3.4. Modellar tashqi ko‘rinishining tasniflari.
Taklif model-1
To`plamni beshta libos tashkil etgan bo`lib, baxor mavsumiga mo`ljallangan. Navbatdagi tavsiya etadigan libosimiz shoyi matosidan nozik did vakillari uchun maxsus individual ravishda tikilgan.
Libosimizning rangi oxra va qora ranglardan tashkil topgan. Ko`ylakning uzunligi to`piqqacha va etaklari keng bichilgan. 2022 yilda serburma liboslar juda aktual darajada ekanini xisobga olib, bel qismi qirqilib burmaga yig`ilgan. Lifning oldi ya`ni ko`krak qismida bezak choklar berilganini kuzatishingiz mumkin. Bu o`z navbatida ko`ylakning kompozision mar-kazini yanada boyitganini ko`rishingiz mumkin. Ko`ylakning oldidagi V shaklidagi bo`yin o`mizg`asi O`rta Osiyo yaxtaklarini eslatadi va boshdan qiynalmasdan kirib chiqishiga yordam beradi. Yelka chizig`i odatdagidan pastda joylashgan, yenglari esa tunikasimon bichimdagi to`g`ri shaklda bichilib, yengning bilak tomoni torayib borgan. Yengning uchlari ham biroz burmalarga yig`ilib, sun`iy charmli manjetga ulangan.
To`plamimizning eng ko`zga tashlanadigan joyi va eksklyuziv nuqtasi bu charmga dekorativ naqshlarni bostma yo`li orqali qo`lda bajarilgan bezagi xisoblanadi. Shuni aytib o`tish kerakki, kolleksiyadagi barcha liboslar qora rangdagi suni`y charm bilan hamohanglikda ishlangan.
Uzun oqshom liboslar sarasiga kiruvchi ushbu libos har qanday yosh ayolning nozik didlariga mos kelishi shubhasizdir.
Model tashqi ko`rinishiga tasnif
Taklif model-2
Kolleksiyamizning ikkinchi modeli yashil rang bilan ishlangan bo`lib, bunda tunikasimon bichimdagi kofta, keng shim, hamda sun`iy charmdan tikilgan qora kurtkani ko`rishingiz mumkin. Kostyumni loyihalashda transformasiyalariga moyil erkin loyihalar, shuningdek kiyinishdagi individuallikni yevropa an`analariga xos xususiyatlarni birlashtirib yaratilgan.
Bu modelimiz ham shoyi matosidan tikilgan bo`lib, libosni jozibaligini yanada oshirgan.
Lifning bel chizig`i qirqilgan bo`lib, oldiga dekorativ mashina choklari bilan ishlov berilgan. Lifning oldi bo`lak markazidagi V shaklidagi bo`yin o`mizg`asi O`rta Osiyo yaxtaklarini eslatadi va boshdan qiynalmasdan kirib chiqishiga yordam beradi. Yelka chizig`i odatdagidan pastda joylashgan, yenglari esa tunikasimon bichimdagi to`g`ri shaklda bichilib, tirsakkacha yetib bormagan. Lifning bel chizig`idan pasti burmalarga yig`ilib kiyimga nafislik baxsh etgan.
Libosning shim qismi keng bo`lib, beldan pastga qarab keng shaklga ega. Shimning yon qismiga molniya taqilmasi o`rnatilgan va shimning beliga poyas bilan ishlov berilgan.
Yuqorida aytganinmizdek, to`plamimizning eng ko`zga tashlanadigan joyi bu charmga dekorativ naqshlarni qo`lda bostma yo`li orqali bajarilgan be-zagi xisoblanib, bu kostyumimizni qora sun`iy charmdan tikilgan kurtka to`ldirgan.
Kurtkaning uzunligi beldan pastda joylashgan bo`lib, tunikasimon bichimda bichilgan. Kurtkaning yenglari tirsakkacha uzunlikda va yenglarning pastki qismi burmaga yig`ilib manjetga o`rnatilgan. Yenglarga o`zbek milliy naqshlaridan trafaret kesib olinib mato uchun akril bo`yog`ida qo`lda gul bosilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |