Mavzu: Ona-Vatan



Download 0,78 Mb.
bet25/35
Sana31.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#210463
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Bog'liq
Mavzu Ona-Vatan-fayllar.org

Dars texnologiyasi

Dars elementlari


I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

Davomiyligi


1

4

5

10

5

5

3

10

1

1



Texnologik xarita


Mavzu


Do'st tanlash va tanishuv qoidalari

Maqsad va vazifalar


O'qituvchi: o'quvchilarda do'stlashish qoidalari va do'stlikni saqlab qolishning zarurligi haqidagi tushunchalarni tarkib toptirish.


Dars jarayonining borishi


Tashkiliy qism.

Yangi dars mavzusini e'lon qilish. Do'stlashish va tanishish qoidalarini yoddan ayttirish. "Fil bilan Maymun" ertagini sahnalashtirib ko'rsatish.

Dam olish daqiqasi. Savollar asosida suhbatlashish. Darsni yakunlash. Uyga vazifa berish.


O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi




Uslub: an'anaviy (ayrim interfaol metodlar qo'llangani holda). Shakl: sinf-dars.

Texnologik usul: integrativ dars.

Vosita: darslik, rasm.

Nazorat: frontal, yakka.

Kutilayotgan natijalar


O'qituvchi: darsning maqsadiga erishish.


O'quvchi: do'stlashish va do'stlikni saqlash haqida zarur tushunchalarni bilish.


Kelgusi rejalar


O'qituvchi: o'tilgan mavzuning keyingi mavzu bilan uyg'unligini ta'minlaydi. O'quvchilarda do'st­lashish odobi va do'st­likni saqlashga nisbatan barqaror rag'batni vujudga keltirish.


O'quvchi: do'stlikka sodiq bo'lish.


Darsning borishi:

I. Darsni tashkil etish.

II. O'tilgan mavzu uy vazifasini so'rash orqali mustahkamlanadi.

III. Darsning kirish qismida ikki o'quvchiga oldindan topshirilgan topshiriq asosida o'qituvchi Po'lat Mo'minning "Bu juda soz" she'rini yoddan o'qitadi:

Turli-tuman

Bolalar ko'p

Jahonda.

Yig'ilsalar,

Sig'mas ming-ming

Maydonga!

— Bu juda soz,

Bu juda soz,

Juda soz!

Biri sariq,

Biri oq tan, qora tan,

Ahil bo'lsa.

Qil o'tmasa oradan.

— Bu juda soz,

Bu juda soz,

Juda soz!

Qilich-to'qmoq

O'ynab bo'lsa

Chin o'rtoq.

Ulg'aysa ham

Ro'y bermasa

Hech chatoq:

— Bu juda soz,

Bu juda soz,

Juda soz!



IV. O'qituvchi o'quvchilarga quyidagi savol bilan murojaat qiladi: "Qani ayting-chi, she'rda turli millat bolalarining do'stligi qanday tasvirlangan?"

V. Darslikdagi rasm asosida suhbat.

VI. "Buni bilib oling" shartli belgisi bilan berilgan matnni o'qish.

VII. Dam olish daqiqasi.

VIII. Darslikdan jumboqni yechish (javob: afzal so'zi).

IX. Bilimlarni nazorat qilish.

X. Uyga vazifa: "Buni bilib oling" shartli belgisi biln berilgan matnni qayta so'zlab berish.


Mavzu:_Chin_dostlik_millat_tanlamas__Maqsad'>24- dars

Mavzu: Chin do'stlik millat tanlamas

Maqsad:

a) ta'limiy: o'quvchilarga do'stlik millat tanlamasligiga oid tushunchalarni singdirish;

b) tarbiyaviy: o'quvchilarda turli millat va elat bolalari bilan do'stlashishga intilishni tarkib toptirish;

d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarda turli millat bolalari bilan do'stlashish ko'nikmalarini rivojlantirish.



Dars uslubi: an'anaviy dars. Dars jihozi: "Odobnoma"darsligi.

Dars texnologiyasi

Dars elementlari


I

II

HI

IV

V

VI

VII

VIII

IX

Davomiyligi

5

5

10

5

10

3

3

2

2



Texnologik xarita


Mavzu


Chin do'stlik millat tanlamas

Maqsad va vazifalar


O'qituvchi: o'quvchilarda do'stlik millat tanlamasligi haqidagi tushunchalarni tarkib toptirish.


Dars jarayonining borishi


Tashkiliy qism.

Yangi mavzuga kirish so'zi.

Matn o'qish.

Matnni tahlil qilish.

Jumboq yechish

Darsni yakunlash.

Uyga vazifa berish.


O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi




Uslub: an'anaviy (ayrim interfaol metodlar qo'llangani holda). Shakl: sinf-dars. Texnologik usul: o'quvchilar fikrini faollashtirish. Vosita: darslik, rasm. Nazorat: frontal, yakka.

Kutilayotgan natijalar


O'qituvchi: o'quvchi­larda do'stlik millat tanlamasligi haqidagi tushunchalani tarkib toptirish.


O'quvchi: turli millat bolalari bilan do'stla­shish va do'stlikni saqlash haqida zarur tushunchalarni bilish.


Kelgusi rejalar


O'quvchilarda turli millat bolalari bilan do'stlashish odobi va do'stlikni saqlashga nisbatan barqaror rag'batni vujudga kel­tirish.


O'quvchi: turli millat bolalari bilan do'stlashishning ahamiyatini anglash.


Darsning borishi:

I. Darsni tashkil etish.

II. Uyga berilgan vazifani so'rash.

III. Yangi mavzuni e'lon qilish.

IV. O'quvchining kirish so'zi.

V. Darslikdan "Chin do'stlik millat tanlamas" matnini ifodali o'qish.

VI. Savollar asosida matn mazmuni haqida o'quvchilar bilan suhbatlashish.

VII. Darslikda berilgan jumboqni yechish (javob: sinaladi so'zi).

VIII. Darsni xulosalash va o'quvchilar bilimini rag'batlantirish.

IX. Uyga vazifa: "Chin do'stlik millat tanlamas" voqeiy hikoyasi haqida fikr bildirish.

25- dars

Mavzu: Tartibli va tadbirli bo'ling

Maqsad:

a) ta'limiy: o'quvchilarga tartibli va tadbirli bo'lish, jamoat joylarida o'zini tutish odobi haqida tushuncha berish;

b) tarbiyaviy: o'quvchilarga tartibli va tadbirli bo'lish, jamoat joylarida o'zini tutish odobining o'ziga xos xususiyatlarini anglatish;

d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarda tartibli va tadbirli bo'lish, jamoat joylarida o'zini tutish odobi ko'nikmalarini rivojlantirish.

Dars uslubi: an'anaviy dars (predmetlararo aloqani qo'llagan holda).

Dars jihozi: darslik.

Dars texnologiyasi

Dars elementlari


I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

Davomiyligi


1

4

5

10

5

10

3

3

2

2



Texnologik xarita


Mavzu


Tartibli va tadbirli bo'ling

Maqsad va vazifalar


O'qituvchi: o'quvchilarga tartibli va tadbirli bo'lishning ahamiyatini anglatish.


Dars jarayonining borishi


Tashkiliy qism. Uy vazifasini so'rash.

O'qituvchining yangi dars mavzusi bo'yicha kirish so'zi.



Darslikdan "Buni bilib oling" shartli belgisi bilan berilgan matnni ifodali o'qish (tartibli va tadbirli bo'lish haqida).

Dam olish daqiqasi. She'rni o'qish va topshiriqni bajarish.

Darslikdan "Buni bilib oling" shartli belgisi bilan

berilgan matnni ifodali o'qish (jamoat joylarida

o'zini tutish haqida).

Darslikdagi rasmlar asosida suhbat.

Darsni yakunlash.

Uyga vazifa berish.

O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi




Uslub: an'anaviy (ayrim interfaol metodlar qo'llangani holda). Shakl: sinf-dars. Texnologik usul: o'quvchilar fikrini faollashtirish. Vosita: darslik, rasm. Nazorat: frontal, yakka.

Kutilayotgan natijalar


O'qituvchi: o'quvchi­larda tartibli va tadbirli bo'lish haqidagi tu­shunchalarni tarkib toptirish.


O'quvchi: tadbirli va tartibli bo'lish haqida tushunchalarni bilish.


Kelgusi rejalar


O'qituvchi: predmetlararo aloqa metodini qo'llab, o'quvchilarda tartibli va tadbirli bo'­lish, jamoat joylarida o'zini tutishga oid tushunchalarni to'liq shakllantirishga erishish.


O'quvchi: jamoat joylari­da o'zini tutish ko'nik- malariga ega bo'lish.




Darsning borishi:

I. Darsni tashkil qilish.

II. Uy vazifasini so'rash orqali o'tilgan mavzu mustahkamlanadi.

III. O'qituvchi yangi dars mavzusi bilan o'quvchilarni tanishtirib, quyidagilar haqida gapiradi: "Bugungi dars mavzuyimiz: "Tartibli va tadbirli bo'ling" deb nomlanadi. Ushbu darsda biz Sizlar bilan birgalikda tartibli va tadbirli bo'lish, jamoat joylarida o'zini tutish haqida suhbatlashamiz. O'tmishda yashab o'tgan mashhur donishmandlardan Husayn Voiz Koshifiy jamoat joylarida o'zini tutish odobi haqida quyidagilarni yozib qoldirgan: "Kishi ko'chada yurishga majbur. Ko'chada yurish qoidalariga rioya qilishiga qarab, kishilarning qay yo'sinda tarbiya topganini bilib oladilar".

Jamoat joylarida quyidagilarga rioya qil:

* O'zingni baland va mag'rur tutma,

* Yomon joylardan o'zingni uzoq tut.

* Gavjum joylarda hech kimni yelkang bilan turtma.

* Birovni uzoqdan baland ovoz bilan chaqirma.

* Eshik ochiq bo'lsa ham, so'rab kir.

* Tinchlikni buzma, bor ovozingni qo'yib qo'shiq aytma, baqirib gapirma.

* Ishing bo'lmasa, kattalarni bemavrid bezovta qilma.

IV. "Buni bilib oling" shartli belgisi bilan berilgan matnni o'qish va mazmunini qayta hikoya qilish (tartibli va tadbirli bo'lish haqida).

V. Dam olish daqiqasi.

VI. She'rni o'qish va topshiriq asosida mazmunini o'zlashtirish.

VII. "Buni bilib oling" shartli belgisi orqali berilgan matnni o'qish (jamoat joylarida o'zini tutish haqida).

VIII. Darslikdagi rasmlar asosida suhbat.

IX. Darsga yakun yasalib, faol ishtirok etgan o'quvchilar rag'batlantiriladi.

X. Uyga vazifa: "Buni bilib oling" (jamoat joylarida o'zini tutish haqida) shartli belgisi bilan berilgan matnni qayta so'zlab berish.
26- dars


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish