213-20 GURUH
QO`NAROV SHOHRUX
2-ИЖОДИЙ ИШ ТОПШИРИҚЛАРИ
1-топшириқ. “Ислом таълимоти асослари” мавзусидан келиб чиқиб
10-та сўз ёзинг ва уларни изоҳланг
1
|
HADIS
|
Khadis ( arab الحديث ) Nabiy va harakatlar haqida bir afsona, deb Muhammadning hayoti turli diniy va huquqiy jihatlari ta'sir, musulmon jamiyatda [1] . Hadis - bu Payg'ambarimiz Muhammadning so'zlari ( kaul ), ma'qullashi ( takrir ), tasviri ( vasfi ) yoki xatti-harakati ( fil ) bo'lib , ularning jami sunnatni tashkil etadi , bu barcha musulmonlar uchun nufuzli va asoslarning birini tashkil etadi. Shariat . Hadislar payg'ambarning sahobalari orqali etkazilgan .
Arab tilidan tarjimadagi "hadis" so'zi so'zma-so'z "yangi" yoki "suhbat", "an'ana", "hikoya" deb tarjima qilinishi mumkin [2] .
Hadisdan foydalanish Payg'ambarimiz Muhammad payg'ambarning tirikligida boshlangan. - Har bir hadis bir uzluksiz zanjir bor edi isnod , deb, uzatish ishtirok birinchi hadis tilga oldi sherigiga (sahoba) boshlab barcha shaxslarning ro'yxatini. Kesishmaydigan zanjirlar hadisga qanchalik to'g'ri kelgan bo'lsa, shuncha ishonchli deb hisoblangan. Biroq, doimiy isnodning mavjudligi hadisning ishonchliligini aniqlash uchun zarur bo'lgan, ammo etarli bo'lmagan shart edi. Muhaddislar zanjirini tuzgandan so'ngshuningdek, transmitterlarning tarjimai hollarini o'zlari tekshirdilar. Agar uzatuvchining xotirasi sustligi, ruhiy beqarorligi yoki shunchaki insofsiz deb tanilganligi haqida dalillar mavjud bo'lsa, u zaif uzatuvchi deb hisoblangan va u etkazgan hadis ishonchli deb qabul qilinmaydi. Ishonchlilik darajasiga ko'ra hadislar sahih (sahih), yaxshi (hasan), zaif, noaniq va ixtiro qilingan deb tasniflanadi.
Shuni ta'kidlash kerakki, hadislar faqat urf-odat emas. Muhammad aytmagan narsani unga bog'lay boshlagan kishi, albatta, olovda uning o'rnini egallaydi, deb aytgan. Bu so'zlar Xudodan qo'rqadigan sahobalarga ta'sir qildi. Hadislarning mohiyati shundan iboratki, ular Qur'onda keltirilgan retseptlarni batafsilroq ochib berishadi . Masalan, Qur'onda namoz o'qish kerakligi aytilgan . Buni qanday qilish kerakligi hadislarda aniq aytilgan. Masalan, payg'ambar Muhammad Abu Hurayra payg'ambarning sahobalaridan biri 5354 hadisni aytgan.
Sunniy ilohiyotshunoslar nuqtai nazaridan eng nufuzli muhaddis - bu imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870), u 700 mingga yaqin hadisni qayta ishlagan, ulardan faqat 7400 tasi " al-Jomi 'al- " to'plamiga kiritilgan. Sahih ", keyin u erda bir oz ko'proq 1%. Qolgan al-Buxoriy hadislari ishonchsiz yoki kuchsiz deb hisoblangan. Eng yirik to'plamlardan biri - Imom Ahmad ibn Hanbalning 40 ming hadisni o'z ichiga olgan "al-Musnad" i (jami, Ibn Hanbal 1 millionga yaqin hadisni qayta ishlagan).
Shuni ta'kidlash kerakki, hadislar to'plamlari so'zning to'liq ma'nosida Muhammad payg'ambarning tarjimai holi emas - ular faqat zamondoshlarining so'zlaridan, shu jumladan uning va'zlari, harakatlarining tavsiflaridan Payg'ambar haqidagi hikoyalar to'plami, va hokazo. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning bugungi kungacha saqlanib qolgan dastlabki tarjimai holi - bu Ibn Hishomning kitobi "Muhammad payg'ambarning tarjimai holi, al-Bakkayning so'zlaridan, Ibn Ishoq al-Muttalibning so'zlaridan. "8-asrga ( hijriy ikkinchi asr ) to'g'ri keladi.
|
2
|
QUR`ON
|
Qurʼon (arabcha: القرآن oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad paygʻambarga 610—632 yillar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon „Kitob“ (yozuv), „Furqon“ (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), „Zikr“ (eslatma), „Tanzil“ (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, „Nur“ (yorugʻlik), „Hudo“ (hidoyat), „Muborak“ (barakotli), „Mubin“ (ochiq-ravshan), „Bushro“ (xushxabar), „Aziz“ (eʼzozlanuvchi), „Majid“ (ulugʻ), „Bashir“ (bashorat beruvchi), „Nazir“ (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qurʼon musʼhaf nomi bilan ham mashhur. Islom ulamolari Qurʼonning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar.
Qurʼonning boʻlimlari sura deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mumkin. Har sura oyatlarga boʻlingan. Qurʼon 114 sura, 6236 oyatdan iborat. Har bir suraning oʻz nomi bor. Oyatlar esa tartib raqami bilan berilgan. Suralarning nomlari uning boshida kelgan soʻzdan olingan yoki zikri koʻproq kelgan narsalar, voqealar yohud asosiy qahramon nomi bilan atalgan. Keyinchalik oʻqish va yodlash oson boʻlishi uchun Iroq hokimi Hajjoj ibn Yusuf (hukmronlik yillari 694—714) koʻrsatmasiga binoan Qurʼon 30 qism (arabcha: juz, forscha: pora)ga boʻlingan. Qurʼonda birinchi kelgan „Fotiha“ surasidan keyingi suralar katta, oʻrtacha va kichik suralar tartibida joylashgan. 2-Baqara surasi 286 oyatdan, eng qisqa Kavsar surasi 3 oyatdan iborat. Eng qisqa oyatlar „Toho“ va „Yosin“, eng uzun oyat „Baqara“ surasining 282-oyatidir. Suralar nozil boʻlish vaqti va joyiga koʻra 2 ga: hijradan oldin nozil boʻlgan suralar — „Makka suralari“ (610—622 yillar, 86 sura) va hijradan keyin nozil boʻlgan suralar — „Madina suralari“ (622-yildan, 28 sura) ga ajratiladi.
Qurʼon matnining koʻp qismi Alloh bilan soʻzlashish, islom dushmanlari yoki undan ikkilanuvchilar bilan munozara qilish shaklida berilgan.
Qurʼonni nuqtalashni Abul Asvad Dualiy amalga oshirdi. U nuqta alomatlarini harflarning usti, osti va oʻrtasiga qoʻyib chiqdi. Vaqt oʻtishi bilan kishilar Qurʼonni xato oʻqimasliklari va uning qiroati haqida turli ixtilofga tushmasliklari uchun, ulamolar musʼhaflarga diakritik belgilar (fatha, kasra, zamma) qoʻyish kerak, degan fikrga toʻxtaldilar. Bu ishni Iroq hokimi Hajjoj ibn Yusuf hukmronlik davrida Hasan Basriy bajardi. Bunda asl harflarga zarracha oʻzgartirish kiritmaslik sharti qoʻyildi. 9-asrga kelib Qurʼon arab boʻlmagan xalqlar tomonidan ham xatosiz oʻqish mumkin boʻlgan holga keldi. Taraqqiyot davri kelib, Qurʼonni texnik jihozlar vositasida chop etish masalasi koʻndalang boʻldi. Lekin ulamolar avvaliga Qurʼonning obroʻsiga toʻgʻri kelmaydi, degan fikr bilan bu ishga ruxsat bermadilar. Ammo vaqt oʻtishi bilan musulmonlar ham nashr ishlarini oʻzlashtirdilar. Qurʼonni chop etishga ehtiyoj ortib bordi va ulamolar kerakli shartlarni qoʻyib, Qurʼonni chop etishga izn berdilar.
|
3
|
NAMOZ
|
Namoz (arab.) — islom koʻrsatmalari boʻyicha bajariladigan maxsus ibodat turi; islomdagi 5 rukndan biri. N. musulmonlarga meʼroj kechasi (qarang Isro va meʼroj) farz qilingan birinchi ibodatdir. Bir kecha-kunduzda 5 mahal (bomdod, peshin, asr, shom, xufton) N. oʻqish farz hisoblanadi. N. oʻqish „Allohu akbar“ deb takbir aytish bilan boshlanib, sano, Qurʼon oyatlaridan tilovat qilishda duolar oʻqish, rukuʼ, sajda, tiz choʻkib oʻtirish, salom berishlarni oʻz ichiga oladi. N.ning bir necha turlari mavjud. Mas, farz, vojib, sunnat, nafl, ishroq, tahajjud, qazo, shukri vuzu, janoza va boshqa qoʻshimcha N.lar borki, ularni ado etish musulmon kishining ixtiyoriy ibodati sanaladi. Farz, vojib, sunnat N.lari esa ado etilishi sharʼan talab etiluvchi N.lar sirasiga kiradi.
N. oʻqish uchun namozxonning badan va kiyimlari hamda oʻqish joyi pok boʻlishi shart. N. qiblaga — Makkadagi Kaʼba ibodatxonasiga qarab oʻqiladi. Uni oʻqishda maxsus toʻshama — joynamozdan foydalanish odatga aylangan. N.ni kishi bir oʻzi yoki jamoa boʻlib oʻqishi mumkin, lekin juma kunidagi juma N.ini masjidda jamoa bilan oʻqish tavsiya etiladi. Jamoa boʻlib N. oʻqiganda namozxonlar qator turadi, ulardan biri (imom) imomlikka oʻtadi. N. paytida gapirish, yeyish, ichish, kulish, yigʻlash, yoʻtalish, turli harakatlar qilish va boshqa mumkin emas. Kasal va nogironlar N.ni oʻzlariga qulay holatda oʻqiydilar.
Islomdagi mazhablar koʻrsatmalarida N. oʻqish qoidalarining bir-biridan farq qiladigan jihatlari bor. Oʻzbekistonda N., asosan, hanafiylik mazhabiga muvofiq oʻqiladi.[1]
|
4
|
ZAKOT
|
Zakot (arab. — tozalanish, sadaqa berish) — molmulk va daromaddan beriladigan sadaqa, xayrehson. Islomning 5 asosiy talablaridan biri. Shariatta muvofiq, muayyan boylikka ega boʻlgan katta yoshdagi musulmon Zakot beradi. Zakot beruvchi kishining mablagʻi oʻzi va qaramogʻidagilarning zaruriy ehtiyojlaridan ortiqcha boʻlishi lozim. Bu mablagʻga kishining jamgʻarmasi, doʻkonda sotiladigan narsalari, sotaman deb olib qoʻygan narsalari, birovga bergan qarzi kiradi. Qurʼoni karimning ayrim suralarida Zakot namoz bilan yonmayon zikr etilgan. U yilda bir marta berilishi shart boʻlgan xayrehson (sadaqa) qatoriga kiradi va ayni vaqtda ibodat hisoblanadi. Zakot miqdori mablagʻlarning 1/40 ulushi (2,5%)ga teng. Zakotni zakot berolmaydigan musulmonlar olishga haqli. Zakot avval qarindoshlar orasidagi muxtojlarga, bunday qarindoshlar boʻlmasa, kambagal, qarzdor, musofirlarga beriladi. Dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan Zakot miqdori bir oz boshqacharoq belgilangan. Zakotning asl hikmati faqir va muhtojlarning hojatini chiqarmoqdir.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |