Mavzu: O’quvchi yoshlarda mediasavodxonlikni shakllantirishning pedagogik asoslari


Media savodxonligi yordamida senzurani bartaraf etish, o’quvchi-yoshlarning mustaqil, tanqidiy fikrlash erkinligini ta’minlash



Download 354 Kb.
bet6/13
Sana13.06.2022
Hajmi354 Kb.
#662286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
dissertatsiya

1.3. Media savodxonligi yordamida senzurani bartaraf etish, o’quvchi-yoshlarning mustaqil, tanqidiy fikrlash erkinligini ta’minlash
Bugungi asrimiz o`zining shiddatli rivojlanish tendensiyasi bilan o`tgan asrlardan keskin farq qilmoqda. Yer yuzasidagi barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning o`zgarishiga, yangi bosqichga o`tishiga jamiyatda yuksak ahamiyat kasb etib kelgan va kelayotgan ilm-fan yutuqlari orqali erishilmoqda. Hayotimizning barcha jabhalariga zamonaviy vositalarning kirib kelishi esa odatiy tartibdagi turmush-tarzimizning ham o`zgarishiga sabab bo`lmoqda. Xususan buni biz bugungi kunda zamonaviy ta’lim tizimida bo`layotgan chuqur o`zgarishlardan ham ko`rib guvohi bo`lib turibgina qolmasdan balkim, ishtirokchisi sifatida ham o`z faoliyatlarimizni olib bormoqdamiz. Mamlakatimiz ta’lim tizimini yuksak darajada rivojlantirish orqali kelgusida jamiyatimizni yanada taraqqiy topishi, jahon mamlakatlari ichida obro` etiborga ega bo`lishi, xalqimizning yanada farovon turmush kechirishiga erishishi bugungi ta’lim tizimida tub ishlohotlarni talab qilyapti.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 29-aprelida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF-5712 sonli farmonida yurtimizda ta’lim tizimini isloh etishning yangi bosqichini boshlab berdi. Konsepsiya xalq ta’limi tizimining uzoq muddatli rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi, jumladan: Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasida qo’llanilishida ta’lim jarayoniga yo’naltirilishini talab etib, miyaning axborotni qabul qilish imkoniyatini oshiruvchi optimal funksional holatlar yaratilishi hisobiga ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi. U miya tomonidan axborotni qayta ishlash prinsipi asosida yotadigan neyrofiziologik mexanizmlar qo’llanilishiga tayanib, shu bilan birgalikda miyaning ta’lim olish imkoniyatlarini ta’minlaydi.
Multimedia, bir vaqtning o’zida bir necha axborot uzatish kanallaridan foydalanib, turli vositalar bir-biriga yordam berishi uchun sharoit yaratib beradi. O’quvchilar oldida katta imkoniyatlar yuzaga kelib, bunda ijodiy yondashuvning turli qirralari ochilishi evaziga har bir axborot manbasi bir-biri bilan uzviylikda qo’llanila boshlaydi. Media vositalarining muhim xususiyatlaridan biri – turli jarayonlarni obrazli, ko’rgazmali ravishda namoyon etish bo’lib, bunda ko’rgazmali variantlar turli nazariy tushunchalar bilan birgalikda namoyon bo’ladi1.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasida qo’llanilishida ta’lim jarayoniga yo’naltirilishini talab etib, miyaning axborotni qabul qilish imkoniyatini oshiruvchi optimal funksional holatlar yaratilishi hisobiga ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi. U miya tomonidan axborotni qayta ishlash prinsipi asosida yotadigan neyrofiziologik mexanizmlar qo’llanilishiga tayanib, shu bilan birgalikda miyaning ta’lim olish imkoniyatlarini ta’minlaydi. Multimedia, bir vaqtning o’zida bir necha axborot uzatish kanallaridan foydalanib, turli vositalar bir-biriga yordam berishi uchun sharoit yaratib beradi. O’quvchilar oldida katta imkoniyatlar yuzaga kelib, bunda ijodiy yondashuvning turli qirralari ochilishi evaziga har bir axborot manbasi bir-biri bilan uzviylikda qo’llanila boshlaydi. Media vositalarining muhim xususiyatlaridan biri – turli jarayonlarni obrazli, ko’rgazmali ravishda namoyon etish bo’lib, bunda ko’rgazmali variantlar turli nazariy tushunchalar bilan birgalikda namoyon bo’ladi2.
O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish rejalashtirilgan. Shuningdek:
- uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
– o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
– xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;
– xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va budjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish;
– yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish;
– davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;
– yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks choratadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;
– xalq ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib boorish.
Umuman olganda ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish va bu yo`lda qilinishi kerak bo`lgan ishlarni kompleks urganib chiqib, bosqichma-bosqich hayotga tadbiq etishda pedagoglarning malakasi, dars o`tish metodikasini oshirish eng muhum ustuvor bosqichlardan hisoblanadi. Chunki, hozirgi tezkor rivojlanish va axborot almashinish davrida ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim vositalarini olib kirish, hamda ilg`or ta’lim metodlarini shakillantirmasdan turib ko`zlangan maqsad sari erishib bo`lmaydi. Chunonchi, mamlakatimizda ta’lim sifatini yangicha formatdagi, zamonaviy media texnika vositalari orqali har bir fanni predmetini chuqur o’rganish, o`quv-ilmiy va amaliy mashg`ulotlarni hamohang uyg`unlashtirgan holda chuqur urgatib borish, kelgusida kutiladigan natijalarga olib boruvchi asosiy omil ekanligini bugun hayotning o`zi ko`rsatib turibdi. Bilamizki hozir jahonning yetuk rivojlangan mamlakatlaridagi ta’lim tizimi va ular erishayotgan yutuqlar XXI asr svilizatsiyasini yaratmoqda.
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlardagi ta’lim tizimini baholashning PISA (The Programme for International Student Assessment) - Xalqaro o`quvchi talabalarni baholash tizimidan yuqori o`rinlarni egallayotganligi bejiz emas. Ayniqsa Singapur, Janubiy Korreya, Yaponiya, Shvetsiya, Germaniya, Kanada va boshqa rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimidagi tub islohotlar zamonaviy talim vositalaridan, innovatsion texnologiyalardan o`rinli foydalangan holda o`zlarining yuksak taraqqiyot strategiyalariga tezlik bilan erishmoqda.
Media savodxonlik interfaol, o`quvchilarga individual ta’sir etadigan metod sifatida ta’lim jarayoniga jadal sur’atlar bilan kirib kelmoqda. Media ta’lim metodi o`quvchilarni shaxsiy fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishga, axborot olish uni qayta ishlash, analiz va sintez qilish, shaxsiy xulosalar chiqarishga o‘rgatadi. Auditoriyalarga matbuot, televidenie, radio, kino, video va internetlar olib kirilmoqda. Bularning barchasi media darslar nomi bilan ta’lim jarayonini tashkil etishga yordam bermoqda. Media darslarni quyidagi metodik imkoniyatlar va afzalliklarga ega: o’quv jarayonida dars sifati, samaradorligini oshirishga yordam beradi. Bunday jarayonda bir vaqtning o‘zida o‘qituvchi nazariy axborotlarni berish bilan materiallarni yuqori darajadagi zamonaviy texnika ta’lim vositalarida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘quv ob’ektlarini va voqealarini modellashtiradi, uni avtomatik ravishda test ketma-ketligida namoyish etadi. Tasvirini tushiradi; o‘quv mehnat faoliyatlarini tashkil etishda kompyuter texnikalarini qo‘llash, foydalanish imkoniyatini tug‘diradi1.
Shaxsan o‘zlari o‘quv materialini amaliyotda sinab, bajarib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar; talabaning yakka tartibda ishlagan holda qiziqish va ijodiy ishlarini takomillashtirish imkoniyati yaratiladi; multimedia texnikasi ularning o‘quv mazmunini o‘zlashtirishlariga qiziqishini yanada oshiradi; o`quvchilarda ko‘rgazmali va obrazli ta’sirda fikr yuritishga, motorik va verbal kommunikativ ko‘nikmalarning shakllanishiga olib keladi; •axborot bilan ishlash, (axborot qidirish, zarurlarini ajrata bilish, qayta ishlash, tartibga keltirish. Axborotlardan mazmunni tushunish, mantiqiy yaqinlarini ajratishga o‘rganadi. Shular asosida axborotni olish madaniyati shakllanadi. Media ta’lim metodining bosh maqsadi – asosiy qonunlarni tushunishga yordam berish, oddiy yo‘nalishlardagi media axborotlar tilini o‘rganish; talabani badiiy o‘sishi, rivojlanishiga hissa qo‘shish, media matn (tekst)larni malakali tahlil eta olish, o‘rgatish va qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.
Media ta’limning asosiy mazmuni media madaniyat tilini, uning tarixini bilish (kino san’ati, badiiy televidenie va badiiy media) material tekstlarini tushunishdir. Uning pedagogik strategiyasi media matnlarni badiiy tahlil qila olish, unga interpretatsiya asosida baho bera olishdan iboratdir. Shuni aytish kerakki, media ta’lim qanday shakllanadi, u bir haqiqatni ifodalaydimi, kimning manfaatini ko‘zlaydi, uning mazmuni nimalardan iborat va o`quvchilar uni qanday qabul qiladilar? Lekin shuni yodda tutish kerakki, media ta’lim metodining markazida talaba shaxsi turadi, uning qiziqish, xohish, istaklari hisobga olinishi, olingan axborotlarga tanqidiy ko‘z bilan qarab, ularni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish kerak. Media ta’lim metodi haqidagi Rossiya va chet ellik olimlar fikriga ko‘ra, media ta’lim ham tarbiyaviy, ham ta’limiy ahamiyatga ega bo‘lib, o`quvchilarni o‘quv-bilish jarayonida kreativ fikrlashga o‘rgatadi.
Media ta’lim metodining o‘quv-bilish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: media ta’lim tarixi haqidagi bilimlar, uning tuzilish nazariyasini o‘rganish-o‘zlashtirish; media matn (tekst)larni ongli qabul qila olish, uning tilini bilish va “o‘qita olish” shu haqida tasavvurlarini kengaytirish, ko‘rish orqali xotirasini mustahkamlash, tanqidiy, mantiqiy, ijodiy, obrazli, muammoli fikr yuritishni o‘rganish; media ta’lim materiallarini kreativ fikrlash orqali amaliyotda foydalanishdan iborat. Media ta’lim metodining eng muhim vazifalaridan biri o‘sib kelayotgan yosh avlodni tobora jadallashib borayotgan axborotlar oqimida har xil axborotlarni olish, tushunib etish, uni inson psixikasiga ta’sirini bilish va undan to‘g‘ri, maqsadli foydalanishga olib keladi. Media ta’lim metodi orqali olingan axborotlarni integratsiya qilish asosida shaxsiy fikrini bildirish va qayta olishga chorlaydi. O‘z fikrini erkin bildirish, shaxsiy rivojlanish, turli informatsion hurujlarga qarshi fikr bildirish orqali uning ijtimoiy jamiyatdagi faolligi oshadi. Media ta’lim metodi o`quvchilarda axborotlardan faol va to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantiradi. O`quvchilar shu orqali berilayotgan axborot haqida erkin va faol fikr yurita boshlaydilar.
