37
37
tashqari o’quvchilar nafaqat jahon xalqlari, balki o’zbek xalqining
mehnatsevarligi, erksevarligi va odamiyligi, ma’rifatparvarligi, ota – onaga
mehribonligi, oilaga sadoqati, bolajonligi, Vatanga, el – yurtga , tabiatga mehr –
muhabbati kabi olijanob xislatlari bilan ham tanishadilar. O’zbekiston
hududdining boy tabiiy shart – sharoiti,
xalqning mehnatsevarligi, o’z yurtiga
mehr – muhabbat,i sadoqati bilan uyg’unlashib, tarixiy taraqqiyotni
tezlashtirgan, xalq faollarining aql – zakovati, ilm – fan va madaniyat
rivojlanishiga sabab bo’lgan.
Osiyo bilan Yevropa o’rtasidagi iqtisodiy
va madaniy aloqalarning
Movarounnahr orqali olib borilgani ham yurtimiz tarixiy, madaniy taraqqiyotiga,
xalqimiz iqtisodiy, ma’naviy rivojlanishida muhim ahamiayt kasb etgan,
xalqimizning, ayniqsa insonparvarlik, ma’rifatparvarlik kabi oliyjanob
an’analari mazmunana boyishiga sabab bo’lgan va o’z navbatida bu an’analar
umuminsoniy qadriyatlarga muhim hissa bo’lib qo’shilgan. “Jahon tarixi”
hamda “O’zbekiston tarixi” darslarida ana shu aniq ma’lumotlarni jalb qilish
ta’lim – tarbiya jarayonini insonparvarlasjtirish, o’quvchilarda yuksak ma’naviy
fazilatlarni tarbiyalash vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilish imkonini beradi.
O’quvcilar e’tiborini o’tmish ota – bobolarimizning ulkan madaniy va ma’naviy
merosiga
jalb etish, jahon ilmiy tafakkuri va madaniyati taraqqiyotiga katta va
o’lmas hissa qo’shgan Beruniy, Farg’oniy, Ibn Sino, Ulug’bek, Navoiy kabi
madaniyatimizning benazir allomalari nomlarini hurmat bilan tilga olish, ular
bilan faxrlanishga, milliy iftixor tarbiyasini amalga oshirishga yordam beradi.
Jahon xalqlarining o’tmish tarixini o’rganganimizda, bizga uzoq vaqt
singdirib kelingan g’oya, tarixni sinfiy kurashlar nuqtai nazaridan baholash yoki
noo’rin bo’rttirib ko’rsatishlardan saqlanmog’imiz zarur. Sababi qadimgi dunyo
va o’rta
asrlar davrida siyosiy vaziyat, mafkura doirasi o’zgacha bo’lganligi
hammamizga ma’lum. Qolaversa, davr mahsuli: tarixiy shaxslar, oddiy
fuqarolardan tortib qirollargacha hamma – hammalarining o’z g’oyalari,
tushunchalari, maqsad va intilishlari bo’lganligi tabiiy. O’tmishdagi har bir
jamiyat o’zidan avvalgisiga nisbatan ilg’orroq bo’lib, unda yashagan barcha
38
38
insonlar
hamisha yaxshilikka, ezgu niyatlar sari intilganlar. Tarixiy taraqqiyot
insoniyatning asrlar osha to’plangan bilimlarini, ongi, maqsadlari, talablari
ko’payib borishi bilan uzviy bog’liqdir. Biz o’rta asrlar tarixini chuqur o’rganish
borasida o’zimiz uchun ushbu qonuniyatlarni kashf etamiz.
Ma’lumki, o’tmishni o’rganmay turib kelajakni yaratib bo’lmaydi. Zero,
bugunning qadru – qimmati, mohiyati va salmog’i kechagi kun tarozisi orqaligina
to’liq idrok etiladi. Darhaqiqat, tarixdan kelajakka
xizmat qiladigan amaliy
xulosalar chiqarilmaguncha hech bir jamiyat ilgarilab rivojlanmaydi.
Fanda jahon tarixi insoniyat taraqqiyoti haqida to’la va batafsil tasavvur,
bilim hamda tishunchalar berib yoshlarning har tomonlama barkamol shaxs
bo’lib yetishishida muhim o’rin tutadi. Zotan, komil inson tarbiyasi davlatimiz
siyosatining ustivor sohasidir. Jahon xalqlarining tarixiy tajribalaridan
foydalanish, ya’ni tarixda bo’lib o’tgan voqealardan, hodisalardan, turli shaxslar
hayotidan, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidan, yangi va farovon jamiyat qurish
yo’lida insonlarni fozil, komil kishilar qilib tarbiyalashda foydalanish va hozirgi
davrga xizmat qildirish eng dolzarb vazifalarimizdan hisoblanadi.
Biz insoniyatning o’tmish tarixini o’rganganimizda uni sobiq sovetlar
davrida hukmron bo’lgan g’oya, ya’ni tarixni sinfiy
kurashlar nuqtai nazaridan
talqin etishlardan yoki noo’rin bo’rttirib ko’rsatishlardan saqlanishimiz zarur.
Chunki,
Do'stlaringiz bilan baham: