3.Yorug’lik o’tkazuvchi o’zgartiruvchi datchiklar
O’zgaruvchan yuzaga tushadigan elektromagnit nurlanishga javob qaytaradigan birlamchi o’lchov asboblari fotoelektrik deb ataladi.Nurlanish ko’rinuvchi ,yani yorug’lik va kurinmas bo’lishi mumkin, to’lqin urulishiga qarab.Fotoeleltrik o’lchov asboblari 3ta asosiysi mavjud:
- Yorug’lik o’tkazuvchi o’zgartiruvchilar (fotoqarshilik);
- Fotogeneratsiyalovchi o’zgaruvchilar (kuyoshli elementlar);
- Fotoko’paytirgichlar;
Yorug’lik o’tkazuvchio’zgartuvchilar
Ushbu o’zgartuvchilar o’lchanadigan kattalik o’zgarishini ishlatiladigan material qarshiligi o’zgarishiga aylantiradi .Fotoqarshiliklar uchun material sifatida odatda selen (Se) ishlatiladi, unda chiqish ishi kam va fotoqarshilik sezuvchanlikning katta koeffitsientiga aylanadi.Fotoqarshilikning xususiyatlaridan beriladigan tokning kattaligidan qarshilik
bog’liqligining nochiziq xarakteri xisoblanadi.
Ishlatiladigan materiallar yarimo’tkazgich xisoblanishiga qaramasdan yotug’lik o’tkazuvchi o’zgartuvchilar xar doim xam yarimo’tkazgich asboblar xisoblanmaydi.CHunki ularda yarimo’tkazgichdagi kabi turlari orasida o’tish joyi bo’lmaydi.SHunday o’zgartuvchilar passiv xisoblanadi, ya’ni tashqi esteьmolchiga muxtoj.Ularning nomi ishlatiladigan o’zgartuvchini turini tavsiflaydi, masalan yorug’lik sezuvchan o’zgartuvchi.
Material qarshiligi zaryadning asosiy tashuvchilar zichligi funktsiyasi xisoblanadi.Nurlanish intinsivligi ortishi bilan o’tkazuvchanlik oshadi.O’tkazuvchanlik qarshilikka teskari proporsional deyilsa, aytish mumkinki qarshilik nurlanish intinsivligi teskari funktsiyasi xisoblanadi. Qarshilik miqdori to’liq nurlanishda umumiy xollarda100…200 Om, to’liq qorong’ulikda bu qarshilik MOm ni tashkil etadi..
Fotogeneratsiyalovchi o’zgartirgichlar
Quyoshli elementlar - bu yutiladigan elektromagnit energiyasini elektr energiyaga aylatiradigan fotoelektr o’zgartirgichlar xisoblanadi.Nurlanish intinsivligini o’zgarishi chiqish kuchlanishi o’zgarishiga aylanadi.
O’zgartirgich konstruksiyasi 2 ta o’tkazuvchan elektrodlar orasida joylashgan yorug’lik sezuvchi yuqori Om li material qatlamini o’z ichiga oladi. Yelektrodlarning biri ko’rinadigan materialdan tayyorlangan, undan nur o’tadiva yorug’lik sezuvchi materialga tushadi.To’liq yorug’likda bitta element elektrodlar o’rtasida chiqish kuchlanishni 0,5 V oralig’ida ishlab chiqaradi.
Fotoko’paytirgichlar
Fotoko’paytirgichlar –kuchayuvchi elektrmaydoni taьsirida to’lqinsimon ikkilamchi yemissiya xususiyatidan foydalanuvchi asbob xisoblanadi. Ular juda yuqori sezuvchanlikka ega va kuchsiz optik nurlanishni ro’yxatga olish uchun qo’llaniladi.
Adabiyot:
- Kelim Yu.M. Tipovыe elementы sistem avtomaticheskogo upravleniya . Moskva 2002g.
- I.I. Aliev. Elektricheskie apparatы. Moskva 2004 g.
- A.A. CHunixin. Elektricheskie apparatы Energiya Moskva –1985 g.
Do'stlaringiz bilan baham: |