Media ta’lim metodida o`quvchilar kreativ fikr yuritadilar, ya’ni yangi tushunchalarni o‘zlashtira boshlaydilar. Jumladan, ular “fabula”, “syujet”, “mavzu”, “konflikt”, “kompozitsiya”, “kadr”, “plan”, “montaj” kabi tushunchalarni o‘quv jarayoniga aloqadorlikda tushunib, amalda qo‘llab, o‘zlashtirib boradilar. Shuning uchun ham media darslar: “Badiiy-immitatsiyali” – kichik ssenariyalar, minissenariya, media-matnlar tuzish, uni interfaol ta’lim metodida namoyish etish; Teatrlashgan vaziyat hosil qilish, (media matn asosida ayrim epizodlarni inssenirovka qilish, media matn jarayonini namoyish etish);
Tasviriy-immitatsiya tayyorlash (afishalar yaratish, fotoko‘rgazma, ma’lum mavzuda asarlardagi rasmlarni namoyish etish) kabilarni tushunish, qo‘llay olish ko‘nikmasini hosil qiladi. Yuqoridagi didaktik materiallarni tayyorlash, namoyish etish, tahlil asosida xulosa qilish, o`quvchilarni emotsional qabul qilish orqali nafis san’atni tushunishga olib keladi. Bu holat o`quvchilarni umumintellektual rivojlanishida, bilim olishi, tarbiya topishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Media ta’lim metodlari asosidagi darslar berilayotgan axborotlarni qabul qilish va o‘zlashtirib olish jarayonida quyidagi ikki komponentlar ishtirokini ta’minlaydi. 1. Media ta’lim darslarida kompyuterlar universal holda qo‘llanishi va ishtiroki bilan xarakterlanadi. 2. An’anaviy texnologiyalar vositalari yoniga dasturli vositalar to‘ldiruvchi bo‘lib kiradi. U holda ayrim predmetlar, mavzularni o‘qitishga, o‘zlashtirishga qulay muhit yaratadi. Unda ta’lim mazmuni matni aniq, ravon shakllantirilgan bo‘ladi. u ta’lim mazmuni tasvirlangan holda sxema, rasmlar, tablitsalar, videofragmentlar, ovozli, animatsion ta’minotlar bilan namoyish etiladi.
Yuqoridagi faoliyatni amalga oshirishda kompyuter va dasturlar bir-biri bilan uyg‘unlashgan, moslashgan holda bir-birini to‘ldirishi kerak; ta’lim maqsadi, mazmuni, shakli, o‘qitish metodlari, o‘qituvchi va o`quvchilar faoliyati muvofiqlashtiriladi. Bunday holda tashkil etilgan media ta’limning didaktik prinsiplari, imkoniyatlari kengayadi, boyib boradi. Media ta’lim metodi asosidagi darslarning eng afzallik tomoni shundaki, ta’lim jarayonida o`quvchilarning hozirgi axborot oqimlari jadallashayotgan bir vaqtda mustaqil ijod qila olish imkoniyatlari, qobiliyatlarini rivojlantirib boradi. Shu munosabat bilan media ta’lim metodi asosidagi darslar mazmunini belgilash, tashkil etishda faqatgina predmet yoki mavzu mazmuniga qarab qolmay, balki uning ta’limiy, tarbiyaviy, umumrivojlantiruvchi tomonlarini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Ular axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirishga yo‘g‘rilgan bo‘lmog‘i, ya’ni, kerakli axborotni olish qobiliyatini, ularni yangi texnikalar yordamida qayta ishlash, amaliyotda qullash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilishi talab etiladi1.
Umumiy olganda, yosh avlodni tarbiyalashda muhim ijtimoiy hamkor maktabdir. Maktabda bolalar va o'smirlar juda katta hajmdagi ma'lumotlarni oladi, qayta ishlaydi va uzatadi. Talabalar bu ma'lumotni maktab darsliklaridan, kutubxonalardagi kitoblardan va albatta internetdan oladilar. Internet maktab o'quvchilarining yetarli darajada media savodxonligi bilan birgalikda fanlararo integratsiyani kuchaytirishi, kasbiy yo'nalishni aniqlashda yordam berishi, shaxsiy va ijtimoiy pozitsiyalarini mustahkamlashi, o'quvchilarning asosiy maktab fanlari bo'yicha bilimlarini sezilarli darajada kengaytirishi mumkin. Asosiy umumiy ta'lim bo'yicha, davlat ta'lim standartlarining yangi avlodi allaqachon o'quvchilarning media madaniyatini rivojlantirish va maktablarni tegishli texnik qo'llab-quvvatlash talablarini o'z ichiga oladi. Biroq, o‘zingizga ma’lumki, maktab o‘quv dasturida alohida “Ommaviy axborot vositalari savodxonligi” fani yo‘q. Ushbu kirishni bir qator sabablarga ko'ra tasavvur qilish qiyin: birinchisi, haddan tashqari yuklangan o'quv dasturi, ikkinchisi - maxsus tayyorlangan o'qituvchilarning yetishmasligi, uchinchisi - talabalarning ushbu fanni ta'lim sifatida o'rganishga bo'lgan qiziqishi, ommaviy axborot vositalari faqat yordamchi o'rganish vositasi degan fikrdir.
O'quv fanlarida alohida mavzular, dasturlash bo'yicha tanlovlar mavjud yoki, masalan, ba'zi o'qituvchilar media-mahsulotlarni qayta ishlash va yaratish bilan bog'liq ijodiy vazifalar orqali media ta'lim g'oyasini amalga oshiradilar. Biroq, maktabdagi media-ta'lim zamonaviy o'smirlarni media muhitiga to'liq qamrab olmaydi, demak, eng yaxshi variantni topish kerak. O'smirlar mediasavodxonligini rivojlantirish bilan shug'ullanadigan navbatdagi ijtimoiy institut qo'shimcha ta'lim tizimidir. Yuqoridagi muassasalar bilan solishtirganda, u bir qator afzalliklarga ega: ixtiyoriy ta'lim, yo'nalish va o'qituvchini tanlash erkinligi, o'quv jarayonining mazmuni va shakllarining xilma-xilligi, olingan bilim va ko'nikmalarni amaliyotda qo'llash qobiliyati, o'qituvchining individual yondashuvi, paydo bo'ladigan o'zgarishlarga moslashish va o'smirlarni media muhitiga kiritish imkoniyati.
Zamonaviy media-ta'lim kontseptsiyasi bu haqida shaxsning media savodxonlikni shakllantirish usuli sifatida gapirishga imkon beradi, bunda media madaniyat pedagogik faoliyatning predmeti va maqsadi sifatida qaraladi. Bunda mediata’lim jurnalistika, sotsiologiya, madaniyatshunoslik va boshqalar kabi gumanitar fanlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, mediatexnologiyalardan foydalanish va audiovizual media matnlarini yaratishdir1.
Mahalliy nazariya va amaliyotda bolalar va o'smirlarning mediasavodxonligini shakllantirish innovatsion hodisadir. Uning samaradorligi ko‘p jihatdan mediastudiyalar, media markazlar, to‘garaklar, klublar tashkil etishni ta’minlovchi tashkiliy-boshqaruv sharoitlariga bog‘liq; ushbu tashkilotlar faoliyatining qo'shimcha ta'lim sohasidagi rasmiy me'yoriy hujjatlarga rioya qilish zarurati bilan bog'liq normativ-huquqiy shartlar; ijtimoiy-madaniy amaliyotning o'ziga xos xususiyatlarini va uning sub'ektlarining o'zaro ta'siri xarakterini aks ettiruvchi protsessual va texnologik sharoitlar sanaadi. Shunga qaramay, quyidagi tendentsiyalarni aniqlash mumkin:
Birinchidan, bu ommaviy axborot vositalarining mavqeining oshishi bilan bir vaqtda bosma matnlarning ta'lim salohiyatining pasayishidir. Kanadalik K. Vorsnop yozishicha, maktab bolalarni o‘qishga o‘rgatadi, lekin ko‘rishga o‘rgatmaydi, video esa o‘zining ko‘rinishi, dinamikasi, ovoz jo‘rligi bilan bolani o‘ziga tortadigan, uning diqqatini o‘ziga qaratishga imkon beruvchi konsentrlangan media matndir. uzoq vaqt davomida ommaviy axborot vositalarini tahlil qilish va tanqidiy baholashni o'rgatadi. Zamonaviy o'qituvchilar sanoat davrining "bolalari", ko'pincha ularning audiovizual ma'lumotni to'liq idrok eta olmasliklari media-ta'lim jarayonini sekinlashtiradi.
Ikkinchidan, bu o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalash faoliyatining media-mahsulotlarga bog‘liqligi kuchayishidir. Yangi avlod dasturlari, uskunalari va texnologiyalaridan foydalangan holda yuqori sifatli havaskor o'quv videolarini yaratish sohasida o'z-o'zini tarbiyalash, o'z-o'zini rivojlantirish, o'zini o'zi anglash istagi dolzarb bo'lib bormoqda. Bugungi kunda media-makondagi talaba kattalar bilan jonli muloqot qilishdan ko'ra ko'proq ma'lumot oladi, bu uning dunyo haqidagi g'oyalariga ta'sir qila olmaydi. Qolaversa, zamonaviy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari internet tarmog‘ida axborot tarqatish tezligini kuzatishga ulgurmaydi, o‘quv videolari (videoma’ruzalar, videodarsliklar va boshqalar) talabalar uchun o‘z vaqtida va qulayroq bilim manbai bo‘lib chiqadi. Bunday vaziyatda maktab o'z kuchini yo'naltirishi kerak.
Ko'p yillar davomida media-pedagoglar qanday sharoitlarda media-ta'lim eng samarali bo'lishi mumkinligi haqida bahslashmoqda. Sinfdan tashqari va maktabdan tashqari media pedagogikaning doimiy tarafdorlari bo'lgan va mavjud. Masalan, I.S.Levshinaning fikricha, "sinfdan tashqari kino-tarbiyaviy tadbirlar tizimida o'quvchini badiiy ekran olami bilan muloqotga tayyorlash bo'yicha barcha ishlar o'qitish usullaridan - majburiy topshiriqlardan, yozma ishlardan imkon qadar ozod bo'lgan muhitda amalga oshiriladi. Ammo S.M. Ivanovaning fikriga ko'ra, "yosh o'smirlarni kino ta'limi muammosini dars tizimidan tashqarida hal qilib bo'lmaydi". Media taʼlim tarafdorlari asosiy taʼlimga birlashgan (L.S. Zaznobina, S.I. Gudilina, K.M. Tixomirova, C. Bazalgette, A. Xart va boshqalar) tayanch o‘quv fanlarini o‘qitish nazariyasi va amaliyotiga media-pedagogik vazifalarni joriy etishni izchil targ‘ib qildilar. Masalan, M.N. Fominovaning fikricha, "Jahon badiiy madaniyati" fanini o'zlashtirish jarayoniga media-ta'limni kiritishdan asosiy maqsad - bu tillarda yaratilgan badiiy obrazni idrok etish va tahlil qila oladigan malakali o'quvchi, tomoshabin, tinglovchini turli xil san'at turlari, tasvirlarning turli darajadagi ma'nolarini shakllantirib, rivojlantirishdir1.
Raqamli muhitda yoshlar eng ko'p salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu salbiy omillarni tan olish uchun mediasavodxonlik zarur. Ko'pgina mualliflarning ta'kidlashicha, XX-XXI asrlar boshi avlodi. tug'ilgandan boshlab, media madaniyati sharoitida "hushyor bo'lishni" o'rganadi. Yoshlar yuzaki fikrlashni boshlaydilar, shuning uchun bizda axborotni tanqidiy idrok etish va baholash darajasi past. Binobarin, ommaviy axborot vositalari tomonidan aldov qurboni bo‘lmaslik uchun axborotni tahlil qilish, tekshirish, turli manbalar bilan solishtirish, o‘zimiz ham axborot manbasi bo‘lsak, uning ishonchli ekanligiga ishonch hosil qilishimiz kerak. J. Xoerish ta'kidlaganidek, ommaviy axborot vositalari nafaqat odamlarni birlashtira oladi, balki odamlarni ham ajrata oladi. Bu moddiy vositachilar tomonidan insoniy munosabatlarning vositachiligi orqali sodir bo'ladi.Biroq, rus media faylasufi V.V. Savchukning fikriga ko'ra, "insonning o'zi doimiy axborot aylanishining vositachisi - ommaviy bo'ladi"2. Frantsuz sotsiologi B. Laturning shunga o'xshash yondashuvi irreduksionizm tamoyiliga asoslangan kontseptsiyani taklif qiladi: "Hech narsa o'z-o'zidan qisqartirilmaydi yoki kamaytirilmaydi, balki har doim uni o'lchaydigan va unga o'lchov beradigan boshqa narsa vositachiligida". Bu tamoyilni A.Kuznetsov aniqlab beradi, u buni pragmatik irreduksionizm deb ataydi. Keng ma'noda, buni savol sifatida talqin qilish mumkin: agar ommaviy axborot vositalari sotsosferani belgilab olsa va shaxsiy (fikr, turmush tarzi va h.k.) tarqatib yuborsa, odamlarni yagona ommaviy axborot vositasiga aylantirsa, bu muammoni hal qilish qanchalik samarali bo'ladi. inson zamonaviy ijtimoiy muhitda bo'lishi. Hozirgi raqamli avlod eng yuqori texnologik savodxonlikka ega bo'lgan auditoriyani ifodalaydi. Masalan, o'smirlar kabi yosh avlod vakillari Internetni yaxshi bilishadi va u erda ko'p vaqt o'tkazishadi. VTSIOM tomonidan 2019-yil mart oyida o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, o'smirlarning 98 foizi har kuni Internetdan foydalanadi, 89 foizi kuniga bir necha marta ijtimoiy tarmoqlarga kirishadi. Mualliflar Dobrodey N.Yu., Bergen O.V., Mrochko O.G. 2018-yilda yoshlarning axborot, media va kompyuter savodxonligi bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotida ular o'smirlarning media savodxonligi atamasini tushunishlari haqida gapiradilar. So’rovnomada qatnashgan 23 foiz o’smirlar “information savodxonlik” va “mediasovodxonlik” tushunchalarini bilishlarini bildirgan bo’lsa, 67 foiz buni bilmasliklarini aytishgan.
Boshqa mualliflar Jilavskaya I.V., Raxmanina K.P. tomonidan 2019-yilda o'tkazilgan tadqiqotda o'smirlarning media va axborot savodxonligi darajasi, aloqa atamalari va mediasavodxonlik turlari, shuningdek, ma'lumot olish usullari tahlil qilindi. Natijalar shunday bo'ldiki, muloqot atamasi yoshlar tomonidan yaxshi tushunildi. Respondentlarning aksariyati to'g'ri javob berishdi. Mediasavodxonlikning qanday turlari haqida bilishlari haqida so‘ralganda, respondentlarning taxminan 39 foizi savolga javob bera olmadi. Axborot olish usullariga kelsak, respondentlarning aksariyati ma'lumot olishning afzal usullari sifatida muloqot va o'qishni tanladilar. Ko'pchilik hayotiy savollarga javob izlash uchun film tomosha qilishni ham afzal ko'rdi. Bugungi kunda biz Internetdan musiqa tinglash, yangiliklar o'qish, filmlarni yuklab olish yoki tomosha qilish uchun turli maqsadlarda faol foydalanamiz.
Biz hammamiz internetning ta'lim salohiyati haqida bilamiz va undan faol foydalanamiz. Fuqarolarning katta qismi noto'g'ri ma'lumotni taniy oladi va axborot sohasining muhim tushunchalarini tushunadi. Bugungi kunda yoshlar zamonaviy media qurilmalarning texnik xususiyatlarini yaxshi bilishadi, ular bir vaqtning o'zida bir nechtasidan foydalanishlari va ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanishlari mumkin. Ko'pincha ular har qanday ma'lumot ishonchliligi uchun tahlil va baholashni talab qilishini va axborot olamida ortib borayotgan xavf-xatarlardan o'zingizni himoya qila olish muhimligini tushunishadi. Aksariyat yoshlar axborot manbalarini tekshirishni biladilar. Va shu yerdan xulosa qilishimiz mumkin.

Download 354 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish