O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI “ TARIX “ YO’NALISHI
JAHON ETNOLOGIYASI FANIDAN
KURS ISHI
Bajardi: Ilmiy raxbar:
Reyting bali:_______________________________________
Urganch-2019
Reja:
Kirish.
I. Bob. Okeaniya aholisining geografik o’rni va joylashuvi
1.1. Okeaniya aholisining etnik tarixi va til klassifikatsiyasi
1.2 Polineziyaliklarning ijtimoiy tuzumi va mashg’ulotlari
II. Bob. Melaneziya aholisining etnik tarixi va an’anaviy xo’jaligi
2.1. Melaneziya aholisining an’anaviy xo’jaligi
2.2. Aholining moddiy va ma’naviy madaniyati
III. Xulosa.
IV. Foydalangan adabiyotlar.
V. Ilovalar.
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Yevropa mustamlakasi arafasida (XVIII-XIX asrlar) Avstraliya va Okeaniya xalqlari o'zlarining xo'jalik faoliyati va ijtimoiytuzumida, tili va irqiy tuzilishida qadimiy ibtidoiy shakllarni shunchalik chuqur saqlab qolganlar, boshqa qit’alarda ulargao‘xshash belgilar deyarli uchramaydi. Ayniqsa, bu xususiyat mahalliy tillarda yorqin namoyon bo’lgan. Albatta, boshqa yerlardagi kabi qit’ada ham uzoq tarixiy davr mobaynida taraqqiyot ro‘y berib, eng ibtidoiy davrlardagi ijtimoiy va madaniy shakharda muayyan o‘zgarishlar bo’lib turgan. Istilolar natijasida bu yerda yashovchi tub joy ahohning moddiy va ma’naviy hayotida, ijtimoiy-maishiy va madaniy turmushida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bera boshlagan, xususan, o‘ziga xos ko‘pgina etnik xususiyatlar yo‘qolib borgan,
ayrim elatlar (masalan, tasmaniyaliklar) esa butunlay qirilib ketishgacha yetib borgan. Shuning uchun ham ayrim etnoslarning kelib chiqishi va etnografik ta’rifini o‘rganish imkoniyati ancha murakkablashgan. Okeaniyaga kelsak, uning deyarli barcha orollarida odamlar yashaydi. Taxminiy hisob – kitoblar bo’yicha yevropaliklar kelgunga qadar Okeaniyada 3,5 mln. aholi bo’lib, uning 2,2 mln.i Melaneziyada, 1,1 millioni Polineziyada va 200 mingi Mikroneziyada istiqomat qilgan. Mustamlakachilik davri Okeaniya orollari aholisining o’sishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Qulchilik, o’tochar qurollar, spirtli ichimliklar, turli yuqumli kasalliklar, axloqiy buzuqlik, ularning barchasining tarqalishi aholi sonining keskin kamayishiga olib keldi.
Natijada 1890 yilgi Polineziyada 1 milion 100 mingdan 180 ming, Mikroneziyada 200 mingdan 83 ming aholi qolgan xolos. Demak, Polineziya aholisi 6 marta, Mikroneziya orollariniki esa 2,5 martaga qisqargan. XX asr boshlaridan Okeaniya aholisida depopulyatsiya jarayoni to’xtab, o’sish boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |