Mavzu: Noallel genlarning o‘zaro ta’siri



Download 2,55 Mb.
bet51/51
Sana31.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#520766
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
Mavzu 9

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

3 daqiqa



Yangi darsning bayoni.
Vatandoshlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahiriddin Muxammad Bobur kabi buyuk allomalarimiz o‘zlarining tibbiyot va ekologiya sohasidagi qarashlari bilan biologiya fanlarining rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Hozirgi davrda ham biologiya sohasining turli yo‘nalishlarida o‘zbek olimlarining hissalari juda katta va salmoqlidir. Jumladan, akademiklarimiz Q.Zokirov, A.Muzaffarovlar – botanika, T.Zoxidov, A.Muhammadiyev, J.Azimovlar – zoologiya, Yo.X.To‘raqulov, B.Toshmuhammedovlar biokimyo va endokrinologiya, J.Xamidov hujayra va hujayra injeneriyasi, k.Zufarov hujayraning kimyoviy tarkibi bo‘yicha, S.Mirahmedov, N.Nazirov, o.Jalilovlar seleksiya sohasida, J.Musayev, A.Abdukarimovlar genetika sohasida, akademik I.Abdurahmonov, professorlar R.Muhammedov, O.Odilovalar genetik injeneriya va biotexnologiya, akademik k.Sh.Tojiboyev O‘zbekiston florasini o‘rganish sohasida katta ilmiy tadqiqot ishlarini o‘z shogirdlari bilan olib bormoqdalar. Shuningdek, o‘.T.Allanazorova o‘zbekiston va MDh davlatlari o‘simliklar qoplamini tarqalish qonuniyatlariga asoslanib, geobotanik xaritasini tuzish sohasida ilmiy izlanishlar olib borib fan rivojiga katta hissa qo‘shganlar va qo‘shib bormoqdalar.
Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng g‘allachilik, meva-sabzavotchilik, g‘o‘za seleksiyasi va chorvachilik seleksiyasiga alohida e’tibor berilmoqda. O‘zbekistonlik seleksioner olimlar tomonidan g‘alla ekinlarining zararkunandalarga chidamli, kam suv talab qiladigan navlari yaratildi. Bulardan ayniqsa, mamlakatimiz sharoitiga mos serhosil “Ulug‘bek-600” va “Sanzor” navlari diqqatga sazovordir. o‘zbekistonda yaratilayotgan bug‘doy navlari o‘ziga xos bo‘lib, boshqalardan fizik-kimyoviy tarkibi va texnologik xususiyatlari bilan ajralib turadi. O‘zbekiston g‘o‘za seleksiyasida dunyo miqyosida salmoqli o‘rinlardan birini egallaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda g‘o‘za navlarini yaratishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
G‘o‘za kolleksiyasini yaratishda akademik J.A.Musayev va uning shogirdlarining xizmatlari katta. olimlarimiz tomonidan g‘o‘zaning serhosil, viltga chidamli navlari ko‘plab yaratilgan. Bularga akademik Sodiq Mirahmedov tomonidan yaratilgan viltga chidamli “Toshkent-1”, “Toshkent-2”, “Toshkent-3” navlari, akademiklar Nabijon Nazirov va oston Jalilovlar tomonidan g‘o‘zaning serhosil “AN-402”, “Samarqand-3”, “Yulduz” kabi navlari mashhurdir.
Respublikamiz olimlari keyingi yillarda ham g‘o‘za seleksiyasi sohasida samarali ishlar olib borib, ko‘plab g‘o‘za navlarini yaratishdi. Bularga istiqbolli yangi g‘o‘za navlari: “Buxoro-9”, “Buxoro-12”, “Namangan-39”, “omad” kabi navlarni misol qilib olish mumkin. Akademik Ibrohim Abduraxmonov genetik injeneriya va biotexnologiya usullarini qo‘llash orqali g‘o‘za genlaridan foydalanishning yangi imkoniyatlarini ochib “Porloq” navini yaratdi. 2013- yildan boshlab fermer xo‘jaliklarida “gen-nokaut” usulida yaratilgan “Porloq-1”, “Porloq-2”, “Porloq-3”, “Porloq-4” navlaridan sifatli va mo‘l hosil olinmoqda. Bu usulni bug‘doy, kartoshka, anor, uzum, chilonjiyda navlarini yetishtirishga ham tatbiq etilmoqda. Shuningdek, professor S. Raxmanqulov izdoshlari bilan birgalikda g‘o‘zaning “umid”, “oqqo‘rg‘on-2”, “Mang‘it-1”, “Mang‘it-2”, “Istiqlol-14”, “Sulton” kabi navlarni yaratishdi.
Mamlakatimizda uzumchilik seleksiyasi ham keng rivojlangan. o‘zbekistonda 500 ga yaqin uzum navi ekib o‘stirilmoqda. Seleksioner olimlarimiz uzumning bir necha xil navlarini yaratganlar. Bulardan “Rizamat”, “Gultish”, “Sohibi”, “hiloliy” kabi navlari diqqatga sazovordir.
O‘zbekistonda bog‘dorchilik qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘idir. Xalq seleksiya asosida olmaning “oq olma”, “Qizil olma”, “Namangan olmasi”, “Targ‘il olma”, “Qozi dastor” navlari, shaftolining “Vatan”, “Lola”, “Anjir shaftoli”, “Zarafshon”, “Farhod”, “Zarg‘aldoq” navlari, shuningdek, o‘rik, bodom, yong‘oq, anorlarning xilma-xil navlari yaratilgan. Mamlakatimiz olimlari ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan sabzavotlar va mevali daraxtlarning navlarini uzoq yillardan bu yon yangilab kelmoqdalar. Akademik Mahmud Mirzayev va uning shogirdlari tomonidan meva va rezavor mevalarning 200 ga yaqin navlari yaratildi. Shulardan 100 ga yaqini hozirgi kunda mamlakatimizning turli hududlarida ekilib mo‘l hosil olinmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda kartoshkaning “Nimrang” – cho‘zinchoq pushti o‘rtapishar navi, “obidov” – kechpishar, cho‘ziq qizil serhosil navlarining yaratilishi diqqatga sazovor bo‘ldi.
Professor D.Abdukarimovning yaratgan “Samarqand” navidan bir yilda ikki marta hosil olish mumkin. hozirgi vaqtda olimlarimiz tomonidan genetik injeneriya usullarini qo‘llash orqali kartoshkaning ildizi ikki-uch barobar uzaytirilib, uning hosildorligi oshirilib amaliyotga tatbiq etilmoqda. Chorvachilik seleksiyasi sohasida ham mamlakatimizda juda ko‘p yutuqlarga erishilgan. Jumladan, o‘zbekiston chorvachilik institutida M.M.Bushev tomonidan yaratilgan qoramol zoti 1949-yildan urchitila boshlangan. Bu zot mahalliy sharoitga moslashgan bo‘lib, respublikamiz hududlarida keng tarqalgan. O‘zbekistonda yaratilgan ot zotlaridan biri dunyoga mashhur qorabayirdir. Bular barcha sharoitlarda yashay oladigan, chopqir ot zotidir.


Yangi mavzuni mustahkamlash

1. O‘zbekistonlik seleksioner olimlardan kimlarni bilasiz?


2. G‘o‘za kolleksiyasini yaratishda qaysi olim rahbarlik qilgan?
3. I.Abdurahmonovning seleksiya sohasidagi ishlari haqida ma’lumot bering.
4. S.Raxmanqulov va uning izdoshlari tomonidan g‘o‘zaning qanday navlari yaratilgan?

Uyga vazifa. : O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.


O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ______________________
Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish