Mavzu: Neft qudug’ini favvora usulida ishlatish
ejasi:
1. Quduqda energiya balansi
2. Favvoralanish shartlari
3. Favora qudug’i usti jixozlari
Qatlamdan quduq tubi tomon suyuqlik va gazlar qatlam bosimi va quduq tubi bosimi orasidagi farqi ta’sirida harakatlanadi. Quduqni ishlatish jarayoni quduq tubidan suyuqlik va gazlarning er yuziga oqib chiqishini o’z ichiga oladi. Bu jarayon quduq tubiga oqib kelayotgan suyuqlik va gazlarning tabiiy energiyasi Wqat, hamda yuqoridan berilayotgan energiya Wt ta’sirida amalga oshiriladi. Gaz suyuqlik aralashmasi quduqdan chiqib maxsus quduq usti jixozlaridan, quvurlardan, ajratgichlardan o’tib, neft idishlarga tushadi, gaz esa tayyorlash jarayoniga uzatiladi.
Suyuqliklar quduqdan chiqib quvurlarda harakatlanishi uchun, quduq ustida kerakli qarshi bosim ushlab turiladi.
Suyuqliklar quduqdan chiqib quvurlarda harakatlanishi uchun, quduq ustida kerakli qarshi bosim ushlab turiladi.
Energiya balansini quyidagicha tuzishimiz mumkin.
Wqat+Wt=W1+W2+W3 (1.1)
bu yerda: W1 - suyuqlik va gazlarni quduq tubidan er yuzasigacha harakatlanishi uchun sarflanadigan energiya; W2 - gaz suyuqlik aralashmasining quduq usti jixozlaridan o’tish uchun sarflanadigan energiya; W3 – suyuqlik va gaz oqimining quduq ustidan keyin harakatlanishi uchun ketgan energiya.
Quduqdan suyuqlik va gazlarning er yuzasiga harakatlanishi faqat tabiiy energiya ta’sirida (Wt =0) bo’lsa, bunday ishlatish usuli favvora usuli deb ataladi.
Quduqdan suyuqlik va gazlarning er yuzasiga harakatlanishi faqat tabiiy energiya ta’sirida (Wt =0) bo’lsa, bunday ishlatish usuli favvora usuli deb ataladi.
Suyuqlikni er yuzasiga ko’tarish uchun har-xil mexanizm yoki quduqqa yuqoridan siqilgan gaz yoki havo ko’rinishida kiritilgan energiya ta’sirida ishlatilishi, mexanizasiyalashgan usuli deb ataladi. Agar quduqqa siqilgan gaz yoki havo haydab ishlatilsa kompressor usulida ishlatish deb ataladi. Bunday deb atalishiga haydalayotgan havo yoki gaz kompressorlar orqali haydalayotganligi uchundir. Quduqdan suyuqlik har-xil turdagi nasoslar yordamida qazib olinsa nasos usulida ishlatish deb ataladi. Quduqqa tushirilgan nasoslar yordamida ishlatish usuli chuqurlik nasosi yordamida ishlatish usuli deb ataladi.
Qatlamdan quduq tubi tomon suyuqlik va gazlar qatlam bosimi va quduq tubi bosimi orasidagi farqi ta’sirida harakatlanadi. Quduqni ishlatish jarayoni quduq tubidan suyuqlik va gazlarning er yuziga oqib chiqishini o’z ichiga oladi. Bu jarayon quduq tubiga oqib kelayotgan suyuqlik va gazlarning tabiiy energiyasi Wqat, hamda yuqoridan berilayotgan energiya Wt ta’sirida amalga oshiriladi. Gaz suyuqlik aralashmasi quduqdan chiqib maxsus quduq usti jixozlaridan, quvurlardan, ajratgichlardan o’tib, neft idishlarga tushadi, gaz esa tayyorlash jarayoniga uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |