Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish



Download 62,42 Kb.
bet5/6
Sana14.07.2022
Hajmi62,42 Kb.
#798850
1   2   3   4   5   6
Uyushiq, bo‘laklarda son, egalik va kelishik qo‘shimchalarining qo‘llanishi. Bu mavzuga oid material uyushiq bo‘laklarda son, egalik va kelishik qo‘shimchalarining ikki xil qo‘llanishiga oid til materiallarini tahlil qilish orqali o‘zlashtiriladi.
1.Biz bundan buyon ham sayohat va ekskursiyalarimizni davom ettiramiz. 2. Shaharlarimizda va qishloqlarimizda ko‘p qavatli binolar qurilmoqda. Uyushiq bo‘laklarni toping. Gapning qaysi bo‘laklari uyushganligini ayting. Son, egalik va kelishik qo‘shimchalari qo‘shilgan uyushiq bo‘laklarni ko‘rsating.
Qay birida bu qo‘shimchalar qo‘llanmagan?
O‘qituvchi javoblarni xulosalaydi: har xil gapni ( 1-gapdagi uyushiq bo‘laklarni sanash ohangida, 2-gapdagi uyushiq bo‘laklarni sanash, ta’kidlash ohangida) ifodali o‘qib, 1-gapda son, egalik, kelishik qo‘shimchalari uyushiq bo‘laklarning oxirgisiga (ekskursiya)qo‘shilib, oldingi uyushiq bo‘lakka (sayohat) ham taalluqliligini, 2-gapda son, egalik, kelishik qo‘shimchalari bo‘laklarning har biriga qo‘shilganligini aytib quyidagi xulosani bayon qiladi.
Son, egalik, kelishik qo‘shimchalari, odatda uyushiq bo‘laklarni oxirgisiga qo‘shilib, ularning hammasiga taalluqli bo‘ladi. Agar uyushiq bo‘laklarning har birini ta’kidlash zarur bo‘lsa, son, egalik, kelishik qo‘shimchalari uyushiq bo‘laklarning har biriga qo‘shiladi.
Yana misollar keltirib, uyushiq bo‘laklar va ularga qo‘shilgan qo‘shimchalar tahlil qilinib, tagiga chizdiriladi.
1. Maktab kutubxonasi uchun yangi gazeta va jurnallar olib kelindi. 2. Sherali lola va tog‘ gullaridan katta chiroyli guldasta yasadi. 3. Burgutlar va lochinlar ilonga o‘ch bo‘lishadi.
Uyushiq bo‘laklar, ularda son, egalik va kelishik qo‘shimchalarining qo‘llanishi, vergulning ishlatilishiga oid grammatik topshiriqli izohli diktant.
1.Tog‘ etaklaridan nafis gullarning, xushbo‘y giyohlarning hidlari anqiydi. 2. Yosh terak va tollarning yashil barglari shamolda tebranmoqda. 3. Shotut daraxti respublikamizning hamma viloyat va tumanlarida o‘sadi. Uni hovlilarda, tomorqalarda, bog‘larda ko‘plab o‘stirish mumkin. U joy tanlamaydi, jarda ham, tog‘da ham, tekis yerlarda ham juda yaxshi o‘sib mo‘l hosil beradi. 4. Hovlidagi yong‘oq va o‘riklarning barglari va buta oralarini taram-taram qizg‘ish nur yoritmoqda.
Mustaqil ish. Son, egalik, kelishik qo‘shimchalari uyushiq bo‘laklarning oxirgisiga va har biriga qo‘shilib kelgan gaplar tuzish.
Uyushiq bo‘laklarda umumlashtiruvchi so‘zning qo‘llanishi. Uyushiq bo‘laklarda umumlashtiruvchi so‘zning qo‘llanishini o‘rgatish umumlashtiruvchi so‘z tushunchasini izohlashdan boshlanadi. Buning uchun umumlashtiruvchi so‘zsiz qo‘llangan va umumlashtiruvchi so‘zli gaplar berilib, avval uyushiq
bo‘laklarni toptirish, so‘ngra shu uyushiq bo‘laklarni jamlab, umumlashtirib ifodalayotgan so‘zni ko‘rsatish talab qilinadi:
1. Atrofni qurshagan tog‘lar, qirlar, daraxtlar bahor havosiga cho‘milgan- day tiniq ko‘rinadi. 2. Atrofni qurshagan tog‘lar, qirlar, daraxtlar — hamma narsa bahor havosiga cho‘milganday tiniq, yashil ko‘rinadi.
Gaplarni o’qing. Uyushiq bo‘laklarni toping. Qaysi gaplarda uyushiq bo‘laklarni jamlab, umumlashtirib ifodalagan so‘z qo‘llangan? Uni ko‘rsating.
O‘quvchilarning javoblari xulosalanadi:
Uyushiq bo‘laklar umumlashtiruvchi so‘zlar bilan ham qo‘llanadi. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklarni jamlab ko‘rsatib, uyushiq bo‘laklar bilan bir xil vazifani bajarib, bir xil so‘roqda javob bo‘ladi. Ko‘pincha belgilash, bo‘lishsizlik olmoshlari va jamlikni bildiradigan otlar umumlashtiruvchi so‘z bo‘lib keladi.
Umumlashtiruvchi so‘zlar uyushiq bo‘laklardan oldin yoki keyin keladi. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan oldin kelganda, u izohlashni talab qiladi, ya’ni umumlashtiruvchi so‘zni uyushiq bo‘laklar orqali izohlash lozim bo‘ladi. Shuning uchun uyushiq bo‘laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so‘z izohlash, ta’kidlash ohangi bilan aytiladi: umumlashtiruvchi so‘zda tovush ko‘tariladi, keyin pauza qilinib, uyushiq bo‘laklar pasayuvchi ohang bilan aytiladi.
Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan keyin kelganda, u uyushiq bo‘laklarni jamlab, umumlashtirib ifodalashga xizmat qiladi. Bunda umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan ajratilib, pasayuvchi tovush bilan aytiladi.
Bu yerda yeru suv, zavod, fabrika - barchasi xalq mulkidir.
Umumlashtiruvchi so‘z sodda yoki murakkab bo‘lishi mumkin. Sodda umumlashtiruvchi so‘z birgina mustaqil so‘z bilan ifodalanadi:
1. Lermontovning bolaligi Penza gubernasining Tarxani qishlorida o‘tdi. Osuda qishloqning go‘zal manzaralari, ko‘m-ko‘k o‘tloqlar, daraxtzorlar, chang-
g‘uborsiz so‘qmoqlar, daryoning so‘lim sohillari — hammasi yosh shoir qalbida chuqur taassurot qoldirdi.
Murakkab umumlashtiruvchi so‘z birdan ortiq mustaqil so‘z bilan ifodalanadi:
1. Hovlining qariyb butun sahniga chiroyli reja bo‘yicha har nav ekin: pomidor, piyoz, sabzi, kartoshka, ukrop, baqlajon, ko‘k va qizil garmdorilar ekilgan edi. 2. Ko‘chalar, uylar — hamma tomon yam-yashil ko‘kat va yaproqlarga qalinroq burkanganday ko‘rinardi.
Umumlashtiruvchi so‘z o‘zaro zidlik, ayiruv munosabatlarini bildirgan uyushiq bo‘laklarda qo‘llanmaydi.
Mustahkamlashda umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan oldin va keyin kelgan gaplardan uyushiq bo‘laklar va umumlashtiruvchi so‘zni topish, tinish belgisiga diqqat qilish, bu gaplarni ovoz chiqarib ifodali o‘qishni mashq qildirish zarur. So‘ngra tinish belgilarining ishlatilishini tushuntirish, tushirilgan tinish belgilarni qo‘yib, umumlashtiruvchi so‘zli gaplarni ko‘chirish, uyushiq bo‘laklarga umumlashtiruvchi so‘z qo‘shib ko‘chirish, umumlashtiruvchi so‘zli gaplar tuzishga oid mashqlar bajariladi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining muhim vazifasi o‘quvchilarga mavzuni o‘zlashtirishga bo‘lgan ishtiyoqni shakllantirish va rivojlantirishdir. O‘quvchilar bajargan topshiriqlaridagi har bir so‘z, ibora va gapning ma’nosini yaxshi bilishlari o‘qituvchining mahoratidan darak beradi.

Download 62,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish