Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish



Download 62,42 Kb.
bet2/6
Sana14.07.2022
Hajmi62,42 Kb.
#798850
1   2   3   4   5   6
Asfalt ko‘chadan avtobuslar va yengil mashinalar o‘tib turadi.

  • Ona sahar paytigacha o‘tirib chiqdi, lekin toliqmadi.

  • G‘o‘za shoxlari oqish, pushti rang gullar bilan bezangan.

  • Sardor qo‘rqmas va kamtar, kamgap va qaysar bir bola edi.

    Gaplarni o‘qib, uyushiq bo‘laklarni toping. Ular qaysi so‘roqlarga javob bo‘layotganini, gapning qaysi bo‘lagiga bog‘langanini ayting.
    Gapning qaysi bo‘laklari uyushgan? Nima uchun ular uyushiq bo‘laklar deyiladi?
    Qaysi uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo’yilmagan? qaysilarida vergul qo’yilgan? Nima uchun? qaysi gapda bo‘laklar juft holda qo‘llangan?
    Bu topshiriqlar asosida o‘tkazilgan tahlil natijasida gapning uyushiq bo‘laklari haqida quyi sinflarda o‘tilganlar takrorlanib, xulosa qilinadi: gapda bir xil so‘roqda javob bo‘lgan, gapning bir bo‘lagiga bog‘langan birdan ortiq bo‘laklar uyushiq bo‘laklar deyiladi. Gapning egasi, kesimi, ikkinchi darajali bo‘laklari
    — to‘ldiruvchi, aniqlovchi va hol uyushib kela oladi. Uyushiq bo‘laklar o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki bog‘lovchilarsiz sanash ohangi yordamida bog‘lanib, bir- biridan pauza bilan ajratilib, sanash ohangi bilan aytiladi. Bunday ohangga rioya qilinmagan ayrim o‘rinlarda uyushiq bo‘laklar hosil bo‘lmasligi mumkin:
    Bog‘imizga anjir, shaftoli, nok, jiyda ko‘chatlari o‘tqizdik. Bog‘imizga anjir shaftoli, nok, jiyda ko‘chatlari o‘tqizdik.
    Va bog‘lovchisi qo‘llangan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo‘yilmaydi. Uyushiq bo‘laklar o‘zaro ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari yordami bilan bog‘lansa, bu bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi. Bog‘lovchisiz bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul quyiladi.
    Uyushiq bo‘laklar juft holda ham qo‘llanadi. Juft holda qo’llangan uyushiq bo‘laklarning ohangi o’ziga xos: har bir juft uyushiq bo‘lakning birinchi so‘zida ovoz kutariladi, keyingisida esa pasayadi, har bir juft uyushiq bo‘lak keyingisidan pauza orqali ajratiladi.
    Masalan: Odamning eng shirin, lazzatli va halol taomi o`z mehnati, qo`l kuchi bilan topgan rizqidir.
    Mazkur gapda eng shirin, lazzatli va halol hamda o`z mehnati, qo`l kuchi bilan guruh so`zshakllari uyushib kelgan. Bunda birinchi guruhdagi so`zshakllar bir xil so`roqqa - qanday? degan so`rog`iga javob bo`lib, sifatlovchi vazifasini bajargani holda, taomi umumiy bo`lagiga – egaga bog`langan; ikkinchi guruhdagi so`zshakllar ham bir xil so`roqqa - qanday? so`rog`iga javob bo`lib hol vazifasida kelib, topgan umumiy bo`lagiga – sifatlovchiga bog`langan. Har bir guruhdagi so`zshakllar o`zaro teng aloqaga kirishgan.
    Bunday teng aloqadagi so`zshakllar soni ikkidan va undan ortiq bo`lib, keyingi paytlarda ular tilshunoslikda “uyushiq qator”, “tenglanishli qator” deb yuritilmoqda. Tenglanishli qatorda ikkidan tortib o`n, hatto undan ko`p so`zshakl qatnashishi mumkin: Saroytoshning ikki tomonida qad ko`targan dara sohillari, undagi archazorlar, soy bo`yida o`sguvchi yulg`unzoru bizning uyimiz yaqinidagi eski chashma, chashma atrofida ko`karib yotadigan nilufarlar, yana qishloqning tor, egri-bugri ko`chalari, muyulishda do`mpaygan go`ng to`dalari, atrofdan eshitilib turadigan kakliklar sayrog`i, oqshom tushganida uylar ayvonida yonuvchi chiroqlar, chiroqlar tevaragida qur tutib suhbatga berilgan odamlar – bularning hamma-hammasi biz uchun aziz, qadrdon edi.
    Uyushiq qator quyidagi uyushiq bo`lak o`rnini egallaydi:

    1. Uyushiq ega: Qor-yomg`ir yog`ayotgan paytlarda ham ayollar va bolalar suvga kelishadi.

    2. Uyushiq kesim:

    1. uyushiq fe’l kesim: ... ufqqacha cho`zilgan lolazor rang-barang tovlanmoqda, yonmoqda.

    2. uyushiq ot kesim: qalbi pok bo`lgan kishining ishlari ham pok bo`ladi, toza bo`ladi.

    1. Uyushiq aniqlovchi:

    1. uyushiq sifatlovchi: Tabiatning hech kimga bo`ysunmaydigan, birovdan ruxsat ham so`rab o`tirmaydigan o`z qonunlari bor.

    Ba’zan ikki va undan ortiq sifatlovchilar sifatlanmishni turli tomondan aniqlaydi va shuning uchun ham uyushmagan sanaladi. Masalan: Tog` tepasida to`planayotgan qora bulutlar tushga borib quyuqlashib ketdi. (P.Qodirov). Bunda sifatlanmish (bulutlar) o`rniga nisbatan harakatdagi belgi (tog` tepasida to`planayotgan) va rang-tus (qora) jihatdan aniqlangan.
    Uyuushgan sifatlovchilar esa sifatlanmishni bir tomondan aniqlaydi. Masalan: Ular ichida sariq, binafsha rang gullar... asta silkinib, o`zlarini ko`z-ko`z qilmoqchi bo`lardilar. Bu gapda sifatlanmish (gullar) faqat rang-tus (sariq, binafsha rang) jihatdan tavsiflangan. Sifatlovchilarning uyushganligini belgilashda sanash intonatsiyasi muhim rol o`ynaydi;

    1. uyushiq qaratuvchi: Hayotda go`zallik, quvvat va saodatning manbai soddalikdir. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).

    v) uyushiq izohlovchi: ...bo`lajak katta san’atkor, arxitektura professori Akramjon Holiqov, deb bilasizlar!»- deb tanishtirdi.

    1. Uyushiq to`ldiruvchi:

    1. uyushiq vositasiz to`ldiruvchi: ... asrlar davomida qasr, koshona, machit, madrasa va uylar qurishda chinordan keng foydalanib kelingan.

    2. uyushiq vositali to`ldiruvchi: Yengil qor parchalarining osmondan uchib tushishida ham, daraxtlarga qo`nishida ham nafis bir xotirjamlik bor!

    1. Uyushiq hol: Qadimgi Movarounnahrda chinorzor bog`lar barpo etish an’analari hurmat ishtiyoq bilan davom ettirilgan. Mirzo Ulug`bek Samarqand,

    Kattaqo`rg`on, Balh va Shahrisabzda ana shunday bog`lar barpo etishga farmoyish bergan.
    Uyushiq bo`laklar grammatik jihatdan ikki xil shakllanadi: mustaqil holda va umumlashgan holda.
    Uyushuvchilar mustaqil holda shakllanganda, grammatik ko`rsatkichlar (ot va otlshgan so`zlar bilan foydalangan bo`laklarda – kelishik, egalik, ko`plik affikslari, -dagi o`rin belgisi affiksi hamda ko`makchilar; ot va fe’l kesimlarida – to`liqsiz fe’l va ko`makchi fe’llar hamda – dir affiks bog`lamasi va so`z bog`lamalari) uyushiqli qatorning har bir a’zosida qatnashadi. Masalan: Qahraton sovuqqa va qurg`oqchilikka chidamli bo`lgani uchun chinor manzarali daraxt sifatida qadrlanadi. Kitoblar orqali asrlar bilan, ming yillar bilan, qadim faylasuflar bilan... suhbatlashish mumkin. Oyko`lga baland Sunbul cho`qqidan odamning beliday qishin – yozin tushib turar ekan-u, hech qayeridan chiqib ketmas ekan.
    Uyushuvchilar umumlashgan holda shakllanganda, turli grammatik ko`rsatkichlar uyushiq qatorning oxirgi a’zosida qo`llanib, barchasi uchun taalluqli bo`ladi. Bunda turli umumlashtiruvchi grammatik ko`rsatkichlar qavsdan tashqariga chiqariladi. Va bu holda shakllangan uyushuvchilarning bitta bo`lak deb qarash lozim bo`ladi. Masalan: Sharq chinorlari (Kavkaz, Qrim va O`rta Osiyo)da... o`stiriladi. Mahkam (karavotlar va tubochkalar) bilan qurshalgan stolga qaradi bu xona boshqa xonalaridan (nihoyatda yorug`ligi, ozoda, haddan
    tashqari sarishtaligi) bilan farq qilardi. Temirjon Abdulla Karimovich Salimovni
    (tanimas, ammo eshitgan) edi. Qishloq bolalari (pishiq, tadbirli) bo`ladi. Birinchi gapda bitta uyushiq o`rin holini –da o`rin payt kelishigi affiksi, ikkinchi, uchinchi gapda bitta uyushiq vositali to`ldiruvchini bilan ko`makchisi, to`rtinchi gapda bitta uyushiq fe’l kesimni edi to`liqsiz fe’li va beshinchi gapda bitta uyushiq ot kesimni bo`ladi bog`lamasi umumlashgan holda shakllantirib kelgan.
    Uyushiq qator a’zolari tenglashish yo`li bilan sintaktik aloqaga kirishadi. Bu aloqa teng bog`lovchilar va teng bog`lovchi vazifasidagi yuklamalar hamda bog`lovchisiz, faqat intonatsiya, sanash intonatsiyasi orqali amalga oshiriladi.
    Sanash intonatsiyasi uyushuvchilarning bog`lovchilar yordamida aloqaga kirishganda ham mavjud bo`ladi.
    Uyushuvchilar quyidagi bog`lovchilar yordamida aloqaga kirishadi:

    1. Biriktiruvchilar (va, hamda, ham): uning tegrasida osmon benihoyat tiniq va ko`k ko`rinadi. U yotoqxonaga borishga qaror berdi hamda nariga korpusga qarab ketdi. Kun bo`yi quloqlari ostidan juda g`alati, ham xiyol hazin, ham kishini allaqanday erkalovchi... ajib bir musiqa ketmadi.

    Na ... na inkor yuklamasi biriktiruv bog`lovchilar vazifasida kelib, inkor ma’nosini anglatish uchun xizmat qiladi: Na hovlidan na uyidan sado chiqdi.
    Va bog`lovchisi vazifasida -u (-yu), -da, na ... na yuklamalari ham qo`llanishi mumkin. Keyin chakmonning ikki engini xurjunga o`xshatib elkasiga tashladi-da, orqaga qaytdi. Yigit qora qushlarni ko`rdi-yu, birdan sergaklandi.
    Va biriktiruv bog`lovchisi vazifasini bilan ko`makchisi ham bajarishi mumkin: Deraza bilan doska orasida qo`lini orqasiga qilib yurib, lektsiya o`qiyotgan surrang kostyumli barvasta kishi to`xtadi.
    Bilan yordamchisi, va bog`lovchisi singari, juft – juft qo`llangan uyushuvchilarda har bir juft o`rtasida keladi: To`g`rilik bilan xiyonat, yolg`onchilik bilan diyonat chiqisha olmaydi. («Oz – oz o`rganib dono bo`lur»).

    1. Zidlovchilar (lekin, ammo, biroq): Tolibjon bolalarning beg`ubor, ammo almoyi – aljoyi gaplaridan zavqlanib jimgina borardi. Usta Qambar o`g`lini urmadi, so`kmadi, lekin bir – ikki oy u bilan gaplashmadi.

    Zidlov bog`lovchilar vazifasida –u, (–yu) yuklamasi ham qo`llanishi mumkin. Masalan: O`ttiz yildan beri shu qishloqda uy quribman-u, ... shu buloq ... Oyko`lni Oyko`l qilib turgan shu suv oldimizda oqqani uchun qadrsiz bo`lib yotganini sezmabman. U Mullajon qozining bog`ini ko`rgan emas, ammo tarifini eshitgan.

    1. Ayiruvchilar (yo, yoki, yoxud, yoinki, dam ... dam, goh ... goh, bir ... bir, ba’zan ... ba’zan): Bir xil irmoqlar ... katta–katta toshlarni aylanib o`tib, ba’zan qoyalarning ostidan yo`l topib, goh to`lib, goh mildiratib ohistalik bilan ko`lga tushadi. U dam sahnada o`tirganlarga, dam pastdagilarga qarab she’rni sharilatib o`qib ketdi.

    Uyushiq bo`lakli gaplarda ba’zan umumlashtiruvchi birliklar ham qatnashadi. Ular uyushuvchilarni jamlab ko`rsatadigan so`z va so`z birliklari bo`lib, uyushiq bo`lakdan oldin yo keyin keladi. Uyushiq bo`lakdan oldin kelgan umumlashtiruvchilar odatda izoh talab qiladi. Uyushiq bo`lakdan keyin kelgan umumlashtiruvchilar esa yakunlash, xulosalash xususiyatiga ega bo`ladi. Masalan: Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar qorong`ulikka jimgina cho`kdi. Ko`cha – ko`y ham, dala ham, qishloq ham - hammasi mendan Ma’sudani so`roqlayotganday bo`ladi.
    Uyushiq bo`lakli gaplarda xilma–xil tinish belgilari qo`llaniladi.
    Uyushuvchilar o`zaro bog`lovchisiz (faqat sanash intonatsiyasi bilan); zidlov bog`lovchilari, takrorlanuvchi bog`lovchilar; bog`lovchi vazifasidagi yuklamalar yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo`yiladi. Masalan: Qashqardaryo, Surxondaryo, Namangan, Samarqand viloyatlarida bo`lsangiz, 500- 600 yillik chinorlarni ko`rasiz. U doktorlarga goh zug`um qilib, goh yaxshi gapirib statsionardan chiqdi.
    Uyushuvchilar o`zaro va, hamda, bilan biriktiruv bog`lovchilari orqali, shuningdek, yakka ayiruv bog`lovchilari yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo`yilmaydi: Anhorda suv sokin va ulug`vor oqardi. Salim ota bilan yigitlar mehmonni ... kuzatib tashqariga chiqishdi.
    Uyushiq bo`lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan oldin kelsa, shu birlikdan so`ng ikki nuqta qo`yiladi: Hamma yerda: uylarda, ko`chalarda ivirsib yotgan xazon yuzi ertalab qirovdan ... oppoq bo`lib qoladi.
    Umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan so`ng kelganda, undan oldin tire qo`yiladi: Kishilar, xotinlar, bolalar – kutib oluvchilar vagon bo`ylab chopdilar.
    Uyushiq bo‘laklar juft holda ham qo‘llanadi. Juft holda qo‘llangan uyushiq bo‘laklarning ohangi o‘ziga xos: har bir juft uyushiq bo‘lakning birinchi so‘zida ovoz ko‘tariladi, keyingisida esa pasayadi, har bir juft uyushiq bo‘lak keyingisidan pauza orqali ajratiladi.
    Olma va o‘rik, nok va shaftoli nihollari mehnatsevar bog‘bonlarning mehnatidan rizq olib, ko‘m-ko‘k yaproqlar bilan bezandi. Bog‘ go‘zal. Unda quyosh va yengil shamolning, gullar va maysalarning quvnoq o’yini kun bo‘yi davom etadi.
    O‘quvchilar bu gaplarni ifodali o‘qiydilar. Uyushiq bo‘laklarni o‘rgatishda juft qo‘llangan uyushiq bo‘laklarning ohangiga doir mashqlar o‘quvchilarning ifodali o‘qish, ifodali nutq, og‘zaki nutq madaniyatini oshirishga qaratiladi.
    O‘quvchilar o‘zaro biriktiruv va zidlov bog‘lovchilari yordami bilan bog‘langan, bog‘lovchisiz bog‘langan juft holda qo‘llangan uyushiq bo‘lakli gaplarga misollar keltiradilar, ularda vergulning ishlatilish - ishlatilmasligini tushuntiradilar.
    So’ngra quyidagi misollarga o‘quvchilar e’tibori jalb qilinadi.

    1. Narigi qirg‘oqdagi mevazorlarda o‘rik, olcha, olma, shaftolilar qiyg‘os gullab yotibdi.

    2. Mehnat tufayli inson ijtimoiy xayotdagi urni va jamiyat uchun foydaliligini chuqurroq anglaydi.

    Uyushiq bo‘laklarni toping. Gapning qaysi bo‘laklari uyushgan? Ularning kaysilari sodda bo‘lak, qaysilari murakkab bo‘lak? Nima uchun?
    Uyushiq bo‘lakli gaplarning fikrni ifodalashdagi ahamiyatini izohlashda quyidagicha gaplar qiyoslanadi.

    1. Xo‘jaligimiz paxtadan mo‘l hosil oldi.

    1.Xo‘jaligimiz paxtada sholidan, makkajo‘xoridan mo‘l hosil oldi.



    2. Xo‘jaligimiz, sholidan mo‘l hosil oldi.

    3. Xo‘jaligimiz makkajo‘xoridan

    mo‘l hosil oldi.



    (Avval chap tomondagi, so‘ngra o‘ng tomondagi gaplar o‘qilib, ularning farqi izohlanadi: chap tomondagi uchta gap orqali bayon qilingan fikr o‘ng tomonda bitta uyushiq bo‘lakli gap bilan ifodalanganligi, bunga predmetlarni sanab ko’rsatish orqali erishilganligi uqtiriladi. Yana misollar keltiriladi.)

    1.Tiniq havoda

    oq

    kapalaklar




    uchishadi.



















    1. Tiniq havoda oq, pushti, sariq

    2.Tiniq havoda

    pushti

    kapalaklar

    uchishadi.







    kapalaklar uchishadi.

    3.Tiniq havoda

    sariq

    kapalaklar




    uchishadi.










    (Keltirilgan uchta gapda bayon qilingan fikrni uyushiq bo‘lakli bitta gap orqali ifodalash mumkinligi, bunga predmetlarning belgilarini sanab ko‘rsatish orqali erishilganligi ta’kidlanadi.)
    Predmet, harakat va ularning belgilarini sanab ko‘rsatish, ta’kidlash gapning uyushiq bo‘laklari orqali ifodalanadi. Ular fikrni aniq, to‘liq bayon qilish, nutkda ifodalilik, ko‘tarinkilik berish uchun xizmat kiladi. Shuning uchun ham uyushiq bo‘lakli gaplar og‘zaki va yozma nutqda, uning turli uslublarida ko‘p qo‘llanadi.
    Quyidagi gaplarni qiyoslash orqali uyushiq bo‘laklar va gapda ma’nosini kuchaytirish uchun takrorlanib qo‘llangan bo‘laklar izohlanadi: 1. Kombayn o‘radi, yig‘adi, yanchadi, tozalaydi. 2. Guvilla, guvilla, ko‘m-ko‘k o‘rmon.

    Download 62,42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish