Bosh so’z fe’l va uning ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi shakllari bilan ifodalansa, fe’lli birikma hisoblanadi: kitobni o’qish, ishni bajarib, tez kelgan. - So’z birikmalari tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
- 1.Sodda so’z birikmalari boshqa birikmalarga ajralmaydigan so’z birikmalaridir (bunda yordamchi so’zlar ham ishtirok etishi mumkin): beshta daftar, bugun keldi,o’zining uyi, shaharda yashaydu, akasi haqida so’radi. Ajralmas birikmalar, iboralar va qo’shma so’zlar qatnashgan birikmalar ham sodda so’z birikmalari hisoblanadi: qilich bo’yin ot, borsa kelsa oroli, turib javob bermoq.
- 2.Murakkab so’z birikmalari tarkibida uchta va undan ortiq mustaqil so’z qatnashib, shaklan kamida ikkita so’z birikmasidan iborat bo’ladi, mazmunan esa bu so’z birikmalarini ajratib bo’lmaydi: g’ayratli yosh bolalar, yangi ommabop kitob, katta qora qo’y, asfalt yotqizilgan keng ko’chalar, bugun kelgan ishchilar. Bunda sodda so’z birikmasi kengayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |