3.2. Taklif etilayotgan modellarning vazifasi va tanlangan
materiallarni asoslash.
Libos shaklini yaratar ekan ijodkor gavdaning chiziqlarini: uning tashqi ko`rinishi, konturlari, figuraning konstruktiv nuqtalaridan o`tuvchi chiziqlarini hayolan kuzatadi. Aynan rassom - modelyer, dizaynerlar ijodining ob`ektidir.
Ob`ektning konkret konstruktsiyasi – odam gavdasi bilan ijodiy g`oyani solishtirilishi natijasida dastlabki obrazning chiziq va shakllari vujudga keladi. Libos shaklining plastikaga nisbatan o`zgarishi esa odam mavjud bo`lgan vaziyatga va shu vaziyatdagi odamning xatti - xarakatlariga bog`liq. Libos loyixalash va uni tayyorlash badiiy, texnik va ijtimoiy masalalarning yechi-mini o`z ichiga oluvchi kompleks, murakkab jarayondir. Inson extiyojlari uning shaxsiy hususiyatlari va madaniyatining darajasi bilan belgilanadi.
O`tmish zamon bilan hamisha hamnafas bo`lib kelgan, u xozir ham mavjud. O`rta Osiyo xalqlarining tarixiy milliy liboslarini an`anaviy bichimlarini, texnologiyasini va konstruksiyasini o`rganib chiqib, zamonaviy libos ansamblini tashkil etuvchi liboslar kolleksiyasini ishlab chiqildi. To`plam beshta libosdan tashkil topgan bo`lib, o`tmishimizdagi qadimgi milliy an`analarimizni qadriyatlarimizni tiklab, hamda O`rta Osiyo xalqlari liboslarining “tunikasimon” bichimini zamonaviy liboslarda aks ettirildi. Dissertasiya ishida bugungi kunda o`zbek xalqining unutilib borayotgan an`anaviy milliy tunikasimon bichimlaridan foydalangan holda liboslar to`plamini yaratish uchun, keng bichimli liboslar dizayni ishlab chiqildi.
Yaratilgan to`plamlar orasida o`zbek xalqining qadimgi o`ziga xos ayollar tashqi kiyimlaridan biri - mursakdan ilhomlangan holda yaratilgan, yangi zamonaviy ko`rinishdagi libosni ko`rishingiz mumkin. Mursak, munisak, kaltacha deb ataluvchi boshqa xududlar singari, Shaxrisabzda ham keng tarqalgan bo`lib, yenglari keng tikilgan, yon chokining, yengining ostiga mayda burmalar yig'ilgan, yoniga ulangan klinlar xisobiga, kaltachaning etagi kengaygan va shuning uchun xuddi choponlardagi kabi oldi etagi bir - birining ustiga chiqib turgan.31 Bu kostyum komplekti: kofta, ustki kiyim hamda shimdan iborat.
To`plam tunikasimon bichimli zamonaviy ko`rinishdagi liboslardan tashkil tpgan bo`lib, bular : uchta ko`ylak, ikkita kofta, chopon, ikkita shim, kurtka va nimchadan iborat.
Liboslarning rang koloriti yashil, oxra, terrakot hamda qora bo`lib, xozirda urf bo`lgan ranglardan va qadimgi me`moriy yodgorliklarimizning rangalaridan ilhomlanib tanlab olindi. To`plamdagi liboslarda asosan o`tmishda boy zodagon ayollar kiygan shoyi mato bilan birgalikda sun`iy charmni uyg`unlashtirib qo`llanilgan. Kostyumlarni loyihalashda sharqona yondashish kostyumning o`zgarishi va transformasiyalariga moyil erkin loyihalarni shuningdek kiyinishdagi individuallikni yevropa an`analariga xos xususiyatlarni birlashtirib yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |