Duragaylash. Seleksiyada duragaylashning har xil usullari qo‘llaniladi. Ular tur ichidagi duragaylash, geografik uzoq formalarni duragaylash, genetik uzoq formalarni duragaylashlardir. Tur ichidagi duragaylash o‘simliklar seleksiyasida keng qo‘llaniladi. Bunda bitta turga mansub o‘simlik navlari o‘zaro chatishtiriladi. Davlatimizda yaratilgan ko‘plab g‘o‘za navlari shu usulda yaratilgan. Geografik uzoq formalarni duragaylashda bir turga mansub, lekin Yer yuzasining turli joylaridan keltirilgan o‘simliklar o‘zaro chatishtiriladi. olingan duragaylarda o‘zgaruvchanlik yuqori bo‘lib, ular yashash sharoitiga tez moslashadi. Bu usul yordamida bug‘doyning “Saratov-29” navlari yaratilgan hozirgi vaqtda bu nav MDH davlatlarining bug‘doy ekiladigan hududlarini 50 % iga ekilmoqda. Akademik Sodiq Mirahmedov Meksikadan keltirilgan viltga chidamli yovvoyi g‘o‘za bilan o‘zbekistonda yaratilgan viltga chidamsiz g‘o‘za navini chatishtirib viltga chidamli “Toshkent-1”, “Toshkent-2”, “Toshkent-3” navlari yaratgan.
Genetik uzoq formalarni duragaylashda har xil turga yoki har xil turkumga mansub o‘simliklar chatishtiriladi. Bu usul orqali hozirgi zamon seleksiyasining erishgan yutuqlaridan biri – duragaylarning turlararo bepushtligini bartaraf qilish usulini ishlab chiqish bo‘ldi. Dastlab bu usulni o‘tgan asrning 20- yillarida rossiyalik olim G.D.karpechenko karam bilan turpni chatishtirishda qo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Inson tomonidan yaratilgan bu yangi o‘simlik karamga ham, turpga ham o‘xshamagan. Ularning mevasi ikki qismdan iborat bo‘lib, yarmi karamga, yarmi turpga o‘xshaydi. Keyinchalik esa bug‘doy bilan bug‘doyiq duragayini olishga muvaffaq bo‘lindi. Bu duragay asosida bug‘doyning yangi donli yem-xashak navi yaratildi, u bir mavsumda 3–4 marta o‘rib olinadi, 300–450 s/ga yashil massa beradi. Bir-biridan uzoq turlarni duragaylash yo‘li bilan yana yangi donli va yem-xashakbop o‘simlik –bug‘doy bilan javdar duragayi olindi. Bu duragay tritikale deb ataladi. Bug‘doy va javdarning eng yaxshi xususiyatlarini to‘plagan bu o‘simlik yuqori hosildor, ko‘p miqdorda yashil massa to‘playdi va yuksak darajadagi oziqlik sifatiga ega. o‘simlikshunoslikda ko‘pincha organik moddalarning bir muncha faol sintez qiluvchi, hosildorligi yuqori, katta o‘lchami bilan farqlanadigan poliploid o‘simliklar ham olinadi (180- betdagi 62-, 63- rasmlar). Sun’iy mutagenez usuli deb – kuchli ta’sir etuvchi omillar ta’sirida o‘simliklarda mutatsiyalar olishga aytiladi. Bu usulni qo‘llash orqali akademiklar Nabijon Nazirov va oston Jalilovlar tomonidan g‘o‘zaning serhosil AN-402, Samarqand-3, Yulduz kabi navlari yaratilgan.
Geterozis. o‘simliklarda chetdan changlanadigan o‘simliklarni tabiiy changlantirish orqali seleksiya uchun ahamiyatga ega genlar ushbu liniyalarda mustahkamlanadi. So‘ngra olingan duragaylar chetdan changlantiriladi. Bu usul yordamida serhosil o‘simliklar navlari chiqariladi. Bunda geterozis, ya’ni duragay kuchining samarasi namoyon bo‘ladi. Geterozisning mohiyati shundan iboratki, birinchi avlod duragaylar ota-ona organizmga nisbatan hosildor chidamli va yashovchan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |