4
|
Mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
Yangi darsning bayoni.
Hozirgi vaqtda mikroorganizmlar faoliyatidan turli-tuman texnologik jarayonlarda keng foydalanilmoqda. Prokariotlar va bir hujayrali eukariotlar hayot faoliyatining mahsuloti bo‘lgan fermentlardan foydalanish xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida yildan-yilga ko‘paymoqda. Non pishirishda, pivo, vino, turli tuman sut mahsulotlarini tayyorlashda mikroorganizmlar, zamburug‘lar va bakteriyalarning fermentativ faoliyatidan foydalaniladi. Shu munosabat bilan sanoat mikrobiologiyasi keng rivojlanmoqda va inson uchun zarur bo‘lgan, moddalarni ko‘p miqdorda ishlab chiqaradigan mikroorganizmlarning yangi shtammlari seleksiyasi jadal o‘smoqda. Bunday shtammlar antibiotiklar, ferment va vitamin preparatlari hamda ozuqabop oqsillarni ishlab chiqishda katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, mikroorganizmlardan B2, B12 vitaminlarini olishda foydalaniladi. Yog‘och qipiqlari yoki parafinda o‘sadigan achitqi zamburug‘laridan ozuqabop oqsillar olinadi. Zamburug‘lar tarkibida 60 % gacha oqsil moddasi to‘planadi. Oqsilga boy bu preparatni chorvachilikda qo‘llash natijasida yiliga qo‘shimcha ravishda bir million tonnagacha go‘sht yetishtirish mumkin. Mikroorganizmlar yordamida almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarni ishlab chiqish ham muhim ahamiyatga ega. ozuqa tarkibida bunday moddalarning yetishmasligi organizmlarning o‘sishini keskin sekinlashtiradi. Hayvonlarning an’anaviy ozuqasi tarkibida almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar kam bo‘ladi. Mikrobiologik yo‘l bilan olingan lizin aminokislotasidan bir tonnasi hayvonlar ozuqasiga qo‘shilsa, o‘nlab tonna hayvonlar ozuqasini tejab qolish mumkin. Inson uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni tirik hujayralardan yoki ular yordamida olish texnologiyasi biotexnologiya deb ataladi
Metallar biotexnologiyasida sulfid bakteriyalari minerallarni oksidlashi natijasida ko‘pchilik rangli metallar va noyob elementlar eritmalar tarkibiga o‘tadi. Bu usul yordamida dunyo miqyosida bir necha ming tonna mis olinadi. Bu mis ana’naviy usulda olinadigan mislarga nisbatan 2–3 marta arzonga tushadi. Bakteriyalar faoliyati yordamida rudalardan uran, oltin va kumush kabilar ajratib olinib, zararli elementlar mishyak kabilar zararsizlantiradi. Olimlar bakteriya hujayrasiga ma’lum genlarni, shu jumladan odam genini ham kiritish usullarini ishlab chiqdilar. Bu usullar gen muhandisligi deb ataladi. Bakteriya hujayrasi o‘ziga yot (begona) bo‘lgan gen asosida ko‘p miqdorda oqsillarni sintez qiladi. hozirgi kunda shu yo‘l bilan viruslar ko‘payishini to‘xtatuvchi interferon oqsilini, qonda glukozaning miqdorini nazorat qiluvchi insulin oqsilini olishmoqda. Mamlakatimizda mikrobiologiyani rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjudligi tufayli bir qator sanoat tarmoqlarini: oziq-ovqat, konserva, sut mahsulotlarini qayta ishlash, antibiotik va vitaminlar ishlab chiqarish sanoatlari yanada rivoj topmoqda. olimlarimiz A.M.Muzaffarov, M.I.Mavloniy, S.Asqarova, A.Xolmurodov va boshqalar mikrobiologiya fanining rivojlanishi ga katta hissa qo‘shdilar. A.Muzaffarov va uning shogirdlari xlorella suv o‘tidan chorva mollarining mahsuldorligini oshirishda va bir qator suv o‘tlaridan ifloslangan suv havzalarini tozalashdan keng miqyosda foydalanishni yo‘lga qo‘ydilar. M.Mavloniy bir qator achitqi zamburug‘larini o‘rganib, ularni novvoychilik, chorvachilik va boshqa sohalar uchun achitqilar tayyorlash texnologiyalarini yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |