1.1.
Biznes va xususiy tadbirkorlik tushunchalari mohiyati, maqsadi
va vazifalari
Tadbirkorlik million dollarlar sonini
emas, balki baxtli kishilarni sonini
ko’paytirish uchun ixtiro qilingan
B. Charlz
Bozor iqtisodiyotida biznes va xususiy tadbirkorlik erkinligining
ta’minlanganligi iqtisodiy rivojlanishning muhim sharti hisoblanadi. Shu
boisdan biznes va tadbirkorlik funksiyasi, nazariyasi iqtisodiy nazariya fanida
muhim o’rin tutadi. XVIII asrdayog
Fransuz iqtisodchisi R. Kantiolon,
XIX
asrda nemis klassik maktabi vakillaridan
I. Tyunen va G. Mangolf
hamda