Mavzu: Nomoliyaviy aktivlar Reja


Tovar moddiy zaxiralar (TMZ)



Download 96,32 Kb.
bet13/17
Sana05.07.2022
Hajmi96,32 Kb.
#741309
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
loyiha

Tovar moddiy zaxiralar (TMZ)

Tovar-moddiy zaxiralar — keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar.
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (4-sonli bhms) “Tovar-moddiy zaxiralar” haqida bo`lib O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2006-yil 15-iyundagi 52-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Tovar-moddiy zaxiralar hisobining asosiy qoidalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • tan olish paytini aniqlash,

  • tasniflash,

  • balans qiymatini baholash;

  • tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni aniqlash,

  • kelgusi xarajatlarni, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralar qiymatini xarajat sifatida tan olish;

  • tovar-moddiy zaxiralar qiymatini realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar kamaytirish (baholash);

  • ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash hamda moliyaviy hisobotda ular bo‘yicha axborotni yoritib berish



Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotlarda quyidagilar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin:
a) xomashyo va materiallar, xarid qilingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg‘i, tara va tarabop materiallar, ehtiyot qismlar, inventar va xo‘jalik jihozlari hamda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish, ma’muriy ehtiyojlar va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan boshqa materiallar zaxiralari;
b) boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, katta yoshdagi hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsizga chiqarilgan katta yoshdagi chorva mollari, sotish uchun chetdan qabul qilingan chorva mollari;
c) detallar, uzellar, buyumlarga tugallanmagan ishlov berilishi va ularning yig‘ilishi hamda tugallanmagan texnologik jarayonlar ko‘rinishida tugallanmagan ishlab chiqarish. Ishlarni bajaradigan va xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlarda tugallanmagan ishlab chiqarish ular bo‘yicha qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilmagan va tashkilot tomonidan tegishli daromad tan olinmagan tugallanmagan ishlarni (xizmatlarni)bajarishga doir xarajatlardan tashkil topadi;
d) tashkilotda tayyorlangan tayyor mahsulot (ishlab chiqarish siklining pirovard natijasi — realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan va shartnomada yoki qonun hujjatlarida belgilangan hollarda boshqa hujjatlarning talablarida nazarda tutilgan texnik va sifat tavsiflariga muvofiq keladigan ishlov berilishi (butlanishi) tugallangan aktiv);
e) boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardan xarid qilingan (olingan) va tashkilotning odatiy faoliyati davomida qo‘shimcha ishlov berishsiz sotish yoki qayta sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar. Bunda uzoq muddatli aktivlar obyektlari (binolar, inshootlar, transport vositalari, mulkiy (mutlaq) huquqlar va boshqalar) ham keyinchalik sotish yoki qayta sotish maqsadida xarid qilingan hollarda tovar bo‘lib hisoblanishi mumkin.

Tovar-moddiy zaxiralar aktiv sifatida tan olinadi, agar:


1) tashkilotga aktiv bilan bog‘liq kelgusidagi iqtisodiy naf kelishiga ishonch mavjud bo‘lsa;
2) aktiv qiymatini ishonchli baholash mumkin bo‘lsa;
3) ularga bo‘lgan mulk huquqi o‘tsa.
Tovar-moddiy zaxiralarga bo‘lgan mulk huquqi, ular bilan bog‘liq xatarlar va mukofotlarning o‘tish payti mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartlari kelishiladigan mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi asosida belgilanadi.

Download 96,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish