Tushunchalar tahlili metodining o‘tkazish bosqichlari
Metodning maqsadi: Mazkur metod biror tushuncha, yoki mavzu bo‘yicha o‘rganilgan axborotlar tizimini solishtirish, mustaqil munosabatni shakllantirishga imkoniyat yaratish maqsadida qo‘llaniladi.
Bunda ta’lim oluvchi shaxsidagi:
Mustaqil va ijodiy fikrlash, berilgan tushunchalarni izohlash, muloqotchanlik va taxlil qilish, jamoada ishlash ko‘nikmalari, o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash kabi sifatlar rivojlantiriladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
O‘qituvchi ta’lim oluvchilarni trening o‘tkazishga qo‘yilgan talablar va bajarilishi zarur bo‘lgan topshiriq shartlari bilan tanishtiradi;
Tarqatmalar (ilovadagi) ta’lim oluvchilarga beriladi va taklif etilgan sxema asosida qatnashchilar tushunchaga yoki muammoga nisbatan o‘zining mustaqil fikrini bildiradi;
Bildirilgan fikrlar kerakli ustunchalarga yoziladi;
Belgilangan vaqt (10-15 daqiqa) yakuniga etgach, barcha ta’lim
oluvchilarning tafsilotlari yordamida prezentasiya tashkil etiladi;
Barcha ta’lim oluvchilar yakuniy xulosalari o‘qib eshittirilganidan so‘ng, o‘qituvchi ta’lim oluvchilar ishini baholaydi va qo‘shimcha to‘ldirishlarni kiritadi.
Kutiladigan natija: O‘quvchilar mavzu yuzasidan zaruriy bilimlarni o‘zlashtiradi, mustahkamlaydi, mavzuning mohiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi va shaxsiy munosabati shakllanadi.
Ta’limda innovasiya
Asosiy tushunchalar: Innovasiya, xususiy yangilik, diagnostika, qoliplashtirish, o‘qituvchning innovasion faoliyati, aksiologiya, akmiologiya, kreativli, refleksiya.
Hozirgi davr ta’lim taraqqiyotida innovasion faoliyat. "Innovasion pedagogika" termini va unga xos bo‘lgan tadqiqotlar. Innovasiya. Innovasion jarayon mikro tuzilmasi. Innovasiya jarayoni bosqichlari. Pedagogika fanida xususiy, shartli, mahalliy va sub’ektiv yangilikkalar. Pedagogik innovasiyada R.N. YUsufbekovaning innovasion jarayon tuzilmasining uch blokli ifodasi. Innovasiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlari. Innovasion faoliyatga aksiologik yondashuv. Akmeologiya. YUksak professionalizmga erishishning omillari. Ijodiy individuallik. Kreativlik termini xaqida tushuncha. Kreativlikni tavsiflaydigan qobiliyatlar. O‘qituvchi faoliyatidagi kreativlik bosqichlari. O‘qituvchining innovasiya faoliyatida refleksiv yondoshuv. O‘qituvchining innovasion faoliyatini shakllantirish shartlari. O‘qituvchi faoliyatida o‘z-o‘zini faollashtirish, ijodkorligi, o‘z-o‘zini bilishi va yaratuvchiligi. Innovasion faoliyatning asosiy funksiyalari. SHaxsning ijodiy-motivasion yo‘nalganligi. O‘qituvchi-novator. Innovasion faoliyatni tashkil etishda talabalarning o‘quv-bilish faoliyati va uni boshqarishning ahamiyati.
Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari uchun
4 o’qituvchi tomonidan talabalarga yo’riqnoma beriladi
“FSMU” metodining o‘tkazish bosqichlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |