15
Neft va neft mahsulotlarini kimyoviy qayta ishlash usullari.
Neft
mahsulotlarini yuqori harorat va bosim ostida chuqur destruksiyaga — krekingga
olib keluvchi jarayonlar bilan bog'liq. Bunda uglevodorod
molekulalarining
parchalanishi bilan bir qatorda barqaror moddalar sintezlanishi bilan bog'liq bo'lgan
ikkilamchi jarayonlar ham ketadi.
Kreking dastlabki xomashyoga va uglevodorodlar parchalanishining chuqur
va sayozligiga qarab 450—720°C da va 7 MPa gacha bosimda turli: termik kreking,
riforming, piroliz va kokslash usullarida amalga oshiriladi. Bu usullarning hammasi
ham qo'shimcha ravishda motor yoqilg'isi hamda neftkimyo sanoati uchun gazsimon
mahsulotlar olish imkonini beradi.
Turli sinf uglevodorodlarining termik parchalanish jarayonlarining
murakkabligiga qaramay ba'zi bir umumiy qonuniyatlarni ko'rish mumkin.
Krekingning barcha turlari vodorod atomlari taqsimlanishi bilan tavsiflanadi ya'ni
yengil komponentlarning vodorodga boyishi og'ir komponentlarning
esa dastlabki
xomashyoga nisbatan vodorodlarning miqdorining kamayishi jarayoni kuzatiladi,
masalan, bir qurilmada boruvchi jarayonni quyidagi tenglama bilan ifodalash
mumkin:
10(C+1,8N) = (C+2,2H) +6(C+2H) +2(C+1,3H) +(C+0,2H)
xomashyo gazlar benzin mazut koks
Termik kreking jarayonlarining ko'pchiligi zanjirli radikal mexanizm asosida
boradi. Uning boshlangich harorati va tezligi uglevodlarning termodinamik
barqarorligi bilan bog'liq bo'ladi.
Neft xomashyosining tarkibida tuzilishi juda xilma xil bo'lgan
turli xildagi
uglevodorodlar bo'ladi, tabiiyki, ularning termik barqarorligi ham turlicha bo'ladi.
Yuqori haroratda uglevodorodlar, ayniqsa, parafinlar
uchun degidrogenlanishdan
ko'ra uglerod bog'inining uzilishi bilan boradigan jarayonlarning termodinamik
jihatdan ehtimoli katta. Parafin uglevodorodlarning molekulyar massasi qanchalik
katta bo’lsa, molekulaning (zanjirning) o'rtasida uglerod bog'ining
uzilish ehtimoli
ham shunchalik yuqori bo'ladi. Masalan, eykozan parafinning termik kreking
quyidagi asosiy mahsulotlarning hosil bo'lishiga olib keladi:
To'yingan va to'yinmagan uglevodorodlarning miqdoriy nisbati teng bo'lganda,
reaksion aralashmada mahsulotlarning miqdoriy nisbati chapdan ung tomon keskin
16
oshadi. Naften uglevodorodlarning termik barqarorligi
parafinlarga nisbatan ancha
yuqori bo'ladi. Yuqori haroratda naftenlar uchun degidrogenlanish va zanjirning
uzilishi bilan boradigan reaksiyalar xosdir.
Siklogeksan siklogeksen siklogeksadiyen benzol
Alkilalmashgan naftenlar krekingi yon zanjirning uzilishi bilan boshlanadi.
Aromatik uglevodorodlar nisbatan termik barqaror hisoblanadi.
Ular orasida eng
birinchi alkilalmashgan hosilalari benzol va alken hosil qilib parchalanadi.
Yuqori
haroratda
aromatik uglevodrodlar kondensatlanishi ham mumkin, bu holat koks hosil bo'lishiga
olib keladi. Turli sinf uglevodorodlarning oddiy moddalardan hosil bo'lish
energiyasini haroratga bog'liqlikdan kelib chiqqan holda kreking mahsulotlarning
yuqori haroratda termodinamik barqarorligi quyidagi tartibda kamayadi:
Do'stlaringiz bilan baham: