Internet manbalari:
1. www. Ziyo net.uz
2. www.faylasuf.uz
3.www. .ziyo.uz
4. www. muslim.uz
5. www. religions.uz
3-Mavzu: Ontologiya, gnoseologiya va ong falsafasi.
Reja.
1. Borliq kategoriysi.Borliq turlari?
2. Materiy kategoriysi.Dunyoning moddiy birlig?
3. Materiyning mavjudlik shakllari.Harakat va rivojlanish?
4. Fazo va vaqt materiyning yashash shakli?
5. Ong va tilni bo`lg`usi pedagogiarda tutgan o`rni.
Tayanch tushunchalar: olam, ontologiya, borliq, borliq shakllari, individual borliq, ijtimoiy borliq, real borliq, virtual borliq, yo‘qlik, mavjudlik, reallik, materiya, harakat, rivojlanish, fazo, vaqt, tabiat, tabiiy muhit, biosfera, noosfera, hayot, bilish nazariysi,ong, Gnoseologiya, bilish, agnosititsizm, skeptitsizm, hissiy bilish, mantiqiy bilish, amaliyot, haqiqat, ilmiy bilish.
Falsafa o‘rganadigan qaysi bir masalani olmaylik, u borliq muammosi bilan bog‘liq ekanligini ko‘ramiz. Borliq muammosi falsafadagi har qaysi dunyoqarash va metodologik muammolarning asosi hisoblanadi.
Dunyoning mavjudligi, ya’ni borligi to‘g‘risida bahs yuritgan faylasuflar bu masalaga turlicha yondoshganlar: ularning ba’zilari, dunyo avval ham bo‘lgan, hozir ham mavjud, bundan keyin ham mavjud bo‘ladi deyishsa; boshqalari, dunyo avval mavjud bo‘lmagan, ilk borliq bu olamdagi barcha narsa va hodisalarni yaratuvchi Xudodir.
Ilk borliq, ya’ni birinchi mavjud-Tangri Olloh barcha mavjudod borlig‘ining birinchi sababidir deyiladi.
«Ilk bor bo‘lgan, (ya’ni Tangri)-deydi Farobiy, o‘zining asl mohiyati bilan boshqa barcha narsrlardan farqlidir» (Abu Nasr Farobiy «Fozil odamlar shahri», 131 bet). Chunki, u modda ham emasdir, sub’yekt ham emasdir, uning sur’ati ham bo‘lmaydi, uning bir o‘zi bu borliqda yakka-yu yagonadir, u shu jihatdan ham birinchidir.
Fan va amaliyot taraqqiyoti natajasida dunyoning yaratilganligi, uning fazo va vaqtda chegaralanganligi,cheklanganligi to‘g‘risidagi oldingi qarashlar asta-sekin cheksiz chegarasizligi, shu bilan birga uning bir butunligi, doimiyligi, abadiyligi to‘g‘risidagi qarashlar bilan almashinib borgan.
Abadiy dunyodagi barcha narsalar, turli-tuman jonsiz va jonli organizmlar, insonlar va ularning faoliyti hatto, bir butun jamiyat ham, shubhasiz vaqtincha o‘tkinchidir. Demak, borliq abadiy, ammo undagi barcha narsalar o‘zgarishda va rivojlanishda; bir holatdan ikkinchi holatga, bir turdan ikkinchi turga o‘tishda, chunki ular bordan yo‘q, yo‘qdan bor bo‘lmaydi.
Borliq tushunchasi falsafiy kategoriy sifatida bilishning yuqori bosqichi-abstrakt tafakkurgagina xos bo‘lib, fikrlash jarayonida kishilar bu tushuncha orqali dunyodagi alohida narsalar, ularning konkrekt belgilari va xossalari haqida emas balki, dunyodagi barcha narsalar, voqea hodisalar, jarayonlar o‘rtasidagi eng umumiy jihat-ularning realligi haqida fikr yuritadilar. Borliq tushunchasi yordamida kishilar dunyoning ob’yektiv mavjudligi, uning cheksizligi, abadiyligi va bir butunligi haqida ilmiy va falsafiy tasavvurga ega bo‘ladilar.
Borliqning asosiy shakllarini tabiiy borliq yoki tabiat borlig‘i, inson borlig‘i, ma’naviy borlig‘i tashkil etadi.
Tabiiy borliq o‘zaro bog‘liq, lekin bir-biridan farq qiluvchi quyidagi ikki ko‘rinishdan iboratdir:
1 .Tabiatdagi narsa va hodisalarning, jism va jarayonlarning asl tabiiy borlig‘i;
2.Tabiyatdagi narsa va hodisalar asosida inson tomonidan yaratilgan narsalarning tabiiy borligi.
Tabiiy borliqning birinchi ko‘rinishi insongacha insondan va uning ongidan tashqarida, unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan narsa va hodisalar, jarayon va holatlarni o‘z ichiga olgan tabiatdir. Bu ba’zi adabiyotlarda «birlamchi tabiat» deb ham ataladi. Bu «birlamchi tabiat» makonda, cheksiz zamonda abadiydir, u hamma yerda doimo mavjud. Inson shu «birlamchi tabiat» materiallari asosida amaliy faoliyti va ongi bilan «ikkilamchi»tabiatni yratadi. «Ikkilamchi tabiat» narsa va hodisalari ijtimoiy hayotda inson ehtiyojini qondirish zaruriyti, ijtimoiy turmushda biron bir funksiyani bajarish zaruriyati tufayli yaratiladi.
«Birlamchi» va «ikkilamchi» tabiatlar borlig‘i o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, bir tomondan, bir biri bilan umumiylikka , o‘xshashlikka, birlikka ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bir-biriga nisbatan ma’lum farqlarga ham ega.
«Birlamchi tabiat» makonda cheksiz, zamonda abadiy va doimiy bo‘lsa, «ikkilamchi tabiat» inson mavjudligi bilan, uning faoliyti va ongi bilan, bir butun jamiyat bilan bog‘liq holda mavjud bo‘ladi, u fazo va vaqtda ibtidoga va imtihonga ega.
«Birlamchi tabiat» inson unda yashab, uni bilib borayotgan bitmas- tuganmas, cheksiz dunyo (olam) bo‘lsa; «ikkilamchi tabiat» esa inson tabiat qonunlarini bilib olish tufayli, ular asosida yaratgan narsa va hodisalar, jarayonlar dunyosidir.
«Ikkilamchi tabiat» bir tomondan , «birlamchi tabiat» kabi, ob’yektiv, real borliq bo‘lib, u inson ongidan tashqarida mavjud bo‘lsa, ikkinchi tomondan, u insonga bog‘liq hamdir, chunki unda kishilarning maqsadlari, g‘oyalari, bilim va mehnatlari mujassamlashgan bo‘ladi. «Ikkilamchi tabiat», «birlamchi tabiat» va kishilik (inson) borlig‘ini bog‘lovchi, ular chegarasidagi borliq bo‘lib, tabiiy borliqning o‘ziga xos shakli sifatida «birlamchi tabiat» borlig‘iga nisbatan ham, inson borlig‘iga nisbatan ham nisbiy mustaqil borliqdir.
Borliqning o‘ziga xos shakllaridan yana biri – bu inson borlig‘idir. Inson borlig‘ida, avvalo, insonning tabiat taraqqiyotining mahsuli sifatida tabiiy borliqning har ikki shakliga oid tomonlar bilan birga, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida unda ijtimoiy va ma’naviy borliqning ham barcha shakllariga xos tomonlarning yig‘indisi majassamlashgandir.
Inson borlig‘i jamiyat taraqqiyotining birdan bir manbaidir. Ijtimoiy borliq hodisalarning barcha turlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Jamiyat bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ijtimoiy etnik, oilaviy va h.k. munosabatlardan tarkib topgan, doimo taraqqiy etib, rivojlanib turadigan jonli organizmdir. Jamiyt tabiat taraqqiyotining zaruriy oqibatidir.
Jamiyatning moddiy texnika bazasi, iqtisodiy asoslari, siyosiy tashkilotlari: davlat va hokimiyat idoralari, armiy, politsiy, sud, prokuratura, siyosiy partiylar, turli-tuman jamoat tashkilotlari maorif sistemasi, madaniyat, fan va texnika, ilmiy tadqiqot institutlari va laboratoriylari, ommaviy axborot muassasalari, aloqa bo‘limlari va h.k. ijtimoiy borliqning har xil ko‘rinishlarini tashkil etadi.
Borliq faqat moddiy shaklda emas, ma’naviy, ruhiy shaklda ham namoyon bo‘ladi. Ma’naviy borliq inson tomonidan yaratilgan rang-barang madaniyat va san’at asarlari, til, ilmiy kashfiyotlar, g‘oyalar, axloq-odob qoidalari, falsafiy, estetik, badiiy, siyosiy, tafakkurlash madaniyati, ruhiy kechinmalar, diniy tasavvurlar, tushunchalar va h.k. majmui kiradi.
Kishilarning ichki holati, kechinmalari, his-tuyg‘ulari, ruhiy ma’naviy dunyosi, o‘y-fikrlari, maqsad va manfaatlari hamda kayfiytlari ham ma’naviy borliqning ko‘rinishlaridir.
Ma’naviyat, jamiyat, shaxs, millat taraqqiyotining manbaidir. Shuni alohida qayd etish lozimki, mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining ko‘p asrlik boy tarixi, ilmiy, madaniy va diniy merosini o‘rganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo‘l ochildi. I.A.Karimov aytganlaridek, «Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch qudratidir. U yo‘q joyda hech qachon baxt-saodat bo‘lmaydi». Shuning uchun ham xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O‘zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu borliq shakllari (narsalar borlig‘i, inson borlig‘i, ijtimoiy borliq, ma’naviy borliq) bir butun dunyoning alohida ko‘rinishidir. Borliq ana shu alohida shakllar o‘rtasidagi bog‘liqlikni, umumiylikni ko‘rsatadi. Borliqning umumiy aloqadorligi alohida narsalarning mavjudligi bilan namoyon bo‘ladi.
2-masala
Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish falsafada materiya haqidagi tasavvurlarning rivojlanishiga sababchi bo‘ladi.
Umuman materiya — bu tushuncha, abstraktsiy, fikrning mahsulidir, chunki, olamda «umuman materiya» uchramaydi, balki materiyaning konkret ko‘rinishlari uchraydi. Shunday qilib faylasuflar barcha moddiy ob’yektlarga xos xususiytlarni umumiy tarzda ifodalash uchun qo‘llaydigan tushuncha bu «materiya»dir. Olamdagi barcha narsa va hodisalarning umumiy belgisi, xususiyti shundan iboratki, ular bizning ongimizdan tashqarida, mustaqil ravishda mavjuddir. Hamma narsaga xos bo‘lgan bu umumiy xususiyat materiya tushunchasida o‘z aksini topadi. Demak, materiya tushunchasining falsafiy mazmuni:
a) narsalarning bizning ongimiz, xohishimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud ekanligi;
b) ular bizning sezgi va bilimlarimiz manbai ekanligini bildiradi. Materiyaning falsafiy tushunchasi faqat hozirgi davrda fanga ma’lum bo‘lgan obyektlargina emas, balki kelgusida kashf qilinadigan narsalarni ham o‘z ichiga oladi, bu ma’noda uning metodologik ahamiyati kattadir. Materiy abadiy, bepayon, cheksiz, hech qachon yo‘qolmaydi. Materiyaning abadiyligi uning hech kim tomonidan yaratilmaganligini, hamda mavjud bo‘lishini, har bir yangi kashfiyot tufayli uning yangi tomonlari ochilishini bildiradi. Materiya tushunchasining tabiiy-ilmiy ma’nosi uning tuzilishi, bitmas tuganmas xususiytlarining xilma-xilligini bildiradi va ular tabiat haqidagi alohida fanlar-fizika, ximiy, biologiy kabilar tomonidan o‘rganiladi.
Materiya ikki xil modda va maydon ko‘rinishida mavjud. Modda ko‘rinishidagi materiya tinchlik massa ko‘rinishiga ega bo‘lib, bular majmuasiga proton, neytron, elektron va pozitronlarni, ulardan tashkil topgan atom va malekulalarni kiritish mumkin. Malekulalardan tarkib tongan mikroskopik jismlar hozirgi zamon fani bergan ma’lumotlarga asosan har xil holatda bo‘lishlari mumkin: suyuq, qattiq, gazsimon, plazma, epiplazma, fizik vakuum holatida. Materiyaning maydon ko‘rinishi modda ko‘rinishidan harakatdagi massaga ega bo‘lishi va yorug‘lik tezligiga yaqin tezlik bilan harakat qilishi orqali farq qiladi. Elektromagnit maydon, yadro maydoni gravitatsion maydon – bular materiyaning maydon ko‘rinishlaridir. Tajribalar orqali materiyaning modda va maydon ko‘rinishining bir-biriga aylanishini ko‘rish mumkin. Demak, materiyaning modda va maydon ko‘rinishining bir-biriga aylanishi zarralarning zarra va antizarralardan tashkil topganligini ko‘rsatadi.
Materiyaning benihoyligi va cheksiz tuzilishi, murakkab xususiytlari haqidagi masala moddiy olamning sifat jihatdan bitmas-tuganmasligini o‘z ichiga oladi. U organik jihatdan dunyoning moddiy birligi prinsipi bilan bog‘liq.
Dunyoning moddiy birligini quydagilardan yaqqol ko‘rishimiz mumkin:
1. Borliq, materiya ob’yektiv reallikdir, u inson ongi irodasi, xohishi va istagidan tashqari real mavjuddir. Demak, dunyoning moddiy birligi insonning sezgilari va tushunchalariga bog‘liq bo‘lmay, bu birlik inson ongidan tashqaridagi undan mustaqil va abadiy mavjud bo‘lgan materiyaning xususiyatlari bilan ifodalanadi.
2. Dunyo moddiydir, barcha narsalar va hodisalar materiyaning turli shakllaridagi ko‘rinishidan iborat. Olamda faqat materiya va uning aniq sifati va xususiyatlari mavjud. Masalan, oddiy chang zarrasidan suv tomchisigacha, murakkab molekuladan mineralga qadar bo‘lgan narsalarni olib ko‘raylik, ular turli ko‘rinishga sifat va xususiytga ega bo‘lib, bir-biridan juda farq qiladi. Ularning hammasi materiyaning muayyan ko‘rinishidir, bularning zaminida hamma jismlar uchun umumiy bo‘lgan substatsiya-materiya yotadi. Mana shuni birlik deb ataymiz. Bunday birlik yolg‘iz bizning sayyoramizdagina emas, balki cheksiz koinotning barcha bepayon tomonlarida ob’yektiv mavjuddir.
3. Olamdagi barcha narsa va hodisalar qanday mazmunga, shaklga ega bo‘lishidan va koinotning qaysi yerida joylashishidan qat’iy nazar o‘zaro chambarchas bog‘liq hamdir. Bu boliqlik olamning shunday bir umumiy zaruriy tomoniki, tabiatdagi biror predmet yoki jamayatdagi biror hodisa shu bog‘lanishdan chetda qola olmaydi. Barcha mavjud narsalar va hodisalar, ularing sifat va xususiytlari o‘rtasidagi bu bog‘lanish ham olamning birligini ko‘rsatuvchi dalildir.
Fazoda cheksiz va vaqtda abadiy harakat qilib turuvchi materiya butun mavjudodning negizi va manbaidir.
3 -masala
Tabiat va jamiyatda hamma narsa harakatda o‘zgarishda, o‘zaro ta’sirda va o‘rin almashishdadir. Hech bir mutloq tinch turgan, harakatsiz narsa yo‘q. Olamdagi narsalar harakatda bo‘lib, ular bir-biriga aylanadi, biri ikkinchisini yo‘qotadi, biri ikkinchisidan paydo bo‘ladi. Har qanday narsaning mavjud bo‘lishining o‘zi avvalombor uni tashkil etuvchi elementlarning o‘zaro ta’sirda bo‘lishini taqozo etadi. Masalan, atom qobig‘ini tashkil etuvchi yadro va elektron o‘rtasida muayyan o‘zaro ta’sir bo‘lgani sababligina atom mavjuddir; tirik organizmda ham uni tashkil etuvchi molekulalar, hujayra va to‘qimalar o‘rtasida o‘zaro ta’sir jarayonlari sodir bo‘ladi; jamiyatning mavjud bo‘lishi uchun ham kishilar faoliytlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar bo‘lishi zarurdir. Demak, o‘zaro tahsir materiya xossalarini, munosabat va holatlarini o‘zgarishga olib keladi.
Ilmiy falsafa ta’limotiga ko‘ra harakatning falsafiy ma’nosi shuki, u materiyaning borliq shaklidir. Materiya harakati qanday shaklda bo‘lmasin u obyektiv ravishda materiyadan ajralmagan holda sodir b´ladi. Materiyaning mavjudlik shakli bo‘lgani uchun harakatning obyektiv real bo‘lish xususiyati materiyaning ham xususiyati hisoblanadi. Eng umumiy tarzda harakat umuman o‘zgarishdan, moddiy ob’yektlarning har qanday o‘zaro ta’siridan iborat. Materiya harakati hech qanday tashqi turtkiga, g‘ayri tabiiy kuchga muhtoj emas. Materiya o‘ziga xos ichki qarama-qarshiliklarga ko‘ra harakat qiladi, rivojlanadi. Materiya harakati va taraqqiyotining manbai ichki qarama-qarshiliklardir.
Harakatni rivojlanish tushunchasi bilan aralashtirmaslik kerak. Harakat real voqealikda ro‘y beradigan hamma o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Rivojlanish deganda esa, jadal sur’atlar bilan ilgarilab boruvchi o‘zgarishlar tushuniladi. Rivojlanish sifat o‘zgarishlarining natijasi bo‘lib, u o‘zgarish narsa va hodisalardagi qarama-qarshi tomonlar orasidagi kurashning natijasidir. Bunday o‘zgarishlar natijasida eski o‘rnida yangisi paydo b´ladi. Shuning uchun «harakat» tushunchasi «rivojlanish» tushunchasiga qaraganda kengroq tushuniladi.
Harakatning bir-biridan farq qiluvchi shakllari mavjuddir. Harakat shakllarini turkumlashda quyidagi qoidalarga tayanadilar.
1) harakat shakllari bir-biri bilan sifat jihatdan farq qilib, ularning har biri materiyaning tashkiliy tuzilishi darajalarining muayyan bosqichida namoyon bo‘ladi;
2) harakat shakllari bir-biri bilan kelib chiqish jihatidan (genetik jihatdan) ketma-ket bog‘langandir, ya’ni harakatning murakkab shakllari uning nisbatan soddaroq shakllaridan kelib chiqandir;
3) harakatning yuqori shakllari tarkibida quyi darajadagi harakat shakllari qatnashadi, ya’ni harakatning quyi shakllari uning yuqori shakllariga ham mansubdir, ammo harakatning yuqori shakli o‘zidan quyi shaklidagi harakatga mansub emasdir. Shu qoidalarga tayangan holda harakatning bir necha shaklini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular quydagilar:
1) mexanik harakat (jismlarning fazodagi siljishi);
2) fizik harakat (issiqlik, yorug‘lik, elektr, magnitizm);
3) kimyoviy harakat (kimyoviy birikish va parchalanish, agregat holatlarning bir-biriga o‘tishi)
4) Biologik harakat (organik hayot)
5) ijtimoiy harakat.
4 – masala
Materiyaning cheksiz ravishda sodir bo‘lib turadigan harakati, o‘sishi, o‘zgarishi va taraqqiyoti hamisha fazo bilan vaqtda yuz beradi. Harakat singari fazo va vaqt ham materiya mavjudligining tub ob’yektiv shaklidir. Demak, harakat materiyadan ajratish mumkin bo‘lmaganidek, fazo va vaqtni ham materiyadan ajratib bo‘lmaydi.
Fazo harakatdagi materiya mavjudligining tub ob’yektiv shaklidir. Fazo tushunchasi moddiy ob’yektlaring birgalikda mavjudligini va bir biridan uzoqligini, ularning ko‘lamini, bir-biriga nisbatan joylashish tartibini ifodalaydi.
Vaqt ham materiyaning mavjudlik shakli bo‘lib, moddiy jarayonning keng yoyilish izchilligini, bu jarayonning turli bosqichlari, bir-biridan ajralganligi, ularning davom etishini, ularning rivojlanishini bildiradi. Har bir narsa o‘z o‘tmishi, hoziri va kelgusiga ega. Narsa va hodisalarning ba’zi birlari avvalroq, boshqalari keyinroq bo‘ladi. Bular esa vaqt tushunchasini ifodalaydi. Fazo va vaqt o‘rtasida umumiy, o‘xshash tomonlar hamda ayrim farqlar mavjuddir:
-birinchidan, fazo bilan vaqtning ob’yektivligi, inson ongi, irodasi va g‘oylariga bog‘lik emasligi, ular o‘rtasidagi umumiylikning muhim tomonlaridan birini tashkil etadi,
-ikkinchidan, fazo bilan vaqt abadiy azaliydir. Fazo bilan vaqtning abadiyligi materiyaning abadiyligidan kelib chiqadi,
-uchinchidan, fazo bilan vaqt cheksiz chegarasiz bepayondir.
Fazoning o‘ziga xos xususiyati va vaqdan farqi, uning uch o‘lchovga ega bo‘lishidadir. Bu uch o‘lchov materiya bo‘yiga va balandligiga, oldiga va orqasiga qarab uning cheksiz ekanligini ko‘rsatadi. U turli narsa va hodisalarda har xil bo‘ladi. Hozirgi zamon fizikasining nisbiylik nazariysida to‘rt o‘lchovli geometrik fazo haqida so‘z boradi. Bunda to‘rtinchi o‘lchov sifatida vaqt olingan.
Vaqt fazo bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsada, lekin o‘zining ayrim xususiyatlari bilan undan farq qiladi. Vaqtning muhim xususiyati uning bir o‘lchovligidadir, qaytarilmasligidadir. Moddiy narsalar fazoda bir xil joylashishlari, turli tomonga harakat qilishlari mumkin, lekin vaqtga kelganda ular faqat bir tomonga qarab yo‘nalishda bo‘ladi, vaqt hech qachon orqaga qarab harakat qilmaydi. O‘tgan zamonning qaytarilishi va hozirgi zamonning yo‘q bo‘lishi mumkin emas.
Materiyaga xos xususiytlar fazo va vaqtga ham xosdir. Materiyaning tuzilishi va xossalari haqidagi bilimimizning o‘sishi kabi, fazo va vaqt to‘g‘risidagi bilimlarimiz ham ortib boradi.
Tabiat va jamiyat hodisalari hamma vaqt ketma-ket sodir bo‘ladi vaqda harakat qiladi. Materiya vaqtda harakat qiladi, demak materiya, harakat, fazo va vaqt dialektik bog‘langan. Ularning dialektik birligi umumiy aniq fanlar uchun ham amaliy jihatdan metodologik asos hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |