III BOB. O`RTA OSIYO TUNIKASIMON BICHIMLARDAN FOY-DALANGAN HOLDA ZAMONAVIY LIBOSLAR
LOYIHASINI YARATISH
3.1. Zamonaviy moda yo`nalishi
Zamonaviy modaning rivojlanishi ijtimoiy va madaniy makonning inson shaxsini shakllanishiga ta`sir qiluvchi, zamonaviy libos dizaynini jadallashtiruvchi muhim elementlaridan biridir. Moda tendentsiyalari almashinuvining jadal-lashib borayotgani: kiyimning yangicha turlari va dizaynini yaratish imkonini kengaytiradigan innovatsion texnologiyalarining ko`payishi, hamda uning tem-piga mos ravishda kiyim modellarining dizaynini yaxshilash. XXI asr boshida modada sodir bo`layotgan jarayonlarni o`rganish; aholi turmush darajasining yaxshilanishi xisobiga libos dizayni, uning texnik va estetik ko`rsatkichlariga bo`lgan talabini ortishi: libos dizaynerlarining bilimi va ko`nikmalarini mukammalashtirishning zarurati zamonaviy liboslarni ishlab chiqishda texno-logik innovatsiyalarni tahlil qilishni taqozo qiladi.
Bugungi kunda moda olamida soat sari o`zgarishlar yuz bermoqda. 2022 yilgi baxor – yoz mavsumi zamonaviy modani tahlil qilinganida ularning shakli ya`ni silueti gavdaga nisbatan kattaligi inson qomatini dinamikadagi qulayligini ta`minlab beradi. Dunyo modasini kuzatadigan bo`lsak, ko`pgina dizaynerlarning kolleksiyalarida sipo va qulaylikni aks ettiruvchi liboslarni kuzatishimiz mumkin. Bir qarashda hamon hammasi aktualniy, klassik siluet, an`anaviy uslubiy qatorlarni yechimini yechgan bo`lsa, ikkinshi tomondan hamma yetakchi brendlar fason va shakllar, turli xil ko`rinishdagi dekor va bezaklarni yorqin tarzda namoyish etishmoqda.
Bugungi kunda bo`lib o`tayotgan turli tanlov va festivallarda namoyish etilgan liboslarda g`ayrioddiy va dadil g`oyalarning ro`yobga chiqayotganini kuzatish mumkin. Ammo shuni ham ta`kidlash kerakki, turli madaniy - tarixiy manbaalarga murojat qilishlarida aksariyat hollarda zamonaviy libos loyihalashning “shakl” kabi asosiy tushunchaga kam e`tibor berilayotgani kuzatiladi. Ko`pincha loyixalar sirtning dekorativ bezagi, matoning fakturasi hisobiga amalga oshiriladi. Lekin yaratilgan buyumning o`ziga xosligi va yutug`i uning chegarasi, ya`ni shaklidir. Shuni ta`kidlash kerakki, aksariyat xollarda libos shakli uch o`lchovli statistik xolatdagi struktura deb yonda-shiladi, vaholanki libos odam xarakatlari va gavdaning plastikasiga mos ravishda o`zining xolatini tinimsiz o`zgartiruvchi dinamik tizimdir. Bunda libos shakli odam gavdasi bilan bevosita bog`liq hamda faqat uning propor-siyalari, plastikasi bilan uzviy ravishda o`rganilishi kerak degan hulosa kelib chiqadi.30
Dizaynerlar tomonidan milliy liboslarimizga bo`lgan qiziqish yangilik bo`lmay qoldi, ammo shunga qaramay milliy matolarimizni, milliy dekorativ bezaklarni hamda milliy bichimlarni zamonaviy modada qo`llash kun sayin ortib bormoqda. Bugungi kunda o`zbek modasining istiqbollari porloq, yevropaliklar azal - azaldan sharqdan o`z nigohini uzmay kelgan.
Ayniqsa dunyo dizaynerlarini, har bir viloyatning o`ziga xos konstruktiv dekorativ yechimlari, erkaklar va ayollar liboslarining o`xshash tomonlari, bichimlaridagi farqli jixatlari, liboslarda qo`llaniladigan matolari ularni yanada qiziqishiga olib keldi.
Hammamizga ma`lumki O`rta Osiyoda yashaydigan ko`pgina millatlar-ning liboslari bichimi jixatidan bir - biriga o`xshash bo`lib, unchalik mu-rakkab emas. Uzun va keng bichimli yenglar, uzun to`piqni yopadigan ko`ylaklar ko`rinishi jixatdan o`xshab ketadi. Bunday bichimlarni qo`llagan holda zamonaviy liboslarni yaratishimiz, iste`molchilarni jalb etuvchi, har doim va har yerda kiyish mumkin bo`lgan liboslarni urfga kirgazishimiz biz dizaynerlarning oldimizga qo`ygan vazifamizga kiradi.
Jaxon modasida 2021 – 2022 baxor - yoz mavsumida bashang liboslarda, oval, trapesiya, X-simon siluetli liboslar urf bo`lganini kuzatishimiz mumkin. Yozgi bashang liboslarda keng, yelkalari odatdagidan pastroq, yenglari burmaga yig`ilgan uzun ko`ylaklar urfga kirdi. Shimlarning eni ancha keng bo`lib, qomatni bilintirmaydigan kilotlar ayniqsa urfda. Ushbu mavsumda keng, qomatni bilintirmaydigan, tanaga yopishmaydigan va shuning bilan juda qulay keng kiyimlar urf bo`lganini kuzatishimiz mumkin.
Lilia Kisselenko2019 yil.
Aidarkhan Kaliyev 2020 yil.
Zamonaviy modaning rivojlanish jarayonlarini o`rganish va prognozlash zaruriyati liboslarni yaratishdagi texnologik innovatsiyalarni qo`llanilishini tahlil etishini taqozo qiladi. Xozirgi kunda dunyoda tabiiy tolali, gigienik xususiyatlari yaxshi gazlamalar bilan chegaralanmay, sog`liq uchun foydali, iste`mol, texnologik talablarga javob beradigan zamonaviy materiallar ishlab chiqish ustida ilmiy - tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kelajak dizayn –loyihasi o`z ichiga bio, nano - tolalarni, plazma, lazer, radiatsion va boshqa eng yangi texnologiyalarni juda faol natija bilan qamrab olmoqda. Dastavval barcha yangi texnologiyalarning manbaalari sifatida xarbiy ishlan-malar hisoblangan bo`lsada, vaqt o`tishi bilan ular maishiy tus olib dizayn tomonidan o`zlashtirilib muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Matolardan tabiiy tolaga yaqin bo`lgan: armani shyolk, singapur, harir, barbye, charm va boshqalar urfda.
2022 yilda dizaynerlar baxor - yoz mavsumida ko`proq bosiq ranglarni tavsiya qiladilar bular, bosiq yashil, oxra, havorang, bosiq qizil, pushti va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |