UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
Innovatsion jarayonlari, ularning funksiyalari, rivojlanish qonuniyatlarining pedagogik asoslarini o’rganish o’quv jarayonini zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlari yutuqlari asosida, jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.
O’quv-tarbiyaviy jarayonni optimallashtirish uchun o’qituvchilar asosiy pedagogik bilimlarga ega bo’lishi, pedagogikaning asosiy qonuniyatlarini va tamoyillarini bilishlari zarur. Ular ta’lim mazmunini bilgan holda, jamoa, guruhli va shaxsiy faoliyat texnologiyalarini ham bilishlari zarur. Bunda barcha tizimni to’laligicha va har bir uning elementini alohida bilgan holda pedagogik jarayonning optimal variantini tanlashi zarur bo’ladi.
BMIda yozilgan ma’lumotlar, keltirilgan dalillar va fikr muloxazalardan shunday xulosalarga kelish mumkin:
Ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarning mustaxkam nazariy bilim, faoliyat, ko’nikma va malakalarini shakllantirish, ularni kasbiy mahoratga aylanishini ta’minlash maqsadida o’qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyadan va o’quv-uslubiy majmualardan foydalanish davr taqozosi hamda ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qo’yilmoqda.
Ta’lim jarayoniga o’quv-uslubiy majmualarni tadbiq etish kadrlar tayyorlashga yo’naltirilgan umumiy jarayon mazmunining sifat jihatdan o’zgarishini ta’minlaydi. O’quv-uslubiy majmualar, yangi pedagogik texnologiya nazariyasi g’oyalaridan foydalanish asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy buyurtmaning bajarilish xolatining sifat ko’rsatkichiga ega bo’lishiga olib keladi.
Mashinasozlik texnologiyasi yunalishlarida taxsil olayotgan kichik mutaxassislar bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda ta’lim texnologiyalarining o‘rni beqiyos ekanligi BMIni yozish jarayonida isbotlandi. Bu yunalish bo’yicha kadrlarni tayyorlashda o‘quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqishga yangicha yondashish bilan ta’lim samaradorligini oshirishda yuqori natijalarga erishish uchun zamin yaratilishini o’rgandim.
Shuningdek pedagogik amaliyot davrida o’tkazilgan tajriba-sinov ishlarimning natijalarini ham bayon qildim. BMI yozishda ko’plab adabiyotlar, manbalar, internet ma’lumotlari va boshqa manbalardan foydalanib nazariy olinganbilimlarimni amalda dars o’tish orqali qo’llashni o’rgandim.
TAVSIYALAR
Malakatimizda ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish sohasida katta o’zgarishlar, islohotlar olib borilmoqda. Yosh avlodni hayotga,mehnatga tayyorlash ishlariningmazmuni,shakllari hamda usullari ham o’zgarmoqda. Ta’lim mazmunini yaxshilash uchun darslarda ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash, o’qitishning turli xil faol usullaridan foydalanishzamon talabiga aylanib qoldi. Ta’lim jarayonida o’qituvchi mehnatining natijasi ko’p jihatdan o’quvchilarning faolligiga bog’liqdir. Buning uchun o’qituvchi yangiliklar izlashi, tashabbuskorlik va ijodkorlik namunalarini ko’rsatishi kerak. YUqorida bayon etilgan ilmiy-tadqiqot natijalari, tavsiya etilgan usullar mehnat ta’limi darslarini takomillashtirish, o’quvchilarda mehnat ko’nikmalarini shakllantirish va ularni kasb tanlashga yo’llash ishlarini faollashtirishda qo’l keladi, deb o’ylaymiz.
Ma’lumki, mehnat ta’limi umumta’lim maktablarida eng uzoqdavom etadigan fanlaridan biri hisoblanadi. O’quvchilar fanlardan olgan nazariy bilimlarning amaliy tadbiqini mehnat ta’limiga oidamaliy mashg’ulotlar jarayonida o’zlashtirishlari uchun ob’ektiv va sub’ektiv omillarga ko’ra shart-sharoitlar yaratiladi. Malakaviy ishining dastlabki qismida bu jarayonning muhimligini ta’kidlovchi ayrim dalillar keltirilgan.
Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimining asosiy bo’g’ini hisoblangan umumiy o’rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi darslarida ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llashga oid o’tkazilgan bitiruv malakaviy ishi quyidagi natijalarni berdi.
1. Hozirgi kun ta’lim tizimida o’quvchilarga ta’lim mazmunini o’rgatish ko’p jihatdan o’qitishusullaridan qay darajada foydalanishga bog’liqdir. Shu sababli mehnat ta’limi darslarida ilg’or pedagogik texnologiyalarni tanlash va qo’llasholib boriladigan o’quv ishlari mazmunini o’quvchilarga chuqur singdirishda katta ahamiyatga egadir.
2. Texnologiya darslarida ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash mashg’ulotlarning samaradorligini oshiruvchi muhim omillardandir.
3. Texnologiya darslarida ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llashga oid ishlab chiqilgan nazariy-uslubiy yondashuvlar mehnat ta’limi darslarida o’qitishning faol usullarini tanlash va qo’llash bo’yicha yuqori natijalarga erishishga olib keladi.
4. Texnologiya ta’limi darslarida ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llashga oid ishlab chiqilgan uslubiy ko’rsatma vatavsiyalar shu sohadagi ishlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
“Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarga rangli metallar va ularning ishlatilishi haqida ma’lumot berish” mavzusidagi mazkur bitiruv malakaviy ishihning tayyorlash davomida fan-texnika sohasida qilinishi lozim bo’lgan ishlar davom etayotgani, oldinda mashinasozlik, aviasozlik, kemasozlik va sanoatni yanada rivojlantirish uchun quyidagilarni rivojlantirish bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqdik.
Bоrid, karbid, sun’iy оlmоs kabi o’ta qattiq, lekin mo’rt materiallarni sifatli qilib qayta ishlash.
Aviatsiya va kоsmоs texnikasini o’ta engil va puxta materiallar bilan ta’minlash.
Metall qоtishmalarining ilgari ma’lum bo’lmagan xоssalarini kashf etish.
Mehnat ta’limi darslarida ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash o’quvchilarni ta’lim-tarbiya ishlariga engil-elpi qarashga odatlantirmasligi, hamma narsaga o’yin nuqtai nazari bilan qarash natijasida darslar saviyasining pasayib ketishiga olib kelmasligi zarur. Buning uchun o’qituvchi va o’quvchining hamkorligi, xususan, mehnat ta’limi o’qituvchisining kasbiy tayyorgarligi, pedagogik mahorati,bilim darajasi etarli bo’lishi shart.
Mehnat ta’limini moddiy, texnikaviy, xom ashyo va materiallar bilan ta’minlanishida o’qitishning faol usullari imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya jarayonida o’rinli va unumli foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |