F. BEKON
O’zboshimcha erkinlik muhitida yuz bergan nikoh muhabbatni so‘ndiradi.
E. SENANKUR
Bo‘ydoqlik —g‘ayriijtimoiy holat.
O. BALZAK
O’ylab-netib o‘tirmay shartta uylan. Xotining yaxshi chiqsaku — xo‘p-xo‘p, yomon chiqsa — faylasuf bo‘lasan.
SUQROT
Yaxshi xotin bilan yashash — hayot bo‘ronlarida senga bir panohday xizmat qilsa, yomon xotin bilan yashash — kulbangda ko‘tarilgan bo‘ronday gap.
J. PTITSEN
Muhabbat oilaviy mashmashalarni shu qadar yoqtirmaydiki, chinakamiga baxt-saodatli bo‘lmoq uchun bir-birovingda eng olijanob fazilatlarni topa bilmog‘ing kerak.
O. BALZAK
Yaxshi xotin — jon malhami.
QOBUS
Ayol erkak zotining buyuk murabbiysidir.
A. FRANS
O’z erini olg‘a yurgazmagan ayol uni, shubhasiz, orqaga tortadi.
J. MILL
O’z erining fikru xayolini band etgan orzu-havaslardan begona yashagan, ularni ro‘yobga chiqarishga intilmagan ayol, bor-yo‘g‘i erkakning o‘ynashi, tejamkor beka, enagadir, lekin xotin deb atalgan olijanob so‘z zamiridagi haqiqiy ayol emas...
A. I. GERTSEN
Do'stlaringiz bilan baham: |