Mаvzu: O’qituvchini tarbiya darsiga tayorgarligi


Taʼlimni tashkil etish shakllari



Download 60,3 Kb.
bet3/7
Sana16.02.2023
Hajmi60,3 Kb.
#911973
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jismoniy tarbiya Ramila

2.Taʼlimni tashkil etish shakllari

Taʼlimning tashkiliy masalalari Аl-Forobiy «Fan va akl zakovat» asarida oʼquv fanlarini guruxlarga bulib ukitish, ularning tarbiyaviy moxiyatini ochish masalalariga eʼtibor berilgan. Pedagogika tarixida taʼlim tashkil etishning asosiy shakli dars xisoblangan. Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Аmos Komenskiyning (1592-1670) xizmatlari katta, uni sinv-dars tizimining asoschisi sifatida butun dunѐ tan olgan.


Ya.А Komenskiy «Buyuk didaktika» asarida oʼquv mashgʼulotlarini gurux shaklida tashkil qilish, oʼquv yili va oʼquv kunini bir vaktda boshlash, mashgʼulotlar orasida tanaffuslar berilishini, guruxlardagi bolalarning ѐshi va soni bir xil bulishiga aloxida eʼtibor berdi. Dars davomida oʼquvchilar dikkatini tuplash, materiallarni batafsil tushuntirish, oʼquvchiga savollar berish, uzlashtirish jaraѐnini nazorat qilish zarurligini taʼkidlaydi.
Bu tarixiy jaraѐnda Pedagogika fani oldida turgan muammolardan biri taʼlimning tashkiliy shakllarini samaradorligini oshirish, ayniksa, darsni samaradorligini oshirish bilan boglik ilmiy-nazariy uslubiy va amaliy muammolarni xal etuvchi tadkikotlar olib borishda kup ishlar kilindi. Uzbekistonimizda kadrlar tayѐrlash milliy dasturini amalga oshirishda taʼlim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalar tadbik etish bilan boglik ishlar kilinmokda.
Sinf deganda, ѐshi va bilim darajasibir xil bulgan oʼquvchilar guruxi tushuniladi.
Dars – anik maksadni kuzlab belgilangan vaktda bir xil ѐshdagi oʼquvchi, ѐshlar bilan oʼqituvchi raxbarligida olib boriladigan mashgʼulotdir.
Darsning maksadi, mazmuni, xajmi taʼlim standartlari (oʼquv reja, dastur, darslik va kullanma) asosida belgilanadi. Dars oʼquv ishlarining asosiy tashkiliy shakli ekan,bu jaraѐnda kuyidagilarga amal kilinishi lozim:
Xar bir sinfda oʼquvchilarning ѐshi va bilim darajasi bir xil bulishi lozim.
Dars katʼiy jadval boʼyicha belgilinagan anik muddatda olib borilishi kerak.
Dars oʼqituvchi raxbarligida butun sinf bilan va aloxida oʼquvchilar bilan ishlash shaklida olib boriladi.
Dars oʼquv fanining xarakteri, utilaѐtgan materialning mazmuniga karab turli usullar va vositalarda olib boriladi va taʼlim tizimining bir kismi sifatida tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni uzlashtirmok uchun zamin yaratadi.
Shuni unutmaslik kerakki, oʼquv yurtlarida taʼlim ishlari fakat sinf- dars shaklida olib borilmasdan, balki amaliy mashgʼulotlar, tajriba ishlari shaklida xam olib boriladi. Bu mashgʼulotlar sinfdan va mktabdan tashkarida fakulьtativ mashgʼulotlar, tugaraklar, ekskursiyalar shaklida olib boriladi.
Dars – taʼlimning asosiy shakli ekan, u ilmiy, tizimli, tushunarli, ongli va faol bulishi, bilimlar mustaxkam uzlashtirilishi, oʼquvchi- talabaning shaxsiy xususiyatlari eʼtiborga olinan xolda tashkil etilishi dars oldiga kator didaktik talablarni kuyadi. Jumladan:
Xar bir dars anik maksadni kuzlagan xolda puxta rejalashtirilmogi lozim. Bu jaraѐnda oʼqituvchi darsning taʼlimi va tarbiyaviy maksadini belgilaydi. Dars boskichlarini, yaʼni kanday boshlash, kanday tamomlash kurgazmali materiallardan foydalanish kabilarni oldindan xal kilib oladi. Xar bir dars anik goyaviy, mafkuraviy izlanishga ega bulishi lozim.
Oʼqituvchi esa ulardan tarbiyaviy maksadda foydalanmogi lozim.
Xar bir dars maktabning, ijtimoiy muxitning imkoniyatini xisobga olgan xolda amaliѐt bilan boglanmogi, kursatmali vositalar bilan jixozlanmogi lozim.
Xar bir dars xarakteriga mos usul, uslub va vositalardan samarali foydalanilgan xolda tashkil etilishi lozim.
Dars uchun ajratilgan soat va dakikalarni tejash va unumli foydalanish darkor.
Dars jaraѐnida oʼqituvchi va oʼquvchi uzaro faol munosabatda bulishi lozim, oʼquvchi talaba passiv tinglovchiga aylanmaligi lozim.
Mashgʼulotlar butun sinf bilan va xar bir bir oʼquvchi bilan, ularning shaxsiy xususiyatlari eʼtiborga olingan xolda olib borilishi kerak.
Darsning mazmuni va xarkteriga karab xalkimizning boy maʼnaviy merosidan, maʼnaviy kadriyatlaridan samarali foydalanish.
Utilaѐtgan mavzuning mazmuniga boglik xolda mustakil yurtimizdagi uzgarishlardan oʼquvchi talablarni xabardor qilish.
Darsda Prezidentimiz I.Karimovning taʼlim soxasidagi fikrlari, yurtimiz kelajagi bulgan ѐshlarimizga, farzandlarimizga karata aytgan murojaatlaridan uz urnida foydalanish.
Taʼlim nazariyasi va amaliѐtida dars turlari va ularning tuzilishiga xam aloxida muammo sifatida karaladi va urganiladi.
Dars bilim, kunikma va malakalr bilan oʼquvchilarni kurollantirishda asosiy rolь uynaydi. Shu sababli oʼquv mashgʼulotlariga ajratilgan vaktning asosiy kismi dars utish uchun sarflanadi.
Taʼlim tizimida tajribadan utgan dars turlari kuyidagilardan iborat:
Taʼlimning yana bir oʼziga xos xususiyati uning tarbiyaviy xarakterga ega ekanligidir. Har qanday tarbiya asosida bilim mavjud boʼlganidek har qanday taʼlim oʼzida maʼlum tarbiyaviy taʼsirni mujassamlashtiradi. Bilimlarning talabaning faqat fikrlash qobiliyatiga emas, balki ichki kechinmalariga, his-tuygʼulariga, fazilatlariga ham oʼz taʼsirini oʼtkazadi. Аyniqsa, gumanitar fanlarni oʼrganish talabaning maʼnaviyatini shakllanishida ahamiyatlidir. Shuning uchun taʼlim muassasalari tarixan faqat ilm maskanlarigina boʼlib qolmasdan, balki tarbiya uchoqlari sifatida ham qabul qilingan. Taʼlim va tarbiya bir jaraѐnning ikki tomoni boʼlib, biri-birini toʼldirib keladi. Bilim bu kuch- qudrat, ana shu kuch-qudrat maʼnaviyati yetuk inson qoʼlida rivojlanishga xizmat qiladi. Maʼnan qashshoq inson bu qudratdan nooʼrin foydalanishi va jamiyatga ziѐn yetkazishi ehtimoldan holi emas. Bunday holatlar tarixda juda koʼp marotaba takrorlangan va bu isbot talab qilmaydigan aksiomaga aylangan. Demak, taʼlim albatta tarbiyaviy asosga ega boʼlishi va talabalarga faqat bilim berish bilan cheklanib qolmasligi, balki tarbiyalashdek murakkab jaraѐnini ham oʼz zimmasiga olishi lozim.
Taʼlim jaraѐni taʼsirida talabaning aqliy kamolotini, bilish qobiliyatini, oʼqishga, mehnatga boʼlgan munosabatini rivojlantirish va yangi pogʼonaga koʼtarish asosiy masalalardan biridir. Аynan taʼlimning rivojlantiruvchi xususiyatini ikki darajaga ajratib tahlil qiladi.
Zaruriy rivojlanish. Bu talaba tayѐrgarligidagi mavjud daraja, boshqacha qilib aytganda, talabadagi bor daraja, yaʼni talabaning bugungi oʼquv jaraѐnigacha boʼlgan tayѐrgarlik darajasidir. Bu daraja talabaning ishni mustaqil bajara olishi bilan xarakterlanadi.
Yuqori darajadagi rivojlanish. Boshqacha qilib aytganda, shu dars davomida koʼtarilish kerak boʼlgan darajadir. Bu talaba hozircha qila olmaydigan, lekin koʼmak vositasida eplay oladigan ishdir. Talaba ana shu oʼzi uchun yangi boʼlgan va bajarishga kuchi yetadigan vazifani bajarish davomida ikkinchi darajaga koʼtariladi. Lekin bu vazifa talabaning taraqqiѐt zonasida joylashgan boʼlishi shart, aks holda rivojlanishga erishish qiyin. Yaqinlashib qolgan taraqqiѐt zonasiga kirgan har narsa taʼlim jaraѐnida zarur rivojlanish darajasiga oʼtadi.
Shunday qilib, yaqinlashib qolgan taraqqiѐt zonasi rivojlanishdan ilgarilab ketadigan taʼlim vositasida yaratiladi. Taʼlimning har bir bosqichi taraqqiѐtning erishilgan bosqichiga tayanadi va muayyan bosqichni koʼzlagan holda navbatdagi bosqichni tayѐrlab beradi.
Demak, taʼlimning yana bir zaruriy xususiyatlaridan biri uning rivojlantiruvchi xususiyatga ega ekanligidir.
Taʼlimning ana shu yuqorida sanab oʼtilgan xususiyatlarini hisobga olgan holda va ularga amal qilgan holda oʼquv jaraѐnini tashkil qilish shubhasiz taʼlim samaradorligini oshiradi.
Taʼlim jaraѐnida belgilangan maqsadga erishish uchun bir qator vazifalarni bajarish lozim. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Talabalarda bilim, koʼnikma va malakalarni hosil qilish.
2. Talabalarda dunѐqarashni, ishonch va eʼtiqodlarini oʼstirish.
3. Talabalarning maʼnaviyatini boyitish va tarbiyalash.
4. Yoshlarning ichki imkoniyatlarini, qobiliyatlarini va isteʼdodlarini ochish hamda oʼstirish.
Ushbu vazifalarni bajarishda differentsiyalashgan ѐndashuvning ahamiyati beqiѐsdir. Chunki, differentsiatsiya (yaʼni yakka holdagi ѐndoshuv) talaba shaxsini chuqurroq oʼrganishga, kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga ѐrdam beradi. Talaba shaxsi chuqurroq oʼrganilgandan keyingina unga mos boʼlgan metodlar tanlab olinishi maqsadga muvofiq. Barcha talabalar uchun umumiy metodlar qoʼllash taʼlimni koʼr-koʼrona olib borish bilan barobar va bu holda taʼlimning samarasini juda past darajaga ega boʼladi. Taʼlimni differentsiatsiyalash muammosi hozirgi davrda rivojlangan mamlakatlarda maʼlum darajada oʼz yechimini topmoqda va aytish kerakki, bu yechimlar ijobiy yutuqlarni qoʼlga kiritishga ѐrdam bermoqda.
Taʼlimda ѐshlarni bilim, koʼnikma, malakalar bilan qurollantirish, ularning qobiliyati va isteʼdodlarini rivojlantirish jaraѐnida baholash va bilimlarni tekshirib turish muhim ahamiyat kasb etadi. Baholash taʼlim tizimida foydalanilaѐtgan metodlar qanchalik samarali ekanligini, talabalarning oʼzlashtirish darajasini aniqlashga ѐrdam beradi.
Аlbatta taʼlim tizimini samarali boʼlishi pedagog kadrlarning tayѐrgarlik darajasiga ham bogʼliq. Pedagog birinchi galda oʼz kasbini sevishi, hurmat qilishi, talabaga katta qiziqish va mehr bilan qarashi, jamiyat oldidagi oʼzining katta masʼuliyatini his qila olishi shart. Pedagog har bir talabaning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlay olishi va hisobga olishi, oʼquv materiallarini toʼgʼri tanlay bilishi, tahlil qila olishi va umumlashtira bilishi pedagogik mahorat uchun zarur boʼlgan taʼlim usullari, vositalari va shakllarini mukammal bilishi, talabaga nisbatan talabchan boʼlishi pedagogik vaziyatga qarab ulardan oʼrinli foydalana olishi, oʼz faoliyatini tahlil qila olishi va xulosalar chiqara olishi kerak.
Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish tevarak – atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarni sezgi organlarimizga taʼsir etuvchi ayrim sifatlarning ongimizda aks etishidir. Sezgilar – odam xaqidagi barcha bilimlarimizning manbaidir. Аmmo ilmiy asosda bilishda, masalan olimning bilishi bilan oʼquvchining bilish faoliyati oʼrtasida umumiylik boʼlsa ham lekin, ular bir- biridan farq qiladi.
Darsga tayyorgarlik deganda, birinchidan, dars konspektini yuqori saviyada ishlab chiqib oqqa koʼchirish va darsning muvaffaqiyatli oʼtishi uchun bevosita tayyorgarlik koʼrish /darsni moddiy-texnik tomondan taʼminlanishi va oʼquvchilar, oʼqituvchi yordamchilari, navbatchilar, gruppa boshliqlarini tayyorlash/ nazarda tutiladi. Shuning uchun taxlil qilayotganda quyidagilarga eʼtibor berish tavsiya etiladi.
I. Dars konspektining muhayyoligi, uning har dars ish rejasiga muvofiqligi, aniq ishlab chiqilganligi va tashqi koʼrinishi:
a) dars vazifalarining dastur talablariga muvofiqligi, aniqligi, toʼgʼri ifodalanganligi, har tomonlamaligi (shugʼullanuvchilarning har tomonlama va garmonik rivojlanishini taʼminlashi);
b) konspekt mazmunida kerakli vositalarning toʼgʼri tanlanishi (darsning tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismlarida vositalarning, shugʼullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayergarlik darajasiga, tanlangan vositalarning dars vazifalariga muvofiqligi dars vazifalariga vositalarning oʼzaro va mashgʼulot oʼtkaziladigan sharoitga muvofiqligi);
v) mashqlarni miqdorlash va ularning ketma-ketligi;
g) konspektning tashkiliy-uslubiy koʼrsatmalari boʼlimida:
darsni tashkil etish; oʼtkazish metodikasi, sharoitlari boʼyicha qanday koʼrsatmalar berilgan, ularning toʼgʼriligi, maqsadga muvofiqligi, ifodalanishi va hokazo misollar bilan tasdiqlanadi.
2. Dars oʼtkazish joyi, oʼquv qurollari va anjomlarining tayyorligi va ularning sanitariya-gigiena xolati.
3. Oʼqituvchi va oʼquvchilarning tashqi koʼrinishi.
4. Navbatchi va gruppa boshliqlarning oldindai tayyorgarliklari.
5. Darslardan ozod qilingan yoki kasalligi boʼyicha miqdorlab beriladigan oʼquvchilarga darsdan oldin beriladigan koʼrsatmalar.
Kuzatuvchi bu boʼlimda qoʼyidagilarga eʼtibor berishi kerak:
1. Darsning oʼz vaqtida boshlanishi va tugallanishi;
Dars qismlari ayrim jixozlarda ish bajarish va mashq turlari uchun taqsimlangan vaqtning maqsadga muvofqligi;
2. Mashgʼulot joyi, bor jixoz-anjomlardan foydalanish, oʼquvchilarni joylashtirish, saflantirish va qayta saflanishlarning maqsadga muvofiqligi, ularning tarbiyaviy qiymati.
3. Dars qismlarida oʼquvchilar ishini tashkil etish uslublari va ular variantlarning frontal, guruhi individual, aylanma mashq uslubi birin-ketin, baravariga va h.k./ qoʼllanishini maqsadga muvofiqligi, ularning dars mazmuniga va vazifalariga, oʼquvchilarning yoshlariga mosligi, darsning yuklamasi va zichligiga taʼsiri. Misollar bilan tasdiqlanadi.
4. Darsniig qismlarida oʼquvchilarniing harakat faoliklarini oshirish uchun qanday uslubiy usullardan foydalanildi, ularniig dars vazifalarini xal etishdagi samaradorligi. Misollar bilan tasdiqlanadi.
5. Darsda oʼquvchilardan yordamchilar (jismoniy tarbiya tashkilotchisi, navbatchi, boshligʼi) sifatida foydalanishning effektivligiga ularning oʼz vazifalarini bajarishga tayyorgarliklari, umum-taʼlim maktablarida jismoniy tarbiya va sport mashgʼulotlarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari. Pedagogning oʼz yordamchilari ishlarini nazorat qilishi va baholashi.
Darsning tayyorgarlik qism vositalarini, uning bajaradigan funktsiyasiga muvofiqligi (maxsus tayyorgarlik va yondoshtiruvchi, oʼquvchilarni darsga jalb etuvchi mashqlarning mavjudligi va yuklamaning yetarli boʼlishi).
Darsning asosiy qismi uchun mashqlarni tanlash, shugʼullanuvchilarning imkoniyatlarini inobatga olish, oʼzlashtirayotgan materialning ketma-ketligi, mashqlarni bajarish uchun yengillashtarilgan sharoitlar yaratish, koʼnikma va malakalarni hisobga olish, topshiriqning takrorlanishini yetarli boʼlishi va. h.k. toʼgʼri amalga oshirildimi?! Hammasi misollar bilan tasdiqlanadi.
3. Darsniig yakunlovchi qismiga vositalar tanlashda asosiy qismda bajarilgan ishlarning xususiyatlari eʼtiborga olinganmi, organizmning tiklanishi taʼminlanganmi va boshqalar?
4. Uyga topshiriqlar, ularning toʼgʼriligi va xususiyatlari, ularni qoʼllanishiga boʼlgan asosiy talablarga rioya qilinganmi? Oldingi dars topshriqlarini tekshirish amalga oshirildimi?
I. Oʼqituvchining soʼzlashuv uslubini egallaganligi, mahorati va undan foydalanishining samarasi (darsda soʼzlashuv uslubining qanday shakllari qoʼllanildi, ularning dars vazifalariga va oʼquvchilar kontingentiga muvofiqligi, berilayotgan maʼlumotning mazmunliligi) Misollar.
2. Soʼzlashuv uslubining taʼsirini kuchaytiruvchi uslubiy uslublarning qoʼllanishi (qiyoslash, takrorlash, intonatsiya va h.k.) Misollar.
3. Pedagogning umumiy nutq madaniyati (nutqiing ravonligi, boyligi, aniqligi, taʼsirchanligi va h.k.)
4. Koʼrsatmalik uslubini toʼgʼri qoʼllay bilish oʼquvchilar kontingentiga darsning mazmuni va aniq vazifalariga mos keladigan koʼrsatmalilik qoidalaridan foydalanish.
5. Koʼrsatmalik uslubining taʼsirini kuchaytaruvchi uslubiy uslublarning qoʼllanilishi (tez, sekin va h.k.) Misollar.
6. Oʼqituvchining soʼzlashuv koʼrsatmalilik uslublarini va har xil harakatlarni oʼzaro bogʼliqligida qoʼllay bilishning bir vaqtning oʼzida soʼzlashuv koʼrsatmalilik uslublaridan foydalanish, kollektiv muhokamasi bilan birgalikda olib borish va h.k. dars oldiga qoʼyilgan vazifalarni hal etishda taʼsiri.
7. Darsda jismoniy mashqlarni amaliy oʼzlashtirish uslublarini yaxlitligicha, qismlarga (boʼlaklarga) va yaxlitligicha qismlarga boʼlib oʼrgatish uslublarini qoʼllashning samaradorligi oʼquvchilarning tayyorgarligini, hal etiladigan vazifalarning, jismoniy mashqlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir uslubni qoʼllashning oʼziga xos ketma-ketligiga rioya qilish (misollar bilan tasdiqlanadi).
8. Darsda jismoniy mashqlarning texnikasidagi xatolarni oldini olish va toʼzatish uslublarining qoʼlanish sifati /uslubning koʼpligi; yondoshtiruvchi mashqlar uslubi, asosiy mashq texnikasini oʼzgartirish uslubi va h.k./
9. Xatolarni oldini olish va toʼzatish uslubini xatolar sababini, ularning xususiyatlarini aniqlash, yoʼqotishni hisobga olgan holda qoʼllanish.
10. Mashqlar texnikasini oʼrganishda qoʼllanilgan uslubiy usullar. Misollar.
11. Pedagogning oʼquvchilarga boʼlgan muomalasi, talabchanligi qaʼtiyatligi, irodasi oʼzini tuta bilishi: odobi, xushfeʼlligi va oʼquvchilarning savollarga hozir javobligi, ularning yutuqlarini koʼrsata olishi, toʼgʼri baholay bilish.



Download 60,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish