Mavzu: Okeaniya xalqlari etnologiyasi Bajardi: Ilmiy raxbar


Polineziyaliklarning ijtimoiy tuzumi va mashg’ulotlari



Download 0,64 Mb.
bet3/6
Sana14.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#552152
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Okeaniya xalqlari etnologiyasi

1.2 Polineziyaliklarning ijtimoiy tuzumi va mashg’ulotlari
Tinch okeanining markaziy qismida keng, taxminan 1 mln. kv. km. suv satxidagi son-sanoqsiz katta-kichik orollardan iborat Polineziya (“Ko’p orollik”) shimolda Gavayya arxipelagi, janubda esa eng katta qo’sh orol – Yangi Zelandiya va sharkda Pasxa uchburchagida joylashgan. Asosan vulkan va marjonlardan paydo bulgan polineziya orollari xududiga Yangi zelandiyadan tashkari to’qqizta katta arxipelag Gavayya, Samoa, Jamiyat orollari, Markiz, Tonga, Tuamotu, Kuk, Tubuai, Ellis va boshka juda kup yirik xamda mayda orollar kiradi. Polineziyada 2,5 millionga yaqin kishi yashaydi.
Antropologik jixatdan tub polineziyaliklar asosan mongoloid, avstrolo-negroid va qisman yevropeodlarning aralashmasidan paydo bo’lganlar. Eng keng tarqalgan fikrga binoan mazkur tiplar Polineziyaga Fidji arxipelagi, keyin Tonga va Samoa orollari orqli eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o’rtalaridan boshlab kirib kela boshlagan. Ular o’ziga xos maishiy turmush va madaniyat asosida umumiy polineziya etnik birligini yaratib eramizning birinchi va ikkinchi ming yilligi davomida asta-sekin butun Polineziyani egallab olganlar. Bu fikrni maxalliy orolliklarning rivoyatlari, tili, madaniyati va irqiy tiplarini jiddiy urgangan polineziyalik atoqli olim Te Rangi Xirao xar tomonlama yoqlaydi. 7
Mustamlakachilar kelgunga qadar, ya'ni XVI asr boshlarida orolliklarning asosiy tirikchiligi yo’g’on yogoch bilan yerga ishlov berib dexqonchilik qilish va dengiz maxsulotlaridan foydalanib kelganlar. Ovchilik bo’lmagan, o’q-yoy faqat turli musobaka o’yinlarida ishlatilgan. Dexqonchilik ekinlarini sugorishni bilganlar. Xunarmandchilik dexqonchilikdan ajralgan xolda ancha rivojlana boshlagan. Ayniqsa, kemasozlik yaxshi rivojlangan. Polineziyaliklar nixoyatda moxir dengizchilar xisoblanganlar. Maori, taiti, tongan va fidjiylar yasagan yelkanli katta kemalarda o’nlab-yuzlab kishilar uzoq safarga chiqqanlar. Shuningdek ular kuchli to’lqinlarga moslashgan yog’och balansirli kemalarda yuzlab-minglab kilometr masofani suzib utish mumkin bulgan.
Ishlab chiqarish qurollarini asosan toshlarni silliqlab va chig’anoqlar bo’laklaridan yasaganlar. Xar xil bolta va pichoqlardan tortib. Nayza uchlari, kirgichlar, bigizlar, qarmoq va boshqa buyumlarni xam yasay boshlaganlar. Tosh yo’nish, xaykaltaroshlik, o’ymakorliklarni ayniqsa maorilar yog’och devorlar va darvozalar, uy qurilishlarida juda keng qo’llaganlar.
Xozir xam polineziyaliklarning ko’pchiligi tropik tipdagi dexqonchilik ildizi ekinlari – yams, taro, batata va ayniqsa mevali palma vanon daraxtlari – banan, pizanga ekish va balikchilik bilan shugullanadilar. Uy xayvonlaridan tovuq, cho’chqa va it saqlaydilar. Chorvachilik Yangi Zelandiyada eng asosiy soxa bo`lib, umumiy kishlok xujaligining 80 %ini tashkil kiladi. Yangi Znlandiya sariyog ishlab chikarish buyicha dunyoda birinchi, gusht ishlab chikarish buyicha ikkinchi o’rinda turadi. Okean soxillari va atollarda yashovchi axolining erkak qismi asosan baliq ovlash bilan band. Ular qarmok, sanchqi. Tur va xatto o’simlik zaxari bilan xam ov qilganlar.8
Uy-ro’zg’or buyumlari yog’och, bambuk, kakos yong’og’i po’stlog’idan, o’simlik tolasidan to’qiladi. Ovqatni butun Okeaniyada keng tarqalgan ―yer o’chog’ida pishirganlar. Olovni ikkita yog’ochni ishqalash yo’li bilan chiqarganlar va o’tda toshni qizdirib,uning orasiga yaproqqa o’ralgan xom taom quyilib o’tin va xashak bilan bekitilib pishirilgan.
Dexqonchilik va dengizchilik polineziyaliklarning asosiy kasbidir. Ular qishloklarda yengil ustunlarga o’rnatilgan uylarda istiqomat qilganlar. Maxalliy axoli uy kurish, buyra to’qish va maxsus daraxt po’stlog’ining tolasi -–tapadan kiyim tikishda xam zur maxoratga ega bo’lganlar. Tapadan tikilgan yoki yaproqdan ishlangan plash ularning asosiy kiyimi bo’lgan. Ular tapa parchalarini nAQSHlar bilan bezatganlar, soyalariga turli bezaklar takkanlar. Gavayya orollarida boy tabakaga oid kishilar bir necha kavat yubka, kushlarning teri va patlaridan tukib tikilgan kamzul kiyganlar. Bosh va oyok kiyim kiymaganlar. Ammo boshga nAQSHli lentalar va bargaklar taqish, bilakuzuk va gulchambarlar osish odat bulgan. Xozirda orolliklar noqulay bo’lsada yevropacha kiyinishga odatlanib bormoqdalar. 9
Polineziyaliklarning ijtimoiy tuzumi yevropa mustamlakasi arafasida qo’shni melaneziyaliklarga nisbatan ancha yuqori turgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib sinfiy tabaqa guruxlari paydo bulgan. Ijtimoiy xayotda qo’shnichilik va qishloq jamoasi muxim rol o’ynagan. Eng asosiy ishlab chiqarish vositalari – yer, o’rmon va dengiz boyliklari, katta kema turlari jamoaning mulki xisoblagan. Mexnat burch va xukuk, jins va yoshiga qarab taqsimlangan. Uch-to’rt avloddan iborat qavm-qarindoshlar guruxi xar bir jamoaning sotsial negizini tashkil qilgan. Pogonaning eng yuqorisida qabila boshlig’i, zodagon va koxinlar, o’rtada erkin jamoa a'zolari va eng pastida qullar turgan. Quldorlik patriarxal tipda bo’lgan. Ayrim arxipelag va orollarda primitiv tipda xatto davlat xam paydo bo’lgan. Oila jamoasi 30-40 kishidan iborat bo`lib, kollektiv mulkka tayangan. 5,10,15 va ba'zan undan xam ko’proq oilalar qo’shnichilik jamoasini tashkil kilgan. Jamoa a'zolari – ranatira, zodagonlar – arik, ariy. Alilar deb atalgan. Bola tarbiyasi butun jamoatga yuklanib, o’g’il bolalarni erkaklar, qizlarni – ayollar tarbiyalagan. 10
Ichki jamoa munosabatlari va jamoalararo o’zaro munosabatlar dastlab qavm-qarindoshchilik va urug’chilik bilan belgilangan. Jamoa va qabilalar o’rtasida turli moddiy buyumlar, ishlab chiqarish vositalarini ayirboshlash ancha rivojlangan. Savdo-sotiq ishlarida primitiv pul vazifasini chig’anoqlar tizmasi. Paket. Tuz, cho’chqaning so’yloq tishi. Tosh bolta va xokazolar bajargan.
Orolliklarning ma'naviy madaniyati xam ancha boy bo’lgan. Ular tropik iqlimda ildizli poliz ekinlari va mevali daraxtlarni ekib parvarish qilishda agrotexnik tajribalardan xabardor bo’lganlar. Bepoyon okean o’rtasida yashayotgan polineziyaliklar tevarak-atrofni yaxshi bilganlar, dengiz oqimi va shamol, quyosh, oy va yulduzlarga qarab eng uzoq masofaga xam sayoxat qilganlar, uzoq-yaqin joyshlashgan arxipelag va orollar tabiiy geografiyasini taxminan yaxshi bilganlar. Bir sutka xisobi kechaga qarab belgilangan. Paxsa orolida 20 ta taxtaga bitilgan iyeroglif yozuv saqlanib kelgan. Uziga xos maxsus maktablarda asosan zodagonlarning bolalari o’qitilgan. Ularga astronomiya, dengiz oqimlari, ota-bobolarining ilm-tajribalari, mifologiya, kema xaydash maxorati va boshqa amaliy bilimlar o’rgatilgan. Badiiy san'at namunalarini yog;och o’ymakorligi, xaykaltaroshlik, tatuirovka qilish, qurollar, uy buyumlari va qurilish ishlaridan turli AQSHlar, xar xil afsonaviy niqoblarda ko’rish mumkin. Ularda improvizasiyalashgan ashula va raqslar, pantomima, muzika, turli marosimlar va og’zaki ijod keng rivojlangan. Diniy e'tiqodida buyuk tabiat xudolariga siginish kuchli bulgan. Butun Polineziyada to’rtta xudo – Tane, Tu, Rongo, Tangaroa – tabiat kuchlarini ifodalaydi. Shuning uchun xam kosmogonik afsona va rivoyatlar ma'nosi olam va inson taqdiri okean bilan bog’langan, xalq tarixi esa ajdodlarning bepoyon Okeaniya orollarini izchillik bilan egallash tarixidan kelib chiqqan. Barcha afsona va rivoyatlarning bosh qaxramonlari jasur dengizchilar, yangi yer va arxipelaglar axtaruvchi sayyoxlar ekanligi bejiz emas.11 Diniy e'tiqodlarning xususiyati xar bir inson tugilishi bilan kudratli gayri tabiiy kuch – manoga ega bo’lishdan iborat. Mana juda xavfli bo`lib. birovga tegsa o’lim keltirishi mumkin. U tabaqalarga qarab xar xil kuchga ega, qo’llarda mana bo’lmagan, ammo aksincha buyuk boshliklar qudratli mana egasi xisoblangan. “Mana”tushunchasi “tabu” so’zi bilan bevosita bogliq. Nimaki managa ega bo’lsa. o’sha narsa xavfli, ya'ni unga tegishli man qilingan – tabu qo’yilgan. Tabu suzi asli Polineziyada paydo bo`lib, uni dastlab Yevropaga atokli dengiz sayyoxi Kuk keltirgan. Tabu orolliklarda juda keng tarkalgan tizim, agar uni kim buzsa, unga rioya kilmasa kabila boshliklari, zodagonlar tomonidan kattik jazolangan. Mazkur tizim jamiyatda kasta (tabakalanish) tuzumini ifodalaydi.
Barcha diniy urf-odat va marosimlar koxinlar qo’lida bo`lib, ular merosiy kasta xisoblangan. Koxinlar xam tabaqalangan, ba'zilari ibodatxonalarda xizmat qilsa, ayrimlari tabibchilik, folbinlik bilan shug’ullangan. Qabila boshliqlari bilan koxinlar qavm-qarindoshchilik munosabatida bo’lganlar. Ibodat qilish – ashula aytish yoki duo o’qish, qurbonlik qilishdan iborat. Ayrim orollarda ilgari odamni xam qurbonlik qilganlar.
Okeaniya, shu jumladan Polineziya oroli xam uzoq davrlar mobaynida yevropaliklar nazaridan chetda qolgan. Fakat XVII asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu yerga yevropalik kit ovlovchilar, savdo kompaniyalarining agentlari, qaroqchilar boylik axtarib kela boshladi. Ayrimlari orollarga yetibkelmay kema xalokatiga uchraganlar, keyinchalik missionerlar kelib mustamlakachilarga yo’l ochib bera boshlagan.
Mustamlakachilar maxalliy axolini avrab-aldab arzimaydigan buyumlarga marvarid, dur, gavxar kabi qimmatbaxo toshlarni almashtirganlar, o’zlarini esa talaganlar va serunum qulay yerlardan xaydab chiqarganlar. Mustamlaka azobi va o’zaro urushlarda tub axolining ko’p qismi qirilib ketgan. Masalan, agar Polineziyada mustamlaka arafasida 1,1 million tub axoli bo’lgan bo’lsa. XX asr boshlarida 180 ming kishi qolgan, xolos. Mustamlakachi davlatlar orollarni bosib olish maqsadida turli nayranglarni ishlatganlar. Rus dengizchisi Kosebu 1826 yilda yozgan edi: “Janubiy dengizning qaysi bir orolida yevropalik paydo bo’lsa, shu yerda vayronagarchilik va qirg’in bo`lib. butun bir qabilalar yer bilan yakson kilingan”12.
X1X asrning o’rtalaridan boshlab mustamlakachilar talonchilikdan plantasiya xo’jalik faoliyatiga o’ta boshladilar. Oqibatda maxalliy axolining serunum yerlarini aldab tortib ola boshlaydilar, ba'zan zo’rlab uz yerlaridan xaydab chiqarganlar yoki arzimaydigan (kurol, spirt, gazlama kabi) buyumlarga sotib olganlar, o’zlarini esa tekin ishchi kuchiga aylantirganlar. Qo’shimcha ishchi kuchining Osiyodan ko’plab olib kelinishi natijasida ko’p arxipelag va orollar axolisining etnik tuzilishi tubdan o’zgara boshlagan. Bozor munosabatlari doirasiga tortilgan orol va arxipelaglar axolisining an'anaviy turmush tarzi va dinlarida xam muayyan o’zgarishlar yuz beradi.
1778 yilda Kuk tomonidan kashf etilgan Gavayya orollarida 300 ming polineziyaliklar yashagan. Bu yerda uziga xos yuqori madaniyatga, armiya va flotga ega mustaqil qirollik bo’lgan. XIX asr boshlarida AQSH ning zo’r ta'siri ostida 1898 yili bu yerlar aneksiya qilinadi, ya'ni bosib olinadi. Urushlar, og’ir ekspluatasiya va irqiy siyosat natijasida tub axolining ko’p qismi qirilib ketadi. AQSH ning yirik xarbiy dengiz va xarbiy xavo plasdarmiga aylangan mazkur orollarga tashqaridan ko’plab ishchi kuchi keltiriladi. Gavayyaning xozirgi axolisi asosan kelgindi: amerikalik va yevropaliklar 35 foiz, metislar 13-15 foiz, tub axoli esa faqat 3 foizidan iborat.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish