Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana22.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#505715
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ona tili darslarida uyushiq bolakli gaplarni oquvchilarga orgatish-2

Uyushiq bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishiga oid ta’kidiy diktant. 
1. Dala yo’lining ikki tomoni bog‘lar, tutash gullar bilan qoplangan. 2. 
Daraxtlar orasidan ishchilarning bir xilda qurilgan shinam uylari, kichik-kichik 
bog‘chalari ko‘rinib turadi. 3. Xirmonga katta yo‘ldan yoki yolg‘izoyoq yo’ldan 
boriladi 4. Tabiatdan inson manfaatlarini ko‘zlab oqilona foydalanish, tabiat 
boyliklarini asrash, qo‘riqlash va ko‘paytirish hammaning burchi hisoblanadi. 6. 
Teraklarning elektr nuridan olachipor ko‘ringan barglari goh shivillar, goh 
shovillardi. 
Matnni o‘qib, uyushiq bo‘laklarni topish. Uyushiq bo‘laklar orasiga nima 
uchun vergul qo‘yilgan-qo‘yilmaganligini tushuntirish. 
Bir-birini kesishgan, uzun, adil, keng va jimjitgina ko‘chalar bo‘ylab 
qatorlashgan uylar yap-yangi va shinam edi. Daryo tomondan suvlarning jonli, 


nash’ali kuyi oqar edi. Uylar orasidagi devorlarni chirmovich gullar yo qovoq 
palaklari yoki yosh mevali daraxtlarning novdalari bezar edi.
Uyushiq bo‘laklarda vergulning ishlatilishiga oid o‘z-o‘zini tekshirish diktanti. 
1. Inson mehnati, odobi, axloqi va intizomi bilan go‘zal. 2. Zarqishloqning 
katta-kichik ko‘chalarida, serdaraxt bog‘larida ko‘klam namoyishi kezadi. 3. 
Dilmurod goh to‘xtar, goh bir-ikki odim bosardi. 4. Inson birlik, do‘stlik, ezgu 
maqsadlar 
bilan 
go‘zal 
va 
kuchli. 
5.Uchopganidanmi 
yo 
qattiq 
hayajonlanganidanmi tez-tez nafas olardi. 6. Sayohatchilar goh atrofdagi xilma-xil 
o‘simlik va gullarga, goh qorli cho‘qqiga qarab yuqoriga intilishmoqda.
Mustaqil ish. Biriktiruv, zidlov, ayiruv bog‘lovchili va bog‘lovchisiz bog‘langan 
uyushiq bo‘lakli gaplar tuzish. 
So’ngra uyushiq bo‘laklarning bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan bilan 
ko‘makchisi, -u (-yu), -da, ham yuklamalari yordamida bog‘lanishiga oid amaliy 
ishlar bajariladi, nazariy ma’lumotlar o‘rganiladi. 
Shu payt eshikdan vrach bilan hamshira kirib keldi.
Bilan 
ko‘makchisi biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida ham qo‘llanadi. Bu 
vaqtda uning o‘rnida 
va, hamda
biriktiruv bog‘lovchilarini qo‘llash mumkin 
bo‘ladi: 
bilan 
Shu payt eshikdan vrach va hamshira kirib keldi. 
hamda 
Bilan ko‘makchi bo’lib kelganda esa uning o‘rnida biriktiruv bog‘lovchilarini
qo‘llab bo‘lmaydi. Biz qunt bilan o‘qiymiz, o‘rganamiz. 
Bilan bog‘lovchi vazifasida kelganda, uyushiq bo‘laklar orasida pauza 
sezilmaydi. Shunga ko‘ra bilan ko‘makchisi bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan 
uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo’yilmaydi: 
kim?
kim?
Shu payt eshikdan 
vrach
bilan 
hamshira
kirib keldi. 


Agar bilan so‘zidan keyin qisqa pauza qilinsa, uyushiq bo‘laklar emas, birgalik 
ma’nosini ifodalovchi to‘ldiruvchi hosil bo‘ladi: 
kim bilan? kim? 
Shu payt eshikdan 
vrach bilan hamshira
kirib keldi. (hamshira vrach bilan...) 
Mustaqil ish. Bilan qaysi gaplarda ko‘makchi, qaysi gaplarda bog‘lovchi 
vazifasida qo‘llanganligini aniqlash. 
1. Tog‘ bilan tekislik orasida ham, tog‘lar orasida ham ko‘pgina shahar va 
qishloqlarimiz bor. 2. Yo‘lchi o‘roqqa diqqat bilan tikilib qaradi va enkayib o‘ra 
boshladi. 3. Malikov bilan Anvar boshqa brigadaga qarab yo‘l oldilar. 4. 
Bepoyon Qizilqumning janubiy qismi Amudaryo qirg‘oqlari bilan tutashib ketgan. 
So‘ngra bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan yuklamali uyushiq bo‘lakli gaplar
tahlil qilinadi: 
1. Poyezd kechasiyu kunduzi tinimsiz yo‘l yurib, oxiri belgilangan manzilga 
yetib keldi. 2. Ozoda ilgakdagi paltosini oldi-da, ro‘moliga qo‘l uzatdi. 3. Boya 
men kelgan tomondan bir gala turna shitob bilan osmonga ko‘tarildi-yu, safga 
tizilmay, betartib qanot qoqib, bezovta «qure»ladi. 4. U O‘ktam ham O‘sarjonga 
qarab, salmoqlanib dedi.
Uyushiq bo‘laklar o‘zaro bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan-u (-yu), -da, ham 
yuklamalari yordamida ham bog‘lana oladi. 
Bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan-u (-yu) yuklamalari o‘zidan oldingi uyushiq 
bo‘lakka qo‘shilib yoziladi, -da yuklamasi esa chiziqcha orqali yoziladi. Bu 
yuklamalar biriktiruv hamda zidlov bog‘lovchisi vazifasida qo‘llanishi mumkin. -
u (-yu), -da yuklamalari biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida qo‘llansa, ulardan keyin 
vergul qo‘yilmaydi. Zidlov bog‘lovchisi vazifasida qo‘llangan yuklamalardan 
keyin vergul quyiladi. 
Uyushiq bo‘laklar biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida qo‘llangan ham yuklamasi 
bilan bog‘lana oladi. Bunda ham o‘rnida va, hamda biriktiruv bog‘lovchilarini, 
bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan bilan ko‘makchisini qo‘llash mumkin bo‘ladi. 


ham 
U O‘ktam — va —— O‘sarjonga qarab, salmoqlab dedi. 
hamda 
bilan 
Ham yuklama bo‘lib kelganda uning o‘rnida biriktiruv bog‘lovchilarini qo‘llab 
bo‘lmaydi: Polizlardagi oq qirovga asralgan qirvma qovunlar ham uzildi.
Ham yuklamasi uyushiq bo‘laklardan oldin yoki takrorlanib kelishi mumkin, u 
faqat uyushiq bo‘laklarning oldida kelgandagina bog‘lovchi vazifasini bajaradi: 
O‘qish havasi menga naqadar xo‘rlik va hayajon keltirganini eslash ham qayg‘uli, 
ham kulgilidir.
Ham uyushiq bo‘laklardan keyin takrorlanib kelganda ta’kid yuklamasi bo‘lib 
keladi va uyushiq bo‘laklarni ta’kidlash uchun qo‘llanadi: Odamlar qorda ham 
ayni fidokorlik bilan ishlar edilar. Gaplarni ifodali o‘qib, bog‘lovchi
vazifasida qo‘llangan yuklamali uyushiq bo‘laklarni aniqlash. 
Kun issiqligidan yeru ko‘k lovillaydi. Vodoprovod jo‘mragidan jildirib 
tushayotgan suv ham ilib qolgan. 2. Bolalar mening qayerlik ekanimni so‘radilar-
da jim bo‘lib chetlanib o‘tirdilar. 3. Uy ham, hovli ham, tomorqa ham juda ozoda 
edi. 4. Ishchi ham, dehqon ham chorvador g‘am Vatanimiz boyligini oshirmoqda. 
5.Unda tok ham, daraxtlar ham, gullar ham did va uquv bilan o‘tqizilgan. 6. 
Osmon ham, havo ham atrofimizda firuza rangga kirgan qirlar ham beg‘ubor edi. 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish