Mediakorparatsiyalar faoliyatining huquqiy kafolatlari
TAYYORLADI: JUMABOYEVA IRODA DEB YOZIB BERING
Reja
Mediakorporatsiyalar haqida
Mediakorporatsiyalarning xalqaro huquqiy sub’ektlar bilan (davlatlar, xalqaro tashkilotlar) bilan munosabatlari
O‘zbekiston OAVga daxldor bo‘lgan qonunchilikda Mediakorporatsiyalar
Mediakorporatsiyalar haqida
Voqealarni yoritish – shunchaki kasb emas, balki butun bir industriya, ishlab chiqarish sanoatining ajralmas bir qismiga aylangan. Bu industriyaning eng qudratli kuchlari esa allaqachon dunyoga ma’lum. Dunyo axborot bozori bo‘lib olingan va uning qonun chiqaruvchilari ham, qoida va shartlari ham barqarorlashib bo‘lgan. Shu nuqtai nazardan, ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi asosiy tendensiyalaridan biri jahonning industrial taraqqiy etgan mamlakatlarida axborot uzatish vositalarining ulkan konsernlar tomonidan mulk sifatida xususiylashtirishi bilan belgilanadi.Zamonaviy axborotlashgan jamiyatning yuzaga kelishi va rivojlanishi ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrga to‘g‘ri keladi. Mazkur urush davrida odamlar u yoki bu jangning natijasi haqida xabar topishi uchun ba’zida kunlar kerak bo‘lardi. Bu payt axborotning asosiy manbalari radio va gazetalar edi.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida AQSh, Angliya, Germaniya, Fransiya singari industrial rivojlangan davlatlarda noshirlik faoliyati va radioeshittirish sohasini xususiylashtirish boshlangan.
Mediakorporatsiyalar va jahon mediabiznesi tajribasini o‘rganish va sistemalashtirish rivojlanayotgan O‘zbekiston uchun ham dolzarbdir.
Mediakorparatsiyalar faoliyatining huquqiy asoslari haqida gap ketganda, avvalo ular xalqaro qonunchilik normalariga amal qilishi ko‘zda tutiladi. Ammo bu korporatsiyalarga axborot uzatish vositasi sifatida emas, balki asosan mulk ob’ekti sifatida, ya’ni biznes vositasi sifatida yondashiladi. Mulk egasi tasarrufiga kiruvchi OAVga nisbatan mamlakat qonunchiligiga xilof bo‘lmagan har qanday harakatni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Mediakorporatsiyalarning xalqaro huquqiy sub’ektlar bilan (davlatlar, xalqaro tashkilotlar) bilan munosabatlari
- Mediakorparatsiyalar faoliyatining huquqiy asoslari haqida gap ketganda, avvalo ular xalqaro qonunchilik normalariga amal qilishi ko‘zda tutiladi. Ammo bu korporatsiyalarga axborot uzatish vositasi sifatida emas, balki asosan mulk ob’ekti sifatida, ya’ni biznes vositasi sifatida yondashiladi. Mulk egasi tasarrufiga kiruvchi OAVga nisbatan mamlakat qonunchiligiga xilof bo‘lmagan har qanday harakatni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |