Organik kimyo mustaqil fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarimlaridan boshlab shakllana
boshladi. Ammo, bizning ajdodlarimiz organik birikmalardan ming yillar avval foydalanib kelishgan.
Ular o’simliklardan yog’larni ajratib olishni, bo’yoqlar, efir moylari, pivo, vino, sirka, sovun
tayyorlashni bilganlar. Keyinchalik bu birikmalarni shaklini o’zgartirish bilan shug’ullanganlar.
Organik kimyo fanining rivojlanish tariхining empirik davrida, ya’ni ХVII asr o’rtalari va
ХVIII asr ohirlarida insonlar o’zlari bilmagan holda organik birikmalar bilan tanish bo’lganlar va
ulardan foydalanganlar. Masalan, Misr va Hindistonda matolarni tabiiy bo’yoqlar bilan bo’yaganlar,
o’simliklardan yog’ ajratib olganlar, sovun pishirishni bilganlar. Tibbiyotda bemorlarni davolashda
tabiiy moddalarni qo’llaganlar.
ХVIII asr ohirida o’simliklardan vino, limon, olma, sut kislotalari, hayvonot dunyosidan
mochevina, siydik kislota va boshqa moddalar ajratib olingan. Bu emperik davrda tabiatdan olingan
moddalarga unchalik e’tibor berilmagan.
ХVIII asrning ikkinchi yarimida M.V.Lomonosov va Lavuazelar moddalar massasining
saqlanish qonunini kashf etdilar. Shu davrdan boshlab, kimyoga kimyoviy tahlil, ya’ni modda
tarkibini sifat va miqdor jihatdan aniqlash usuli kirib keldi. Shuning uchun bu davr analitik davr deb
ataladi. U ХVIII asr ohiri va ХIХ asr o’rtalarini o’z ichiga oladi. Bu davrda A.Lavuaze o’simlik,
hayvonot dunyosidan olingan moddalar tarkibida uglerod atomi borligini aniqladi. Bu vaqtda
o’simliklardan oksalat kislota, yog’lar ajratib olingan edi.
Vitalistik nazariyaning zarbaga uchrashi natijasida ХIХ asrning birinchi yarmida organik
kimyoning asosiy usuli – organik sintez rivojlana boshladi. Ana shu davrda nemis olimi Fridriх
Vyoler noorganik moddalardan foydalanib, 1824 yilda oksalat kislotani, 1828 yilda mochevinani
sintez qildi.
ХIX asrning ikkinchi yarmilarida o’simlik, hayvon va inson organizmlarida uchraydigan juda
ko’p moddalar sintetik usulda olina boshlandi. Bu sintezlar natijasida olimlar organik moddalarning
olinish jarayonlari kimyoning umumiy qonuniyatlarga bo’ysunishini aniqladilar.
1842 yilda rus olimi N.N.Zinin avvalari o’simlikdan olinadigan anilinni sintezlab oldi. 1845
yilda nemis olimi Kolbe tomonidan sirka kislota, 1854 yili franцuz kimyogari Bertlo tomonidan
yog’lar, 1861 yilda rus olimi A.M.Butlerov tomonidan birinchi marotaba shakar moddalar sintez qilib
olindi.
ХIX asrning 60 yillarida rus kimyogar olimi A.M.Butlerov o’zining “organik birikmalarning
kimyoviy tuzilish nazariyasi”ni e’lon qildi. Bu nazariyani vujudga kelishi organik kimyoning
rivojlanishida tub burilish yasadi. Lekin bu nazariyaning yaratilishiga qadar organik moddalarning
tuzilishi haqida bir qancha nazariyalar yaratilgan edi.
Organik moddalarning tuzilishi haqidagi dastlabki nazariyalarni yaratilishi organik kimyo
fanining tariхiy rivojlanishining analitik davriga to’g’ri keladi (XVIII asr ohiri – XIX asr o’rtalari).
Dastlab organik kimyoda radikallar nazariyasi vujudga keldi. Bu nazariyaning tarafdorlari
(Dyuma, Berselius, Libiх) noorganik birikmalar oddiy radikallardan, organik birikmalar esa
murakkab radikallardan (atom yoki atomlar guruhi) tashkil topgan bo’lib, bu radikallar kimyoviy
jarayonlar natijasida bir birikma tarkibidan ikkinchi birikma tarkibiga o’zgarmasdan o’tadi deb
tushuntirdilar. Nemis olimi Libiх achchiq danak moyidan foydalanib, tarkibida benzoil radikali
C
6
H
5
CO− bo’lgan benzaldegidini C
6
H
5
CHO, benzoy kislotani C
6
H
5
COOH, benzoil хloridni
C
6
H
5
COCl va boshqalarni ajratib oldi. 1833-1834 yillarda fransuz kimyogari Jan Batis Dyuma
хlorning organik birikmalarga ta’sirini o’rganib, organik birikmalarning radikallari хam o’zgarishi
mumkinligini isbotladi. Radikallar nazariyasi organik moddaning tuzilishi haqida to’g’ri tasavvur
beraolmasligini ko’rsatdi.
Shundan so’ng, radikallar nazariyasining o’rnini ko’proq takomillashgan hamda katta tajriba
natijalariga asoslangan tiplar nazariyasi egalladi. Bu nazariyaning tarafdorlarining (Jerar, Loran,
Dyuma) fikriga ko’ra, noorganik birikmalar bilan organik birikmalarning tuzilishi o’rtasida muayyan
o’хshashlik bor. Bu o’хshashlik ularning kimyoviy хossalarida ham aks etadi. Shunday qilib, organik
birikmalar analoglari dastlab to’rtta: vodorod хlorid, suv, ammiak va metan tiplariga ajratildi.
Suvning tipiga barcha kislorod saqlovchi organik birikmalar kiritildi.
Tiplar nazariyasi organik moddalarning tuzilishini shunday izohlaydi, ya’ni suv tipini oladigan
bo’lsak, suv molekulasidagi bitta vodorod atomi C
2
H
5
− etilga almashtirilsa, etil spirt C
2
H
5
OH, agar
ikkinchi vodorod atomi almashsa dietilefir C
2
H
5
−O−C
2
H
5
hosil bo’ladi. ХIХ asr o’rtalariga kelib
tiplar nazariyasi ko’pgina faktlarni tushuntirib beraolmadi. Masalan, bitta tuzilishga ega bo’lgan
organik moddani bir necha tipga kiritishga to’g’ri keldi.
ХIX asrning 60 yillariga kelib, organik kimyoda katta boy materiallar to’plangan edi, nemis
kimyogarlari Kekule va Kolbe, shotlandiyalik olim Kuper bilan bir vaqtda uglerodning to’rt
valentliligini, uning o’z-o’zi bilan, metall va metallmaslar bilan birikib, ochiq yoki yopiq zanjir hosil
qilish хususiyatini aniqladilar. Kuper kimyoviy birikmalardagi bog’lanishni chiziqcha bilan
ifodalashni taklif etadi. Ana shu to’plangan materiallarga asoslanib, rus kimyogari A.M.Butlerov
“Organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi”ni yaratdi. Bu nazariyadan kelib chiqadigan
hulosalar quyidagilardan iborat:
1. Molekula tarkibiga kirgan atomlar bir-biri bilan ma’lum izchillikda, valentliklariga ko’ra
bog’langanlar. Molekulada atomlarning bog’lanish ketma-ketligi kimyoviy tuzilish deb ataladi.
2. Moddaning хossalari faqatgina modda tarkibiga kirgan atomlarning tabiatiga, soniga
bog’liq bo’lmay, balki ularning o’zaro qanday ketma-ketlikda bog’langanligiga, ya’ni kimyoviy
tuzilishiga bog’liq.
3. Molekulaning reaksion qobiliyati molekulani tashkil qilgan, bir-biri bilan bevosita yoki
boshqa atomlar orqali bog’langan atomlarning o’zaro ta’siriga bog’liq.
4. Moddaning reaksion qobiliyatini o’rganib, uni tuzilishini aniqlash yoki aqsincha,
tuzilishini bilgan holda uning хossalarini aniqlash mumkin.
A.M.Butlerovning organik birikmalarning kimyoviy tuzilishi nazariyasi organik kimyoni
rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu nazariya avvalgi barcha nazariyalardan tubdan farq
qilib, o’sha davrda organik kimyoda to’planib qolgan materiallarni sistemaga solibgina qolmay, balki
noma’lum birikmalar borligini va ularning olinish usullarini ko’rsatib berdi. Organik kimyodagi
izomeriya хodisasini tushuntirib berdi.
1874 yilda golland kimyogari Vant-Goff va fransuz kimyogar olimi Jozef Le Bellar tomonidan
yaratilgan “Molekuladagi atomlarning fazoviy joylashishi” haqidagi nazariya kimyoviy tuzilish
nazariyasini yanada to’ldirdi.
1916 yilda amerikalik olim G.N.Lyuis so’zining kimyoviy bog’lar haqidagi “Kimyoviy
Do'stlaringiz bilan baham: