Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish REJA:
Ona tili darslarida uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rgatish
O‘zbek tilida uyush‘iq bo‘laklarning qo‘llanishi xususiyatlari
Bo‘lajak o‘qituvchi oldiga oldida til qoidalari va qonuniyatlarini yaxshi bilish, kasbga oid fan asoslari bilan atroflicha tanishish, o‘zlashtirish talabi qo‘yilgan. Bu talab “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Kadrlar tayyorlash miliy dasturi haqida”gi Qonunlar, qolaversa Davlat ta’lim standartlarida aniq va ravshan belgilab qo‘yilgan. Chunki til qoidalarini yaxshi tushunish va bo‘lajak o‘qituvchiga ravon va to‘g‘ri, mustaqil fikrlash imkoniyatlarini keng ochadi. “Biz ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan bebaho vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur”1.
O‘quvchilarning savodxonligini oshirish ularning bilim ko‘lamini chuqurlashtirishimizda asosiy omil bo‘ladi. Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rgatish orqali ularning og‘zaki va yozma nutqi shakllantiriladi.
O‘mumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti asosida tuzilgan maxsus o‘quv dasturining asosiy talablaridan biri o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, bilish faolligini oshirishdir. Bularni amalga oshirish uchun o‘quvchilarni til hodisalari haqida o‘ylashga, fikrlashga, mulohaza qilishga muhokama yuritishga, xulosa chiqarishga o‘rgatadigan samarali metod va usullardan foydalanish talab etiladi. Yangi mavzuni tushuntirishda til materialini
1 Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat-engilmas kuch. T., Ma‘naviyat, 2008, 87-bet.
kuzatish, tahlil qilish, uning muhim belgilarini aniqlash, taqqoslash, guruhlash va umumlashtirish usullaridan foydalanildi.
Ona tili ta’limi standarti ko‘rsatkichlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil fikrlay olish qobiliyatini, ifodalangan fikrni anglash va o‘z fikrini savodli, mantiqiy izchillikda bayon eta olishga o‘rgatish orqali belgilanadi. O‘zbek tilining sintaktik qurilishida uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rganish masalasi atroflicha ishlanishni talab qiluvchi, nazariy va amaliy qimmati katta bo‘lgan dolzarb masalalaridandir. O‘zbek tilida gap bo‘laklarining uyushib kelishi ancha uzoq tarixga ega. Uyushiq bo‘laklarning ko‘plab qo‘llanishini XI asrda va undan so‘ng yaratilgan asarlarda ko‘plab uchratamiz. Bu hodisa barcha turkiy xalqlar, shu jumladan, o‘zbek xalqi uchun ham mushtarak bo‘lgan turk- runiy yozuvlarida ham, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida ham ko‘plab uchraydi.
Chektilar sharbatu taom avval,
Ikkisidin yetushdi kom avval ( Navoiy)
Ushbu yil shu haliq taomdin parhez qila boshladim. Pichoq va qoshiq va dasturxong‘acha ehtiyot qilur edim ( ”Boburnoma”).
Demak, hozirgi zamon o‘zbek tilida uyush‘iq bo‘laklarning qo‘llanishi tasodifiy hol bo‘lmay, tarixan shakllanib kelayotgan o‘ziga xos sintaktik hodisadir. Bu o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Uyushiq bo‘lak qismlari o‘zaro teng aloqada bo‘ladi. 2.Ular gapda bir xil sintaktik vazifa bajaradi.
Ular o‘zi uchun umumiy hisoblangan bo‘lak bilan bir xil munosabatda bo‘ladi.
Teng bog‘lovchilar yordami bilan bog‘lanadi yoki bog‘lanishi mumkin. 5.Sanash intonatsiyasi orqali talaffuz qilinadi.
6.Odatda bir xil so‘z turkumlaridan ifodalanadi.
Uyushiq bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishi teng bog‘lovchilar, yuklamalar va to‘xtam, ohang yordami bilan bo‘ladi. Teng bog‘lovchilar yordamida bog’langan uyushiq bo’laklar gap bo’laklarining o’zaro uyushish munosabatlaridagi ayrim
xususiyatlariga ko’ra, intonatsiya yordamida bog’langan uyushiq bo’laklarga nisbatan ozmi-ko’pmi farq qiladi: bog’lovchilarning qatnashuvi uyushgan bo’laklarning ochiq, yanada aniqroq ifodalashni ta’min etadi.
Uyushgan bo’laklarning o’zaro bog’lanishida ishlatiladigan bog’lovchilar qo’llanish usullariga ko’ra asosan uch xil: o‘zbek tilida gapning uyushiq bo‘laklarini bog‘lash uchun teng bog‘lovchilar - biriktiruv, zidlov, ayiruv bog‘lovchilari qo‘llanadi. Bu bog‘lovchilar o‘z vazifalariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
O‘zbek tilida gapning uyushiq bo‘laklari yozuvchilarning asarlarida ma’ruzachilarning nutqida uslubiy vosita sifatida juda keng qo‘llanmoqda. Chunki ular fikrni aniq, to‘liq, obrazli ifodalaydi, shuningdek, nutqqa ifodalilik, ko‘tarinkilik berish uchun xizmat qiladi. Ular ifodani ixcham tuzish, unda his- hayajon holatlarni to‘la aks ettirish, stilistik ravonlik va ixchamlik singari xususiyatlar bilan tilimizda katta ahamiyatga ega bo‘lgan grammatik kategoriyalardan hisoblanadi. Shuning uchun bu sintaktik hodisa ifoda vositasi sifatida nutqimizning deyarli hamma turida, ayniqsa, yozma nutq turlarida, badiiy adabiyotning turli janrlarida ancha keng qo‘llaniladi va dolzarb hodisa hisoblanadi. Ona tili darslarida ta’lim-tarbiyaviy vazifalar bir butunlikda hal qilinadi, bolalar atrofni o‘rab olgan muhit haqida, mustaqil Vatanimizning o‘tmishi, bugungi va kelajagi haqidagi bilimlari kengayadi; milliy g‘oya shakllanadi, ular aqliy jihatdan kamol topadilar, mustaqil fikrlashga, mushohada yuritishni o‘rganadilar. Boshlang‘ich sinflarda “Ona tili kitobi”ni tahlil qilish fikrimizni tasdiqlaydi. Bu kitobda topshiriqlar mazmuni va matnlar o‘zaro bog‘liq holda
berilgan.
Ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni birgalikda amalga oshirish uchun Ona tili darslarida matn va mashqlar ustida ishlash kerakligi ham muhimdir. Ona tili darslarida o‘quvchilarga bilim va ko‘nikmalarning ma’lum jihatlarini egallatishni, ularda o‘ziga xos shaxsiy sifatlarni shakllantirish bilan bog‘lab amalga oshiriladi.
Ona tili kitoblariga kiritilgan matn va mashqlarda Vatan, ona, xalq, tarix haqidagi bilimlar o‘quvchilarning sinfdan sinfga o‘tishi bilan tobora
chuqurlashtirila boriladi. Vatan, uning o‘tmishi va hozirgi kuni Ona tili kitoblarida markaziy mavzu hisoblanadi. Mavzularni o‘rganish jarayonida uyushiq bo‘lakli gaplardan qanday foydalanish kerakligi bo‘yicha malakaga ega bo‘ladilar. Ona tili darslarida mavzular bir-biri bilan uzviy bog‘lanadi. Bu hol ta’lim va tarbiya jarayonining birligi haqida to‘xtashga imkon beradi. O‘quvchilar atrof-muhit, borliq haqida qanday bilimlarni egallashlari, ularda qanday bu ishlarni amalga oshirishni o‘rganadilar.
4-sinfda o‘quvchilar otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishi va asosiy so‘roqlariga qarab ularning bir- biridan farqlanishi, kelishik qo‘shimchalarining yozilishini; sifat yuzasidan o‘rganilganlar takrorlanib, qip-qizil, yum- yumaloq kabi sifatlarning yozilishini; son, uning ma’nosi, sanoq va tartib sonlar, ularning so‘roqlari, tartib sonlarning yozilishini; kishilik olmoshlari, ularning uch shaxsda, birlik va ko‘plik sonda qo‘llanishini, kelishiklar bilan turlanishini o‘rganadilar. Bu sinfda o‘quvchilarga fel zamonlari: fe’llarning tuslanishi (shaxs-son qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi) haqida tushuncha beriladi, uch zamonda: o‘tgan, hozirgi, kelasi zamonda qo‘llanishi, o‘tgan zamon qo‘shimchasi (-di) ning aytilishi va yozilishi o‘rgatiladi. Dasturning “Gap” bo‘limi materiallarini o‘rganishga bolalarni tayyorlash maqsadida ular nutqida ko‘proq ishlatiladigan bog‘lovchilar bilan amaliy tanishtiriladi.
So‘zning tarkibi va so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida turli so‘z turkumlariga oid so‘zlarning xilma-xil ma’nolarda qo‘llanilishi, so‘zni gapda, so‘z birikmasida to‘g‘ri, o‘rinli, aniq ishlatishni bilib olishga yordam beradigan leksik mashqlar, shuningdek, o‘quv yili davomida o‘rganiladigan imlosi qiyin so‘zlarning yozilishini bilib olishga ko‘maklashadigan lug‘aviy-imloviy mashqlar o‘tkaziladi. O‘quvchilar darslikda berilgan lug‘atdan, boshlang‘ich sinflar uchun nashr etilgan imlo lug‘atidan foydalanishga o‘rgatiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga gap haqida: gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari (darak, so‘roq, buyruq gap) haqida, his-hayajon bilan aytilgan gaplar; gapning mazmuniga ko‘ra oxiriga nuqta, so‘roq va undov belgisining qo‘yilishi
haqida; gap bo‘laklari, gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqida, gaplar so‘z birikmalariga ajratilishi haqida dastlabki ma’lumotlar to‘rt o‘quv yili davomida izchillik bilan berib boriladi.
Birinchi sinfda o‘quvchilar nutqdan gapni ajratib olishga, gapni alohida so‘zdan farqlashga, gapni o‘qiganda ohangiga rioya qilishga, ma’lum tayyorgarlikdan so‘ng, gapning birinchi so‘zini bosh harf bilan boshlab yozishga va oxiriga nuqta qo‘yishga o‘rganadilar. Ikkinchi sinfda esa oldingi sinfda berilgan bilimlar yangi til materiallari asosida mustahkamlanadi, o‘quvchilar gapning oxirida nuqtadan tashqari so‘roq belgisi va undov belgisining ishlatilishi bilan tanishadilar va oxiriga qo‘yilgan tinish belgisiga mos ohangda gapni o‘qishga o‘rganadilar.
O‘quvchilar gap bo‘laklarini o‘rganishga ikkinchi sinfda tayyorlanadilar, ular gap kim? (kimlar?) yoki nima? (nimalar?) haqida aytilishini bildirgan so‘zni (egani) hamda ular haqida nimalar deyilganini bildirgan so‘zni (kesimni) topishga, o‘rgatiladi (ega va kesim atamalari berilmaydi). Bu mavzularni o‘rganish jarayonida gapda o‘zaro bog‘langan so‘zlarni aniqlashga oid mashqlar o‘tkazib boriladi.
Uchinchi sinfda gapning turlari (darak, so‘roq, buyruq gap) o‘rgatiladi. Ularni ohangiga ko‘ra talaffuz qilish tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘ya bilish haqida tushuncha beriladi, og‘zaki va yozma nutqda qo‘llashga o‘rgatiladi. Bu sinfda gap bo‘laklari: ega, kesim va ikkinchi darajali bo‘laklar mavzulari ham o‘rganiladi (Ikkinchi darajali bo‘laklar turlarga ajratilmaydi). O‘quvchilar so‘z birikmalari bilan amaliy tanishtiriladi.
To‘rtinchi sinfda va, ammo, lekin, bog‘lovchilari yordamida bog‘langan va bog‘lovchilarsiz qo‘llangan uyushiq bo‘lakli gaplar o‘rganiladi. O‘quvchilar uyushiq bo‘lakli gaplarni sanash ohangida o‘qishga; va, ammo, lekin, bog‘lovchilari bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklarda shu bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yib yozishga, uyushiq bo‘lakli gaplardan og‘zaki va yozma nutqda foydalanishga o‘rganadilar.
O‘quvchilar birdan ortiq ega, birdan ortiq kesim, bir xil so‘roqqa javob bo‘lgan va gapning bir bo‘lagiga bog‘lanib kelgan birdan ortiq ikkinchi darajali bo‘laklar gapning uyushiq bo‘laklari ekanligi, uyushiq bo‘laklar o‘zaro va, ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari bilan bog‘lanishi bilan birinchi marta tanishadilar. Boshlang‘ich sinflarda gapning uyushiq bo‘laklari bir xil so‘roqda javob bo‘lishi, gapda bir xil vazifani bajarishi, sanash ohangi bilan aytilishi, bosh bo‘laklar ham, ikkinchi darajali bo‘laklar ham uyushib kelishi mumkinligi, uyushiq bo‘laklarning o‘zaro bog‘lovchisiz hamda, va, ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari bilan bog‘lanishi o‘rgatiladi. Uyushiq bo‘laklarda tinish belgilarning ishlatilishi yuzasidan quyidagi ma’lumot ham boshlangich sinflarda beriladi.
Gapning uyushiq bo‘laklari bog‘lovchilarsiz bog‘lansa, ular orasiga vergul qo‘yiladi.
Gapning uyushiq bo‘laklari ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari bilan bog‘lansa, shu bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi. Va bog‘lovchisi bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo‘yilmaydi.
Gapda so‘zlarning bir-biri bilan bog‘lanishi mavzusi o‘tilganda so‘zlarning bir-biri bilan teng bog‘lanishi, teng bog‘langan so‘zlar gapning uyushiq bo‘laklarini hosil qilishi o‘rgatiladi.
“Gapning uyushiq bo‘laklari” mavzusini o‘rganishda o‘quvchilarning ta’limning quyi bosqichlarida gapning bunday bo‘laklari haqida hosil qilgan bilimlari kengaytirilib, juft holda qo‘llangan uyushiq bo‘laklar, uyushiq va uyushmagan aniqlovchi, uyushiq bo‘laklarning biriktiruv, zidlov bog‘lovchilaridan tashqari, ayiruv bog‘lovchilari, shuningdek, bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan bilan ko‘makchi va yuklamalar yordami bilan bog‘lanishi, uyushiq bo‘laklarda son, egalik va kelishik qo‘shimchalarining qo‘llanishi, uyushiq bo‘laklarda umumlashtiruvchi so‘zning qo‘llanishi, unda tinish belgilarning ishlatilishi haqida ma’lumot beriladi.
Gapning uyushiq bo‘laklari haqidagi umumiy ma’lumotni kengaytirishda o‘quvchilar gapning uyushiq bo‘laklari bir-biri bilan teng bog‘lanishi, o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi yordami bilan bog‘lanishi, gapda ega va
kesimning birdan ortiq kelishi hamma vaqt uyushiq bo‘lak hosil qilishi, ikkinchi darajali bo‘laklarning birdan ortiq bo‘lishi esa hamma vaqt uyushiq bo‘lak hosil qilavermasligi, uyushiq bo‘laklarning juft holda qo‘llana olishi bilan tanishadilar; uyushiq gaplarni gapda takrorlanib qo‘llangan bo‘laklardan farqlashni o‘rganadilar. Shuningdek, amaliy ishlarda o‘zaro ergashish yo‘li bilan bog‘langan gap bo‘laklari bilan o‘zaro teng bog‘langan gap bo‘laklarini farqlashga e’tibor beriladi. Bu orqali o‘quvchilarning gapdagi so‘zlarning o‘zaro borg‘lanishi haqida fikrlash faoliyatini o‘stirish, til sezgirligini oshirishga erishiladi.
Uyushiq bo‘lak haqidagi umumiy ma’lumotni kengaytirishda berilgan gaplar ko‘rsatilgan topshiriqlar asosida tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |