4
umumlashishi ham mumkin. Ilmiy bilishda xususiy, umumiy va eng umumiy tushunchalar
borligi e’tirof etilgan.
Hukm
— fikrning shunday shakliki, uning yordamida tushunchalarning haqiqatga
mosligi tasdikdanadi yoki inkor etiladi. Hukmlarni aytayotib biz tushunchalardan foydalanamiz.
Ular hukmlarning elementlari hisoblanadi. Narsalarning mohiyatini bilish asosida ular
to‘g‘risidagi tushunchalar paydo bo‘ladi, yagona hukmga birlashishi mumkin bo‘lgan
yakka
hukm yoki hukmlar majmuasi shakllanadi. Narsalarni anglashda erishilgan bu hukm ham
tushuncha o‘rnida qabul qilinadi. Bilimlar chuqurlashib borishi bilan ularni umumlashtirish
asoslari ham o‘zgaradi. Bir tushunchalardan boshqasiga, yanada chuqurroq va aniqroq
tushunchalarga o‘tishning mohiyati ana shunda. Psixologiya kursida hukmga bir oz
boshqacharoq ta’rif berilishini ta’kidlash kerak: “Hukm” borliqning
narsalari va hodisalari
o‘rtasidagi yoki ularning xossalari va belgilari o‘rtasidagi aloqalarni aks etirishdir. Bunday
tushunishda hukmlar tushunchalar bilan boglik bo‘lishi shart emas deb qaraladi.
Xulosa. Tushunchalar va hukmlar asosida xulosa shakllanadi. Xulosa shunday muhokama
yuritishki, uning yordamida mantiqan yangi xukm hosil qilinadi,.
4-masala.
Ongning tabiatini anglash masalasi — eng qadimiy falsafiy masalalardan biri,
deyish mumkin. Garchand ong va uning turli xususiyatlari insonga xos hodisa sifatida
psixologiya, adabiyot, sotsiologiya kabi fanlarning tadqiqot mavzui doirasiga kirgan bo‘lsa-da,
ongning mohiyati, uning turli ko‘rinishlari o‘rtasidagi munosabat kabi masalalarni o‘rganish
bilan aynan falsafa shug‘ullanadi.
Ong tarixi insonning inson bo‘lib shaklng tarixi dana boshlashi tarixi bilan bog‘liqdir.
Uzoq vaqt davomida inson, uning ongi planetar, ya’ni Yer shari doirasidagi hodisa sifatida qarab
kelindi. Xozirgi zamon fani masalaga kengroqdoirada yondashish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Chunki fan dalillari inson paydo bo‘lishini faqat Yerda kechgan jarayonlar bilan cheklab qo‘yish
to‘g‘ri emasligini, u koinot evolyusiyasining tabiiy
hosilasi ekanligini tobora
chuqurroqisbotlamokda. Inson biologik va ijtimoiy harakatning tashuvchisi ekan, harakat
shakllari o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni, uning yuqori shakllari kuyi shakllariga bog‘liqligini,
tayanishini, ulardan o‘sib chiqishini unutmaslik lozim. Boshqacha aytganda, ular o‘rtasida uzviy
aloqadorlik mavjud. Ong tarixi Quyosh sistemasi va unda millionlab yillar davomida sodir
bo‘lgan o‘zgarishlardan ham ayricha olib qaralishi mumkin emas. Aynan mana shu jihatdan
olganda, ongning shakllanishini kosmik hodisa sifatida qarash ham mumkin.
Ong in’ikosning oliy shaklidir. Xo‘sh, in’ikos deganda nima tushuniladi. In’ikos
muayyan ta’sir natijasida paydo bo‘ladi..Buning uchun esa, hech bo‘lmaganda, ikkita ob’ekt va
ular o‘rtasida o‘zaro ta’sir bo‘lishi lozim. Eng umumiy ma’noda, har qanday narsalarning u bilan
munosabatda bo‘lgan boshqa narsalar ta’sirini muayyan tarzda aks ettirish xossasiga in’ikos
deyiladi. Shu ma’noda in’ikos hamma joyda mavjud. Ayni paytda har bir holatda u o‘ziga xos
xususiyatga egadir. Chunonchi, notirik tabiatdagi in’ikos bilan tirik tabiatdagi in’ikos bir-biridan
tubdan farq qiladi. Notirik tabiatda in’ikos oddiyligi bilan ajralib tursa, tirik tabiatda u murakkab
xarakter kasb etadi. Inson ongi juda murakkab va ko‘p qirrali hodisadir./U
haqdagi qarash va
tasavvurlar kishilarning turli hayot tajribalariga tayanib yondashuvi hamda talqin etishlariga
bog‘likdir. X)ngning mohiyati va mazmunining namoyon bo‘lish qirralarini tushunishda milliy-
madaniy an’analar, diniy, ijtimoiy qadriyat va mo‘ljallarning ta’siri katta.. Shu bilan birga,
notirik tabiatda in’ikos passivligi, tirik tabiatda esa faolligi bilan ajralib turadi. Tirik tabiatda
in’ikos tashqi ta’sir natijalaridan faol foydalanishni keltirib chiqaruvchi axborotli in’ikos shaklini
oladi.*Ongning falsafiy talqini inson ma’naviy va ruhiy hayoti namoyon bo‘lishining barcha
shakllarini birlikda va yaxlitlikda olib tahlil qilish imkonini beradi.»Shuningdek,
ularning
voqelik bilan munosabatlari (aloqadorlik holati)ni nazorat qilish, tartibga solish va boshqarish
usullarini o‘rganish tamoyillarini yaratadi. Ayni paytda axborotli in’ikosning o‘zi tirik tabiatning
har bir darajasida yanada murakkablashib, o‘ziga xoslik kasb etadi. Mana shunday
murakkablashuv jarayoni psixik in’ikosning shakllanishiga zamin yaratdi. Aynan psixik in’ikos
5
darajasida voqelikka faol munosabat ham shakllanadi, in’ikosning
ilgarilab borishidan esa, o‘z
navbatida, uning o‘ziga xos, yuqori shakli bo‘lgan ongning paydo bo‘lishiga imkoniyat yaraldi.
Inson miyasi nozik, murakkab tuzilishga ega bulgan tizimdir. Aynan uning murakkabligi
ong paydo bo‘lishi mumkinligining asosiy shartidir. Bunday holat ham uzoq davom etgan
evolyusiyaning tabiiy hosilasidir. Ammo yuksak darajada tashkil topgan miyaning o‘zi ham hali
ong paydo bo‘lishi uchun yetarli emasligini unutmaslik lozim. Bu miya normal funksional
faoliyat ko‘rsatishi zarur. Va nihoyat, normal funksional faoliyat ko‘rsatuvchi miya sohibi
ijtimoiy munosabatlarga tortilgan bo‘lishi shart.
Ongning mohiyatini anglashda uni ijtimoiy hodisa sifatida olib qarash muhim ahamiyatga
ega. Insonni hayvonot olamidan ajralib chiqishida va biologik mavjudotdan ijtimoiy mavjudotga
aylanishida muhim rol o‘ynagan omillar ongni ham shakllanishida zamin bulib xizmat
qilgan.^Bu omillar sifatida uzoq ajdodlarimizning
birlikda hayot kechirishlari, o‘zaro axborot
uzatishga bulgan ehtiyoj, atrof-muhit sharoitiga «sun’iy» ravishda moslashishga bulgan moyilligi
va nihoyat, «mehnat» qilishga o‘rgana borishini ko‘rsatish mumkin. Ana shu omillar ta’sirida
oxir-oqibat insonning tashqi muhitni o‘zgartiruvchi faolligi namoyon bo‘lib borgan.
Ong
psixik in’ikosning o‘ziga xos, yuksak ing va ruhiyat shaklidir. Ammo, bu psixika va
ong tushunchalarini aynanlashtirish uchun asos bo‘la olmaydi. Negaki, psixika hayvonlarga ham
xosdir.Jan inson psixikasi haqida ketganda ham, u ong tushunchasiga nisbatan keng qamrovlilik
kasb etishini unutmaslik lozim.,3. Freyd fikricha, psixika ongsizlik, ong osti hodisalarini va
ongning o‘zidan iborat uch qatlamdan tashkil topgan. Inson hayoti,
faoliyatida ong bilan bir
qatorda ongsizlik va ong osti hodisalari ham muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: