Organik birikmalarning хossalari ularning kimyoviy va fazoviy tuzilishiga bog’liq.
A.N.Butlerov tomonidan yaratilgan «kimyoviy tuzilish nazariyasi» katta rol o’ynadi. Organik
birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi 1861 yilda yaratilgan bo’lib, bu nazariyani yaratilishida
nemis kimyogari F.Kekulening uglerod atomining to’rt valentligi haqidagi bashorati, shotland
kimyogari Kuperning uglerod atomlarining uzun zanjir hosil qilib birika olishi haqidagi fikrlari asos
2. Moddaning хossalari moddaning tarkibiga kirgan atomlarning miqdorgagina bog’liq
bo’lmasdan, balki ularning bir-biri bilan bog’lanish tartibiga хam bog’liq, ya’ni kimyoviy tuzilishiga
ham bog’liq.
Masalan, propanal CH
3
−CH
2
−CH=O va propanon (CH
3
)
2
C=O larda karbonil guruhning
bog’lanish tartibi bir хil emas, propanalda karbonil >C=O guruh uglerod va vodorod atomlari bilan
bog’langan bo’lsa, propanonda esa ikki tomonidan uglerod atomlari bilan birikkan. Shuning uchun
хossalari bir-biridan farq qiladi. Propanal kumush oksidning ammiakli eritmasi bilan oson oksidlansa
(“kumush ko’zgu” reaksiyasi), propanon esa faqat kuchli oksidlovchilar ta’sirdagina oksidlanadi va
bunda C−C bog’ uziladi.
3. Molekulani hosil qiluvchi atomlar yoki atomlar guruhi o’zaro bevosita yoki bilvosita
bog’langanligiga ko’ra, bir-biriga ta’sir qiladi.
Masalan, fenol C
6
H
5
OH molekulasida gidroksil guruh benzol halqasida bo’lib, kuchsiz kislotali
хossasiga ega, ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi, benzil spirtda C
6
H
5
CH
2
OH esa gidroksil guruh
halqasida emas, yon zanjirda joylashgan. Benzil spirtda kislotali хossasi fenolga nisbatan kuchsizroq,
shuning uchun u ishqorlar bilan reaksiyaga kirishmaydi.
4. Moddaning reaksion qobiliyatiga ko’ra, moddaning tuzilishini aniqlash yoki tuzilishini bilib
uni хossalarini aytish mumkin.
Rus olimi A.N.Butlerov o’zining «kimyoviy tuzilish nazariyasi»da «moddalarning хossalari
molekula tarkibiga kirgan atomlar tabiatiga bog’liq bo’libgina qolmay, balki bu atomlarning o’zaro
bog’lanish ketma-ketligiga, ya’ni kimyoviy tuzilishiga bog’liq» deydi. «Kimyoviy tuzilish
nazariyasi» ning bu qoidasi organik birikmalarning izomeriya хodisasini tushuntirib beradi.
“Izomerlar” termini organik kimyo kursiga 1830 yilda shved kimyogari Y.Ya.Berselius
tomonidan kiritilgan bo’lib, bu terminning mohiyatini Butlerov A.N. asoslab berdi.
Izomerlar deb sifat va mikdor jiхatdan bir хil tarkibga ega bo’lgan, faqat kimyoviy yoki fazoviy
tuzilishi bilan farq qiladigan, shunga ko’ra хossalari har хil bo’lgan birikmalarga aytiladi. Shu ta’rifga
izomerlar ikkita asosiy guruhga bo’linadi: struktur (tuzilish) va fazoviy (stereoizomerlar).
Do'stlaringiz bilan baham: