Mavzu: oilada milliy qadriyatlar asosida shaxsni shakllantirishning ijtimoiy asoslari



Download 85,92 Kb.
bet9/11
Sana03.06.2022
Hajmi85,92 Kb.
#632016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Oilada milliy qadriyatlar asosida shaxsni shakllantirishning ijtimoiy asoslari

2.2. Yosh avlodni barakamol shaxs sifatida tarbiyalashda milliy urf-odat va qadriyatlardan foydalanishda maktab, oila va jamotchilik hamkorligidagi ishlarni tashkil etish.

Bolalarga ilk tarbiya asoslari oilada beriladi. Farzandlarga dastlabki ta’limni berishda ta’sirchan kuch – oilaviy tartib, ya’ni ularning o’zaro munosabati, ota-onaning xulq - atvori, ma’naviy va siyosiy saviyasi, muomala madaniyati, oilaning daromadi, yashash sharoiti va boshqalardan ibrat bo’ladi. Maktab o’quvchilari ongida yuqoridagi fazilatlarni shakllantirishda oila va pedagog hamkorligi alohida o’rin tutadi.


Ta’lim jarayonida maktab bilan uy, pedagogik jamoa bilan ota-ona hamjihatligi yaxshi samara berishi amalda isbotlangan.
Oila jamiyatning boshlang`ich ijtimoiy bo’g`ini bo’lib, oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning asosiy qismi hisoblanadi.
O’zbek oila tarbiya tajribasida ijtimoiy-ruhiy tarbiyaning umumiy va xususiy tomonlari milliy urf-odatlar va qadriyatlarni singdirish bilan chambarchas bog`liq. Xalqimiz orasida juda mashhur bo’lib ketgan “Bola aziz, odobi undan aziz”, “Nima eksang, shuni o’rasan” maqollarida bola tarbiyasiga asosiy e’tibor qaratilganligini ko’rishimiz mumkin.
Tarbiyaviy jarayon oilada ma’suliyatli faoliyat bo’lib, unda tarbiyachi (ota-ona) bolani komil inson qilib etishtirishga har tomonlama diqqat qiladi.
O’zbek oilalarida o’rnidan barvaqt turish, darvoza ochish, hovli-joyni supurish, yuz-qo’lni yuvmasdan salomlashmaslik, balog`atga etmagan farzandlar, kelinlar kattalarga ochiq-sochiq ko’rinmaslik, bachkana qiliqlar, “pardasiz” so’zlarni aytmaslik, dasturxon atrofiga yoshi ulug`lardan keyin o’tirish, taomga ota-ona, kattalardan keyin qo’l uzatish, suhbatlariga turli savollar bilan aralashmaslik odatlariga yoshligidan ko’niktirilganligi milliy urf-odatlar va qadriyatlarning qay darajada singib ketganligining yorqin dalilidir.
Inson biror narsaga e’tiqod qilmasa betayin bo’ladi.
O’zbek oilalarida nonga hurmat ulug`langan. Dasturxonimiz ne’mati bo’lgan non bilan bog`liq urf-odatlarni yodga olaylik.
Non bilan bog`liq urf-odatlar:

  • Dasturxon boshida nonni oila boshlig`i sindiradi;

  • Endigina atak-chechak yura boshlagan go’dakning oyoqlari orasidan “yurgan yo’lidan rizq-nasibasi unsin” deb non dumalatiladi;

  • Mehmonga borayotgan odam albatta, hech bo’lmaganda 2 ta nonni qo’ltig`iga qistirib, yo’l oladi. Mezbonning uyida ham dasturxonga eng avvalo non qo’yiladi. Qaytishda ham mehmon qo’liga albatta, bir juft non tutqaziladi.

  • Azaldan chaqaloq beshikka belanayotganda “boshi omon bo’lsin, nondek aziz bo’lsin”, deb boshi ostiga bir burda non qo’yiladi”.

  • Beshikka belangan bolaning onasiga yog` surtilgan non tishlatiladi. Bolalardan biri shu nonni olib qochadi. Ortidan boshqa bolalar quvib etishadi va “o’lja”ni o’rtada baham ko’rishadi.

  • Uzoq safarga, jangu-jadallarga ketayotgan yigitlarga oy borib, omon qaytsin degan maqsadda albatta bitta nonni tishlatib, devorga osib qo’yishgan.

  • Og`ir jinoyatlarda gumon qilingan kimsalarga o’z aybsizligini isbotlash uchun “Gapim yolg`on bo’lsa, non ursin”, - deb non bilan qasam ichirilgan.

  • Vaqti bemahalda, qorong`ida yo’lga chiqqan yo’lovchi “non hamroh bo’lsin, yomon ko’zdan, ins-jinsdan asrasin”, - deya doimo yonida non olib yurgan.

  • “Nondek aziz bo’lgin”, deb momolarimiz duo qilishadi.

Suvga tuflash gunoh bo’ladi. Qushlarga ozor berish yomon bo’ladi. Kechqurun qozon, idishlar yuviqsiz qolsa, “yomon bo’ladi”, kechqurun uy supursa falokat bo’ladi tushunchalari e’tiqod tarbiyasiga asos bo’ladi. Ikki qo’lni orqaga tirab chalqancha yotish, barmoqlarni zanjir qilish, kerishish, esnash “uyat” bo’ladi iborasi orqali e’tiqod odobi tarbiyalangan.
Bugungi kun o’qituvchilari, pedagog va psixologlari yangi avlod ota-onalari bilan ishlashlari lozim bo’lgani bois ular oldida:

  • jamiyat rivojlanishi bilan ham fikr bo’lishi;

  • oilaviy ildizning mustahkam bo’lishi va pedagogning oilaga ta’siri;

  • maqsadga erishish yo’lida ota-ona hamda o’qituvchi hamkorligi;

  • o’quvchi tafakkurida milliy ongni shakllantirishda ma’naviy meroslardan unumli foydalanish;

  • jamiyat qonunlariga asoslangan holda har tomonlama etuk shaxsni kamol toptirish kabi vazifalar turibdi.

O’qituvchi ish jarayonida oilaning bugungi kundalik ahvoli va bolaning o’sha muhitda olayotgan tarbiyasi muhim o’rin tutilishini nazarga oladi. Lekin shuni ta’kidlab o’tish keraki, oiladagi turmush tarzi doimo bir xilda bo’lmaydi, u o’zgarib turishi mumkin. Bu hol bola xulq - atvori va ma’naviyatiga ta’sir ko’rsatmay qolmaydi.
Bunda maktab yoki kollej o’qituvchisi oilaga yordam berish maqsadida bola holatiga o’zini moslashtirib borishi lozim. Shunday oilalar borki, maktab bilan hamkorlik qilishga e’tiborsizlik bilan qarashadi, guyoki o’quvchiga ta’lim-tarbiya berish faqat maktabning burchiga kiradi.
Bunday ota-onalar bilan ishlash o’qituvchi, pedagoglardan juda ko’p mehnat talab qiladi. O’qituvchi bor imkoniyatdan foydalangan holda ularni faol hamkorlikka jalb qila bilishi va bu yo’lda o’z maqsadiga erisha olishi lozim.
Ota-onalarning ko’pchilik qismi maktab hamda pedagoglar bilan uzviy aloqada bo’lishi, maktab jamoalarini qo’llab-quvvatlash o’z farzandlarining to’g`ri rivojlanishining muhim shartlaridan biri deb bilishadi, binobarin, bunday hamkorlikning muhim jihatlari ham ishlab chiqilgan, lekin bu maqsadga to’liq erishildi, degani emas.
Shunday ekan, oilada maktabga yo’naltirilgan hamkorlikni yanada kengroq rivojlantirish zarur.
Buning uchun:

  • pedagoglar ko’p qirrali tajribalarga ega bo’lishi va yanada tushunarli, jalb etuvchi usullarni ishlab chiqishi;

  • an’anaviy tajriba-almashinuv usulini to’la-to’kis taqdim etishi;

  • «Hamkorlik faolligi» mavzusida o’ziga xos dastur ishlab chiqish;

  • ota-onalar faolligi borasida alohida izlanish olib borilmog`i, yig`ilishlarda oila va maktab hamkorligining natijalarini muhokama qilish va pedagoglarni bu borada qayta ko’rib chiqilgan datsurlar bilan tanishtirish lozim.

Bunda ota-onalar yig`inining ahamiyati katta. Natijada, yig`in a’zolari rahbarga faqat o’z ko’rsatmalarini berib qolmasdan, ayni paytda, uning ijrosini o’qituvchidan talab qilishlariga imkon bo’ladi. Shuningdek pedagogning faol ota-onalar bilan ishlashi qanchalik katta mas’uliyat ekanini ko’rsatadi. Quvonarli tomoni shundaki, tarbiya jarayonida ota-onalarning faolligi maktabda va oila quchog`ida o’quvchilarning sog`lom, bilimli va ma’naviyatli bo’lib etishishlari uchun sharoit yaratadi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, rivojlanayotgan jamiyatimizga sog`lom fikrli avlodni tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish uchun ota-onalar va o’qituvchilar hamkorligi muhim masalalardan hisoblanadi. Bu yo’lda pedagoglar va ota-onalarga qulaylik yaratib berilishi kerak, shundagina ko’zlangan maqsadga to’la erisha olish mumkin.
Maktab va kollej o’quvchilari, ya’ni o’sib kelayotgan yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda milliy urf-odat va qadriyatlardan foydalanishda ommaviy axborot vositalarining ham o’rni nihoyatda muhimdir.
Bugungi kunda o’quvchi yoshlarni umuminsoniy qadriyatlar asosida Vatanga mehr-muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash muhim o’rin tutadi.
Demak, bugungi kunda ommaviy axborot vositalari-televideniya, radio, gazeta va jurnallarning o’rni beqiyosdir. Ommaviy axborot vositalari yoshlarni ma’naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirish, milliy urf-odat va qadriyatlar asosida tarbiyalash hamda shaxs ruhiyatiga ta’sir qilishda doimo ma’rifat manbai bo’lib xizmat qilayotir.



Download 85,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish