning “Safarnoma”, Domullo Abd al- Qodir ibn Muhammad Aminning “Madjma’ al-ansob va-l-ashdjor”, Muhammad Hakimxon ibn Ma’sumxonto’raning “Muntaxab at-navorix” ning I, II jildlari asarlarini ajratib ko’rsatish mumkin.

XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab rus tilida yozilgan V.Nalivkin, N.Veselovskiy, N.Petrovskiy, N.Pantusov, V.Velyaminov- Zernovlarning kitoblarida esa Qo’qon xonligi tarixining turli qirralari va masalalarini o’rganish bo’yicha boy ma’lumotlar berilgan. Bular jumlasiga V.Nalivkinning “Kratkaya istoriya Kokandskogo xanstva” Kazan, 1886; N.Veselovskiyning “Priyom v Rossii i otpusk Sredneaziatskix poslov v XVII i XVIII stolotiyax” Sank-Peterburg, 1884; N.Petrovskiyning “Ocherki Kokandskogo xanstva” 1875; N.Pantusovning “O podatyax i povinnostyax sushestvovavshix v bivshem Kokandskom xanstve v posledneye vremya pravleniya Xudayarxane” 1876; V.Velyaminov- Zernovlarning “Istoricheskiye izvestiya o Kokandskom xanstve ot Muxammada Ali do Xudayarxana” 1859 yil kitoblari kiradi. Ularda xonlikni tashkil topishi, ming sulolasidan chiqqan hukmdorlar va ularning siyosati, qo’shni davlatlar bilan munosabatlari, xonlikning etnik tarixi, etnik jarayonlar, Rossiya imperiyasining xonlikka nisbatan olib brogan siyosati, harbiy harakatlari, bosqinchilik va uning oqibatlari kabi masalalar keng yoritilgan.

Qo’qon xonligi tarixshunosligining ikkinchi guruhini sovet davrida ilmiy adabiyotlar tashkil qiladi. Bularga R.Nabiyevning “Iz istorii Kokandskogo xanstva (feodalnoye xozyaystvo Xudayarxana)” T.,1973; Y.Bekvaxanovning “K istoriivzaimootnosheniy kazakov so sredneaziatskimi xanstvami” T., 1947; N.Beysembiyevning “Tarixi Shaxruhi” kak istoricheskoy istochnik”, “Legenda o proisxojdenii Kokandskix xanov kak isnochnik ideologii v Sredney Azii” 1989; X.Inoyanovning “Qo’qon xonligi Rossiyaga qo’shilishi arafasida va 1875-1876 yillardagi Qo’qon qo’zg’oloni” T.,1956; P.Ivanovning “Ocherki po istorii Sredney Azii XVI- XIX vekov” M.,1958; H.Ziyoyevning “O’rta Osiyo va Sibir (XVI-XIX asrlar)” T.,1962 asarlari kiradi.Nabiyevning tadqiqoti bevosita Qo’qon xonligi tarixi, uning xo’jalik hayotiga bag’ishlangan bo’lib, bu asar ilmiy jamoatchilik uchun ahamiyatli hisoblanadi.

O’zbekiston mustaqilligining tarixiga oid adabiyotlar tarixshunoslikda uchinchi guruhni tashril etadi. Ularga H.Ziyoyevning “Turkiston Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurashi” T., 1998; F.Ahmadjonovning “Rossiya Imperiyasi Markaziy Osiyoda” T., 2003; X.Bobobekovning “Qo’qon tarixi” T., 1996; Sh.Vohidovning “Qo’qon xonligida tarixnavislikning rivojlanishi” T.,1998; O’.Sultonovning “Muhammad Solihxo’janing “Tarixi jadidayi Toshkand” asari muhim manba sifatida (XIX)” T., 2007 asarlarini kiritish mumkin.

Rahmat


Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish