Mavzu: nominal, haqiqiy va chegaraviy o‘lchamlar va og‘ishlar to‘G‘risidagi asosiy tushunchalar reja


-rasm. Qamrovchi va qamraluvchi detallar va o‘lchamlar



Download 165,85 Kb.
bet3/4
Sana27.06.2022
Hajmi165,85 Kb.
#708270
1   2   3   4
Bog'liq
metrologiya

1-rasm. Qamrovchi va qamraluvchi detallar va o‘lchamlar
MASHINALAR DETALLARINING BIRIKMALARI UCHUN JOIZLIKLAR VA O‘TQAZISHLAR TIZIMINING TUZILISHI USLUBIYOTI

O‘lchamlarning ГОСТ 25346-82 bilan belgilangan o‘tkazadigan va o‘tkazmaydigan chegaralari degan tushunchalari mavjud bo‘lib, ular quyidagilarni anglatadi:


O‘tkazadigan chegara detal materialining maksimal miqdoriga, ya’ni: val uchun yuqori chegaraga va teshik uchun pastki chegaraga to‘g‘ri keladi. O‘tkazmaydigan chegara - buning aksidir.
Joizliklar va o‘tqazishlar tizimining funksional talablarini bajarish uchun teshik va val uchun chegaraviy o‘lchamlar tegishli ravishda belgilanishi lozim. Teshik uchun-to‘g‘ri tasavvur qilinadigan silindrning eng katta diametri, u teshikka shunday joylashtirilishi kerakki, bunda uning chiqib turgan nuqtalari bilan mahkam birikib turishi va o‘lchamning o‘tkazmaydigan chegarasidan oshmasligi kerak. Val uchun-to‘g‘ri tasavvur qilinadigan silindrning eng kichik diametri, u teshikning atrofida shunday joylashtirilishi kerakki, bunda u teshik yuzasining chiqib turgan nuqtalari bilan mahkam birikib turishi va o‘lchamning o‘tkazmaydigan chegarasidan kam bo‘lmasligi kerak.
U yoki boshqa parametrning eng yuqori va pastki og‘ishlari yoki yo‘l qo‘yiladigan eng katta yoki eng kichik mohiyatlar o‘rtasidagi farq joizlik deb ataladi va T harfi bilan belgilanadi, ya’ni TD = ES-EI yoki Td = es-ei.
Joizlik har doim musbat kattalikdir va u turkum (partiya) dagi yaroqli detallarning haqiqiy o‘lchamlarining yo‘l qo‘yiladigan tarqalish maydonini, ya’ni tayyorlashning berilgan aniqligini belgilaydi. Soddalashtirish maqsadida joizliklar joizliklarning maydoni shaklida ifodalanadi, bunda buyumning o‘qi har doim chizma ostida joylashgan bo‘ladi.
Boshqacha aytganda, joizlikning maydoni - bu uning grafik tasvirlanishida nullik liniyaga nisbatan eng yuqori va eng past og‘ishlar bilan chegaralanadigan maydondir. Nominal o‘lchamga muvofiq keladigan va o‘lchamlarning og‘ishlari uchun asos qilib olinadigan (yuqorigisi - musbat, pastkisi - manfiy) liniya nullik liniya deb ataladi.
Detalning yo`l qo`yilgan chegarada eng katta va eng kichik o`lchamlar orasidagi farqga dopusk(cheklanish) deyiladi (6.4-shakl). Yo`l qo`yilgan chegarada eng katta o`lcham bilan nominal o`lcham orasidagi farqga yuqori chetga chiqish, eng kichik o`lcham bilan nominal o`lcham orasidagi farqga pastki chetga chiqish deyiladi.
Asosiy chetga chiqish yo`l qo`yilgan chegaradagi yuqorigi yoki pastki chetga chiqishlardan biri bo`lib dopusk maydoniga nisbatan “nol” chizig’ini aniqlashda foydalaniladi.
Nol’ chiziq bu birikmaning nominal o`lchamiga mos kelib, unda dopusk va o`tkazishlarni grafik tasvirlashda chetga chiqish o`lchami qo`yiladi. Yuqori va pastki chetga chiqishlar bilan chegaralangan maydon dopusk maydoni deyiladi hamda u dopusk qiymati va nominal o`lchamga nisbatan holati bilan aniqlanadi.


XULOSA

Xulosa qiladigan bo’lsak Detallarning o`zaro almashuvchanligini ta`minlash uchun ularni chizmalarda ko`rsatilgan nominal o`lchamlariga muvofiq ishlab chiqarish zarur. Loyiha natijasida aniqlanib va GOST 6636-96 ga muvofiq o`ziga yaqin bo`lgan katta qiymatga yaxlitlanib olingan asosiy o`lcham nominal o`lcham deyiladi.


Biroq ishlov berishda detalning birorta ham o`lchami nominal o`lchamga teng bo`lolmaydi. Bunga stanok, kesuvchi asbob va o`lchov asboblarining noaniqligi, keskich uchining eyilishi, keskich bilan detalning kesuvchi kuch ta`sirida deformatsiyalanishi va boshqa bir qancha sabablar bo`ladi.
Shuning uchun, detallarning o`zaro almashinuvchanligini ta`minlash maqsadida, nominal o`lchamlaridan farqli ravishda ularning eng katta va eng kichik chekli chetga chiqish o`lchamlari belgilanadi
Nominal o`lcham yo`l qo`yilgan chegarada chetga chiqishini hisoblashning boshlanishi bo`lib xizmat qiladi . Yo`l qo`yilgan chegarada chetga chiqish yo`l qo`yilgan chegara bilan nominal o`lcham orasidagi algebraik farq bo`lib hisoblanadi.
Detalni bevosita o`lchash yo`li bilan aniqlangan o`lchami haqiqiy o`lcham deb aytiladi . Orasida detalning haqiqiy o`lchami joylashgan ikkita ruxsat etilgan oxirgi o`lchamlar yo`l qo`yilgan chegaradagi o`lchamlar deyiladi. Detalning yo`l qo`yilgan chegaradagi o`lchamlari, uning tayyorlash sifatini ta`minlaydi.

Download 165,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish