Mavzu Nomi: Mehnat unumdorligi statistikasi. Mehnat unumdorligi statistikasiMehnat unumdorligi – bu, ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan, mehnat sarfining samaradorligidir. Mehnat unumdorligini oshirish esa doimiy jarayon hisoblanadi. Kishilar doimi mavjud resurslarni tejab tergab saflagan holda ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishga harakat qiladilar. Shu maqsadda ish qurollari,asbob uskunalar takkomilashtirilib boriladi. Mehnat unumdorligining o‘sishi xalqning turmush farovonligiga va uning o‘sishiga olib keladi.Biz moddiy va ma’naviy boyliklarni qanchalik ko‘p va arzon ishlab chiqaradigan bo‘lsak ularni shunchalik ko‘p istemol qila olamiz. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kishilar talab va ehtiyojlarining miqdori ko‘payibgina bormay ularning tarkibi ham o‘zgarishda bo‘ladi. Mehnat unumdorligining o‘sishi ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlar sonini kamaytirib,uning bir qismini xizmat ko‘rsatish sohalariga yo‘naltiradi. Rivojlangan mamlakatlarda aholining asosiy qismi xitzmat ko‘rsatish korxonalarida band bo‘ladi. Mehnat unumdorligini oshirishda eng muhim omil bu mehnat sharoitlaridir.Ayrim olimlar uni beshta guruhga bo‘ladilar:psixologiya va fiziologiya;sanitariya va gigeina;jtimoiy psixologik va estetik;iqtisodiy tashkiliy; texnik texnologikMehnat unumdorligi darajasi ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi eng muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. «Iqtisodiyot» fani mehnat unumdorligi muammolarini o‘rganishni XIX asr oxirida boshlagan. Mehnat unumdorligini hisoblash bir ishlab chiqarish ishchisiga nisbatan natural ifodada o‘rtacha mahsulot ishlab chiqarish tarzida amalga oshirila boshladi
Mavzu Nomi: Milliy hisoblar tizimida Asosiy indikatorlar orasidagi munosabatlar..Milliy hisoblar tizimi - mamlakat iqtisodiy rivojlanishining xalqaro statistika amaliyotida qabul qilingan umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlarning makrodarajadagi milliy mahsulotini va milliy daromadini hisoblash metodologiyasi. Milliy hisoblar tizimi jarayonlarining turli bosqichlarini va iqtisodiyotdagi eng muhim oʻzaro aloqalarni aks ettiradigan hisoblamalar va balans jadvallari toʻplamidan iborat.Dastlabki vaqtda Milliy hisoblar tizimit. milliy daromad koʻrsatkichini hisoblashga qaratildi. 20-asrning 30-yillarida Angliya, Avstriya, Fransiya, Norvegiya, Germaniya va AQShda milliy daromad koʻrsatkichi hisoblandi. 40—50 yillarda kapitalistik mamlakatlarda Milliy hisoblar tizimit.ni qoʻllash kengaya bordi va Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan soʻng davlatni boshqarish tizimida Milliy hisoblar tizimit.ni qoʻllash zaruriyati yanada kuchaydi.Barcha rivojlangan mamlakatlar oʻz iqtisodiy qudrati va aholi turmush darajasi koʻrsatkichlarini Milliy hisoblar tizimit. yordamida hisoblaydilar. BMTning xalq-aro tashkilotlari bunday tizimga oʻtishni har tomonlama ragʻbatlantirmoqdalar