O’rta Osiyoda rivojlangan o’rta asrlar davri madaniyati taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari.
O’rta Osiyoda rivojlangan o’rta asrlar davri mahalliy feodal hokimliklari o’rnida yagona markazlashgan feodal davlati tashkil topishi bilan boshlanib, to temuriylar davlati inqiroziga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlari xususiyatlaridan kelib chiqib, taraqqiyot va bitta inqiroz bosqichiga bo’lish mumkin. Davrning birinchi taraqqiyot bosqichi IX-XIII asr boshlarini o’z ichiga oladi. Dastlab markazlashgan davlat tepasiga somoniylar (IX-X) sulolasi keladi, so’ngra uning iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlangan hududlarini uchta turkiy davlatlar-qoraxoniylar, g’aznaviylar va saljuqiylar(XI asrda) egallaydi. Shu bilan birga XII asr o’rtalarida bu erda Buyuk Xorazmshohlar davlati vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |