Yozuvchi personaj ruhiyatini bevosita yoki bilvosita tasvirlab berishi mumkin. Personaj o‘y-kechinmalari, his-tuyg‘ularining “ichki monolog” “ong oqimi” tarzida yoki muallif tilidan bayon qilinishi psixologik tasvirning bevosita shakli hisoblanadi. Realistik adabiyot, tabiiyki, ichki monologni ongda kechuvchi haqiqiy jarayonlarga yaqinlashtirishga intiladi, o‘ylov jarayonini tartibga solishda yaqqol soxtaliklardan voz kechib, uning murakkab tomonlarini ham aks ettirish uchun ichki monologga o‘rni bilan grammatik va mantiqiy jihatdan izchil tartibga solinmagan unsurlarni ham kiritdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |