Mavzuning dolzarbligi: Jamiyatni ijtimoiy va milliy ehtiyojlar asosida isloh qilish, yuksak insonparvarlik g‘oyalariga bog‘liq ekanligini hayot ko‘rsatib turibdi. Bugungi milliy ehtiyoj kasb o‘rganish muassalari oldiga shu nuqtai nazardan katta talablar qo‘ydi. Kasb ta’limini qayta qurish sohaning mazmun, shakl va metodlariga butunlay yangicha yondashuvni talab qilmoqda. Ta’lim jarayoniga hayotiy talablar asosida mukammallik, aniqlik, izchillik bahsh etish orqali, uning samaradorligini oshirish yo‘llarini izlash pedagogika sohasining bugungi vazifasidir.
Zamonaviy pedagogikaga, ta’lim modellariga shunday yondashuvlar ishlanmoqdaki, ular ishlab chiqarish texnologiya jarayoniga, ko‘zlangan maqsadlarga erishish kafolatini beradigan holda yondashish imkoniyatini yaratadi.
O‘quv-uslubiy majmualar o‘qitish jarayoni samaradorligini oshirish muayyan sharoitlarda loyixalashtirilgan natijalarga erishishini kafolatlash maqsadida tashkil etiladi. Faoliyatga bunday yondashishning mohiyati-ta’lim jarayonini tizimlashtirishda, uni detallar bo‘yicha aniq unsurlarga bo‘lib tashlab maksimal darajada shakllantirishdan iborat.
Tadqiqotlar jarayoni shuni ko‘rsatadiki, yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan zamonaviy ta’lim ana’anaviy ta’lim asoslari, ta’lim usullari va vositalari, uni tashkil qilish shakllari va natijalari bilan sezilarli darajada farq qiladi. Zamonaviy pedagogik va ta’lim texnologiyalarni joriy qilish o‘quv jarayonini takomillashtirishga jiddiy ko‘maklashishi isbot talab qilmaydigan xaqiqatdir.
Maktablarida mashinasozlik yo‘nalishidagi umumkasbiy fanlarni o‘qitish jarayonida bo‘lajak kichik mutaxassislarda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasini yoritishda ta’lim-tarbiya jarayonida yangi pegagogik texnalogiyalarni qo‘llab, zamanoviy ta’lim usullaridan (metodlar va o‘quv-uslubiy majmualardan) foydalanish maqsadga muvofiqligini nazarda tutish kerak.
O‘rta maxsus kasb-xunar tizimida kichik mutaxasislar tayyorlash sifatini oshirishda o‘quv-uslubiy majmualar asosiy omillardan biridir.Shu jumladan mashinasozlik texnologiyasi yunalishlarida taxsil olayotgan kichik mutaxassislar bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda ta’lim texnologiyalarining o‘rni beqiyosdir. Bu yunalish buyicha kadrlarni tayyorlashda o‘quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqishga yangicha yondashish bilan ta’lim samaradorligini oshirishda yuqori natijalarga erishish uchun zamin yaratadi deb xisoblayman.
Ushbu mavzu maktabda mashinasozlik texnologiyasi yo’nalishida kichik mutaxassislarni tayyorlashda o‘quv-uslubiy majmualarni ta’lim jarayoniga tadbiq qilish eng dolzarb va muxim vazifalardan biri bo‘lgani bois BMI mavzusi sifatida tanlandi.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida keng ko’lamli islohotlar olib borilishi natijasida har tomonlama etuk barkamol avlodni shakllantirish imkoniyati yaratildi. Bu borada mamlakatimiz birinchi Prezidenti ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratishi natijasida kadrlar tayyorlashning “milliy modeli” yaratildi. Ta’lim tizimining huquqiy asosi tubdan yangilandi. Jumladan, “Ta’lim to’g’risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlarining qabul qilinishi yoshlarimizni bozor munosabatlari sharoitida raqobatbardosh mutaxassis kadrlar bo’lib etishishiga xizmat qilib kelmoqda. So’nggi yillarda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari xalqaro miqyosda yuqori baholanmoqda. Xususan 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son “Oliy talim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori shular jumlasidandir. Respublikamizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda mamlakat hayotining barcha jabhalarini rivojlantirishga, ayniqsa, kelajak avlodni milliy mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiyalashga kata e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda ta’lim olayotgan yoshlar Respublikamizning kelajagidir. Ularni har tomonlama etuk insonlar qilib tarbiyalash ta’lim - tarbiya muassasalarining asosiy vazifasidir. Ular uchun yuksak malakali o’qituvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish esa kadrlar tayyorlash sohasidagi ustivor vazifalardan sanaladi. Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida yoshlarimizning ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratilganligi, shuningdek, korxona va tashkilotlarni talab va extiyojlari bo’yicha yosh pedagog kadrlar tayyorlash tizimining yo’lga qo’yilganligini alohida e’tirof etish lozim. Respublikamizda ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan islohotlar barcha fanlarning o’qitilishida bir qator vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo’ymoqda. SHu bilan bir qatorda umumta’lim maktablarida mehnat ta’limining o’qitilishini, kasbga yo’llash masalalarini yo’lga qo’yish uchun ham bir qancha amaliy ishlar qilinmog’i kerakligi yaqqol ko’rinmoqda. Shuni ta’kidlash o’rinliki, yuqorida aytilgan ishlarda aynan mehnat ta’limi hozirda “Texnologiya” faniga o’zgarishi vaumumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarga rangli metallar va ularning ishlatilishi, ulardan foydalanishni o’rgatishda ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash masalalari chuqur o’rganilmagan. SHu sababli biz mana bitiruv malakaviy ishning uslubiy tavsiyalari va ko’rsatmalaridan ijodiy foydalangan holdaTexnologiya fani, 7-sinf 39-40 darslardagi “Rangli metallar va ularning qotishmalarining mexanik xossalari” hamda “Yupqa tunukalar, similar, metallarga chilangarlik va tokarlik ishlov berish turlari”mavzularida o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash masalalarini ushbu himoya ishida ko’rmoqchimiz. Xuddi shu narsa “Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarga rangli metallar va ularning ishlatilishi haqida ma’lumot berish” mavzusini tanlashga asos bo’ldi. Chunki mehnat ta’limi darslarining asosiy qismini amaliy mashg’ulotlar tashkil etadi. Bunda o’quvchilar o’zlarining aqliy va jismoniy mehnat jarayonlarida turli ko’rinishlardagi mehnat qurollari va vositalaridan foydalanadilar. Ma’lumki, o’quvchilar bu mehnat qurollari va vositalaridan qanchalik to’g’ri, havfsiz foydalanishni o’rganib olsalar qo’yilgan maqsadga erishiladi. Binobarin shu orqali o’quvchilar o’quv jarayonida ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur bo’lgan amaliy ko’nikma va malakalarni egallash, ongli ravishda kasb tanlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ayni paytda mana shu holatlarni amalga oshirish imkoniyatlarini o’rganish mazkur bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligini bildiradi. Bunda ilg’or pedagogik texnologiyalar deganda biz o’qituvchining mexanizm, mashina, stanok va moslamalar hamda ulardan foydalanishga oid mavzularni o’rgatish jarayonida o’quvchilarning o’quv materiallarini tez va puxta o’zlashtirishlariga imkon beradigan, mustaqil va erkin ishlashlariga sharoit yaratadigan o’qitish usullarini qo’llashini nazarda tutamiz. Ishning maqsadi - Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarga rangli metallar va ularning ishlatilishi haqida ma’lumot berishmavzusini o’quvchilarga o’rgatish darslarida qo’llaniladigan ta’lim usullarini o’rganish, tahlil qilish va shu orqali qaysi usuldan qanday foydalanilsa yuqori natijalarga erishish mumkinligi haqidagi uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish hamda ularni maktab amaliyotiga joriy etishni asoslashdan iborat. Malakaviy ishning ilmiy farazi: agar Texnologiya darslarida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanib borilsa – o’quvchilar Texnologiya faniga oid bilim, ko’nikma va malakalarniosonlik bilan egallaydilar, ularda amaliy ishlarni bajarish ko’nikmalari tez rivojlanadi. Malakaviy ishiningvazifalari: 1 Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarga rangli metallar va ularning ishlatilishi haqida ma’lumot berishdarslariga oid mashg’ulotlarning tashkil etilishi va o’tkazilishinio’rganish. 2. Rangli metallar va ularning ishlatilishi haqida ma’lumot berishdarslarida ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llashning pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish. 3. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarga rangli metallar va ularning ishlatilishi haqida ma’lumot berishdarslariga oidmashg’ulotlarga mos keladigan ilg’or pedagogik texnologiyalarni tanlash. 4. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarga rangli metallar va ularning ishlatilishi haqida ma’lumot berishdarslariga oid mashg’ulotlarda foydalanish uchun tanlangan ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqish. Ishning predmeti: umumta’lim maktablariningTexnologiya fani7-sinfining 39-40 darslardagi “Rangli metallar va ularning qotishmalarining mexanik xossalari” hamda “Yupqa tunukalar, similar, metallarga chilangarlik va tokarlik ishlov berish turlari” mavzusini o’quvchilarga o’rgatish darslariga oid mashg’ulotlarning mazmuni, ularni o’rgatishda qo’llaniladigan o’qitish usullari va shakllari. Ishning metodi: mavzuga oid ilmiy-metodik adabiyotlarni (jumladan, mehnat ta’limi bo’yicha himoya qilingan dissertasiya ishlarini)o’rganish va tahlil qilish; umumta’lim maktablarida mehnat ta’limi darslarini tashkil qilinishini kuzatish, maktab o’qituvchilari, o’quv ustalari va o’quvchilar bilan suhbat, so’rovnoma o’tkazish; maktab hujjatlari va o’quvchilarning bajargan ishlarini o’rganish, mehnat ta’limi darslarida va mashg’ulotlarda o’qitishning an’anaviy usullari va ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash bo’yicha pedagogik tajribalar o’tkazish, olingan natijalarni matematik-statistik usul yordamida taqqoslash hamda natijalarning ishonchliligi va asosliligini aniqlash. Ishning metodologik asosi Respublikamizning Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi nutq va asarlari; O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida“, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida“gi Qonunlari, shuningdek, ta’lim-tarbiyaga sohasiga oid boshqa direktiv hujjatlar, Davlat ta’lim standarti, xalq pedagogikasi an’analari va mezonlari, sohaga oid ilmiy-uslubiy adabiyotlarda ifoda etilganqarashlar, tavsiyalardan iborat. Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikkita bob, umumiy xulosa, 1 ta adabiyotlar ro’yxati hamdailovalar, internet ma’lumotlaridan iborat. Shuningdek, ishda Bitiruv malakaviy ishimazmunini aks ettiruvchi 5 ta rasm va jadval o’z ifodasini topgan bo’lib, uning umumiy hajmi 62 betni tashkil etadi.