O’rta Osiyoda rivojlangan o’rta asrlar davri madaniyati taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari.
Ilk o’rta asrlarda uch qism (kuxandiz, shahriston va rabod)dan iborat bo’lib shakllangan shahar hayotida rivojlangan o’rta asrlar davriga kelib tub ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar yuz beradi. O’rta Osiyo shaharlari Eski Termiz, Afrasiyob, Marv, Axsikent, Buxoro, Urganch, Qanqa, Shohruxiya va boshqalarda olib borilgan keng ko’lamli arxeologik izlanishlar va ularni yozma manba materiallari bilan qiyosiy solishtirishlar tufayli bu davr shahar madaniyati, shaharlarning tarkibi, ularning tevarak – atrof aholi punktlari bilan o’zaro iqtisodiy va madaniy aloqalari, shaharlarning hunarmandchilik va savdo-sotiq salohiyati, karvon yo’llarining yo’nalishi, ichki va tashqi bozor, har bir shahar hayotida ustivor hisoblangan ishlab chiqarish tarmoqlari o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |